Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.01.2026 26.06.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2175-7
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi, 26.06.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2175-7
Date of entry into force
27.06.2023
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.01.2026
Hujjat 27.06.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 26-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2175-7]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 12-yanvardagi 319-sonli ““Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175-9, 19.01.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-58-son “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi, 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 30-noyabrdagi 102-son “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2175, 2010-yil 30-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 531-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir Sh. KUDBIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 10-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 10-iyundagi 30-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Buyruqning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 27-martdagi PF-3227-son “2003-yilning 1-aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha beriladigan imtiyozlar oʻrniga kompensatsiya pul toʻlovlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi, 2009-yil 21-dekabrdagi PF-4158-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi, 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-son “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimchachora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Nizom uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmini belgilaydi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a” va “b” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a) 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar. Urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar doirasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1 va 2-ilovalarida belgilangan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensiya yoki nafaqa oluvchilar;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“e” kichik banddagi “nogironlari” degan soʻz “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“z” kichik banddan “pensiya yoshidagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 11-banddagi “1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari” degan soʻzlar “1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oylik kompensatsiya pul toʻlovlari jami daromad tarkibiga kiritiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi orqali pensiya va nafaqalar toʻlanadigan tartib va muddatlarda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan pensiya oluvchi pensionerlarga kompensatsiyalar pensiyalarni toʻlash muddatlarida pensiya tayinlangan tashkilot orqali toʻlanadi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 4, 6 va 10-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 5-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda, ushbu Nizomning 1-bandi “e” kichik bandida keltirilgan imtiyozli shaxslar tomonidan kompensatsiya tayinlash toʻgʻrisida ariza berilganda, arizaga kompensatsiya olish huquqini beruvchi hujjatni ilova qilish talab etilmaydi. Mazkur shaxslarning kompensatsiya olish huquqi “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan elektron koʻrinishdagi maʼlumotlar asosida aniqlanadi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 13-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda koʻrsatilgan toʻlovlar boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hamda uning hududiy boshqarmalari orqali amalga oshiriladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“14. Kompensatsiyalarni tayinlash va toʻlash ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2023-y., 10/23/2175-7/0427-son)