12.12.2022 yildagi PQ-440-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 12.12.2022 yildagi PQ-440-son
Date of entry into force
13.12.2022
Hujjat 13.12.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarning avtobenzin mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini oʻz vaqtida taʼminlash, ularning narxlarini barqarorlashtirish hamda aholining ortiqcha sarf-xarajatlarini qisqartirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-martga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy isteʼmolchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz soligʻini “nol” stavkada qoʻllash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-aprelga qadar Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi tomonidan, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishmasdan tadbirkorlik subyektlarini ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari boʻyicha tekshirishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi oʻtkaziladigan tekshiruvlar natijalari boʻyicha avtobenzin mahsulotlarining ortiqcha yoʻqotishlariga va talon-tarojliklarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan jazo choralarini qoʻllash, shuningdek, ularning faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar kiritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5031-son qarori 1-bandining “v” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 12-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-440-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2022-y., 07/22/440/1086-son; 01.03.2023-y., 07/23/80/0122-son)