26.04.2023 yildagi O‘RQ-833-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 26.04.2023 yildagi O‘RQ-833-son
Date of entry into force
27.04.2023
Hujjat 27.04.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 27-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 2-martda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish, shuningdek fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirish, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mansabdor shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq faoliyat yuritishini taʼminlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida mansabdor shaxslarning qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni maʼmuriy sudlarda koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish orqali sud nazoratining qoʻllanilish sohasini kengaytirish, qarori, harakati (harakatsizligi) qonunga xilof emasligini maʼmuriy sudda isbotlash majburiyatini uni qabul qilgan mansabdor shaxsning zimmasiga yuklatish tartibiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash, shuningdek sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning samarali mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hozirgi vaqtda maʼmuriy sud ishlarini yuritishda arizachi hokimiyat vakolatlariga ega boʻlgan maʼmuriy organga, uning mansabdor shaxsiga — javobgarga nisbatan tengsiz holatdadir. Ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha chiqarilgan sud hujjatining davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda ijro etilishini taʼminlash ustidan samarali nazorat mexanizmi ham nazarda tutilmagan. Buning natijasida fuqarolarning yoki yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab chiqarilgan sud hujjatlari koʻp hollarda davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan ijro etilmasdan qolmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari daʼvo arizasini (arizani), shikoyatni yoxud ishni ularni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan sudga oʻtkazgan holda, sudlar tomonidan daʼvo arizasini, arizani, shuningdek shikoyatni sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli qabul qilishni rad etishni yoki ish boʻyicha ish yuritishni tugatishni taqiqlash belgilanishi zarurati yuzaga kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda, ushbu Qonun sud tizimida “yagona darcha” prinsipini keng joriy etish maqsadida arizalarni sudga taalluqliligidan qatʼi nazar, qabul qilishga va vakolatli sudga yuborishga hamda muayyan ish doirasida barcha huquqiy oqibatlarni hal qilishni taʼminlash tizimi joriy etilishiga, maʼmuriy sud ishlarini yuritish “sudning faol ishtiroki” prinsipi asosida amalga oshirilishiga, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bilan bir qatorda unga sababiy bogʻlanishda boʻlgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi talabning maʼmuriy sud tomonidan koʻrilishiga, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar boʻyicha taraflarga kelishuv bitimini tuzish huquqi berilishiga, sud hujjatlari maʼmuriy organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa organlar, shuningdek tashkilotlar tomonidan ijro etilmagan taqdirda, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimalari qoʻllanilishiga doir protsessual qoidalarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona sud amaliyotini taʼminlash hamda qonunchilikdagi boʻshliqlarni bartaraf etish maqsadida ushbu Qonunda jinoyat protsessida kassatsiya instansiyasi sudining xususiy ajrimiga, fuqarolik protsessida kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirishga, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatishga doir protsessual qoidalar ham nazarda tutilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini taʼminlashga, davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatishga, maʼmuriy sud ishlarini yuritishni xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirishga hamda aholining sudlarga boʻlgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, №2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda) quyidagi mazmundagi 50914-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“50914-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining xususiy ajrimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya instansiyasi sudi ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga qaratish zarur boʻlgan taqdirda xususiy ajrim chiqaradi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 588, 592-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 6, 337-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda) 167-moddasining beshinchi xatboshisidagi “nazorat tartibida” degan soʻzlar “kassatsiya tartibida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda, № 8, 469-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar; 2022-yil, № 4, 337-modda, № 6, 570-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 5-moddaning 1-bandidagi “fuqarolik ishlari va iqtisodiy nizolar boʻyicha sudlarning” degan soʻzlar “fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning, iqtisodiy va maʼmuriy sudlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 27-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1) sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari — uch yil ichida”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sud tomonidan berilgan ijro hujjatiga asosan qoʻzgʻatilgan ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish oʻsha sud yoki davlat ijrochisi turgan joydagi sud tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan ijro hujjatlari boʻyicha ijro ishi yuritishni toʻxtatib turish va tugatish davlat ijrochisi turgan joydagi fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual yoki Jinoyat-protsessual kodekslarida” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual yoki Jinoyat-protsessual kodekslarida yoxud Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 861-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“861-modda. Davlat ijrochisining qarorlari ustidan shikoyat berish va protest keltirish. Davlat ijrochisining harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ijrochisining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qaror chiqarilganligi toʻgʻrisida xabar qilingan kundan yoki manfaatdor shaxsga oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda davlat ijrochisi joylashgan erdagi maʼmuriy sudga yoxud boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ijrochisining qaroriga qonunda belgilangan tartibda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar, 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 8, 787-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 27-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzaro bogʻliq boʻlgan, baʼzilari fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, baʼzilari esa maʼmuriy sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talabni birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) quyidagi mazmundagi 311-modda bilan toʻldirilsin:

“311-modda. Ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha suddan boshqa sudga oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talab fuqarolik ishlari boʻyicha sudga sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda taqdim etilgan taqdirda, daʼvo arizasi (ariza) taalluqliligiga koʻra iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishni koʻrib chiqish jarayonida daʼvo arizasi (ariza) sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi aniqlansa, fuqarolik ishlari boʻyicha sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va fuqarolik sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi fuqarolik ishlari boʻyicha sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik ishlari boʻyicha suddan taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazilgan daʼvo arizasi (ariza), ish materiallari oʻziga oʻtkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida sudlar oʻrtasida sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi”;

3) 75-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Iqtisodiy yoki maʼmuriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni koʻrayotgan sud uchun iqtisodiy yoki maʼmuriy sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taalluqli boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi masalalar boʻyicha majburiydir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 124-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1) ish fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 192-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudya arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish haqidagi masalani ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yakka tartibda hal etadi. Arizani ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud arizani sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qaytarish, shuningdek arizani taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga arizachiga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy yoki maʼmuriy suddan ariza yoki ish materiallari sudga taalluqliligiga koʻra kelib tushganda sudya ariza ushbu Kodeksning 189, 190 va 191-moddalarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay daʼvogarni (arizachini) kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qiladi va unga buning uchun oʻn kundan oshmaydigan muddat beradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1) arz qilinayotgan talab fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismidagi “talab sudga taalluqli boʻlmasa va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 195-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“41) daʼvogar (arizachi) sudyaning ushbu Kodeks 192-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan koʻrsatmasini belgilangan muddatda bajarmagan boʻlsa”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) 387-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Prokuror ishtirokisiz koʻrib chiqilgan ish boʻyicha apellatsiya protestiga tarafning mazkur protestni keltirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan murojaatining koʻchirma nusxasi ilova qilinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bandining oʻzbekcha matnidagi “haqli” degan soʻz chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 5-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5) agar ish sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi qoidalar buzilgan holda koʻrib chiqilgan boʻlsa, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bandining oʻzbekcha matnidagi “haqli” degan soʻz chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:

“4) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) quyidagi mazmundagi 4078 va 4079-moddalar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4078-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kassatsiya shikoyatining (protestining) imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoxud mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holat bartaraf etilganidan keyin kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4079-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya tartibida koʻrilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yoʻl qoʻyilib qabul qilingan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yoʻl qoʻyilib qabul qilingan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) kassatsiya shikoyatidan voz kechish toʻgʻrisidagi ariza kassatsiya shikoyatini bergan shaxsdan kassatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) protestni chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan kassatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) ishda taraf boʻlgan fuqaro kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, unda sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar boʻyicha kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) 419-modda quyidagi mazmundagi 7-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7) agar ish sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda koʻrilgan boʻlsa, hal qiluv qarorini, ajrimni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 463-modda, № 6, 577-modda, № 8, 787-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 26-modda birinchi qismining 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“12) undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish haqidagi, bundan maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talab boʻyicha ijro hujjati yoki boshqa hujjat mustasno”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) quyidagi mazmundagi 311-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“311-modda. Ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra iqtisodiy suddan boshqa sudga oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talab sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda iqtisodiy sudga taqdim etilgan taqdirda, daʼvo arizasi (ariza) taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar daʼvo arizasi (ariza) sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni koʻrib chiqish jarayonida aniqlansa, iqtisodiy sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki maʼmuriy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va iqtisodiy sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra iqtisodiy suddan boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy suddan taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazilgan daʼvo arizasi (ariza), ish materiallari oʻziga oʻtkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida sudlar oʻrtasida sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 110-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1) ish iqtisodiy sudga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa”;

4) 152-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudya daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish haqidagi masalani daʼvo arizasi sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay yakka tartibda hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud daʼvo arizasini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, ajrimning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilganidan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha suddan yoki maʼmuriy suddan daʼvo arizasi (ariza) yoki ish materiallari kelib tushganda sudya daʼvo arizasi (ariza) ushbu Kodeksning 149, 150 va 151-moddalarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay daʼvogarni (arizachini) kamchiliklarni bartaraf yetish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qiladi va unga buning uchun oʻn kundan oshmaydigan muddat beradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 154-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1) ish iqtisodiy sudga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 155-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11) daʼvogar sudyaning ushbu Kodeks 152-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan koʻrsatmasini belgilangan muddatda bajarmagan boʻlsa”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bandining oʻzbekcha matnidagi “haqli” degan soʻz chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi 6-band bilan toʻldirilsin:

“6) ushbu Kodeks 279-moddasi toʻrtinchi qismining 9-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) 279-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi 9-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda koʻrilganligi”;

9) 281-modda uchinchi qismi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bandining oʻzbekcha matnidagi “haqli” degan soʻz chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4) ajrimni bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bandining oʻzbekcha matnidagi “haqli” degan soʻz chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 7-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7) ushbu Kodeks 302-moddasi toʻrtinchi qismining 9-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) 302-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi 9-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda koʻrilganligi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) 305-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi 5-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5) birinchi instansiya sudining ajrimini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilishga va daʼvo arizasini (arizani), ish materiallarini koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda; 2021-yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 8, 787-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 11-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11-modda. Sudning faol ishtiroki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy sud ishlarini yuritish sudning faol ishtiroki asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, arizalari, iltimosnomalari, ular tomonidan taqdim etilgan dalillar va ishning boshqa materiallari bilan cheklanmasdan maʼmuriy ishning toʻgʻri hal qilinishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha haqiqiy holatlarni har tomonlama, toʻliq va xolisona tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud oʻz tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi boʻyicha qoʻshimcha dalillar toʻplaydi, shuningdek maʼmuriy sud ishlarini yuritish vazifalarini hal qilishga qaratilgan boshqa harakatlarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishning haqiqiy holatlarini tekshirishda va dalillarni toʻplashda sudga koʻmaklashishi shart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qismi “iqtisodiy sudga” degan soʻzlardan keyin “yoki fuqarolik ishlari boʻyicha sudga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bandining oʻzbekcha matnidagi “ishlarni hal qiladi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:

“8) maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha undirish soʻzsiz tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni hal qiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Arizachi ushbu moddada koʻrsatilgan ariza (shikoyat) bilan bir qatorda ushbu talablarga sababiy bogʻlanishda boʻlgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabni ham taqdim etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada koʻrsatilgan talablardan alohida tarzda bildirilgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudda yoki iqtisodiy sudda koʻrib chiqilishi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) quyidagi mazmundagi 273-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“273-modda. Ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra maʼmuriy suddan boshqa sudga oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talab sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda maʼmuriy sudga taqdim etilgan boʻlsa, ariza (shikoyat) taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ariza (shikoyat) sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni koʻrib chiqish chogʻida aniqlansa, maʼmuriy sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va maʼmuriy sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizani (shikoyatni), ish materiallarini maʼmuriy suddan sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy suddan taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazilgan ariza (shikoyat), ish materiallari oʻziga oʻtkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida sudlar oʻrtasida sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 45-moddaning ikkinchi qismi “arz qilingan talabni tan olish” degan soʻzlardan keyin “yoxud kelishuv bitimi tuzish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 46-moddaning toʻqqizinchi qismi “hamda uning majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi” degan soʻzlardan keyin “bundan kelishuv bitimi tuzish huquqi mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 62-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi, bundan kelishuv bitimi tuzish huquqi mustasno”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) 67-moddaning matni quyidagi mazmunda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agar ushbu Kodeksda maʼmuriy ishlar boʻyicha isbotlash majburiyatlari taqsimlanishining boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻz talablariga yoki eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan haqiqiy holatlarni isbotlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizachi dalillarni yigʻishda oʻz imkoniyatlari doirasida ishtirok etishi shart. Arizachi oʻziga yetkazilgan zararning miqdorini isbotlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isbotlash majburiyati qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashilayotgan maʼmuriy organlarning va mansabdor shaxslarning zimmasiga yuklatiladi. Maʼmuriy organlar va mansabdor shaxslar oʻz eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan faktlarni ham tasdiqlashi shart. Mazkur shaxslar qaror qabul qilishda, harakatlarni sodir etishda faqat oʻzi tayangan asoslarni keltirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar taraf sud tomonidan talab etilgan dalilni oʻzida ushlab turgan va uni sud tomonidan belgilangan muddatda sudning soʻroviga koʻra taqdim etmayotgan boʻlsa, undagi maʼlumotlar ushbu tarafning manfaatlariga qarshi qaratilgan deb faraz qilinadi va mazkur taraf tomonidan tan olingan deb hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi mazmundagi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Taraflar oʻz talablarini yoki eʼtirozlarini qaysi dalillar bilan asoslab berayotgan boʻlsa, oʻz ixtiyoridagi ushbu barcha dalillarni sudga taqdim etishi shart. Maʼmuriy organ ham maʼmuriy sud ishlarini yuritishning barcha materiallarini taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar taqdim etilgan dalillar ishni toʻgʻri hal qilish uchun yetarli boʻlmasa, sud oʻz tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra qoʻshimcha dalillarni talab qilib oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar biron-bir dalilni yoʻq qilishga yoki yashirishga yoxud dalilni tekshirishga va baholashga dalillarni olishni imkonsiz qilib qoʻygan yoki qiyinlashtirgan holda boshqacha tarzda monelik qilishga haqli emas. Bunday holda sud monelik qilayotgan tarafning zimmasiga, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalardan qatʼi nazar, isbotlash majburiyatini yuklatishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi — toʻqqizinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — oʻninchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Sud tarafning hal qiluv qarorini qabul qilish chogʻida hal qilinadigan, dalillar maqbulligi toʻgʻrisidagi arizasiga bogʻlanib qolmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) 92-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi boʻyicha sud, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) maʼmuriy ishni koʻrish yakuni boʻyicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar arizachining yoki manfaatlarini koʻzlab ariza berilgan shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining aniq xavfi mavjud boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini bunday choralarni koʻrmasdan turib himoya qilish mumkin boʻlmasa yoki qiyin boʻlsa, dastlabki himoya choralarini koʻrishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka muvofiq boʻlmagan hamda fuqarolarning yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabni koʻrib chiqishda sud arizachining arizasiga koʻra dastlabki himoya choralarini koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki himoya choralarini koʻrishga maʼmuriy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida yoʻl qoʻyiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) 93-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 5-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5) javobgarning mol-mulkini yoki pul mablagʻlarini xatlash”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) 105-modda quyidagi mazmundagi 5-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5) ariza (shikoyat) sud muomalaga layoqatsiz deb topgan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1) ish maʼmuriy sudga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli boʻlmasa”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8) kelishuv bitimi tuzilgan va u sud tomonidan tasdiqlangan boʻlsa”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sud tomonidan solinadigan sud jarimasining miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmasligi kerak, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa organlar, shuningdek tashkilotlar tomonidan sud hujjati ijro etilmagan taqdirda, ularning mansabdor shaxslariga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda sud jarimasi solinadi. Sud hujjati takroran ijro etilmagan taqdirda, dastlabki solingan jarimaning oʻn baravari miqdorida sud jarimasi solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi sud ajrimi ijro etilmagan taqdirda, ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan miqdorda sud jarimasi solinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) quyidagi mazmundagi 151-bob bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“151-bob. Kelishuv bitimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1261-modda. Taraflarning kelishuvi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflar maʼmuriy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida va sud hujjatini ijro etish jarayonida nizoni kelishuv bitimini tuzgan holda toʻliq hajmda yoki qisman hal etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflarning kelishuvi ixtiyoriylik, hamkorlik va teng huquqlilik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflarning kelishuviga faqat javobgarda maʼmuriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) mavjud boʻlganda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflarning kelishuvi faqat ularning nizoli ommaviy huquqiy munosabatlar subyekti sifatidagi huquq va majburiyatlariga taalluqli boʻlishi hamda taraflarning oʻzaro yon berishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeks 27-moddasi birinchi qismining 1, 3, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan ishlar boʻyicha, shuningdek uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan shartlarni nazarda tutadigan ishlar boʻyicha kelishuv bitimining tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1262-modda. Kelishuv bitimining shakli va mazmuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimi yozma shaklda tuziladi va uni tuzgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimi albatta ijro etilishga oid talablarga javob berishi hamda unda majburiyatlarni bajarishning taraflar tomonidan kelishilgan shartlari, tartibi va muddatlari haqidagi qoidalar, shuningdek sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi shartlar va qonunga zid boʻlmagan boshqa shartlar koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflar tomonidan kelishuv bitimi shartlari boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi taraflarni bir-biriga yoki boshqa voqealarga (harakatlarga) bogʻliq qilib qoʻyishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimi sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masalaga nisbatan ham tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi shart mavjud boʻlmasa, sud bu masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chogʻida, ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda hal etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta nusxa ortiq boʻlgan nusxalarda tuziladi va imzolanadi. Ushbu nusxalardan biri ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1263-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala ish qaysi sudning ish yurituvida boʻlsa, oʻsha sud tomonidan, sud majlisida taraflar albatta ishtirok etgan holda koʻrib chiqiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimini tuzgan, sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslar sud majlisiga kelmagan taqdirda, kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishda bitimning qonun talablariga muvofiqligini hamda uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldorligini aniqlash uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan ishning haqiqiy holatlarini, vajlar va dalillarni tekshiradi, ularga baho beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, unda ish yuritish toʻliq yoki qisman tugatilganligi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimi apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ajrim chiqarilib, ish boʻyicha ilgari qabul qilingan barcha sud hujjatlari ushbu ajrim bilan bekor qilinadi va ish yuritish tugatiladi. Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrib chiqishda tegishli sud hujjatining qonuniyligi va asosliligi tekshirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim ishni koʻrgan birinchi instansiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijro bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala bitim sudga taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud kelishuv bitimini qisman tasdiqlashga, oʻzgartirishga yoki undan taraflar tomonidan kelishilgan biron-bir shartni chiqarib tashlashga haqli emas. Sud ushbu bitimdan qonunga zid boʻlgan yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan ayrim shartlarni chiqarib tashlashni taraflarga taklif qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1264-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi sud ajrimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida ushbu Kodeksning 169-moddasida nazarda tutilganidan tashqari quyidagilar ham koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) kelishuv bitimining shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi xulosa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) sud xarajatlarining taqsimlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari ish boʻyicha avval qabul qilingan barcha sud hujjatlarini bekor qilish haqidagi koʻrsatma boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi sud ajrimida kelishuv bitimining shartlari va kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi xulosa, shuningdek sud hujjatining ijro etilmasligi haqidagi shartlar koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi sud hujjatlari ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimini tuzgan shaxslar uni ushbu bitimda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ravishda bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi ushbu bitimda nazarda tutilgan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, bitim ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga koʻra bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1265-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud kelishuv bitimini tasdiqlashni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) uning shartlari qonunchilikka zid boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) uning shartlari uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) uning shartlari koʻrib chiqilayotgan nizo (ish) predmeti bilan bogʻliq boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) javobgarda maʼmuriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) mavjud boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) bitim shart asosida tuzilgan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Bunda sud muhokamasi umumiy tartibda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) 131-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sudya arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi, qabul qilishni rad etish, qaytarish yoki sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish haqidagi masalani ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay yakka tartibda hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish haqida, qabul qilishni rad etish, qaytarish yoki sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha suddan yoki iqtisodiy suddan ariza (shikoyat) yoki ish materiallari kelib tushganda sudya ariza (shikoyat) ushbu Kodeksning 128, 129 va 130-moddalarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay arizachini kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi haqida xabardor qiladi va unga buning uchun oʻn kundan oshmaydigan muddat beradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18) 133-modda birinchi qismining 1 va 2-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1) ish maʼmuriy sudga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) maʼmuriy sudning ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish haqidagi ajrimi yoxud kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimi mavjud boʻlsa”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19) 134-moddaning birinchi qismi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11) arizachi sudyaning ushbu Kodeks 131-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan koʻrsatmasini belgilangan muddatda bajarmagan boʻlsa”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 9-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9) ariza (shikoyat) sud muomalaga layoqatsiz deb topgan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20) 140-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 10 va 11-bandlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“10) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) taraflarni kelishtirish choralarini koʻradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21) 149-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“taraf nizoni kelishuv yoʻli bilan hal qilish maqsadida sudga koʻmaklashishni soʻrab murojaat etgan taqdirda, tarafning iltimosnomasiga koʻra”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab qanoatlantirilgan taqdirda, hal qiluv qarorining xulosa qismida undirilishi lozim boʻlgan summa koʻrsatiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi va sakkizinchi qismlari tegishincha sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23) 218-moddaning ikkinchi qismidagi “sud raisi” degan soʻzlar “ishni koʻrayotgan sudlov hayʼati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bandining oʻzbekcha matnidagi “haqli” degan soʻz chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 6-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6) ushbu Kodeks 220-moddasi toʻrtinchi qismining 9-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi 9-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda koʻrilganligi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, agar taraflar oʻrtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, bekor qiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26) 223-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“223-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ajrimni, qarorni oʻzgartirishga yoki bekor qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish haqidagi, arizani (shikoyatni) qaytarish, ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni) birinchi instansiya sudiga koʻrib chiqish uchun yuborishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27) 243-modda quyidagi mazmundagi 7-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7) ushbu Kodeks 244-moddasi toʻrtinchi qismining 9-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28) 244-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi 9-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda koʻrilganligi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29) 247-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“247-modda. Ajrim, qaror ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi instansiya sudining apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilgan ajrimi, qarori va apellatsiya instansiyasining ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajrim, qaror ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya instansiyasi sudi ajrim, qaror ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagilarga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga, kassatsiya shikoyatini (protestini) qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ajrimni, qarorni oʻzgartirishga yoki bekor qilishga va ishni yangidan koʻrishga yubormasdan yangi qaror qabul qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) ajrimni, qarorni bekor qilishga va arizani, ishni koʻrib chiqish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi, apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish, apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish, apellatsiya instansiyasi sudida ish boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish haqidagi ajrimni bekor qilishga va apellatsiya shikoyatini (protestini), ishni apellatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun yuborishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) ajrimni, qarorni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni koʻrib chiqish uchun taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi instansiya sudining qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30) 276-modda quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari, agar sud tomonidan boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, ular qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir oy ichida maʼmuriy organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa organlar, tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan ijro etilishi lozim. Maʼmuriy organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa organlar, tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar sud hujjati ijro etilganligi toʻgʻrisida sudni xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hujjati ijro etilmagan taqdirda, ushbu Kodeksning 14-bobida belgilangan tartibda va miqdorda birinchi instansiya sudi tomonidan sud jarimasi solinadi hamda sud hujjatini ijro etish uchun bir oydan oshmaydigan takroriy muddat beriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 5-moddaning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3) maʼmuriy sudlarga beriladigan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi arizalardan, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi, saylov komissiyalarining harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish haqidagi, notarial harakatni sodir etishni, fuqarolik holati dalolatnomalarining yozuvlarini qayd etishni rad etganlik yuzasidan nizolashish yoxud notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi, davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etganlik yoxud belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan boʻyin tovlaganlik ustidan beriladigan, shu jumladan zararning oʻrnini qoplash haqidagi talablar bilan bogʻliq arizalardan (shikoyatlardan), maʼmuriy sudlarning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish haqidagi, sud jarimalarini solish toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellatsiya va kassatsiya shikoyatlaridan, shuningdek maʼmuriy sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlarini va koʻchirma nusxalarini berganlik uchun”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ilovaning 3-bandi quyidagi mazmundagi b1-kichik band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

b1) zararlarning oʻrnini qoplash haqidagi arizalar (shikoyatlar) boʻyicha

zararlarning oʻrnini qoplash haqidagi talab summasining 2 foizi miqdorida, biroq BHMning 1 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda

”.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 26-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-833-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)