27.06.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1782-4
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining qarori, 27.06.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1782-4
Date of entry into force
03.07.2023
Hujjat 03.07.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

“Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 27-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1782-4]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5073-son “Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 304-son “Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2008-yil 23-fevraldagi 299-V, 2008-05-son “Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1782, 2008-yil 2-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 105-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2023-yil 13-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
299-V-4-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh. KUDBIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 30-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 13-iyundagi 299-V-4-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 30-maydagi 21-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-726-son “Bank tizimini yanada rivojlantirish va boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 12-dekabrdagi 255-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladilar:”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizom”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Nizom banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishiga oid talablarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom davlat qimmatli qogʻozlariga doir operatsiyalarga tatbiq etilmaydi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“bank — bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, toʻlovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablagʻlarini jalb etish, oʻz nomidan kreditlar berish boʻyicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Bank Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olgan vaqtdan boshlab qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklar mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalash va xabardor qilish tartib taomillaridan oʻtish talab etilmaydi, bunda banklar professional faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlarini bajarishdan ozod etilmaydi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) II bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“II. Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyati, agar ushbu Nizomda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, qonunchilik hujjatlarida ushbu faoliyat turlariga oʻrnatilgan talablarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo) 31-banddagi “kasbiy” degan soʻz “professional” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Bankda investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq bank operatsiyalari boʻyicha javobgarlik yuklatilgan tarkibiy boʻlinma (keyingi oʻrinda — boʻlinma) boʻlishi lozim.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi jumladagi “qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi malaka attestatiga” degan soʻzlar “qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikatiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi jumladagi “qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi I toifali malaka attestatiga” degan soʻzlar “qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining I toifali malaka sertifikatiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikatini olish uchun oʻtkaziladigan attestatsiya Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
y) 8 va 12-bandlardagi “investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti” degan soʻzlar “investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) III bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“III. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyat yurituvchi bank tomonidan axborotni oshkor qilish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“13. Banklar investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish jarayonida bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya qilishlari lozim hamda xizmatda foydalaniladigan axborotga ega boʻlib, bu axborotdan bitimlar tuzish uchun foydalanish va ushbu axborotni bitimlar tuzish uchun uchinchi shaxslarga berilishi taqiqlanadi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“14. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyat yurituvchi bankdan, ular tomonidan amalga oshirilgan qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar va bitimlar boʻyicha axborotni qonunchilikda belgilangan tartibda talab qilish va olish huquqiga ega.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) 15-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) IV bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“IV. Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyat yurituvchi banklarning faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
p) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“16. Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatidagi professional faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan birgalikda amalga oshiriladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
r) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“17. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va investitsiya maslahatchisi sifatida professional faoliyat yurituvchi bank tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganligi haqida axborot kelib tushganda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar koʻrishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga choralar koʻrish uchun maʼlumotlar yuborish huquqiga ega.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 10/23/1782-4/0436-son)