18.01.1994 yildagi 12-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.01.1994 yildagi 12-son
Date of entry into force
18.01.1994
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJ CHEGARASIDAN OLIB OʻTILADIGAN HARBIY YUKLARNI BOJ POSHLINALARI VA YIGʻIMLARIDAN OZOD QILISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yuksak jangovar holatda saqlab turish, harbiy yuklarning tezkorlik bilan olib oʻtilishini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xarajatlarini qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Hukumatlararo bitimlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi va Ichki ishlar vazirligi, ularning boʻlinmalari va qismlari tomonidan tuziladigan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar, kontraktlar va bitimlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi boj chegarasidan olib oʻtiladigan harbiy yuklar boj poshlinalari va yigʻimlaridan ozod qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 370-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2020-y., 09/20/370/0746-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Harbiy yuklarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi va Ichki ishlar vazirligining harbiy qismlari va muassasalarida harbiy texnika, qurol-yarogʻ va boshqa mol-mulkka xizmat koʻrsatish hamda ularni tuzatish boʻyicha ishlarni bajaruvchi korxonalarning mulki boʻlgan mol-mulkni boj tekshiruvidan va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish yuk boʻyicha bojxona deklaratsiyasi taqdim etilgan holdagina bepul amalga oshirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 370-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2020-y., 09/20/370/0746-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda harbiy yuklarni tekshiruvdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi va Ichki ishlar vazirligining harbiy texnikasiga, qurol-yarogʻlariga va boshqa mulklariga xizmat koʻrsatish va ularni tuzatish boʻyicha ishlarni bajaruvchi boshqa davlatlar korxonalari va muassasalarining vakillariga ushbu korxonalar va muassasalar joylashgan yerlarga borish va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi tomonidan bajariladigan reyslarda uchish uchun chiptalarni Oʻzbekiston Respublikasi pul belgilarida sotib olishlariga ruxsat etilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 370-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2020-y., 09/20/370/0746-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda harbiy texnika, qurol-yarogʻ va boshqa mol-mulkka xizmat koʻrsatish va ularni tuzatish boʻyicha
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 18-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-son