01.06.2023 yildagi 225-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.06.2023 yildagi 225-son
Date of entry into force
01.06.2023
Hujjat 01.06.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Jahon banki ishtirokida “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-oktabrdagi 668-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli institutsional islohotlarda ishtirok etish uchun xalqaro moliya institutlarini faol jalb qilish, ularning moliyaviy va texnik koʻmagidan oqilona foydalanish orqali islohotlarni yanada chuqurlashtirish, shuningdek, ilgʻor xalqaro tajribalarni samarali qoʻllash asosida institutsional salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, Jahon banki ishtirokida “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasida erishilgan kelishuvga muvofiq 30 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan 33,0 mln AQSh dollari miqdorida qarz, shuningdek, mazkur loyiha doirasida 250 ming AQSh dollari miqdorida texnik koʻmak jalb qilingan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son Farmoni hamda “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 1-martdagi PQ-83-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Jahon banki ishtirokidagi “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasi amalga oshirilishini samarali muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Jahon banki ishtirokida “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-oktabrdagi 668-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon banki ishtirokida “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tomonidan muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligiga loyihaning umumiy qiymati doirasida yoʻnalishlar boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar miqdorlariga oʻzgartirish kiritish hamda yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yoyilmasini tasdiqlash huquqini berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasi boʻyicha qarz bitimi va ushbu loyiha doirasida tuzilgan shartnomalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida tuzilgan Loyihani amalga oshirish guruhi amaldagi moliyalashtirish tartibi saqlangan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining boʻysunuviga oʻtkazilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 1-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
225-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-iyundagi 225-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Jahon banki ishtirokida “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-oktabrdagi 668-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 3-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Loyihaning amalga oshirilishini samarali tashkil etish va nazorat qilish, shuningdek, manfaatdor vazirlik va idoralar hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning Loyiha doirasidagi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tomonidan muvofiqlashtiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 4-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktoriga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/225/0309-son)