26.10.2022 yildagi PQ-412-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 26.10.2022 yildagi PQ-412-son
Date of entry into force
27.10.2022
Hujjat 27.10.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada mahalliy aviaqatnovlarni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida ichki turizm va mintaqaviy aviatashuvlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, aholining aviaqatnovlarga boʻlgan talabini qondirish hamda fuqaro aviatsiyasi sohasida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Transport vazirligi aholi va xorijiy sayyohlarning talab hamda ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarni bir-biri bilan oʻzaro bogʻlash maqsadida 2023-yil mart oyidan boshlab Samarqand — Nukus, Samarqand — Moʻynoq, Samarqand — Termiz, Buxoro — Termiz, Namangan — Termiz va Namangan — Nukus kabi yangi yoʻnalishlarda muntazam aviaqatnovlarni boshlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarining turizm salohiyatini yanada oshirish maqsadida Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga aviaqatnovlarni tiklash, shuningdek, Zomin aeroportiga aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aviaqatnovlar jadvalini yoʻlovchilar uchun qulay boʻlgan temir yoʻl, avtobus va mikroavtobus yoʻnalishlari bilan integratsiyalash orqali yagona logistika tizimini yaratish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Respublikada ichki turizmni rivojlantirish, yoʻlovchilarga arzon narxlarda aviatashuv xizmatlarini koʻrsatish va aviakompaniyalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining rezident aviakompaniyalariga ichki turizm yoʻnalishlaridagi aviaqatnovlar uchun avia chipta narxining 25 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan subsidiya ajratish muddati 2026-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur band qoidalarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) aholiga arzon narxlarda mahalliy va xalqaro aviatashuv xizmatlarini koʻrsatish maqsadida “Uzbekistan Airports” AJ tarkibida kam budjetli (low-cost) “SILK AVIA” MCHJ aviakompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — aviakompaniya) tashkil etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda aviakompaniya faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) ishlab chiqilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) aviakompaniya uchun texnik va iqtisodiy jihatdan mahalliy yoʻnalishlarda eng qulay koʻrsatkichlarga ega boʻlgan 3 ta “ATR72-600” rusumli havo kemalarini xarid qilish boʻyicha depozit toʻlovlari amalga oshirilib, ular texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Strategiya doirasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida dastlabki xarajatlarni moliyalashtirish, shu jumladan aylanma mablagʻlarni toʻldirish va asosiy vositalarni xarid qilish uchun “Oʻzmilliybank” AJ tomonidan “Uzbekistan Airports” AJga 2 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 50,0 mln AQSH dollari miqdorida kredit ajratilishi boʻyicha kelishuvga erishilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Strategiyaga muvofiq aviakompaniya tomonidan mahalliy yoʻnalishlar boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy yilda 10 ta yoʻnalishda haftasiga 28 ta aviaqatnovlarni amalga oshirish orqali 2 ming yoʻlovchiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yilda 48 ta yoʻnalishda haftasiga 134 ta aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish natijasida 9 ming yoʻlovchiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yilda 54 ta yoʻnalishda haftasiga 216 ta aviaqatnovlarni tashkil etish orqali 14 ming yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish rejalashtirilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) aviakompaniya havo kemalarini dastlabki joylashtirish manzili etib Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti hududi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Transport vazirligi, Moliya vazirligi va “Uzbekistan Airports” AJning Strategiyani amalga oshirish doirasida 2022-yilda 3 ta “ATR72-600” rusumli havo kemalarini xarid qilish hamda 2024-yil yakuniga qadar yana 9 ta “ATR” rusumli havo kemalarini olib kelish (xarid qilish va lizing asosida) toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzmilliybank” AJ tomonidan “Uzbekistan Airports” AJga 50,0 mln AQSH dollari miqdorida ajratiladigan kredit boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼminot sifatida kredit qiymatining 125 foizi miqdorida “Uzbekistan Airports” AJning koʻchmas mulki hamda xarid qilinayotgan havo kemalari garov sifatida taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy qarz, foizlar, komissiya va boshqa toʻlovlar bilan bogʻliq xarajatlar aviakompaniya va “Uzbekistan Airports” AJning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat buyurtmachisi hisoblangan aviatsiya korxonalariga xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlash orqali:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo kemalarini xarid qilish yoki lizing asosida olish jarayonlarini huquqiy jihatdan taʼminlash uchun — xalqaro yuridik kompaniyalar bilan;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo kemalari uchuvchilarini oʻqitish uchun — oʻquv-mashq markazlari bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo kemalari sotuvchi, lizing asosida yetkazib beruvchi, texnik xizmat koʻrsatuvchi, ehtiyot qismlari bilan taʼminlovchi, tashuvchi, taʼmirlovchi, texnik hujjat ishlab chiquvchi hamda xalqaro audit, konsalting va maslahatchi kompaniyalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Transport vazirligi “Uzbekistan Airways” AJ bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Uzbekistan Airways Technics” MCHJ negizida “ATR” rusumli havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatishni (shu jumladan “C-shesk”) tashkil etish hamda zarur infratuzilma yaratishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ATR” rusumli havo kemasi uchuvchilari, bortkuzatuvchilari, muhandis-texnik xodimlari va dispetcherlarini oʻqitish uchun “Uzbekistan Airways” AJning oʻquv-mashq markazida oʻquv kurslarini tashkil etishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasining rezident aviakompaniyalari 2028-yil 1-yanvarga qadar belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat asosida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan havo kemalariga xizmat koʻrsatish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, texnik hujjatlar va dasturiy taʼminot uchun bojxona toʻlovlari (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona yigʻimidan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi aviakompaniyaning arizalariga binoan respublikaga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar boʻlmagan taqdirda) Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tashqi ishlar vazirligi Transport vazirligining viza talabnomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib transport vaziri I.R. Maxkamov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarorning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 26-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-412-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 07/22/412/0962-son; 19.10.2023-y., 07/23/337/0784-son)