28.11.2023 yildagi O‘RQ-881-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 28.11.2023 yildagi O‘RQ-881-son
Date of entry into force
29.11.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 22-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 28-oktabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda qoʻriqlash faoliyatining huquqiy va tashkiliy asoslarini, jismoniy va yuridik shaxslarga qoʻriqlash xizmatlarini koʻrsatish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish maqsadlarida “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, unda qoʻriqlash faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish asoslari hamda qoʻriqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning huquqiy maqomi mustahkamlab qoʻyildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga huquqni qoʻllash amaliyotida qoʻriqlash faoliyati sohasiga doir ayrim tushunchalar turlicha talqin etilishining oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish zaruriyati mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qonun bilan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining ayrim normalarini “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun qoʻriqlash faoliyati sohasidagi tushunchalarning aniq va bir xil qoʻllanilishiga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 938-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383, 384-moddalar; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 10, 676-modda, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 5, 265-modda, № 8, 469-modda, № 9, 592-modda, № 11, 792-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 973-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 5, 464-modda, № 10, 979, 982-moddalar) 37-moddasi birinchi qismi “v” bandining oʻzbekcha matnidagi “soqchilikdagi” degan soʻz “qoʻriqlashdagi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasi boshligʻi va uning oʻrinbosari, yongʻinning oldini olish boʻyicha otryad (komanda, oʻt oʻchirish poyezdi) boshligʻi va uning oʻrinbosari, katta yoʻriqchi va yoʻriqchi, komandaning, oʻt oʻchirish poyezdi komandasining, harbiylashtirilgan qoʻriqlash komandasining (qorovul) boshligʻi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “soqchilikning boʻlinmasi” degan soʻzlar “qoʻriqlash boʻlinmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 252-moddaning ikkinchi qismidagi “harbiylashtirilgan idoraviy soqchiligining” degan soʻzlar “idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 284-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yuridik shaxslarning qoʻriqlanadigan obyektlariga, boshqa mol-mulkiga tajovuz qilish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda huquqbuzar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari yoki harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasi ishchilari va xizmatchilari tomonidan huquqbuzarlikka barham berish, huquqbuzarning shaxsini aniqlash va huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organiga, harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasining xizmat binosiga yoki ichki ishlar organlariga ushlab keltirilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 287-moddaning 3-bandidagi “harbiy soqchilikning” degan soʻzlar “harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismidagi “harbiy soqchilik” degan soʻzlar “harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismidagi “harbiy soqchilik” degan soʻzlar “harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 291-modda birinchi qismining “j” bandidagi “harbiylashtirilgan soqchilikning” degan soʻzlar “harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-647-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 11, 653-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 6, 570-modda) 28-moddasining ikkinchi qismidagi “soqchilik boʻlinmalari” degan soʻzlar “qoʻriqlash boʻlinmalari ishchilari va” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 28-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-881-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/881/0906-son)