20.02.2023 yildagi 3-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 20.02.2023 yildagi 3-son
Date of entry into force
20.02.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar tomonidan er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish haqidagi ishlarni ko‘rishda qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishga oid nizolarni hal qilishda qonun normalarini sudlar tomonidan bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga asosan, Oliy sud Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarga tushuntirilsinki, umumiy mol-mulkni bo‘lish er va xotinning da’vosi bo‘yicha nikoh davomida, nikohdan ajratish haqidagi ishni ko‘rish bilan bir vaqtda, shuningdek nikoh bekor bo‘lgandan keyin ham amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish haqidagi da’vo bilan sudga er va xotindan tashqari, ulardan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga undiruvni qaratish zarurati tug‘ilgan holatlarda kreditor ham murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muomalaga layoqatsiz er yoki xotinning manfaatida umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi da’vo arizasini uning vasiysi berishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 66-moddasi birinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vafot etgan er yoki xotinning umumiy mol-mulkdagi ulushini aniqlash va bo‘lish haqidagi da’vo arizasi bilan uning merosxo‘rlari murojaat qilishga haqli (O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi) 1114-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha da’vo arizalari sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalariga ko‘ra, javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi sudga beriladi. Shuningdek, da’vo arizasini qabul qilishda FPK 35-moddasida belgilangan sudlovga tegishlilikning alohida qoidalari ham inobatga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sud tartibida taraflar yoki biror-bir asosga ko‘ra uchinchi shaxslarning (masalan, ijara, mulkdan tekin foydalanish, omonat saqlash va shu kabi shartnomalar bo‘yicha) egaligida yoki foydalanishida bo‘lgan mol-mulk bo‘linishini inobatga olib, sudlar da’vo arizasini qabul qilish va ishni sud muhokamasiga tayyorlashda mol-mulklar haqida tegishli ma’lumotlarni aniqlab olishlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu toifadagi ishlarni sud muhokamasiga tayyorlashda, sud taraflarning arizasi yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra, da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Da’voni ta’minlash choralarining saqlanish muddati va ularni bekor qilish masalalari FPK 112-moddasi talablari asosida tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishga oid nizolarni to‘g‘ri hal qilish uchun sudlar, birinchi navbatda, ularning egaligida va foydalanishida bo‘lgan mol-mulkning qaysi biri qonunga ko‘ra er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki va qaysi biri har birining o‘z mulki ekanligini aniqlashlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki tarkibi O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi (bundan buyon matnda OK deb yuritiladi) 23-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni umumiy birgalikdagi mulk deb topish masalasini hal qilishda mol-mulk er yoki xotindan qaysi birining nomiga rasmiylashtirilganligi yoxud pul mablag‘lari qaysi biri tomonidan kiritilganligi ahamiyat kasb etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er va xotinning yozma kelishuvi asosida aliment majburiyatlarini bajarish yuzasidan ulardan birining nomiga olingan mol-mulk er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Er va xotinning nikohga qadar o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki, ulardan har birining nikoh davomida bepul olgan mol-mulki, shuningdek nikoh davomida umumiy mablag‘lari hisobiga olingan er va xotinning shaxsiy foydalanishdagi buyumlari har birining o‘z mulki hisoblanadi va bo‘linmaydi. Nikoh davomida umumiy mablag‘lari hisobiga olingan qimmatbaho buyumlar va zeb-ziynatlar bundan mustasno (OK 25, 26-moddalari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. OK 27-moddasining oltinchi va yettinchi qismlariga ko‘ra, voyaga yetmagan bolalar ehtiyoji uchun olingan narsalar (kiyim-kechak, oyoq kiyim, maktab va sport anjomlari, musiqa asboblari, bolalar kutubxonasi va boshqalar), shuningdek er-xotinning umumiy mol-mulki hisobidan voyaga yetmagan bolalari nomiga qo‘yilgan omonatlar ham bolalarga tegishli hisoblanib, er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishda hisobga olinmaydi hamda mazkur mol-mulklar bolalar er va xotindan qaysi biri bilan yashasa, unga kompensatsiyasiz beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Agar er-xotin nikohdan ajratilgunga qadar oilaviy munosabatlarni tugatgan, ya’ni alohida yashagan va o‘z mablag‘laridan alohida foydalangan, umumiy mablag‘lari hisobiga mol-mulk olmagan bo‘lsalar, sud OK 27-moddasining beshinchi qismiga muvofiq, er yoki xotinning biri tomonidan oilaviy munosabatlar tugatilgan davrda orttirilgan mol-mulkni ulardan har birining o‘z mulki deb topishi va faqat er-xotin tomonidan oilaviy munosabatlar tugatilgan vaqtga qadar orttirilgan mol-mulkni bo‘lishi mumkin. Oilaviy munosabatlar tugatilgandan keyin orttirilgan mol-mulkni er yoki xotinning o‘z mulki deb topish to‘g‘risida qarshi da’vo berilishi shart emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Nikoh davrida er yoki xotindan har biriga tegishli bo‘lgan mol-mulkning qiymati ancha oshgan bo‘lsa, ushbu mol-mulk manfaatdor er yoki xotinning talabi bo‘yicha sud tomonidan birgalikdagi mulk deb topilishi mumkin. Bunday talabni hal etishda mol-mulkning qiymati qanday mablag‘lar, ya’ni umumiy mol-mulk, er-xotindan har birining mol-mulki yoxud er va xotindan birining mehnati hisobiga ancha oshganligi, shuningdek mol-mulkning nikohga qadar va nikoh davrida mablag‘ qo‘shilgandan keyingi holati aniqlanishi lozim (OK 25-moddasining ikkinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish haqidagi masalani hal qilishda, basharti ularning o‘rtasida nikoh shartnomasi tuzilmagan bo‘lsa, sudlar OK 5-bobida nazarda tutilgan normalarga rioya etishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er va xotin o‘rtasida notarial tartibda tasdiqlangan nikoh shartnomasi mavjud bo‘lgan hollarda mol-mulk nikoh shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida bo‘linadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nikoh shartnomasida umumiy mol-mulkning ayrim turlariga nisbatan birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan tartibi (OK 23-moddasi) o‘zgartirilgan hollarda, nikoh shartnomasida ko‘rsatilmagan mol-mulk qonunda belgilangan tartibda bo‘linadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda shuni inobatga olish kerakki, OK 31-moddasining beshinchi qismiga ko‘ra, nikoh shartnomasining er yoki xotindan birini o‘ta noqulay sharoitga solib qo‘yadigan (masalan, er-xotindan birini nikoh davrida topilgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqidan batamom mahrum etadigan) shartlari shu er yoki xotin talabi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Er va xotindan birining talabi bo‘yicha sud OK 28-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, er-xotinning umumiy mol-mulkdagi ulushlari tengligidan chekinishi mumkin. Er va xotin ulushlari tengligidan chekinish sud hujjatida batafsil asoslantirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. OK 27-moddasining to‘qqizinchi qismida nikohdan ajratilgan er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish haqidagi talablar uchun belgilangan uch yillik da’vo muddatining o‘tishini nikoh tugatilgan vaqtdan (fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohdan ajratish qayd etilgan yoki sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan) emas, balki shaxs o‘z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab hisoblash lozim (FK 154-moddasining birinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, da’vo muddati faqat tarafning birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar bergan arizasiga asosan qo‘llaniladi. Sud da’vo muddatini o‘z tashabbusi bilan qo‘llashga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Umumiy mol-mulkni bo‘lishda, OK 28-moddasining to‘rtinchi qismiga asosan er yoki xotindan biri tomonidan er yoki xotinning erkiga zid ravishda va oila manfaatiga mos bo‘lmagan tarzda sarflangan mol-mulk yoxud uning qiymati hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar er yoki xotin umumiy mol-mulkni yashirgan, unga zarar yetkazgan yoki yo‘q qilgan bo‘lsa, sud oila va fuqarolik huquqining umumiy tamoyillari (huquq o‘xshashligi), shuningdek halollik va adolat tamoyillaridan kelib chiqib, mol-mulkni bo‘lishda ushbu mol-mulkni yoki uning qiymatini hisobga olishi mumkin (OK 7-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Er-xotindan biriga mol-mulkni asl holida berish masalasini hal etishda sud mol-mulkning xususiyati va nima uchun mo‘ljallanganligi, uni sotib olish shartlari va boshqa e’tiborga molik holatlarni inobatga olishi lozim. Masalan, avtotransport vositasini bo‘lishda sud er-xotindan qay biri undan amalda foydalanganligi, texnik holatiga qarab kelganligi, haydovchilik guvohnomasi borligi va boshqa holatlarni e’tiborga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Turar joy yoki boshqa ko‘chmas mulkni asl holida bo‘lish masalasi sud tomonidan fuqarolik qonunchiligi normalarini inobatga olgan holda hal etilishi lozim (FK 223, 226-moddalari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy mol-mulk hisoblangan turar joyni asl holida bo‘lish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda, sud da’voni rad qilish bilan birga, taraflarga turar joydan foydalanish tartibini belgilash haqidagi da’vo bilan sudga murojaat qilish huquqini tushuntiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bo‘linishi lozim bo‘lgan mol-mulk qiymati ish ko‘rilgan vaqtdagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Turar joy yoki boshqa ko‘chmas mulkning qiymati nizoli obyekt turgan joydagi narxdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er va xotinning umumiy mol-mulki qiymati yuzasidan nizo bo‘lganda tegishli ekspertiza tayinlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Umumiy mol-mulkni bo‘lishda sud er va xotinning har biriga qaysi mol-mulk berilishini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Er va xotinning birgalikdagi umumiy mulkida ikki yoki undan ortiq turar joy mavjud bo‘lsa (uy, kvartira) sud er va xotindan qay birining egaligiga u yoki bu turar joy o‘tishini belgilashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflardan biriga uning mol-mulkdagi ulushidan ortiq qiymatga ega bo‘lgan mol-mulk berilgan hollarda sud boshqa tarafga pul kompensatsiyasi to‘lashni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hujjatining xulosa qismida aynan qaysi mol-mulk qaysi tarafga berilganligi, kompensatsiya miqdori va uni to‘lashi lozim bo‘lgan shaxs aniq ko‘rsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, pul kompensatsiyasi undirish belgilangan hollarda sud hujjatining xulosa qismida er yoki xotinning biriga o‘tgan mol-mulkka egalik huquqi pul kompensatsiyasi to‘lab berilganidan keyin vujudga kelishi ko‘rsatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Huquqi buzilgan er yoki xotin er-xotindan biri tomonidan umumiy mol-mulkni tasarruf etish bo‘yicha amalga oshirilgan bitim yuzasidan nizolashganda, nizo OK 24-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlari talablariga asosan hal qilinishi lozim. Ushbu moddada belgilangan maxsus da’vo muddatini qo‘llash FK 153-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo arizasi berilgandan keyin er yoki xotindan biri vafot etgan taqdirda, sud protsessual huquqiy vorislik tartibida uni merosxo‘rlari bilan almashtiradi (FPK 47-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Er va xotinning roziligi bilan mas’uliyati cheklangan jamiyat, qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat, xo‘jalik shirkati ustav fondiga kiritilgan pul va mulkiy hissalar, jumladan, ko‘char va ko‘chmas mulk mazkur tijorat tashkilotining mulki hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tijorat tashkiloti ustav fondidagi ulush er va xotinning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatdor er yoki xotinning tijorat tashkilotidagi ulushning bir qismini unga o‘tkazib berish (ulushni bo‘lish) haqidagi talabi faqatgina qonun yoki tijorat tashkilotining ta’sis hujjatlarida ulush (bir qismi)ni uchinchi shaxslarga o‘tish imkoniyati nazarda tutilgan hollarda qanoatlantirilishi mumkin. Bunda manfaatdor er yoki xotin qonun va ta’sis hujjatlarida belgilangan tijorat tashkiloti ishtirokchisi majburiyatlarini qabul qilishga rozi bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aks holda manfaatdor er yoki xotin ko‘rsatilgan tijorat tashkilotining ustav fondidagi unga tegishli ulushini pul shaklida ajratib berishni talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizolashilayotgan ulush qiymati tegishli tijorat tashkilotining faoliyatini tartibga soluvchi qonunda belgilangan qoidalar asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Shartnoma asosida mol-mulk olinganda (masalan, ko‘chmas mulk, yer uchastkasi, avtotransport vositasi oldi-sotdi shartnomalari va hokazo) mulk huquqi FK 185-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab vujudga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mol-mulk shartnoma asosida nikoh davomida olingan bo‘lib, shartnoma er-xotin nikohdan ajratilgandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda, sud OK 23-moddasi talablariga amal qilishi lozim. Aksincha, mol-mulk shartnoma asosida nikohga qadar olingan bo‘lib, shartnoma er-xotin nikohga kirgandan so‘ng davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan holda, basharti mol-mulk bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olinganligi isbotlanmasa, sud OK 25-moddasi talablariga amal qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Umumiy mol-mulkni bo‘lishda er-xotinning umumiy qarzlari (OK 28-moddasining uchinchi qismi) va oila manfaatlari yo‘lida vujudga kelgan majburiyatlar ham inobatga olinadi. Biroq, sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, to‘yni, shuningdek nikoh marosimlari bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun olingan qarzlar va boshqa xarajatlar bunda inobatga olinmaydi (OK 44-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mulk huquqini vujudga kelishi asoslaridan biri bitimlar bo‘lib, kredit mablag‘lari evaziga sotib olingan ko‘chmas mulk ham er va xotinning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanadi (FK 182-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shunga ko‘ra, OK 28-moddasining uchinchi qismi talabidan kelib chiqib, kredit mablag‘lari evaziga sotib olingan ko‘chmas mulkni bo‘lishda sudlarning e’tibori kredit shartnomasi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan pul summasi ham er va xotinning umumiy qarz majburiyatlari deb topilishi shartligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hujjatida er va xotin ularga taqsimlangan ko‘chmas mulkdagi ulushlariga mutanosib ravishda kreditor oldida javobgar ekanliklari tushuntirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit majburiyatlarini ko‘chmas mulkdagi ulushi qiymatidan ortiq miqdorda bajargan er yoki xotin kredit bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilgandan keyin o‘z ulushi qiymatidan ortiq to‘langan summani undirish yoki ulushlarni qayta taqsimlash haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur toifadagi ishlarni ko‘rishda sudlar tegishli kredit tashkilotini mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, agar mol-mulk er yoki xotinning biri tomonidan nikohga kirguniga qadar kredit mablag‘lari evaziga sotib olingan bo‘lib, kredit majburiyatlari esa nikoh davomida bajarilganda, nikoh davomida to‘langan pul summasi er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Sudlarning e’tibori, agar shartnomada mol-mulk qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lash va mulk huquqi to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgandan keyin sotib oluvchiga o‘tishi nazarda tutilganda, ish holatlaridan kelib chiqib, taraflar nikohdan ajratilguniga yoki umumiy ro‘zg‘or yuritish tugatilgunga qadar to‘langan pul summasi er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanishiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan davlat boji qonunda belgilangan miqdorda da’vogar talab qilayotgan mol-mulk qiymatidan kelib chiqqan holda to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha davlat bojini taqsimlashda taraflarga berilgan mol-mulk yoki uning ulushi qiymatidan kelib chiqishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Quyidagi mulkiy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar fuqarolik qonunchiligi bo‘yicha hal etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nikohni fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd etmasdan bir oila bo‘lib yashaydigan shaxslarning mulkiy nizolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqon va fermer xo‘jaliklarining, xususiy korxona va oilaviy korxonaning mol-mulkini bo‘lish haqidagi nizolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nikohi haqiqiy emas deb topilgan shaxslarning mulkiy nizolari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nikohi haqiqiy emas deb topilgan shaxslarning birgalikda orttirgan mol-mulkini bo‘lish haqidagi nizolarni ko‘rishda sudlar OK 56-moddasining to‘rtinchi qismiga asosan, bunday nikoh tuzilishi bilan huquqi buzilgan er yoki xotin (insofli er yoki xotin) manfaatida OK 23, 27 va 28-moddalarini qo‘llashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishi va mazkur toifadagi ishlar ko‘rilishida sud xatolarining oldini olish yuzasidan choralar ko‘rishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida” 2011-yil 20-iyuldagi 6-sonli qarorining 20 — 28-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 20-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-son