03.02.2023 yildagi PQ-43-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 03.02.2023 yildagi PQ-43-son
Date of entry into force
04.02.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy taʼsirini kamaytirish uchun tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va faoliyatini jadal qayta tiklash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tadbirkorlik subyektlarining 2023-yil 1-yanvarga nisbatan 1-fevral holatiga oshgan (hosil boʻlgan) soliq qarzini 2023-yil 1-martdan 1-iyulga qadar foizlarsiz, qoʻshimcha shartlar qoʻymasdan va taʼminot talab etmasdan teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq qoʻmitasi soliq qarzini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi arizalarni 5 kungacha muddatda koʻrib chiqsin. Bunda, havo haroratining keskin sovib ketishi davrida toʻliq quvvatda ishlay olmagan soliq toʻlovchilarning yanvar oyi yakuni boʻyicha hosil boʻlgan soliq qarzini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ham berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tadbirkorlik subyektlarining soliq qarziga penya hisoblash 2023-yil 1-aprelga qadar toʻxtatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qoʻllanilishi, shuningdek, mazkur qaror kuchga kirguniga qadar qoʻllanilgan jarimalar undirilishi 2023-yil 1-aprelga qadar toʻxtatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tadbirkorlik subyektlariga 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar-fevral oylarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarini 2023-yil 1-martdan boshlab 1-iyulga qadar teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulkidan foydalanish yuzasidan 2022-yildan buyon amalda boʻlgan ijara shartnomalari boʻyicha ijara toʻlovlari miqdori 2023-yil 1-aprelga qadar oʻzgarishsiz qoldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olingan davlat aktivlari boʻyicha 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar oylarida toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlar, shu jumladan dastlabki toʻlov toʻlanmaganligi uchun foizlar va penyalar hisoblash 2023-yil 1-aprelga qadar toʻxtatib turilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar oylarida davlat xaridlari doirasida tuzilgan shartnomalar shartlari havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli bajarilmaganligi uchun tadbirkorlik subyektlariga davlat buyurtmachilari (shu jumladan, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korxonalar) tomonidan jarima va penyalar qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan 2023-yil 1-aprelga qadar davlat foydasiga undiruvlar bilan bogʻliq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi toʻxtatib turilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Markaziy bank (M. Nurmuratov) tijorat banklari bilan birgalikda joriy qish mavsumida havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli talafot koʻrgan tadbirkorlik subyektlarining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditlari boʻyicha 2023-yil yanvar — mart oylari uchun toʻlovlar muddatini 2023-yil 1-iyunga qadar uzaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddati oʻtgan kreditlariga jarima sanksiyalari va garov taʼminoti boʻyicha 2023-yil 1-aprelga qadar undiruv choralarini qoʻllamaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyati uzluksizligini taʼminlashga, shu jumladan vaqtinchalik pul oqimlaridagi uzilishlarini qoplash va aylanma mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltirilgan qisqa muddatli (revolver) kredit mahsulotlarini oldindan maʼqullangan (modul) qarorlar asosida taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nosoz holga kelgan asosiy vositalarini taʼmirlash uchun kreditlar ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit byurolarida kreditlari boʻyicha toʻlovlar muddatining uzaytirilishini ularning kredit tarixi va skoring koʻrsatkichlarini tekshirishda inobatga olmaslik boʻyicha tegishli choralar koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, muddati uzaytirilayotgan kreditlar sifati yomonroq tasniflanmaydi hamda ushbu kreditlar boʻyicha qoʻshimcha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaxiralar shakllantirish talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev), Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov), manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda eng koʻp talafot koʻrgan tarmoqlarga joriy yilning I choragida qoʻshimcha manzilli yordam koʻrsatish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh. Kudbiyev 2023 — 2025-yillarga moʻljallangan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida yildan-yilga oʻtuvchi obyektlarda boshlangan qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun 2023-yil 1-fevraldan boshlab moliyalashtirishni boshlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) va Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxobov) joriy qish mavsumida havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli talafot koʻrgan tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari asosida bir kun muddatda yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 3-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-43-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.02.2023-y., 07/23/43/0072-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)