07.12.2001 yildagi 320-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 07.12.2001 yildagi 320-II-son
Date of entry into force
20.01.2002
Hujjat 20.01.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 344-modda) 11-moddasining ikkinchi qismidagi “inspeksiyalar” degan soʻz chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 22-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda) 4-moddasi 1-bandining “m” kichik bandi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov toʻgʻrisida”gi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 96-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 7-moddasining birinchi qismi “mulkdorlarning” degan soʻzdan keyin “yozma” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agar tasarrufdan chiqarilganda boshqa shaxs yoki organning roziligi yoki ruxsatini olish talab etiladigan mol-mulk ipoteka narsasi boʻlsa, bunday mol-mulk ipotekasi uchun ham shunday rozilik yoki ruxsat olish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulkida boʻlgan va hech kimga xoʻjalik yuritish huquqida biriktirilmagan koʻchmas mulk garovi toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi — toʻqqizinchi qismlari tegishincha yettinchi — oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 10-moddasi quyidagi mazmundagi qismlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Shartnomada ipoteka narsasi uning nomi, turgan joyi va shu narsani oʻxshash deb topish uchun yetarli tarzdagi tavsifi koʻrsatilgan holda belgilab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada ipoteka narsasi boʻlgan mol-mulk qaysi huquqqa koʻra garovga qoʻyuvchiga tegishli boʻlsa, shu huquq hamda garovga qoʻyuvchining bu huquqini roʻyxatdan oʻtkazgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organning nomi koʻrsatilgan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ipoteka narsasini baholash garovga qoʻyuvchi bilan garovga oluvchi oʻrtasidagi kelishuv asosida baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi, biroq bu baholash koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organ oʻtkazgan baholashdan kam boʻlmasligi kerak”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 14-moddasi quyidagi mazmundagi qismlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Garovga oluvchi oʻziga topshirilgan garov narsasi toʻliq yoki qisman nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi uchun, agar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 333-moddasiga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligini isbotlay olmasa, javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garovga oluvchi nobud boʻlgan garov narsasi uchun uning haqiqiy qiymati miqdorida, garov narsasi shikastlanganligi uchun esa garov narsasi garovga oluvchiga topshirilayotganda baholangan summaga qarab qiymat qancha summaga kamaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar garov narsasi shikastlanish natijasida belgilangan maqsad boʻyicha foydalanib boʻlmaydigan darajada oʻzgargan boʻlsa, garovga qoʻyuvchi undan voz kechishga hamda uning nobud boʻlganligi uchun tovon toʻlanishini talab qilishga haqli, u bilan garovga oluvchi oʻrtasida nobud boʻlgan yoki shikastlangan mol-mulkni tiklash yoki almashtirish toʻgʻrisida yozma ravishda bitim tuzilgan hamda garovga oluvchi bu bitimning shartlarini lozim darajada bajarayotgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomada garovga oluvchining garov narsasi nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida garovga qoʻyuvchiga yetkazilgan boshqa zararni ham toʻlash majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor garovga qoʻyuvchi garov narsasi nobud boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yetkazilgan zararni toʻlash toʻgʻrisida garovga oluvchiga qoʻygan talabni garov bilan taʼminlangan majburiyatlarni qoplash uchun hisobga olishga haqli”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma shartlariga muvofiq yoki shu shartnoma boʻyicha garovga qoʻyilgan mol-mulk asralishini taʼminlash zaruratiga koʻra garovga oluvchi uni asrash va (yoki) qoʻriqlash uchun yoxud garovga qoʻyuvchining bu mol-mulk bilan bogʻliq soliqlar, yigʻimlar yoki kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzlarini toʻlash uchun xarajatlar qilishga majbur boʻlgan hollarda garovga oluvchining bunday xarajatlarini qoplash garovga qoʻyuvchi hisobidan taʼminlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish garovga qoʻyuvchining arizasi asosida amalga oshiriladi. Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagilar taqdim etilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka toʻgʻrisidagi notarial tasdiqlangan shartnoma va uning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomada ilova tariqasida koʻrsatilgan hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim toʻlanganligi dalili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma uni roʻyxatga olish uchun zarur hujjatlar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch ish kunida roʻyxatga olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Binolar va inshootlar davlat kadastriga ipoteka toʻgʻrisidagi qayd yozuvi kiritilgan kun ipoteka davlat roʻyxatiga olingan sana hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish oshkora tadbir hisoblanadi. Navbatdagi garovga oluvchi, huquqlardan boshqa shaxs foydasiga voz kechish boʻyicha yangi kreditor, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi, soliq, bojxona organlari va sudlar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda tegishli mol-mulk ipotekasi toʻgʻrisida qayd yozuvi bor-yoʻqligi haqidagi maʼlumot hamda ipoteka toʻgʻrisidagi qayd yozuvidan tasdiqlangan koʻchirma olishga haqlidir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 223-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda) 24-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“24-modda. Kasaba uyushmalarining xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqini himoya etish borasidagi huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqini qonun hujjatlariga muvofiq himoya qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari mehnatni muhofaza qilishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqishda va kelishib olishda belgilangan tartibda ishtirok etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari ishlab chiqarish vositalarini sinash va foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari ishida, ishlab chiqarishdagi kasb kasalliklarini tekshirishda, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) majlislarida ishtirok etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarning sogʻligʻiga mehnatda mayib boʻlish oqibatida yoki oʻz mehnat vazifalarini bajarishlari bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zarar qoplanishi uchun hamda ularning sogʻligʻi va mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqlari kamsitilgan boshqa hollarda kasaba uyushmalari oʻz tashabbusi bilan yoki xodimlarning arizalariga binoan ularning huquqlarini himoya qilib, daʼvo arizalari bilan sudga murojaat etishlari mumkin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 10-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 11-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi, nizomi belgilangan tartibda tasdiqlanadigan maxsus vakolatli organ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlarni moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan taʼminlash hamda ularning faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish ishlarini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud qarorlarini ijro etish ishlarini tashkil qiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 13-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlarning kadrlari malakasi oshirilishini tashkil qiladi”;

3) 30-moddasi uchinchi xatboshisidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlarning kadrlari malakasi oshirilishini tashkil qiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 62-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Har bir sud uchun xalq maslahatchilari soni sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 74-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudyalarning malaka hayʼati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻsh sudyalik lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar xususida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyaning intizomiy javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyaning vakolatlarini toʻxtatish yoki muddatidan ilgari tugatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyaning daxlsizligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyani malaka attestatsiyasidan oʻtkazish hamda unga malaka darajasini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudyalar zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq maslahatchilarini tanlash va ularning saylovini oʻtkazish ishlarini tashkil qilish masalalarini koʻrish uchun tuziladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 227-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“227-modda. Bojxonaga doir qonun hujjatlarini buzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxonaga doir qonun hujjatlarini buzish —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xuddi shunday huquqbuzarlik koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 2411-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2411-modda. Qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, yaʼni tadbirkorlik faoliyati subyektini roʻyxatdan oʻtkazishni gʻayriqonuniy rad etish yoki uni roʻyxatdan oʻtkazishdan boʻyin tovlash, muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berishni gʻayriqonuniy rad etish yoki uni berishdan boʻyin tovlash, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, tadbirkorlik faoliyati subyektining huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklash, xuddi shuningdek uning mustaqilligini boshqacha tarzda cheklash yoki uning faoliyatiga boshqacha tarzdagi gʻayriqonuniy aralashish —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 245-moddasining birinchi qismidagi “164-moddasining ikkinchi qismi” degan soʻzlar “164-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) quyidagi mazmundagi 2452-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2452-modda. Adliya organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya organlarining mansabdor shaxslari paxta xaridi boʻyicha kontraktatsiya shartnomalari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi oqibatida xoʻjalik yurituvchi subyektga mulkiy zarar yetkazilganligi fakti aniqlangan taqdirda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda xoʻjalik sudiga yuboriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 255-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“255-modda. Mehnat boʻyicha davlat huquqiy va texnik inspektorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat boʻyicha davlat huquqiy va texnik inspektorlari ushbu Kodeksning 49, 50, 51, 229-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo chorasi qoʻllashga quyidagilar haqlidirlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun — mehnat boʻyicha davlat huquqiy inspektorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun — mehnat boʻyicha davlat texnik inspektorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat normalari va mehnat shart-sharoitlari qoidalarini buzganlik uchun — mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi mansabdor shaxslari”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 264-moddasining birinchi qismidagi “164-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “164-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda) 9-moddasi ikkinchi qismining 2-bandidagi “hamda ularning mehnatning huquq va texnika boʻyicha inspeksiyalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 497-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan avtomototransport vositalarini ayirboshlash shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 504-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan avtomototransport vositalarini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 565-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan avtomototransport vositalarini ijaraga berish shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 7-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalliy soliqlar va yigʻimlarga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) mol-mulk soligʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) yer soligʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) infratuzilmani rivojlantirish soligʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) reklama soligʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) savdo-sotiq qilish huquqi uchun yigʻim, shu jumladan ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yigʻimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni roʻyxatga olganlik uchun yigʻim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 8-moddasining yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari daromad (foyda) soligʻi, qoʻshilgan qiymat soligʻi, ekologiya soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, yer soligʻi, infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, boshqa mahalliy soliqlar va yigʻimlar (mol-mulk soligʻi, savdo-sotiq qilish huquqi uchun yigʻim, shu jumladan ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yigʻimlari bundan mustasno) oʻrniga budjetga yalpi daromad soligʻi toʻlaydilar. Yalpi daromad soligʻini hisoblab chiqarish tartibi va stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 29-moddasining ikkinchi qismidagi “Aksiyalar boʻyicha va boshqa xoʻjalik” degan soʻzlar “Aksiyalar boʻyicha va xoʻjalik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 31-moddasi birinchi qismining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar, 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslardan tashqari”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13, 15 va 24-bandlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 32-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“investitsiyalarga (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida asosiy ishlab chiqarishni rivojlantirish, kengaytirish va rekonstruksiya qilishga, kollejlar, akademik litseylar, maktablar va maktabgacha taʼlim muassasalari qurilishiga), shuningdek investitsiyalar uchun olingan kreditlarni uzishga yoʻnaltiriladigan xarajatlar summasiga, hisoblangan eskirishdan toʻliq foydalanish sharti bilan, biroq soliq solinadigan daromadning (foydaning) oʻttiz foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 55-moddasi birinchi qismining jadvali quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Jami daromad miqdori

Soliq summasi

eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdorigacha daromad summasining 13 foizi
eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdoridan
‎(+1 soʻm) sakkiz baravari miqdorigacha
eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdoridan olinadigan soliq + toʻrt baravardan oshadigan summaning 23 foizi
eng kam ish haqining sakkiz baravari miqdoridan
‎(+1 soʻm) va undan yuqori miqdoridan‎
eng kam ish haqining sakkiz baravari miqdoridan olinadigan soliq +sakkiz baravardan oshadigan summaning 33 foizi‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 71-moddasining 35-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“35) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar ishlab chiqarayotgan va realizatsiya qilayotgan tovarlar (olib kiriladigan va aksiz toʻlanadigan tovarlar bundan mustasno) hamda bajarayotgan ishlar va koʻrsatayotgan xizmatlar (savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan bogʻliq ishlar va xizmatlar bundan mustasno)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) 80-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Quyidagilarga aksiz soligʻi solinmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksportga chiqariladigan tovarlarga, roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim tovarlar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tashkilotlari tomonidan (yoki ularning buyurtmalari boʻyicha) budjet mablagʻlari hisobiga faqat oʻz ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga keltirilayotgan tovarlarga”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismi “oʻrtacha yillik” degan soʻzlardan keyin “qoldiq” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jismoniy shaxslar uchun ularning mulki boʻlgan uy-joylar, kvartiralar, chorbogʻ va bogʻ uylari, garajlar va boshqa imoratlar, binolar va inshootlar qiymati soliq solish obyekti hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) 92-moddasi ikkinchi qismining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno”;

11) 93-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Quyidagilarning mulkida boʻlgan imoratlari, binolari va inshootlariga soliq solinmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan, uchala darajali Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari va partizanlari, ularga tenglashtirilgan shaxslar, ichki ishlar va davlat xavfsizligi organlari tarkibida xizmat qilgan shaxslarning, harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda shtatdagi lavozimlarni egallagan shaxslar, Leningrad shahri qamalida boʻlganlarning va konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari, xizmatni Afgʻoniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha boʻlgan qoʻshinlarning cheklangan kontingenti tarkibida oʻtagan harbiy xizmatchilar hamda oʻquv va sinov yigʻinlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qahramon-onalar, shuningdek oʻn nafar va undan ortiq farzandi bor ayollarning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar olayotgan fuqarolarning (shu jumladan, u erda vaqtincha yoki xizmat safariga yuborilgan fuqarolarning);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensionerlarning, shuningdek I va II guruh nogironlarining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatli xizmat harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolarining xizmatni oʻtash davrida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yarador, kontuziya boʻlganlik yoki shikastlanganlik oqibatida yoki frontda boʻlish tufayli orttirilgan kasallik oqibatida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va boshqa turmush qurmagan rafiqalarining (erlarining);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari jumlasidan boʻlgan nogironlarning, ichki ishlar organlarining xizmat vazifalarini ado etayotganda yarador, kontuziya boʻlganlik yoki shikastlanganlik oqibatida nogiron boʻlib qolgan boshliqlar va oddiy xizmatchilar jumlasidan boʻlgan shaxslarning.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddada nazarda tutilgan imtiyozlar mol-mulk egasining tanlashiga binoan mol-mulkning faqat bir obyektiga taalluqli boʻladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) 102-moddasi birinchi qismining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) 113-moddasining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) 119-moddasining oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) 135-moddasining 8-bandidagi “0,15” raqami “0,07” raqami bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda) 110-moddasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Moddiy ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga, fermer xoʻjaliklariga, shuningdek yuridik shaxs maqomidagi dehqon xoʻjaliklariga oʻz ehtiyojlari uchun import qilayotgan uskunalar, xomashyo va moddiy resurslar uchun bojxona toʻlovlari toʻlashni (bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlari bundan mustasno) foiz undirilmagan holda toʻqson kunlik muddatga kechiktirish imkoniyati beriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 7-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
320-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 533-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2019-y., 03/19/588/4115-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son; 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)