Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining
Qarori
Pochta toʻlovining davlat belgilari davlat kolleksiyasi toʻgʻrisida nizomning 13-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 30-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2077-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Madaniyat vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2010-yil 13-yanvardagi 10-8/125 va 1-QQ-son qarori (roʻyxat raqami 2077, 2010-yil 4-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 5-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Pochta toʻlovining davlat belgilari davlat kolleksiyasi toʻgʻrisida nizomning 13-bandidagi “davlat standartining” degan soʻzlar “milliy standartining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror 2023-yil 5-noyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-dekabr,
236-mh-son
Madaniyat vaziri O. NAZARBEKOV
Toshkent sh.,
2022-yil 12-dekabr,
1-QQ-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2022-y., 10/22/2077-3/1136-son)