23.06.2023 yildagi 16-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 23.06.2023 yildagi 16-son
Date of entry into force
23.06.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odil sudlovni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida har kimga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish, buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan koʻrib chiqilishi huquqi kafolatlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar tomonidan konstitutsiyaviy normalarni toʻgʻridan-toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishi orqali inson huquqlariga oid kafolatlarni toʻlaqonli taʼminlash maqsadida, 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan referendumda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-837-son Konstitutsiyaviy Qonunning 11-moddasi hamda “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (bundan buyon matnda Konstitutsiya deb yuritiladi) 15-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, Konstitutsiya mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga egaligi haqidagi qoida uning normalari barcha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan ustun turishini anglatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shunga koʻra, sudlar koʻrib chiqilayotgan huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatning mazmunini baholashi va Konstitutsiya normalarini toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi oliy yuridik kuchga ega normativ-huquqiy asos sifatida qoʻllashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar Konstitutsiya normasini tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmaganligi vaji bilan qoʻllashni rad etishga yoʻl quyilmasligiga eʼtibor qaratishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tushuntirilsinki, muayyan ishda qoʻllanilishi zarur boʻlgan Konstitutsiyaning normasida boshqa normativ-huquqiy hujjatga havola qilinganda, ishni koʻrib chiqayotgan sudlar Konstitutsiya va tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunga asoslanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Konstitutsiya 15-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsip va normalari (Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi hamda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi Paktlar va boshqalar) bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qoʻllanilishiga eʼtibor qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda sudlar qonun hujjatlariga asosan xalqaro shartnoma Oʻzbekiston Respublikasida ratifikatsiya qilinganligi yoxud kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari oʻtkazilganligiga, shuningdek, qoʻshimcha shartlar qoʻyilganligiga eʼtibor qaratishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, ishlarning koʻrib chiqilishida xalqaro shartnoma normalari qoʻllanilgan hollarda qarorning asoslantiruvchi qismida ushbu xalqaro shartnoma normalariga havola qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sudlarning eʼtibori Konstitutsiyada hech kim rasmiy eʼlon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emasligi hamda normativ-huquqiy hujjatni matbuot va rasmiy manbalarda eʼlon qilinishi ular qoʻllanilishining majburiy sharti ekanligi belgilanganligiga qaratilsin (30-modda birinchi qismi, 99-modda oʻn birinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish tartibi 2021-yil 20-apreldagi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-682-son, 2019-yil 10-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-591-son, 2017-yil 7-sentabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-443-son qonunlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1013-son qarorida belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan referendumda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-837-son Konstitutsiyaviy Qonunning 3 va 4-moddalariga muvofiq, ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga zid boʻlmagan qismi qoʻllaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konstitutsiya normalari tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qatʼiy nazar, ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytdan eʼtiboran toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar inobatga olishi kerakki, sud hujjatlarida huquqiy asos sifatida birinchi navbatda, qoida tariqasida, Konstitutsiyaning tegishli normalariga va undan keyin yuridik kuchiga qarab boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, basharti qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya normalariga zid boʻlganligi aniqlangan taqdirda esa, faqatgina Konstitutsiyaning tegishli normalari qoʻllanilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksga muvofiq 2023-yil 1-mayga qadar qabul qilingan birinchi instansiya sudining sud hujjatlari yuqori instansiya sudlari tomonidan qayta koʻrilayotganda ularda qoʻllanilgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiya normalariga mos kelmasligi aniqlanishi sud hujjatlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Fuqarolik kodeksining 4-moddasi va “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 41-moddasi talablaridan kelib chiqib, fuqarolik ishlari boʻyicha, iqtisodiy va maʼmuriy sudlar tomonidan ishlarni koʻrishda nizoli munosabat boʻyicha taraflarning huquq va majburiyatlari qachon vujudga kelganligi aniqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Konstitutsiyaning 20-moddasida insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qilishi; insonning huquq va erkinliklari davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini tashkil etishi lozimligi belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shunga koʻra, sudlar davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari bilan munosabatlarda inson huquqlarining samarali himoya qilinishini taʼminlash maqsadida mazkur organlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan insonga nisbatan huquqiy taʼsir choralarini qoʻllashda Konstitutsiyada belgilangan mutanosiblik prinsipiga rioya qilinganligini tekshirishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda inson bilan davlat organlarining oʻzaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, Konstitutsiyaning 55-moddasida davlat organlari yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida yetkazilgan zarar ixtiyoriy ravishda qoplanmagan taqdirda, uning oʻrni manfaatdor shaxsning arizasiga asosan sud tartibida davlat tomonidan qoplanishi kafolatlanganligi inobatga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sudlar Konstitutsiyaning 20-moddasi talablaridan kelib chiqib, shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerakligini inobatga olishlari zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etishda aybdor boʻlgan shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi odilona boʻlishi, yaʼni jinoyat yoxud huquqbuzarlikning ogʻir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga hamda insonparvarlik tamoyillariga muvofiq boʻlishi kerak.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sudlar muayyan ishlarni koʻrishda Konstitutsiya 21-moddasidagi shaxsga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emasligi haqidagi normaga rioya etilganligini tekshirishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda qonunchilik deganda, nafaqat qonun hujjatlari, balki qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar ham nazarda tutilishi inobatga olinishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Sudlar Konstitutsiyaning 28-moddasi talablariga muvofiq aybdorlikka oid barcha shubhalarni bartaraf qilishning imkoni yoʻqligi shaxsni aybsiz deb topishga asos boʻlishini inobatga olishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsning oʻz aybini tan olganligi uning aybi sudda tekshirilgan boshqa dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina ayblov hukmi chiqarilishiga asos boʻla oladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat ishlarini yuritishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻzining aybsizligini isbotlashi shart emasligi, istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi, oʻzi va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emasligi bilan bogʻliq Konstitutsiyada belgilangan shaxsiy huquq va erkinliklarini buzilishi protsessual qonun normalarining jiddiy buzilishi deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sudlarning eʼtibori Konstitutsiyaning 29-moddasi toʻrtinchi qismiga asosan qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chogida foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tushuntirilsinki, Konstitutsiyada mustahkamlangan shaxsiy huquq va erkinliklarni hamda qonunlarda belgilangan tartiblarni buzgan holda yoxud qonunlarda nazarda tutilmagan harakatlar natijasida toʻplangan dalillar qonunni buzgan holda olingan dalillar deb eʼtirof etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Konstitutsiyaning 29-moddasiga muvofiq har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlangan boʻlib, qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir shaxs jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan eʼtiboran oʻz tanloviga koʻra advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati va asoslari toʻgʻrisida xabardor qilinishini, unga qarshi yoki uning foydasiga guvohlik berayotgan shaxslarning soʻroq qilinishini talab etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy erkinlik va daxlsizlikni kafolatlovchi konstitutsiyaviy normalarni buzilishi holatlariga baho berishda sudlar Oliy sud Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 17-son qarorida berilgan tushuntirishlarga amal qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning eʼtibori shaxsga advokat yordamidan foydalanish bilan bogʻliq konstitutsiyaviy huquqi tushuntirilmasdan yoki uning bunday huquqlaridan amalda foydalanishi uchun real sharoit yaratib berilmasdan turib, unga nisbatan tergov harakatlari olib borilishi natijasida olingan dalillarning maqbul emas (yaroqsiz) deb topilishiga va bunday dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chogʻida foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Sudlar inobatga olishlari kerakki, 2023-yil 1-maydan boshlab shaxsning yozishmalari, telefon orqali soʻzlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqining cheklanishiga, uy-joyida tintuv oʻtkazilishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning yozishmalari, telefon orqali soʻzlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi, uy-joy daxlsizligi huquqlarining cheklanishi bilan bogʻliq holda oʻtkazilgan tezkor-qidiruv faoliyati natijalari mazkur tadbirlar sudning ruxsati asosida hamda 2012-yil 25-dekabrdagi “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-344-son Qonunga muvofiq amalga oshirilgandagina ishda dalil sifatida foydalanilishi mumkin boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sudlarning eʼtibori Konstitutsiyaning 139-moddasi ikkinchi qismida sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan toʻla tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida soʻzlash huquqi kafolatlanganligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konstitutsiyaning ushbu normasi hamda Jinoyat protsessual kodeksining 20-moddasi, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 273-moddasi, Fuqarolik protsessual kodeksining 11-moddasi, Iqtisodiy protsessual kodeksining 10-moddasi va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksning 12-moddasiga muvofiq sudlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarga oʻz ona tilida yoki oʻzi biladigan boshqa tilda ogʻzaki yoki yozma arz qilish, koʻrsatuv va tushuntirishlar berish, iltimosnoma va shikoyatlar bilan murojaat qilish, sudda soʻzlash hamda tarjimon xizmatidan foydalanish huquqlarini tushuntirishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Konstitutsiyaning 16-moddasida Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari Konstitutsiya asosida va uni ijro etish yuzasidan qabul qilinishi, birorta qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaning prinsip va normalariga zid boʻlishi mumkin emasligi belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muayyan ishlarda qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga zidligi aniqlangan taqdirda sudlar Oliy sudga shu masalada Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish yuzasidan taklif kiritishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tushuntirilsinki, Konstitutsiyaviy sudning tegishli normativ-huquqiy hujjatning bir qismini Konstitutsiyaga zid deb topish haqidagi qarori sudlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatning qolgan qismi qoʻllanilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Sudlar nizolarni koʻrish davomida idoraviy normativ-huquqiy hujjat shaxsning Konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlari va manfaatlariga zidligi aniqlanganda, manfaatdor shaxsga bunday hujjatni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksning 22-bobi tartibida Oliy sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar inobatga olishlari kerakki, idoraviy normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiya prinsip va normalariga zidligi uni Oliy sud tomonidan manfaatdor shaxsning arizasiga asosan toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Sudlar ishlarni koʻrish natijalari boʻyicha Konstitutsiya normalari hamda shaxslarning kafolatlangan huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligini aniqlagan har bir holat boʻyicha qonun buzilishini keltirib chiqargan sabab va shart-sharoitlarni puxta oʻrganib, tegishli mansabdor shaxslarning qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi)ga xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan munosabat bildirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Barcha sudlar, qonunchilikni qoʻllayotgan davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar mazkur Plenum qarori tushuntirishlariga soʻzsiz rioya etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oliy sudning sudlov hayʼatlari, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar mazkur Plenum qarori mazmun-mohiyatini quyi sudlarga tushuntirish yuzasidan seminar-mashgʻulotlar oʻtkazishlari va yagona amaliyotni shakllantirishga eʼtibor qaratishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 23-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-son