1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar;
2.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq va budjet siyosatining 2023-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 27-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2022-yil 28-dekabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan jadal rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hamda buning teng raqobat sharoitlarini yaratish maqsadida soliq yukini pasaytirish va soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha choralar koʻrilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qonunda 2023-yil uchun soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilanib, ularda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha soliq stavkasining pasaytirilishi, ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar uchun foyda soligʻidan va ijtimoiy soliqdan imtiyozlar berilishi, aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha soliq stavkalarining unifikatsiya qilinishi, mutlaq summada belgilangan soliq stavkalarining kutilayotgan inflatsiya darajasidan kelib chiqqan holda indeksatsiya qilinishi, shuningdek budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlarning toʻliq yigʻilishiga qaratilgan soliq maʼmuriyatchiligiga oid choralar nazarda tutilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari, foydalanilmayotgan obyektlarga, shuningdek mazkur obyektlar bilan band boʻlgan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk soligʻining va yer soligʻining oshirilgan stavkalarini qoʻllash tartibi bekor qilinmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 2023-yil va keyingi yillar uchun Davlat budjetini tayyorlashda nazarda tutilgan soliq siyosati choralarini amalga oshirish uchun zarur huquqiy sharoitlar yaratilishiga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 670-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 589-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 969-modda; 2022-yil, № 2, 75-modda, № 7, 666-modda) 297-moddasi ikkinchi qismining 9-bandi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-598-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 892-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda) 54-moddasining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Chet ellik investorlarning, chet davlatlar fuqarolarining va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkdan bojxona boji undirilmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 56-moddaning toʻrtinchi qismi “ixtiyoriy tartibda” degan soʻzlardan keyin “(bundan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 75-moddaning beshinchi qismidagi “va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqdan” degan soʻzlar “yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqdan va foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 81-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliq toʻlovchining soliq hisoboti uning tanloviga koʻra soliq organlari tomonidan tuzilishi mumkin. Bunda soliq hisobotini tuzish va taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 91-moddaning oltinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliq toʻlovchi tomonidan ariza taqdim etilmagan taqdirda, ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestridan chiqarilgan soliq toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻidan hisobdan chiqariladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 33-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“33) agar oʻtgan yil yakunlari boʻyicha jami daromadi oʻn milliard soʻmdan oshmagan shaxs soliq qarzi yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran bir oy ichida soliq organlariga soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi toʻgʻrisida xabarnoma yuborgan boʻlsa. Mazkur tartib qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻi toʻlovchilariga nisbatan qoʻllaniladi (ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq boʻlgan yuridik shaxslar, yer qaʼridan foydalanuvchilar va aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agar soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash ushbu modda ikkinchi qismining 33-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha taqdim etilgan va soliq qarzi boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlash kalendar yil davomida bir marta foydalanilgan boʻlsa, foizlar olti oy davomida ham hisoblanmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 119-moddaning matnidagi “oʻttiz” degan soʻz “oltmish” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar berilgan, uzaytirilgan, toʻxtatib turilgan, qayta tiklangan, tugatilgan, bekor qilingan, qayta rasmiylashtirilgan va chaqirib olingan litsenziyalar, ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan vakolatli organlarga yuborilgan xabarnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatilgan tartib-taomillardan oʻtgan shaxslar joylashgan erdagi soliq organlariga elektron shaklda real vaqt rejimida taqdim etishi shart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Muassasalar va tashkilotlar tomonidan soliq organlariga maʼlumotlar taqdim etish majburiyati qonunchilikda belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari — oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida. Bunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan quyidagilarning tartibi belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq organlarida soliq toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatga olish hisobiga qoʻyilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani (bundan buyon ushbu boʻlimda guvohnoma deb yuritiladi) berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, qayta tiklash, tugatish yoki uni bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnoma oʻz vaqtida berilmaganligi yoki uni berish rad etilganligi yoxud guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi, tugatilganligi yoki uning bekor qilinganligi, shuningdek oʻz vaqtida qayta tiklanmaganligi munosabati bilan soliq organining qarori ustidan shikoyat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatga olish hisobidan chiqarish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agar ushbu Kodeksning 4701-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi boʻlmagan shaxs soliq toʻlovchi sifatida ushbu Kodeksning 237-moddasiga muvofiq maxsus roʻyxatga olish hisobiga qoʻyilganda, shuningdek soliq toʻlashdan ozod etish bekor qilingan taqdirda soliq toʻlovchi maxsus roʻyxatga olish hisobiga qoʻyish (ozod qilishni bekor qilish) sanasida oʻz balansida mavjud boʻlgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlarining va uzoq muddatli aktivlarning balans qiymatida hisobga olingan soliq summasini ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etilgan taqdirda, hisobga olish huquqiga ega”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchi qismining birinchi xatboshisidagi “beshinchi qismiga” degan soʻzlar “sakkizinchi qismiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) quyidagi mazmundagi 2661-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2661-modda. Soliq summalarini hisobga olishning ayrim oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomasining amal qilishi toʻxtatib turilgan yoki tugatilgan yoxud bekor qilingan soliq toʻlovchi tomonidan haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasi hisobga olinmaydi. Mazkur hodisalar yuzaga kelganda, bunday soliq toʻlovchiga undan haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasi uning xaridorlarida ham hisobga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi munosabati bilan hisobga olish uchun qabul qilinmagan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasi guvohnomaning amal qilishi qayta tiklangan taqdirda, guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilgan sanadan eʼtiboran soliq toʻlovchida va uning xaridorlarida hisobga olinadi (tuzatiladi)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) 269-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agar ushbu Kodeksning 4701-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, sotib olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha ushbu Kodeks 267-moddasi birinchi qismining 1 — 4-bandlariga muvofiq ilgari hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq summasi kelgusida ulardan soliq solinadigan aylanma uchun foydalanilgan hollarda tuzatiladi (hisobga olinadi)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) 274-moddaning uchinchi qismidagi “oltmish” degan soʻz “oʻttiz” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) 2891-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tamaki mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chaynaladigan, hidlanadigan va shimiladigan tamaki
341 000 soʻm/kg
6.
Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, qizdiriladigan tamakili kapsula va tarkibida tamaki boʻlgan oʻxshash tamoyil bilan foydalaniladigan boshqa mahsulotlar
341 000 soʻm/kg
7.
Nikotinli tamakisiz snyus
137 500 soʻm/kg
8.
Tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlik (kartrijlarda, rezervuarlarda va elektron sigaretlarda foydalanish uchun boshqa konteynerlarda)**
605 soʻm/ml
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq chilim uchun tamakisiz aralashmani olib kirishda ham toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlikni (nikotinni) uni isteʼmol qilish (elektron va boshqalar) tizimlarida olib kirishda soliq tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlik hajmidan kelib chiqqan holda toʻlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18) 2892-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Alkogol mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Alkogol mahsulotlari turlari
Soliq stavkalari(1 litr uchun)
import qilinganda
ishlab chiqariladigan
2023-yil 1-yanvardan
2023-yil 1-fevraldan
1.
Oziq-ovqat xomashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan texnik etil spirti va etil spirtining boshlangʻich fraksiyasi
70%
7 450 soʻm
2.
Aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari(aksiz toʻlanadigan tovar tarkibidagi suvsiz etil spirtining 1 litri uchun, bundan 3 va 4-bandlar mustasno)
106 800 soʻm
34 500 soʻm
38 000 soʻm
3.
Vino:
tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vinolar (etil spirti qoʻshilmagan holda)
30 000 soʻm
1 soʻm
boshqa vinolar, shu jumladan vermut
42 750 soʻm
1 980 soʻm
2 200 soʻm
4.
Pivo
50%, biroq 12 800 soʻmdan kam boʻlmagan
1 380 soʻm
1 550 soʻm
”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19) 2893-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Tovarlar (xizmatlar) nomi
Soliq stavkalari
2023-yil 1-yanvardan
2023-yil 1-fevraldan
1.
Neft mahsulotlari:
benzin
275 000 soʻm/tonna
303 000 soʻm/tonna
aviakerosin (sintetikdan tashqari)
220 000 soʻm/tonna
242 000 soʻm/tonna
dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari)
264 000 soʻm/tonna
291 000 soʻm/tonna
EKO dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari)
237 600 soʻm/tonna
262 000 soʻm/tonna
dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi
374 000 soʻm/tonna
412 000 soʻm/tonna
2.
Polietilen granulalar
10%
3.
Tabiiy gaz, bundan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilgan gaz mustasno
20%
4.
Yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilinadigan:
benzin
1 litr uchun 385 soʻm/1 tonna uchun 512 000 soʻm
1 litr uchun 425 soʻm/1 tonna uchun 565 000 soʻm
dizel yoqilgʻisi
1 litr uchun 385 soʻm/1 tonna uchun 468 000 soʻm
1 litr uchun 425 soʻm/1 tonna uchun 516 000 soʻm
suyultirilgan gaz
1 litr uchun 385 soʻm/1 tonna uchun 730 000 soʻm
1 litr uchun 425 soʻm/1 tonna uchun 807 500 soʻm
siqilgan gaz
1 kub metr uchun 550 soʻm
1 kub metr uchun 605 soʻm
5.
Mobil aloqa xizmatlari
10%
6.
Xushboʻylashtiruvchi yoki rang beruvchi qoʻshimchalarsiz oq shakar
20%
”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Konda foydali qazilmalarni qazib olish davrida xuddi shu konda ustki qatlamni ochish ishlari boʻyicha qilingan xarajatlar loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasiga va soliq toʻlovchining soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosatiga muvofiq ruda jismlarining bosqichlari yoki tarkibiy qismlari kesimidagi hajmlarga mutanosib ravishda hisoblangan amortizatsiya qilinadigan aktivning alohida guruhini hosil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan xarajatlar foydali qazilmalarni qazib olish boshlangan yoki ustki qatlamni ochish ishlari yakunlangan paytdan eʼtiboran soliq toʻlovchining jami daromadidan amortizatsiya ajratmalari tarzida chegirib tashlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amortizatsiya ajratmalarining har yilgi summasi, soliq toʻlovchining xohishiga koʻra belgilanadigan amortizatsiya normasini qoʻllash yoʻli bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biroq ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv guruhi boʻyicha toʻplangan xarajatlar summasining 15 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biroq ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv guruhi boʻyicha toʻplangan xarajatlar summasining 33 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda hisoblab chiqariladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu modda birinchi qismining 6-bandida nazarda tutilgan 0 darajali foiz miqdoridagi soliq stavkasini soliq toʻlovchilar tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olinadigan daromadlar qismida qoʻllaydi, bundan faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi norezidentlarga koʻrsatiladigan xizmatlar mustasno”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi, oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Quyidagilar ushbu modda birinchi qismining 12-bandida belgilangan soliq stavkasini 50 foizga pasaytirishga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 1-sentabrdan keyin ilk marotaba soliq toʻlashga oʻtgan aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar — soliq toʻlovchi soliq toʻlashga oʻtgan yildan keyingi bir soliq davri mobaynida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qoʻllaniladigan soliq davrida soliq toʻlovchining jami daromadi oʻn milliard soʻmdan oshmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 1-sentabrdan keyin jami daromadi joriy soliq davri mobaynida ilk marta oʻn milliard soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar — joriy soliq davri va keyingi soliq davri mobaynida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qoʻllaniladigan soliq davrlarida jami daromadi yuz milliard soʻmdan oshmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu modda oʻn birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar soliq bazasini jami daromadning 25 foizi miqdorida soddalashtirilgan tartibda aniqlashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning oʻn birinchi qismida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq stavkasi yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni va aksiz soligʻini toʻlovchilarga nisbatan, shuningdek soliq toʻlovchi tugatilgan hollarda va (yoki) berilgan pasaytirilgan soliq stavkasini qoʻllash uchun ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyekti oʻrtasida soliq toʻlovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarini ajratish (boʻlish) faktlari aniqlangan taqdirda, tatbiq etilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn toʻrtinchi qismidagi “Ushbu moddaning sakkizinchi qismi” degan soʻzlar “Ushbu modda birinchi qismining 6-bandi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22) 340-moddaning oʻn birinchi qismidagi “10 sanasiga qadar” degan soʻzlar “15 sanasidan kechiktirmay” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23) 343-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agar ushbu Kodeksning 4701-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yuridik shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentiga toʻlanadigan dividendlarga ushbu Kodeksning 345-moddasida nazarda tutilgan tartibda toʻlov manbaida soliq solinadi va bunday daromadlarni oluvchi tomonidan soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oʻninchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu modda toʻqqizinchi qismining qoidalarini qoʻllash maqsadlarida doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshiruvchi norezident dividendlar tarzidagi daromadlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq stavkasini ushbu Kodeksning 357-moddasida koʻrsatilgan tartibda qoʻllashga haqli. Agar Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish masalalari boʻyicha xalqaro shartnomasida dividendlar tarzidagi daromadlar boʻyicha bir nechta pasaytirilgan soliq stavkalari nazarda tutilgan boʻlsa, ularning eng kami qoʻllaniladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25) 351-modda uchinchi qismi 1-bandi “b” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “bunday asbob-uskunalar (qurilmalar, mexanizmlar, butlovchi va ehtiyot qismlar) qiymatining 20 foiziga teng deb qabul qilinadi” degan soʻzlar “bunday xizmatlarning bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“olingan ipoteka kreditlarini va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining sakson baravarigacha boʻlgan miqdorda qoplashga, basharti uy-joy fondining koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun budjetdan ajratilgan subsidiyalar hisobga olingan holda amalga oshirilgan boʻlsa. Mazkur soliq imtiyozi qarz oluvchiga va (yoki) birga qarz oluvchilarga nisbatan, basharti ularning soliq solinmaydigan daromadlari jami summasi belgilangan miqdordan oshmasa, tatbiq etiladi. Bunda yosh oila boʻlgan er-xotinning olgan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlashga yoʻnaltirilgan ish haqiga va boshqa daromadlariga nisbatan soliq imtiyozi er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yoshga toʻlguniga qadar, ushbu xatboshida budjetdan ajratilgan subsidiyalar boʻyicha belgilangan shartlar inobatga olinmagan holda qoʻllaniladi. Agar 2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joy fondining koʻchmas mulk obyektlari koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz olti oy ichida boshqa shaxsga oʻtkazilgan boʻlsa, soliq imtiyozining amal qilishi soliq imtiyozini qoʻllashning butun davri uchun soliqni toʻlash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27) 383-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliqni qatʼiy belgilangan miqdorlarda toʻlovchi soliq toʻlovchilar uchun soliq stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Faoliyat turi
Bir oylik soliq stavkalari (soʻmda)
Toshkent shahri
Nukus shahri va viloyat markazlari boʻlgan shaharlar
boshqa shaharlar
boshqa aholi punktlari
1.
Chakana savdo:
oziq-ovqat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlari bilan
825 000
660 000
330 000
220 000
dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan
275 000
165 000
110 000
55 000
gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan
275 000
165 000
110 000
55 000
2.
Maishiy xizmatlar
275 000
165 000
110 000
55 000
3.
Boshqa faoliyat turlari
250 000
165 000
110 000
55 000
4.
Avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari:
3 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun
165 000
3 tonnadan ortiq yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun
250 000
”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28) 389-modda birinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2) har oyda, hisobot davridan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa — keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliq hisoboti soliq toʻlovchi tomonidan soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organlariga har oyda hisobot davridan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa — keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliq hisoboti soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organiga yilda bir marta, soliq hisoboti davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi qismidagi “10-yanvarigacha” degan soʻzlar “20-yanvaridan kechiktirmay” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Soliq solish obyektlari
Soliq stavkalari, foizlarda
1.
Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 200 kv.m gacha boʻlganlarini qoʻshib hisoblaganda), koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar
0,28
2.
Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni:
200 kv.m dan ortiq va 500 kv.m gacha boʻlgan
0,37
500 kv.m dan ortiq boʻlgan
0,49
3.
Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq boʻlgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari
0,37
4.
Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromadlar olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari
1,5
”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi qismidagi “agar ushbu moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika hududlari
1 gektar uchun bazaviy soliq stavkasi (mln soʻmda)
Toshkent shahri:
1 zona
242
2 zona
193
3 zona
149
4 zona
99
5 zona
50
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
31
Andijon viloyati
39
Buxoro viloyati
32
Jizzax viloyati
32
Qashqadaryo viloyati
32
Navoiy viloyati
32
Namangan viloyati
39
Samarqand viloyati
39
Surxondaryo viloyati
29
Sirdaryo viloyati
24
Toshkent viloyati
33
Fargʻona viloyati
33
Xorazm viloyati
32
”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshisidagi “har chorak birinchi oyining 10-kunigacha” degan soʻzlar “har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar uchun — yillik soliq summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida, har oyning 10-sanasidan kechiktirmay. Bunda yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36) 434-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1) jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun, shuningdek dehqon xoʻjaligini yuritish uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37) 435-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha soliq bazasi ushbu Kodeks 428-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymatidir. Bunda yer uchastkalarining normativ qiymati tegishincha tumanning (shaharning) sugʻoriladigan yoki sugʻorilmaydigan yerlari uchun oʻrtacha hisobda aniqlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari mustasno):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika hududlari
1 kv. m uchun bazaviy soliq stavkasi (soʻmda)
Toshkent shahri:
1 zona
1408
2 zona
1194
3 zona
979
4 zona
770
5 zona
550
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
286
Andijon viloyati
352
Buxoro viloyati
286
Jizzax viloyati
286
Qashqadaryo viloyati
286
Navoiy viloyati
286
Namangan viloyati
352
Samarqand viloyati
352
Surxondaryo viloyati
268
Sirdaryo viloyati
226
Toshkent viloyati
297
Fargʻona viloyati
297
Xorazm viloyati
286
”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga soliq stavkasi qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi. Bunda qishloq xoʻjaligi yerlarining sifati yomonlashganda yoki yaxshilanganda (ball boniteti pasayganda yoki oshganda) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklariga va jismoniy shaxslarga nisbatan ushbu Kodeks 429-moddasining toʻqqizinchi va oʻninchi qismlarida nazarda tutilgan tartib tatbiq etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39) 439-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliqni hisoblab chiqarish yer uchastkasi joylashgan erdagi soliq organlari tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning maʼlumotlari asosida, jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha esa qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatini aniqlovchi organning maʼlumotlariga asosan, ushbu Kodeks 435-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“suvdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqon xoʻjaliklari, shuningdek qishloq xoʻjaligi yerlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organ soliq bazasini aniqlash uchun soliq organlariga, shuningdek qishloq xoʻjaligida, shu jumladan baliqchilik xoʻjaligida suv resurslaridan foydalanuvchi yuridik shaxslarga ular tomonidan foydalanilishi kutilayotgan suv resurslarining hajmini har yili joriy soliq davrining 10-dekabridan kechiktirmay, dehqon xoʻjaliklari, tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar boʻyicha esa — suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyi boʻyicha soliq organlariga hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dehqon xoʻjaliklari, shuningdek qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun soliq bazasi suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organ taqdim etgan maʼlumotlarga asosan soliq organlari tomonidan aniqlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42) 445-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Belgilangan limit doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari mutlaq miqdorda bir kub metr uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Soliq toʻlovchilar va soliq solish obyektlari
1 kub. metr uchun soliq stavkasi
(soʻmda)
er usti suv resurslari manbalari
yer osti suv resurslari manbalari
1.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar (bundan 2 va 3-bandlarda koʻrsatilganlari mustasno), shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar
265
320
2.
Sanoat korxonalari
570
680
3.
Elektr stansiyalari va kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari
90
110
4.
Qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjalikla�i va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar
45
45
5.
Avtotransport vositalarini yuvish uchun ishlatilgan suv hajmi
2 410
2 410
6.
Alkogolsiz ichimliklarni hamda pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi
30 500
30 500
”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliq organlari soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda quyidagilar uchun soliq summasini aniqlaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqon xoʻjaliklari uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-oktabrga qadar qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun — qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun ular tomonidan avvalgi soliq davrida foydalanilgan suv hajmining 70 foizi miqdorida. Avvalgi soliq davrida qishloq xoʻjaligi korxonasi tomonidan foydalanilgan suvning hajmi toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq summasi suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv isteʼmoli normativlari boʻyicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq hisoboti suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyi boʻyicha soliq organlariga quyidagilar tomonidan yilda bir marta taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan, bundan qishloq xoʻjaligi korxonalari mustasno — hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan — joriy soliq davrining 15-dekabridan kechiktirmay;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — soliq davridan keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq organlari soliq toʻlash toʻgʻrisidagi toʻlov xabarnomasini dehqon xoʻjaliklariga, shuningdek qishloq xoʻjaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslarga soliq davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay topshiradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliq davri mobaynida soliq toʻlovchilar soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlaydi, bundan qishloq xoʻjaligi korxonalari, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar mustasno”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismidagi “20-yanvarigacha” degan soʻzlar “20-yanvaridan kechiktirmay” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi qismi quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan soliq davri uchun soliqni toʻlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-oktabrga qadar — soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-dekabrga qadar — soliqning qolgan summasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dehqon xoʻjaliklari, shuningdek qishloq xoʻjaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan soliqni toʻlash yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-mayidan kechiktirmay amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) solish obyekti quyidagilardir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning, shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan hajmi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismidagi “texnologik yoʻqotishlarni hisobga olgan holda” degan soʻzlar “texnologik yoʻqotishlar hajmini chegirgan holda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “yoʻqotishlar” degan soʻz “yoʻqotishlar (bundan normadan ortiq yoʻqotishlar mustasno)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Quyidagilar soliq bazasidir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma hajmining qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning, shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan hajmi qiymati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ushbu moddaning toʻqqizinchi — oʻn birinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq bazasi soliq (hisobot) davri boshlanganidan eʼtiboran oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlanadi va soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi boʻyicha hisob-kitob qilinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliq toʻlovchi qazib olingan tabiiy gazni, neftni va (yoki) gaz kondensatini qayta ishlashni mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida amalga oshirgan hollarda, soliq bazasi ushbu foydali qazilmalardan olingan mahsulotlarni realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqqan, ularni keyinchalik qayta ishlash va transportda tashish uchun soliq toʻlovchi tomonidan qilingan xarajatlar chegirib tashlangan holda aniqlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻninchi qismidagi “ularga ishlov berish (ularni boyitish), ularni qayta ishlash” degan soʻzlar “keyinchalik ularni qayta ishlash (eritish, affinaj)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu moddaning toʻqqizinchi va oʻninchi qismlarida, shuningdek ushbu Kodeksning 4511-moddasida nazarda tutilgan foydali qazilmalarga nisbatan soliq bazasini aniqlash chogʻida, qazib olingan foydali qazilmalarni transportda tashish va (yoki) qayta ishlash, shu jumladan ularni qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida qayta ishlash bilan bogʻliq xarajatlar summasi soliq toʻlovchi tomonidan soliq organlari bilan birgalikda aniqlanadi. Mazkur xarajatlarning summasi kalendar yil natijalariga koʻra shunga oʻxshash tartibda tuzatilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Metallarni qazib olish (ajratib olish) chogʻida quyidagilar soliq bazasi boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) agar ushbu qismning 2-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, rudani (konsentratni) realizatsiya qilish chogʻida — qazib olingan (ajratib olingan) metallning haqiqatda realizatsiya qilingan qiymati, ushbu qiymat rudaning (konsentratning) tarkibida mavjud boʻlgan metall hajmiga nisbatan qoʻllaniladigan soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha arifmetik birja bahosi va oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi oʻrtasida olingan yuqoriroq narx boʻyicha hisob-kitob qilinib, ushbu metallni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va (yoki) transportda tashish xarajatlari chegirib tashlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) oltin va misni realizatsiya qilish chogʻida — qazib olingan (ajratib olingan) metallning haqiqatda realizatsiya qilingan qiymati, ushbu qiymat ruda, konsentrat va (yoki) qayta ishlashning yakuniy mahsuloti (tayyor mahsulot) tarkibida mavjud boʻlgan metall hajmiga nisbatan qoʻllaniladigan soliq (hisobot) davri uchun oʻrtacha arifmetik birja bahosi va oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi oʻrtasida olingan yuqoriroq narx boʻyicha hisob-kitob qilinib, ushbu metallni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlanmaydi. Bunda soliq toʻlovchi oltin va mis boʻyicha soliq bazasini ushbu xarajatlarni chegirib tashlagan holda belgilashga haqli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida ajratib olingan kumushni, platinani, palladiyni, ruxni, qoʻrgʻoshinni yoki molibdenni realizatsiya qilish chogʻida — qazib olingan (ajratib olingan) metallning haqiqatda realizatsiya qilingan qiymati, ushbu qiymat soliq (hisobot) davrida oʻrtacha arifmetik birja bahosi va oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi oʻrtasida olingan yuqoriroq narx boʻyicha hisob-kitob qilinib, soliq toʻlovchi tomonidan ushbu metallni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va (yoki) transportda tashish uchun qilingan xarajatlar chegirib tashlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismidagi “ularga ishlov berish (ularni boyitish), ularni qayta ishlash (affinaj) va transportda tashish” degan soʻzlar “ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qismidagi “ularga ishlov berish (ularni boyitish), ularni qayta ishlash (affinaj) va transportda tashish” degan soʻzlar “ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi qismidagi “ularga ishlov berish (ularni boyitish), ularni qayta ishlash (affinaj) va transportda tashish” degan soʻzlar “ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi qismidagi “ularga ishlov berish (ularni boyitish), ularni qayta ishlash (affinaj) va transportda tashish” degan soʻzlar “ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliq davri davomida jami daromadi bir milliard soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar va yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar jami daromadi koʻrsatilgan miqdorga yetgan kundan eʼtiboran qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50) 464-modda birinchi qismining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6) tovarlarni (xizmatlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan daromadlar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51) 467-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Soliq toʻlovchilar
Soliq stavkalari, foizlarda
1.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi soliq toʻlovchilar, bundan 2 — 6-bandlarda nazarda tutilganlar mustasno
4
2.
Chakana savdo sohasidagi soliq toʻlovchilar
2.1.
joylashgan joyiga qarab:
aholisi soni yuz ming nafar va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda
4
boshqa aholi punktlarida
2
borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda
1
2.2.
joylashgan joyidan qatʼi nazar, tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tovar aylanmasi boʻyicha
4
3.
Quyidagi joylarda joylashgan ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari:
aholisi soni yuz ming nafar va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda
3
boshqa aholi punktlarida
2
borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda
1
4.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib oluvchi, saralovchi, saqlovchi va qadoqlovchi tayyorlov tashkilotlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar
tovar aylanmasining 4 yoki yalpi daromadning 25
5.
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar (ushbu Kodeks 337-moddasining beshinchi qismida belgilangan qoidalarni inobatga olgan holda)
2
6.
Yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Oʻzbekiston Chernobilchilari” assotsiatsiyasi boʻlgan, umumiy sonida nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va 1941 — 1945-yillardagi mehnat fronti veteranlari 50 foizdan kam boʻlmagan va nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va 1941 — 1945-yillardagi mehnat fronti veteranlarining mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizidan kam boʻlmagan soliq toʻlovchilar
0
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq toʻlovchilar qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni tanlashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliqni qatʼiy belgilangan summada toʻlovchi soliq toʻlovchilar uchun soliq stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Soliq toʻlovchilar
Bir yillik soliq stavkalari
(mln soʻmda)
1.
Jami daromadi besh yuz million soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchilar
20
2.
Jami daromadi besh yuz million soʻmdan yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilar
30
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasi boʻyicha soliq toʻlash tartibi ushbu Kodeksning 4701-moddasida belgilangan”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52) 470-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agar ushbu Kodeksning 4701-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha soliq summasi soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53) 66-bob quyidagi mazmundagi 4701-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4701-modda. Qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasi boʻyicha soliq toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq toʻlovchilar qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga oʻtish toʻgʻrisida oʻzi soliq hisobida turgan joydagi soliq organini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda keyingi oy boshlanguniga qadar oʻn kundan kechiktirmay xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi tashkil etilgan soliq toʻlovchilar davlat roʻyxatidan oʻtish chogʻida qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni tanlashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga soliq davri mobaynida oʻtilgan taqdirda, soliq miqdori qatʼiy belgilangan summani oʻn ikkiga boʻlish va olingan natijani joriy soliq davrining yakuniga qadar qolgan oylar soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar soliq davri davomida qatʼiy belgilangan summadagi soliq toʻlovchining jami daromadi besh yuz million soʻmdan oshsa, u holda qatʼiy belgilangan summadagi soliq summasi bunday oshish roʻy bergan oydan boshlab joriy soliq davrining oxiriga qadar jami daromadi besh yuz million soʻmdan ortiq boʻlgan soliq toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda qayta hisoblab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq davri davomida qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashdan qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishda qatʼiy belgilangan summadagi soliq summasi ushbu soliqlarni toʻlashga oʻtish amalga oshirilgan oxirgi kalendar oy hisobga olingan holda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq toʻlovchilar navbatdagi soliq davridan boshlab qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni rad etishga va oʻzi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda, navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar oʻn kundan kechiktirmay xabardor qilgan holda, soliqni ushbu Kodeks 467-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlashga oʻtishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qatʼiy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchisidan dividendlar tarzida olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qatʼiy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchisi mazkur soliq boʻyicha va dividendlar tarzidagi daromadlarga taalluqli qism boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qatʼiy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchisi qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishda tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari hamda uzoq muddatli aktivlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini hisobga olishni amalga oshirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qatʼiy belgilangan summadagi soliqning soliq toʻlovchilari soliqni kalendar oyidan keyingi oyning oʻn beshinchi sanasidan kechiktirmay har oyda teng ulushlarda toʻlaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54) 483-modda quyidagi mazmundagi oʻttiz yettinchi va oʻttiz sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Chiqindilarni toʻplash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq toʻlovchilar 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran 2026-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda mazkur faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻini (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjet tashkilotlari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar boʻyicha barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan 2024-yil 1-yanvarga qadar ozod qilinadi, bundan ijtimoiy soliq mustasno”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Ushbu Qonun 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning 1 va 2-moddalari, agar chet ellik investor hamda investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi oʻrtasida 2023-yil 1-yanvarga qadar tuzilgan investitsiya shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 2023-yil 1-apreldan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 3-moddasi 11-bandining uchinchi xatboshisi 2023-yil 1-iyuldan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 3-moddasining 21-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari hamda 50-bandi qoidalari 2022-yil 1-noyabrdan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element