14.08.2023 yildagi 371-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.08.2023 yildagi 371-son
Date of entry into force
14.08.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida qishloq xoʻjaligida suv hisobini yuritish tizimini raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorishda foydalanilgan suv resurslarini avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali hisobga olish va suvdan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-son qarori 5-bandida 2028-yil 1-martga qadar Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi barcha suv kirish nuqtalari boshqaruvini raqamlashtirish va suvni foydalanuvchilarga yetkazib berish boʻyicha tajriba-sinov loyihasi (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi tizimida Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida suv kirish nuqtalari boshqaruvini raqamlashtirish va suvni foydalanuvchilarga yetkazib berish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish guruhini (keyingi oʻrinlarda — loyiha guruhi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Soliq qoʻmitasi):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ikki hafta muddatda Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda loyiha guruhi faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shu jumladan, uni Kasbi tumani soliq inspeksiyasi maʼmuriy binosida joylashtirish, malakali mutaxassislarni jalb etish, belgilangan limit doirasida xizmat avtomobili, telefon va internet aloqasi bilan taʼminlash, zaruratga koʻra mutaxassislar uchun vaqtincha yashash sharoitlarini yaratish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2026-yil 1-iyulga qadar quyidagilarni nazarda tutadigan Loyiha guruhi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin:
(3-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha guruhining vazifalari va funksiyalari, shuningdek, uning faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasbi tumanidagi suv kirish va chiqish nuqtalari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalarining suv olish joylarini toʻliq raqamlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan oʻtkazilgan xatlov maʼlumotlari asosida suv olish joylarida gidroinshootlar qurilishini, oʻrnatiladigan raqamli qurilmalar va bajariladigan ish hajmlarini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda zarur mablagʻlarni ajratish yuzasidan Soliq qoʻmitasiga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish yuzasidan doimiy ravishda monitoring olib borish va boshqalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2026-yil 1-oktabrga qadar mahalliy hamda xorijiy ishlab chiqaruvchilardan loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qurilmalar va ularning ehtiyot qismlarini xarid qilish, oʻrnatish hamda ularga servis xizmatlarini koʻrsatish uchun bosh loyiha va bosh pudrat tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq tanlov (tender) orqali aniqlanishi va shartnomalar tuzilishini taʼminlasin.
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha guruhi aʼzolarining tarkibi soliq organlarining umumiy shtat birliklari doirasida hamda fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida jalb etish orqali shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar, shu jumladan, loyiha guruhini saqlash xarajatlari Soliq qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha guruhini saqlab turish, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida ishga jalb etiladigan xodimlarga ish haqi va unga qoʻshimcha toʻlovlar, shuningdek, loyiha guruhi xodimlariga qoʻshimcha toʻlovlar miqdorlarini belgilash xarajatlari Soliq qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish yakunlariga koʻra suv kirish va chiqish nuqtalarida oʻrnatilgan qurilmalar tegishliligi boʻyicha suv xoʻjaligi tashkilotlariga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining loyihaning dastlabki qiymatini 71 mlrd soʻm miqdorida belgilash hamda unga belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov (tender) savdolari yakunidan kelib chiqib, aniqlik kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Kasbi tumani qishloq xoʻjaligida suv hisobini yuritish tizimini raqamlashtirish maqsadida har bir suv kirish va chiqish nuqtalari suv hisobini real vaqt rejimida aniqlab beradigan qurilmalar bilan jihozlanishi inobatga olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda Kasbi tumanidagi barcha suv kirish va chiqish nuqtalari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalarining suv olish joylarini toʻliq xatlovdan oʻtkazib, ularning texnik parametrlarini shakllantirgan holda loyiha guruhiga taqdim etilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2028-yil 1-martga qadar suv resurslarini onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi “Smartwater.uz” axborot tizimining elektron xaritasida Kasbi tumanidagi barcha sugʻorish tarmoqlari va inshootlari, shuningdek, ulardagi suv olish nuqtalari aks ettirilishini taʼminlasin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2026-yil 1-avgustga qadar suv xoʻjaligi obyektlarida oʻrnatiladigan raqamli qurilmalarga qoʻyiladigan talablar boʻyicha texnik shartlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
(7-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2028-yil 1-martga qadar raqamlashtirish natijasida shakllangan maʼlumotlarni “Suv hisobi” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilsin;
(7-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2028-yil 1-aprelga qadar Kasbi tumanida amalga oshirilgan tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqib, quyidagilarni nazarda tutuvchi Suv resurslari hisobini yuritish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
(7-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanilgan suv resurslarining isteʼmolchilar kesimida aniq hisobini yuritish tizimini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suv yetkazib berish boʻyicha toʻlovlarini maqbullashtirish hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini qayta koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligi maxsus xizmatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha tumanlar va shaharlar hududiga kiruvchi suv nuqtalarini raqamlashtirgan holda, “Suv hisobi” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus qurilmalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish asosida ularning tannarxini kamaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar hududiga yetkazilgan suv hajmi balansini shakllantirish va isteʼmolchilar oʻrtasida taqsimlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv resurslarini yetkazib berish xarajatlarini bosqichma-bosqich isteʼmolchilar oʻrtasida taqsimlash va undirish tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv isteʼmoli normativlari asosida soliq hisoblash mexanizmini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv resurslaridan foydalanish hajmi, davriy ketma-ketligi hamda ekilgan ekin turlari asosida tasniflagan holda oʻsib boruvchi soliq stavkalarini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev hamda Qashqadaryo viloyati hokimi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 14-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
371-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2023-y., 09/23/371/0598-son; 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)