Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XOʻJALIKLAR IXTIYORIDA QOLDIRILADIGAN PAXTA TOLASI, PILLA, JUN VA QORAKOʻL TERINI SOTIShNI TAʼMINLOVChI QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKA VA VILOYAT UYuShMALARINI TUGATISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik ixtiyorida qoldirilgan paxta tolasi, pilla, jun va qorakoʻl terining sotilishini taʼminlovchi Qoraqalpogʻiston respublika va viloyat uyushmalarini tugatish toʻgʻrisida” 1995-yil 17-maydagi Farmoniga muvofiq, xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish shart-sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqaruvchilarning huquqlarini himoya qilish va bozor munosabatlarini chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 7-oktabrdagi 390-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
pilla, jun va qorakoʻl teri erkin narxlarda xoʻjaliklar tomonidan ularning xohishiga koʻra “Pilla”, “Oʻzbekyengilsanoat”, “Oʻztayyorlovsavdo” respublika uyushmalari, “Qorakoʻl” respublika birlashmasining hamda boshqa korporatsiya va uyushmalarning tayyorlov tashkilotlariga, shuningdek, toʻgʻridan toʻgʻri aloqalar boʻyicha hamda birja savdolarida sotiladi.
2. Qoraqalpogʻiston respublika va viloyat uyushmalari tomonidan tuzilgan kontraktlarni bajarishni nihoyasiga yetkazish boʻyicha huquqiy vorislarni aniqlash, shuningdek, xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi va boshqa paxta mahsulotlarini sotish tartibini ishlab chiqish uchun ilovaga* muvofiq tarkibda komissiya tuzilsin.
* Ilova berilmaydi.
Komissiya ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga ushbu masala boʻyicha takliflar taqdim etsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Xoʻjalik ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi, pilla, jun va qorakoʻl terini sotishni taʼminlovchi Qoraqalpogʻiston respublika va viloyat uyushmalarining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1992-yil 17-oktabrdagi 479-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb xisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 18-may,
171-son