17.07.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1983-3
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrugʻi, 17.07.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1983-3
Date of entry into force
18.07.2023
Hujjat 18.07.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta tozalash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1983-3]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 10-iyundagi 29/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1983, 2009-yil 16-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 29-son, 341-modda) bilan tasdiqlangan Paxta tozalash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir B. MUSAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 27-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-2023/B-son

Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 27-iyundagi 37-2023/B-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta tozalash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Muqaddima qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Qoidalar paxta tozalash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga asosan ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir korxonada mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan korxonada yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan korxonada mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur korxona faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati korxonaning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita korxona rahbariga boʻysunadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 11-band “salomatligining” degan soʻzdan keyin “mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“35. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 100-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“100. Bosim ostida boʻlgan ballonlar saqlanadigan omborlar “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 23-noyabrdagi 258-son buyruq talablariga mos boʻlishi kerak.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 107-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“107. Barcha mexanizm va yuk koʻtarish uskunalari “Yuk koʻtarish kranlari tuzilishi va ularni xavfsiz ishlatish qoidalarni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-iyundagi 20/YuB-26-son qarorga mos boʻlishi kerak.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 169-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“169. Elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son “Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori talablariga rioya qilish kerak.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 10/23/1983-3/0490-son)