29.12.2022 yildagi 729-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.12.2022 yildagi 729-son
Date of entry into force
29.12.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovutkichli sigʻimlar uyushmasini tashkil etgan holda intervensiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-maydagi PQ-264-son qarori ijrosi yuzasidan hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligi va bozorlarda narx-navo barqarorligiga erishish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-maydagi PQ-264-son qarorida Qoraqalpogʻiston Respublikasi shimoliy tumanlarining iqlim sharoitidan kelib chiqib, qish-bahor oylarida aholining asosiy oziq-ovqat, xususan, kartoshka, piyoz mahsulotlariga boʻlgan talabini, oziq-ovqat xavfsizligini va bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovutkichli sigʻimlar uyushmasini tashkil etgan holda intervensiya tizimini joriy etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovutkichli sigʻimlar uyushmasini (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) tashkil etish va asosiy faoliyat vazifalari etib Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlari aholisi isteʼmoli uchun qish-bahor oylarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash, saqlash, ichki bozorga yetkazib berish, bozorlarda narxlar barqarorligi va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash hamda intervensiya tizimini joriy etishni nazarda tutgan holda Uyushmaning ustavi va taʼsis hujjatlarini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishda huquqiy koʻmaklashsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushmani yuridik manzilga joylashtirish va boshqaruv apparatini malakali xodimlar bilan toʻldirish masalalarida amaliy yordam koʻrsatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Uyushmaga Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlari aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini doimiy ravishda tahlil qilib borish, shuningdek, zaruratga koʻra, bu borada tezkor kompleks choralar koʻrish boʻyicha aniq hisob-kitoblarga asoslangan takliflarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga kiritib borish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Uyushma faoliyatini yoʻlga qoʻyish, uni samarali tashkil etish va faoliyat vazifalarini amalga oshirishda yaqindan koʻmaklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlarida asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlashga ixtisoslashgan sovutkichli sigʻimlar, shuningdek, dehqon bozorlarining sovutkichli sigʻimlarini manzilli roʻyxatini shakllantirsin hamda doimiy ravishda yangilab borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Uyushma bilan birgalikda bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlarida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash borasida birinchi navbatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, tasdiqlasin va ijroga qaratsin. Bunda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining zaxiralari yaratilishi nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlari aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan Uyushma bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, qish-bahor oylarida aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash, zaxiraga gʻamlash, saqlash va ichki bozorlarda savdosini tashkil etish boʻyicha talabgorlarni aniqlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov yoki tender oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Moliya vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda Uyushmaga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda sovutkichli sigʻimlar qurish va jihozlash hamda qish va bahor oylarida elektr energiya xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjetidan qoplab berish tartibini ishlab chiqib, oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda AQSh Xalqaro savdo maʼmuriyatining Amerika maxsus biznes amaliyoti oʻqitish dasturi (SABIT) haqida tadbirkorlik subyektlariga seminar-treninglar oʻtkazilishini hamda batafsil maʼlumot yetkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2023-yil 30-martga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasida sovutkichli sigʻimlar sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini Amerika maxsus biznes amaliyoti oʻqitish dasturi (SABIT) doirasida malakasini oshirish boʻyicha tegishli choralar koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasida, sovutkichli sigʻimlarni tashkil etish hamda mahsulotlarni saralash va qadoqlash boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishga xorijiy moliya institutlari mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish maqsadida Uyushma tomonidan zaxira qilingan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan ichki bozorni ixtiyoriy ravishda intervensiya qilish uchun ularga dehqon bozorlarida rastalar ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Belgilansinki, tumanlarda oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga taqchillik sezilganda ichki bozorni toʻldirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Uyushma bilan birgalikda ichki bozorni intervensiya qilish boʻyicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlarda taqchillik ehtimoli aniqlangan asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining zaxirasini yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqchillik ehtimoli kutilayotgan asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishni moliyalashtirish maqsadida tuman (shahar) hokimliklarining Oziq-ovqat xavfsizligi jamgʻarmalari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mablagʻlar jalb qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqchillik sezilgan hududlarda faoliyat yuritayotgan chakana savdo shoxobchalari, yirik savdo markazlari va dehqon bozorlari bilan hamkorlikda ularga asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini tizimli yetkazib berish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U. Ermanov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 29-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
729-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2022-y., 09/22/729/1134-son)