Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO ILMIY-TEXNIKAVIY ALOQALARNI RIVOJLANTIRISHNI, XALQARO VA XORIJIY TASHKILOTLAR VA JAMGʻARMALAR GRANTLARI BOʻYICHA ILMIY DASTURLAR VA LOYIHALARNI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASH TOʻGʻRISIDA
Xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, begʻaraz muruvvat va texnik yordam sifatida hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi xalqaro bitimlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga beriladigan xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar grantlari boʻyicha bajariladigan ilmiy-texnikaviy va innovatsiya dasturlarini va loyihalarini muvofiqlashtirishni va ularning monitoringini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
2. 1998-yil 1-yanvardan boshlab:
xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar grantlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida bajarilayotgan ilmiy-texnikaviy va innovatsiya dasturlari va loyihalarini amalga oshirish doirasida;
Oldingi tahrirga qarang.
ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha xalqaro bitimlar doirasida yetkazib beriladigan asbob-uskunalar (priborlar, materiallar, axborot va tashkiliy-texnika tizimlari va vositalari) Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi koʻrsatib oʻtilgan asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi asosida bojxonada rasmiylashtirishda undiriladigan bojxona poshlinasi, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
Sotib olingan yoki xorijdan keltirilgan asbob-uskunalar (priborlar, materiallar, axborot va tashkiliy-texnika tizimlari va vositalari) olib qoʻyilgan taqdirda barcha toʻlovlar va soliqlar belgilangan tartibda toʻlanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan keltirilayotgan pul mablagʻlari va asbob-uskunalarning (priborlar, materiallar, axborot va tashkiliy-texnika tizimlari va vositalari) ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 19-yanvar,
31-son