27.11.2023 yildagi 627-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.11.2023 yildagi 627-son
Date of entry into force
29.11.2023
Hujjat 29.11.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma hamda davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 25-martdagi PQ-102-son qaroriga muvofiq davlat uy-joy fondiga qarashli uydagi kvartiraga (uyning bir qismiga) mulk huquqini eʼtirof etish vakolati mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga oʻtkazilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shunday tartib joriy etilsinki, unga koʻra 2024-yil 1-iyuldan boshlab xususiylashtirilgan uy-joylarga oid davlat orderlari va maʼlumotnomalar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzarxiv” agentligi bilan birgalikda 2024-yil 1-iyulga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalarida xususiylashtirilgan uy-joylarga oid davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish boʻyicha shakllangan hujjatlar bazasini (arxivini) tegishli tuman (shahar) hokimliklariga topshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish markazi” DUKni Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga oʻtkazsin. Bunda Toshkent shahar hokimligi tomonidan 2025-yil 1-yanvarga qadar ushbu korxonani tugatish orqali uning vazifalari tuman (shahar) hokimliklariga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

tuman (shahar) hokimliklarining xususiylashtirilgan uy-joylarga davlat orderlari va ular boʻyicha maʼlumotnomalar berish ishlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish yuzasidan zarur choralar koʻrsin;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-iyulga qadar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan xususiylashtirilgan uy-joylarga oid davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish boʻyicha shakllantirilgan hujjatlar bazasi (arxivi) raqamlashtirilishini hamda tegishli idoralararo elektron tizimlar bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin. Bunda hujjatlar bazasini (arxivini) raqamlashtirish va boshqa binoga koʻchirish xarajatlari tuman (shahar) mahalliy budjetlari daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan moliyalashtirilishi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2024-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

davlat xizmatini tuman (shahar) hokimligi tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatish tartibi;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmati yigʻim undirilmasdan koʻrsatilishini;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2024-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

davlat xizmatini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali koʻrsatish tartibi;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xizmati yigʻim undirilmasdan koʻrsatilishini.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda tuman (shahar) hokimlarining tegishli oʻrinbosarlari va xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarni amalda qoʻllashga yoʻnaltirilgan oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Raqamli texnologiyalar vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-yanvarga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkoniyati yaratilishini;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlariga muvofiq davlat xizmatlarini koʻrsatish davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ularning faoliyati doirasida davlat xizmatlarini koʻrsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha, jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazorat oʻrnatsin;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlari talablari buzilgan hollarda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolar qoʻllasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

bir oy muddatda Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti loyihasini;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-yanvarga qadar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan xususiylashtirilgan uy-joylarga oid davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish tartibiga rioya etilishini tahlil qilgan holda qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 27-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
627-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 627-son qaroriga

1-ILOVA

Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REG LAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Reglament alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

2. Maʼlumotnoma ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi — xususiylashtirilgan turar joy mulkdori, uning oila aʼzolari yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mulkdor nomidan vakillik qilish vakolati berilgan shaxs, shuningdek, xususiylashtirishga rozilik bergan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida uy-joy, kvartira — davlat mulkida boʻlib xususiylashtirilgan alohida uy-joy, kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organ — tuman (shahar) hokimligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

soʻrovnoma — mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq alohida uy-joy, kvartirani xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish uchun soʻrovnoma shakli;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotnoma — mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq alohida uy-joy, kvartirani xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida QR-kod (matrik-shtrixli kod) bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma shakli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Alohida uy-joy, kvartirani xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati Davlat xizmatlari markazi tomonidan va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali vakolatli organ bilan hamkorlikda koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

5. Davlat xizmatlari markazi va YIDXP hamda vakolatli organ oʻrtasida axborot almashinuvi idoralararo elektron tizimlar orqali 1 ish soati mobaynida amalga oshiriladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur Reglament notariatning faol modeli doirasida notariuslar tomonidan “yagona darcha” tamoyili boʻyicha xususiylashtirilgan turar joyni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlashda xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar haqida maʼlumotnoma olishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.

8. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda — Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa — mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida uy-joy, kvartira mulkdori ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

mulkdorning oila aʼzosi boʻlgan taqdirda, ushbu faktni tasdiqlovchi hujjat (mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birga);

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakilning vakolatini tasdiqlaydigan ishonchnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (mobil-ID tizimi, elektron imzo, daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

11. Vakolatli organ kelib tushgan soʻrovnomani 1 ish soati mobaynida koʻrib chiqadi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vakolatli organ tomonidan soʻrovnomada xato va kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish uchun tegishli izohlar bilan Davlat xizmatlari markaziga, YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ariza beruvchi tomonidan xato va kamchiliklar bartaraf etilmagan yoki soʻrovnoma takroran xato va kamchiliklar bilan yuborilgan taqdirda, vakolatli organ soʻrovnomani koʻrib chiqishni rad etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovnomani qabul qilishni boshqa sabablarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

14. Vakolatli organ tomonidan soʻrovnomani tekshirish jarayonida xato va kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, maʼlumotnoma Davlat xizmatlari markaziga, YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga yuboriladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar

16. Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali, doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

18. Ariza beruvchi maʼlumotnoma berish asossiz rad etilganda, shuningdek, vakolatli organ xodimlarining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Mulkdor, uning oila aʼzolari, mulkdor tomonidan vakolat berilgan shaxslar va xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar

Xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Soʻrovnoma shaklini toʻldirib, vakolatli organga (tuman (shahar) hokimligiga) yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 30 daqiqada

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga (tuman (shahar) hokimligiga) yuboriladi.

2. Real vaqt rejimida

3-bosqich

Vakolatli organ (tuman (shahar) hokimligi)

Soʻrovnomaga koʻra xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etadi yoki soʻrovnomada xato va kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish uchun tegishli izohlar koʻrsatgan holda qaytaradi.

1 ish soati ichida

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

2-ILOVA

Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOʻROVNOMA

Xususiylashtirilgan turar joy mulkdori — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlar

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi:

2. Hudud:

3. JSHSHIR (PINFL):

4. Tugʻilgan sanasi:

5. Order raqami va sanasi:

6. Pasport (ID-karta) seriyasi va raqami:

Xususiylashtirilgan turar joy toʻgʻrisida maʼlumotlar

1. Turar joy joylashgan manzil:

2. Xususiylashtirilgan turar joy kadastr raqami:

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

3-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼLUMOTNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Xususiylashtirilgan turar joy mulkdori — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlar

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi:

2. Davlat orderi raqami va sanasi:

Xususiylashtirilgan turar joy toʻgʻrisida maʼlumotlar

1. Turar joy joylashgan manzil:

2. Turar joyga mulk huquqini beruvchi hujjat turi, sanasi va raqami:

Xususiylashtirishda ishtirok etgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot

Familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili (mavjud boʻlsa):

1.

2.

___________________________________

___________________________________

(vakolatli organ mansabdor shaxsi, lavozimi,)

(F.I.O.)

QR-kod

(matrik-shtrixli kod)

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 627-son qaroriga

2-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REGLAMENTI

1. Ushbu Reglament nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Reglament davlat uy-joy fondiga qarashli uydagi kvartirani (uyning bir qismini) xususiylashtirishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi — davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish yuzasidan ariza beruvchi nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmanoma — davlat mulki obyektini sotish uchun mazkur Reglamentga 2 va 3-ilovalarga muvofiq tegishli buyurtmanoma shakli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organ — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

davlat mulki obyekti — davlat koʻchmas mulk obyektlari, xoʻjalik jamiyatlari ustav fondidagi (kapitalidagi) davlatga tegishli boʻlgan ulushlar (aksiyalar);

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xabarnoma — vakolatli organ mansabdor shaxslari tomonidan QR-kod (matrik-shtrixli kod) bilan tasdiqlangan xabarnoma shakli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat mulki obyektini xususiylashtirish yuzasidan ariza beruvchi davlat mulki obyektini sotish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali buyurtmanoma berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

5. Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllagan holda, faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish orqali amalga oshiriladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ariza beruvchi oʻzining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan (yuridik shaxslar joylashgan manzilidan) qatʼi nazar, istalgan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YIDXP orqali buyurtmanoma berishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

7. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa-mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shakldagi tegishli buyurtmanomani elektron tarzda toʻldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda buyurtmanomalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

yuridik shaxs nomidan ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda rahbar yoki uning vakili tomonidan;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxs nomidan ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda ariza beruvchining oʻzi yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda buyurtmanoma Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng real vaqt rejimida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, buyurtmanoma avtomatik tarzda vakolatli organga kelib tushadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Buyurtmanoma ariza kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

11. Vakolatli organ tomonidan buyurtmanomada xato va kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish uchun tegishli izohlar bilan Davlat xizmatlari markaziga (YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga) qaytaradi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ariza beruvchi tomonidan xato va kamchiliklar bartaraf etilmagan yoki buyurtmanoma takroran xato va kamchiliklar bilan yuborilgan taqdirda, vakolatli organ buyurtmanomani koʻrib chiqishni rad etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmanomani qabul qilishni boshqa sabablarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

13. Vakolatli organ tomonidan buyurtmanomada xato va kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, 5 ish kuni ichida ushbu Reglamentga 4-ilovada muvofiq shaklda xabarnomani Davlat xizmatlari markaziga (YIDXP orqali murojaat qilinganda — ariza beruvchiga) yuboradi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali, doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

17. Ariza beruvchi buyurtmanoma berish asossiz rad etilganda, shuningdek, vakolatli organ xodimlarining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat mulki obyektini xususiylashtirishga buyurtmanoma berish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Buyurtmanomani toʻldiradi va tasdiqlaydi.

Real vaqt rejimida

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

2. YIDXP orqali murojaat etganda buyurtmanomani belgilangan elektron shaklda toʻldiradi va tasdiqlaydi.

3-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Tasdiqlangan buyurtmanomani vakolatli organga (Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalariga) yuboradi.

1. Buyurtmanoma toʻldirilgandan keyin 30 daqiqada

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

2. YIDXP orqali murojaat etganda buyurtmanomani avtomatik tarzda yuboradi.

2. Real vaqt rejimida

4-bosqich

Vakolatli organ

(Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari)

1. Kelib tushgan buyurtmanomalarni koʻrib chiqadi.

2. Kelib tushgan buyurtmanomalarda xato va kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularni izohlagan holda qaytaradi.

3. Xato va kamchiliklar mavjud boʻlmagan taqdirda, buyurtmanoma qabul qilinganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.

5 ish kuni ichida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

2-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Davlat mulki obyektini sotish uchun

BUYURTMANOMA

______________________________________________________________________ manzilida joylashgan

(manzil)

_____________________________________________________________________________________ ning

(davlat koʻchmas mulk obyekti yoki davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatining nomi)

davlat mulki obyektini sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilishingizni soʻrayman.

_________________________________________________________________________________________

(davlat koʻchmas mulki obyekti boʻyicha balansda saqlovchi)

(ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar)

(nodavlat yuridik shaxsning nomi)

_________________________________________________________________________________________

(manzili, telefon raqami)

(roʻyxatdan oʻtkazish raqami va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana)

_________________________________________________________________________________________

(tashkiliy-huquqiy shakli)

_________________________________________________________________________________________

(ustav fondidagi davlat ulushi, foizlarda)

Buyurtmanomani imzolashga vakil qilingan shaxs:

_________________________________________________________________________________________

(F.I.O., lavozimi)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Hujjatni toʻldirishda tuzatish va oʻchirib yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

3-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki obyektini sotish uchun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUYURTMANOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

_____________________________________________________________________________________ ning

(davlat koʻchmas mulk obyekti yoki davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatining nomi)

davlat mulki obyektini sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilishingizni soʻrayman.

______________________________________________________________________ manzilida joylashgan

(manzil)

_________________________________________________________________________________________

(davlat koʻchmas mulki obyekti boʻyicha balansda saqlovchi)

_________________________________________________________________________________________

(ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar)

_________________________________________________________________________________________

(jismoniy shaxsning F.I.O.)

_________________________________________________________________________________________

(manzili, telefon raqami)

_________________________________________________________________________________________

(pasport seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Hujjatni toʻldirishda tuzatish va oʻchirib yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

4-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan blank

___________________________________

(nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs)

Davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish yuzasidan

XABARNOMA

Sizning __________________________________________________________________ manzilida

(davlat mulki obyekti joylashgan manzili)

joylashgan ___________________________________________________________________ davlat mulki

(davlat mulki obyekti nomi)

obyektini xususiylashtirish uchun yuborgan buyurtmanomangiz qabul qilindi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq mazkur davlat mulki obyektini xususiylashtirish yuzasidan davlat koʻchmas mulki boʻyicha uning balansda saqlovchisiga, davlatga tegishli ulush (aksiya)lar boʻyicha ishtirokchi (aksiyador) funksiyasini bajaruvchi tegishli davlat organiga soʻrov yuborildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq uch oydan ortiq foydalanilmasdan boʻsh turgan obyekt balansda saqlovchining roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarilishi mumkin.

Soʻrov natijasiga muvofiq Sizga 30 kun muddatda qoʻshimcha ravishda xabarnoma taqdim etiladi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasi mansabdor shaxsi lavozimi

QR-kod

(matrik-shtrixli kod)

F.I.O.

Ijrochi: F.I.O.

Telefon: ________________

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 09/23/627/0908-son; 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)