31.07.2023 yildagi PQ-253-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 31.07.2023 yildagi PQ-253-son
Date of entry into force
01.08.2023
Hujjat 01.08.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

“Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankining (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB) moliyaviy barqarorligi va investitsion jozibadorligini hamda operatsion samaradorligini oshirish, xususiylashtirishga tayyorlash va bank tizimiga strategik investorlarni jalb qilish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro moliya korporatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — XMK) hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan (keyingi oʻrinlarda — YETTB) jami 125 million AQSH dollari miqdoridagi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning qoʻshimcha chiqarilgan oddiy aksiyalariga konvertatsiya qilish imkoniyati bilan kredit liniyalari jalb qilinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XMK, Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) va YETTBning “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBni transformatsiya qilish va xususiylashtirish masalalari boʻyicha qoʻshma tavsiyalari taqdim etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan quyidagi takliflari maʼqullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi tomonidan Bank boshqaruv raisi va uning aʼzolarini mustaqil ravishda tayinlash va lavozimidan ozod qilish amaliyotini toʻlaqonli joriy etish hamda bu borada tayinlash va ragʻbatlantirish qoʻmitasi rolini kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB xususiylashtirilgunga qadar bank oddiy aksiyalari boʻyicha dividend toʻlanmagan holda uning sof foydasini taqsimlamaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2023-yilning yakuniga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OTB bilan 50 million AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻlarini “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga jalb qilish hamda mazkur kredit mablagʻlarini bank aksiyalariga konvertatsiya qilish imkoniyatini berish boʻyicha bitimni imzolash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XMKning 40 million AQSH dollari miqdoridagi subordinar qarz mablagʻlarini jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankning rahbarlik lavozimlariga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YETTB, XMK va OTB bilan hamkorlikda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari va ekspertlarni jalb etgan holda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBni uch yillik rivojlantirish va raqamli transformatsiya qilish strategiyasini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XMK koʻmagida 100 million AQSH dollari miqdorida “yashil” obligatsiyalarni mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 2024-yil yakuniga qadar “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBni xususiylashtirish orqali davlat ulushi miqdorini 50 foizdan kamaytirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Agentlik bosh direktoriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB kapitaliga xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha muzokaralar olib borish hamda tegishli hujjatlarni imzolash vakolati berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga bankni xususiylashtirish va transformatsiya qilish jarayonida, Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq malakali mutaxassislardan iborat tanlov komissiyasi tomonidan mustaqil ravishda quyidagi xarid jarayonlarini amalga oshirish va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish huquqi berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro yuridik, auditorlik kompaniyalari, investitsiya maslahatchilari va investitsiya banklari, ilgʻor xorijiy va mahalliy taʼlim muassasalari, yuqori malakali xorijiy ekspert va konsultantlarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlashtirish qurilmalari, dasturiy taʼminotlar va bankomatlarni yetkazib beruvchi kompaniyalar bilan shartnomalar tuzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga ajratilgan umumiy qiymati 1 280,12 milliard soʻm miqdoridagi kredit liniyasi mablagʻlari dastlabki shartlarni oʻzgarishsiz qoldirgan holda subordinar qarz sifatida qayta rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktori Sh.A. Vafayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 31-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-253-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-iyuldagi PQ-253-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-168-son qarorining 7-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Strategik islohotlar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ikkinchi xatboshidagi “2022-yil 1-oktabrga qadar” soʻzlari “2024-yil 1-martga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankini jalb qilgan holda 2024-yil yakuniga qadar “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va 2025-yil yakuniga qadar “Asakabank” ATBning davlat ulushlari xususiylashtirilishini taʼminlasin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) toʻrtinchi xatboshidagi “2023-yil 1-iyulga qadar” soʻzlari “2025-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankini xalqaro moliya institutlari ishtirokida xususiylashtirish va transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 161-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“21. Bankni xususiylashtirish va transformatsiya qilish ishlarini jadallashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank tomonidan yangi beriladigan kreditlar bozor tamoyillari va xatarlarni boshqarish tizimidan kelib chiqqan holda bank siyosati asosida ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankning Kuzatuv kengashi raisi 2023-yil 31-avgustga qadar uning mustaqil aʼzolari orasidan saylanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 3-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2023” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 8-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “XMKga” qisqartmasi “xalqaro moliya institutlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi 778-son qarori bilan tasdiqlangan 2023-yil yakuniga qadar “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat bankini xususiylashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”da:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 6-pozitsiyada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Chora-tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mustaqil aʼzolar orasidan Bank Kuzatuv kengashi raisini saylash”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijro muddati” ustunidagi “Xalqaro moliya institutidan kredit liniyasini konvertatsiya qilish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingandan keyin 90 kun muddatda” soʻzlari “2023-yil 31-avgustga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 38-pozitsiyaning “Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi 1-band chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 41-pozitsiyada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Chora-tadbirlar” ustunidan “2023-yil yakuniga qadar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijro muddati” ustunidagi “2023” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Masʼullar” ustunidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Strategik islohotlar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 07/23/253/0548-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 22.09.2025-y., 07/25/289/0859-son)