Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 21.07.2005 yildagi PF-3631-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.07.2005 yildagi PF-3631-son
Date of entry into force
21.07.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 21.07.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAShQI IQTISODIY VA SAVDO ALOQALARI, XORIJIY INVESTITSIYaLARNI JALB ETISh SOHASIDA BOShQARUV TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi iqtisodiy aloqalarni keng rivojlantirish va chuqurlashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish va xorijiy sarmoyadorlarga ishonchli kafolatlarni taʼminlash, tashqi savdoni yanada erkinlashtirish, mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari bilan chet el firmalari oʻrtasidagi uzoq muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi iqtisodiy faoliyat, eksportni ragʻbatlantirish, xorijiy investitsiyalar jalb etish, tashqi savdoni erkinlashtirish, tashqi savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon tovarlar (kapitallar, xizmatlar) bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, ichki va tashqi bozorlar istiqbollarini hamda samaradorligini hisobga olgan holda ularning ahvolini chuqur tahlil etish va rivojlanishini prognoz qilish, xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo-iqtisodiy munosabatlarni oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotni rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish hamda uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish, respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish, mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquq va manfaatlarini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, boshqa xalqaro huquq subyektlari bilan oʻzaro manfaatli asosda iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini rivojlantirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qulay investitsiya muhitini shakllantirishga va respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb etilishiga koʻmaklashish, investitsiya loyihalari roʻyobga chiqarilishi monitoringini amalga oshirish, xorijiy investorlarga zarur axborot yordami koʻrsatish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ular faoliyati samaradorligini oshirish masalalari Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning viloyatlar va Toshkent shahridagi tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha boshqarmalari viloyatlar va Toshkent shahridagi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmalari etib qayta tashkil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmalari tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi hamda agentlik mintaqaviy boshqarmalarining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari boʻyicha idoralararo kengash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport salohiyatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha Respublika kengashi tugatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatilayotgan kengashlarning vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 21-oktabrdagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-3151-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligini tashkil etish hamda uning faoliyati masalalari boʻyicha hukumat qarorini qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 21-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-3631-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 206-modda; 2016-y., 48-son, 547-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)