Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi huzuridagi “Bojxona-servis” davlat muassasasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoniga muvofiq bojxona organlarining umumiy cheklangan shtatlaridan tashqari namunaviy shtatlar doirasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi huzuridagi “Bojxona-servis” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Muassasa) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi huzuridagi “Bojxona-servis” davlat muassasasi markaziy apparatining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi huzuridagi “Bojxona-servis” davlat muassasasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha hududiy boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi huzuridagi “Bojxona-servis” davlat muassasasi markaziy apparatining xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha lavozim razryadlari 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi huzuridagi “Bojxona-servis” davlat muassasasi hududiy boʻlimlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha lavozim razryadlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Muassasaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tashkilotlari va deklarantlar uchun shartnoma asosida bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarni tuzish, davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etish hamda tovarlarga doir bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegara oʻtkazish punktlarini nazorat-texnik vositalar bilan jihozlash, ulardan foydalanishni (servis xizmatlar koʻrsatish va taʼmirlash) taʼminlash, shuningdek, ushbu vositalardan foydalanganlik uchun pulli xizmatlar koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegara oʻtkazish punktlari va ularga tutash hududlarda avtoturargohlar tashkil etish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan konsalting xizmatlarini koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat bojxona xizmati organlariga tegishli boʻlgan bino va omborlarda shartnoma asosida bojxona omborlari faoliyatini tashkil etish, bojxona omborlarida tovarlarni saqlash, yuklash, tushirish xizmatlarini koʻrsatish hamda boshqa yuk operatsiyalarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazorati zonasida qurilish-montaj ishlarini mustaqil ravishda yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq ruxsat olgan holda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni saqlash va sotish (qonunchilik hujjatlarida boshqa davlat organlarga beriladigan mol-mulklar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsning davlat foydasiga voz kechish toʻgʻrisidagi qarori asosida olingan tovarlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq sotilishini tashkil etish, elektron bojxona plombalarini yetkazib berish hamda qoʻllash, chet el tovarlari bojxona nazorati ostida tashilayotganda, shu jumladan, yakka tartibda bojxona nazorati ostida tashilayotganda pulli xizmatlar koʻrsatish orqali bojxona hamrohligida kuzatib borishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muassasa markaziy apparati Toshkent shahrida va uning hududiy boʻlimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muassasa direktori va uning oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Toshkent shahar va Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmalari hamda “Toshkent — AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulklarni saqlash va sotish Muassasa markaziy apparati tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muassasa tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga oʻzining ustavida belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda koʻrsatiladigan pullik xizmatlar turlari va toʻlovlar miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muassasaning texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari shtat meʼyorlari va ish haqi miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar Muassasa faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasidan (keyingi oʻrinlarda — Maxsus jamgʻarma) ajratmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muassasaning ustavida belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda pulli xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muassasaga tegishli boʻlgan bino, inshootlar va boshqa mol-mulkni belgilangan tartibda ijaraga berishdan olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Muassasaning markaziy apparati hamda uning hududiy boʻlimlarini joylashtirish uchun operativ boshqaruv huquqi asosida bino va inshootlar ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ikki oy muddatda Muassasa ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2023-yil 1-aprelga qadar davlat bojxona xizmati organlari tomonidan olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulklarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron savdo platformalari va savdo yarmarkalari orqali sotish amaliyotini joriy etish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotish uchun autsorsing asosida tadbirkorlik subyektlarini jalb etish choralarini koʻrib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilib olish, saqlash va sotishgacha boʻlgan jarayonlarni “onlayn” rejimda monitoring qilish imkonini beruvchi axborot tizimini ishlab chiqsin va ishga tushirish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Maxsus jamgʻarma hisobidan Muassasa faoliyatini samarali amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bino va inshootlar qurish, transport vositasi, mebel, ofis jihozlari, asbob-uskunalar hamda boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki, Muassasa tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar toʻliq Muassasani rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Yu. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 8-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
656-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 656-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi huzuridagi “Bojxona-servis” davlat muassasasi markaziy apparatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Direktor
Moliya-iqtisodiyot boʻlimi
2
Direktor oʻrinbosari
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni saqlash va sotishni tashkil etish boʻlimi
6
Deklaratsiyalash va konsalting xizmatlari koʻrsatish boʻlimi
6
Kadrlar boʻlimi
2
Yuridik byuro
2
“Bojxona-servis” xizmatlari koʻrsatilishini tashkil etish boʻlimi
2
Moddiy-texnika taʼminoti boʻlimi
2
Bojxona omborlari faoliyatini tashkil etish boʻlimi
3
Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi
2
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) — 29 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 656-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi huzuridagi “Bojxona-servis” davlat muassasasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha hududiy boʻlimlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshliq
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni saqlash va sotish guruhi
4
Bojxona omborlari faoliyatini tashkil etish guruhi
2
Deklaratsiyalash va konsalting xizmatlari koʻrsatish guruhi
4
“Bojxona-servis” xizmatlari koʻrsatilishini tashkil etish guruhi
2
Buxgalter-kassir
1
Kadrlar boʻyicha mutaxassis
1
Bosh yuriskonsult
1
Moddiy-texnik taʼminot, yongʻin va texnika xavfsizligi boʻyicha mutaxassis
1
Murojaatlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassis
1
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy boʻlimlar boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) — 216 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 656-son qaroriga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi huzuridagi “Bojxona-servis” davlat muassasasi markaziy apparatining xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LAVOZIM RAZRYADLARI

T/r
Lavozimning nomi
Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadi
1.
Muassasa direktori
16
2.
Muassasa direktori oʻrinbosari
15
3.
Yuridik byuro boshligʻi
14
4.
Boʻlim boshligʻi
12
5.
Bosh yuriskonsult
12
6.
Bosh mutaxassis
10
7.
Katta mutaxassis
8
8.
Mutaxassis
7
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Muassasa xodimlariga, shuningdek, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari ish haqiga qonunchilikda belgilangan moddiy ragʻbatlantirish, ustamalar va mehnatiga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ish haqini toʻlash boʻyicha vujudga kelgan qarzdorliklarni Davlat bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi hisobidan qoplashga ruxsat beriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 656-son qaroriga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi huzuridagi “Bojxona-servis” davlat muassasasi hududiy boʻlimlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LAVOZIM RAZRYADLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Lavozimning nomi
Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadi
1.
Hududiy boʻlim boshligʻi
15
2.
Bosh yuriskonsult
12
3.
Bosh mutaxassis
10
4.
Katta mutaxassis
8
5.
Mutaxassis
7
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Izoh. Muassasa xodimlariga, shuningdek, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari ish haqiga qonunchilikda belgilangan moddiy ragʻbatlantirish, ustamalar va mehnatiga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi.