24.10.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3394
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 24.10.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3394
Date of entry into force
24.10.2022
Hujjat 30.12.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki audit milliy standartlarini tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 24-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3394]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ichki audit milliy standartlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur buyruq ilovasining 1-bandi toʻrtinchi xatboshisi va 15-bandi 2023-yilning 1-sentabridan kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir T. ISHMETOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 3-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari B. TUROBOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 5-sentabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 3-oktabrdagi 52-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki audit milliy standartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Ichki audit milliy standartlari (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati (bundan buyon matnda ichki audit xizmati deb yuritiladi) faoliyatining sifat koʻrsatkichlari hamda ichki audit tadbirlarini oʻtkazishning standartlarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olish — davlat organlari va tashkilotlarida moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar hamda bajarilishi jarayonida moliyaviy xato va kamchiliklarni aniqlash va oldini olish jarayoni;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari — ichki audit xizmati tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda boshqa budjet tashkilotlari;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit yillik rejasi — ichki audit xizmati tomonidan bir kalendar yil davomida ichki audit tadbirlari oʻtkazilishi lozim boʻlgan ichki audit obyektlari roʻyxati, ichki audit tadbirini oʻtkazish muddatlari hamda masʼul shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit milliy malaka sertifikati — ichki audit xizmati xodimi malakasini tasdiqlaydigan va unga ichki audit xizmatida faoliyat yuritish imkoniyatini beradigan hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit obyekti — ichki audit tadbiri amalga oshirilishi nazarda tutilgan davlat organlari va tashkilotlarining tegishincha markaziy apparati va boshqaruv apparati tarkibiy boʻlinmalari, tizim tashkilotlari hamda tasarrufidagi budjet tashkilotlari;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit faoliyati — davlat organlari va tashkilotlarida budjet intizomini mustahkamlash, budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olish, budjet tizimi budjetlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan foydalanish natijadorligini baholash, ichki nazorat va xavflarni boshqarish tizimlari samaradorligini oʻrganishga qaratilgan mustaqil faoliyat;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit tadbiri — ichki audit obyektlarida ichki audit xizmati maqsadlariga erishishga qaratilgan ichki audit xizmati xodimi tomonidan amalga oshiriladigan jarayon;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit tadbiri dasturi — ichki audit tadbirining yoʻnalishlari, muddati, ichki audit tadbirini oʻtkazish guruhi, ichki audit tadbiri bilan qamrab olinadigan davr toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit tadbiri hisoboti — ichki audit tadbiri yakunlari boʻyicha rasmiylashtiriladigan va oʻzida ichki audit tadbiri davomida aniqlangan holatlar, jumladan qonunbuzilish holatlari, budjet intizomi holati, kuzatishlar natijalari, taklif va tavsiyalar, ichki audit tadbiri hisobotida keltirilgan taklif va tavsiyalarni bajarish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (bundan buyon matnda chora-tadbirlar rejasi deb yuritiladi) hamda ichki audit obyekti tomonidan taqdim etilgan fikr va mulohazalar (agar mavjud boʻlsa) aks etadigan hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit tadbirini oʻtkazish guruhi — ichki audit tadbirini oʻtkazish maqsadida ichki audit xizmati rahbari tomonidan tashkil etiladigan hamda ichki audit xodim(lar)i va davlat organi va tashkiloti tuzilmasidan jalb qilingan mutaxassislardan iborat guruh. Bunda, ichki audit tadbirini oʻtkazish guruhiga ichki audit xizmati rahbari yoki xodimi rahbarlik qiladi;
(1-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit xizmati — davlat organlari va tashkilotlarida ichki audit faoliyatini amalga oshiruvchi hamda boshqa tarkibiy tuzilmalardan mustaqil tarkibiy boʻlinma;
(1-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy boshqaruv — davlat organi va tashkilotini moliyaviy taʼminlashni boshqarish jarayoni;
(1-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavf — maʼlum bir hodisa yoki holatning davlat organlari va tashkilotlarining moliyaviy faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatish ehtimoli;
(1-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chora-tadbirlar rejasi — ichki audit tadbiri natijasida aniqlangan qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi holatlari va ularning xavfini kamaytirish hamda bartaraf etish yuzasidan berilgan taklif va tavsiyalarni bajarilishi boʻyicha tayyorlanadigan hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Standartning maqsadi ichki audit xizmati faoliyatining tamoyillari va sifat koʻrsatkichlarini belgilash hamda ichki audit tadbirlarini oʻtkazishning standartlarini joriy etish hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Ichki audit xizmati faoliyatining sifat koʻrsatkichlari standarti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Ichki audit xizmati faoliyatining tamoyillari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini mustaqillik, xolislik, qonuniylik, malakalilik va axborot xavfsizligini taʼminlash tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ichki audit xizmati va uning xodimlari oʻz faoliyatini amalga oshirishda, shu jumladan ichki audit tadbirlarini oʻtkazish va uning natijalarini rasmiylashtirishda begʻaraz boʻlishi va xolislik bilan yondashishi, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirishi hamda vakolatlaridan chetga chiqmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ichki audit xizmati xodimlari oʻz faoliyatini amalga oshirishda malakaga ega boʻlishi hamda muntazam oʻz malakasini oshirib borishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ichki audit xizmati xodimlari oʻz faoliyatini amalga oshirishda olingan maʼlumotlarni belgilangan tartibda saqlashi, ulardan faoliyatidan tashqari hollarda foydalanmasligi va davlat siri hamda boshqa sir saqlanadigan maʼlumotlarni oshkor etmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Ichki audit xizmatining mustaqilligi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ichki audit xizmati oʻz faoliyatida davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan mustaqil hisoblanadi va bevosita davlat organi va tashkiloti rahbariga boʻysunadi hamda unga hisobdordir.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ichki audit xizmati tomonidan oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda, shu jumladan ichki audit tadbirlarini rejalashtirish, oʻtkazish hamda uning natijalarini rasmiylashtirishda ichki audit xizmatining faoliyatiga aralashish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat organi va tashkiloti rahbari ichki audit xizmati mustaqilligini taʼminlash uchun quyidagilarni amalga oshiradi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit yillik rejasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit xizmati faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit yillik rejasining bajarilishi, ichki audit xizmati mustaqilligining taʼminlanishi va faoliyatini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan taklif, tavsiya, maʼlumot hamda hisobotlarni koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ichki audit xizmati rahbari ichki audit xizmati mustaqilligini taʼminlash boʻyicha quyidagilarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit xizmatini boshqarishda bevosita davlat organi va tashkilotining rahbariga boʻysunadi;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit xizmati faoliyatiga boʻlgan har qanday aralashuvlar yoki aralashish uchun urinishlar toʻgʻrisida davlat organi yoki tashkiloti rahbarini zudlik bilan xabardor qiladi hamda vakolati doirasida ularni bartaraf etish choralarini koʻradi;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organi va tashkiloti ichki audit xizmati faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotda ichki audit xizmati faoliyatining mustaqilligini taʼminlanishi boʻyicha maʼlumot beradi.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ichki audit xizmati xodim(lar)i ichki audit xizmati mustaqilligini taʼminlash uchun quyidagilarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit xizmati faoliyatining asosiy tamoyillariga amal qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit tadbirlarida ishtirok etish yoki oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydigan holatlar yuzaga kelganda, ichki audit xizmati rahbarini (ichki audit tadbiri ichki audit xizmati rahbari tomonidan oʻtkazilayotganda davlat organi va tashkiloti rahbarini) xabardor qiladi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatiga boʻlgan har qanday aralashuvlar yoki aralashuvga boʻlgan urinishlar toʻgʻrisida ichki audit xizmati rahbarini (ichki audit tadbiri ichki audit xizmati rahbari tomonidan oʻtkazilayotganda davlat organi va tashkiloti rahbarini) xabardor qiladi.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Ichki audit xizmati xodimlarining malakasiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ichki audit xizmati xodimlari oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishi uchun talab etiladigan bilim hamda quyidagilar boʻyicha yetarli malaka va koʻnikmalarga ega boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit obyekti moliyaviy faoliyati, ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish jarayoniga taalluqli boʻlgan maʼlumotlarning mavjudligi hamda ishonchliligini baholash;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit tadbirlari bilan qamrab olingan masalalarning ahamiyati, muhimligi va murakkabligini aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit obyektida budjet intizomiga amal qilinishini, moliyaviy boshqaruv, ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish jarayonlarining samaradorligini oʻrganish;
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy xato va kamchiliklar, huquqbuzarlik holatlarining yuzaga kelishi ehtimolini baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit obyekti moliyaviy faoliyati va ichki nazorat tizimini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ichki audit xizmati xodimining malakasi ichki audit milliy malaka sertifikati orqali tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ichki audit xizmati rahbari doimiy ravishda ichki audit xizmati xodimlarining malakasini baholash hamda ularning malakasini oshirish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Ichki audit xizmati faoliyati sifatini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ichki audit xizmati faoliyatining sifatini taʼminlash ichki audit xizmati rahbari tomonidan faoliyatni mazkur Standart va ichki audit faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini oʻrganish hamda faoliyat natijalarining samaradorligini baholash orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ichki audit xizmati rahbari ichki audit xizmati faoliyati sifati hamda samaradorligini taʼminlash va doimiy oshirib borish choralarini koʻradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ichki audit xizmati rahbari ichki audit xizmati faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotda ichki audit xizmati sifati va samaradorligini taʼminlash hamda uni oshirib borish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat organi va tashkiloti rahbariga taqdim etadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ichki audit faoliyati sifatini taʼminlash va oshirib borish ichki audit xizmati faoliyatini ichki va tashqi baholash orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ichki audit xizmati faoliyatini ichki baholash ichki audit xizmati rahbari tomonidan amalga oshiriladi hamda doimiy monitoring va davriy baholashni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Doimiy monitoring ichki audit tadbirlarini rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish, ichki audit tadbirlariga oid hujjatlarni koʻrib chiqish hamda chora-tadbirlar rejasini bajarilishi monitoringini amalga oshirish bilan bogʻliq doimiy tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Davriy baholash ichki audit xizmati faoliyatini mazkur Standart va ichki audit faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini baholash hamda ichki audit obyektlarining ichki audit tadbirlari natijalari boʻyicha bildirilgan fikr-mulohazalarini tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tashqi baholash Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mazkur Standart va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 377-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Ichki audit tadbirlarini oʻtkazish standarti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Ichki audit yillik rejasi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ichki audit xizmati tomonidan bir kalendar yil davomida oʻtkaziladigan ichki audit tadbirlarini aniqlash maqsadida ichki audit yillik rejasi loyihasi Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining “Davlat auditi” dasturiy kompleksidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3704, 2025-yil 12-noyabr) muvofiq “Davlat auditi” dasturiy kompleksida shakllantiriladi, kelishiladi va tasdiqlanadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ichki audit yillik rejasi xavf tahlili asosida hamda ichki audit xizmatida mavjud vaqt va inson resurslarini hisobga olgan holda shakllantiriladi va Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasiga kelishish uchun yuboriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ichki audit yillik rejasida ichki audit tadbirlari oʻtkaziladigan ichki audit obyektlari roʻyxati, ichki audit tadbirini oʻtkazish muddati, ichki audit tadbiri bilan qamrab olinadigan davr va masʼul xodim koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ichki audit yillik rejasi davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan har yili dekabr oyining 25 sanasiga qadar tasdiqlanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Ichki audit tadbirini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ichki audit tadbirlari ichki audit yillik rejasi asosida ichki audit obyektida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ichki audit xizmati tomonidan ichki audit yillik rejasiga kiritilgan ichki audit obyektlarida ichki audit tadbirlari oʻtkazilishi majburiy hisoblanadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushganda hamda fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi orqali ichki audit tadbiri oʻtkaziladigan ichki audit obyektlari aniqlanganda, ichki audit tadbirlari davlat organi va tashkiloti rahbari qarori asosida oʻtkaziladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ichki audit tadbiri ichki audit xizmati xodimlari sonidan kelib chiqib ichki audit tadbirini oʻtkazish guruhi yoki ichki audit xizmati xodimi tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ichki audit xizmati ichki audit obyekti rahbariga ichki audit tadbiri davomida bajariladigan ishlar toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot, ichki audit tadbirini oʻtkazishda taqdim etilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlar roʻyxati hamda ularni taqdim etish muddatlari, ichki audit tadbirini oʻtkazish guruhi aʼzolari roʻyxatini ilova qilgan holda xabarnoma yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, xabarnoma ichki audit obyektiga ichki audit tadbiri boshlanishidan besh ish kuni (rejadan tashqari oʻtkaziladigan ichki audit tadbiri boshlanishidan bir ish kuni) avval yuboriladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ichki audit xizmati tomonidan har bir ichki audit tadbirini oʻtkazish uchun ichki audit tadbiri dasturi ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ichki audit tadbiri dasturi ichki audit tadbirining yoʻnalishlari, muddati, ichki audit tadbirini oʻtkazish guruhi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ichki audit tadbiri bilan qamrab olinadigan davr, ichki audit tadbirida qoʻllaniladigan audit usullarini oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ichki audit tadbiri dasturi ichki audit tadbirini oʻtkazish guruhi rahbari yoki ichki audit xizmati xodimi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Ichki audit tadbirini oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ichki audit tadbirlari quyidagi maqsadlarda oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet intizomini mustahkamlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olishni amalga oshirish;
(36-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarining tizimidagi budjet hisobidan moliyalashtirilmaydigan nobudjet muassasa hamda tashkilotlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ichki audit tadbirini oʻtkazish guruhi (ichki audit xizmati xodimi) ushbu Standart va Ichki audit tadbirlarini oʻtkazish qoʻllanmasiga (roʻyxat raqami 3406, 2022-yil 27-dekabr) muvofiq ichki audit obyektida ichki audit tadbirlarini oʻtkazish uchun bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ichki audit tadbirini oʻtkazish guruhi tomonidan maxsus kasbiy bilimlarni talab etadigan masalalarni koʻrib chiqish uchun davlat organlari va tashkilotlarining tuzilmasidagi mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ichki audit tadbiri davomida ichki audit tadbirini oʻtkazish guruhi (ichki audit xizmati xodimi) ichki audit obyektining moliyaviy faoliyatiga oid hujjatlar va maʼlumotlarini oʻrganadi hamda tahlil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Ichki audit tadbirini oʻtkazish guruhi (ichki audit xizmati xodimi) tomonidan oʻrganish va tahlil natijalari asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Ichki audit xizmati rahbari ichki audit tadbirini ichki audit toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻtkazilishini nazorat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Ichki audit xizmati rahbari ichki audit tadbirlarini oʻtkazish jarayonida jinoyat alomatlari mavjudligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlganda, tegishli choralar koʻrish (hujjatlashtirish, oldini olish choralarini koʻrish) va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga materiallarni yuborish uchun davlat organi yoki tashkiloti rahbarini yozma ravishda xabardor qiladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Ichki audit tadbiri natijalarini rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Ichki audit tadbiri natijalari ichki audit tadbiri hisoboti shaklida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Ichki audit tadbiri hisobotida ichki audit tadbiri natijalari, tahlillar, kuzatishlar, taklif va tavsiyalar, chora-tadbirlar rejasi hamda ichki audit obyekti tomonidan taqdim etilgan fikr va mulohazalar (agar mavjud boʻlsa) aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Ichki audit tadbiri hisoboti ichki audit tadbirini oʻtkazish guruhi (ichki audit xizmati xodimi) hamda ichki audit obyekti rahbari va moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha masʼul shaxslar tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Ichki audit tadbiri hisoboti ichki audit obyekti rahbari yoki moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha masʼul shaxslar tomonidan imzolanmagan taqdirda, ichki audit tadbirini oʻtkazish guruhi (ichki audit xizmati xodimi) bu haqda dalolatnoma rasmiylashtiradi va ichki audit tadbiri hisobotiga ilova qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Ichki audit tadbiri hisoboti ikki nusxada rasmiylashtiriladi hamda ichki audit xizmati va ichki audit obyektida saqlanadi. Ichki audit tadbiri hisoboti davlat organi va tashkiloti rahbariga uning soʻroviga muvofiq taqdim etilishi mumkin.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Chora-tadbirlar rejasi bajarilishini monitoring qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Chora-tadbirlar rejasi ichki audit obyekti tomonidan ichki audit tadbirini oʻtkazish guruhi (ichki audit xizmati xodimi) bilan birgalikda ishlab chiqiladi hamda ichki audit obyekti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Chora-tadbirlar rejasi ichki audit tadbirini oʻtkazish guruhi (ichki audit xizmati xodimi) tomonidan berilgan taklif va tavsiyalar, ularni amalga oshirilishi va uning muddatlari, masʼul shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi hamda ichki audit tadbiri hisobotiga ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Ichki audit obyekti har chorakda chora-tadbirlar rejasining bajarilishi toʻgʻrisida ichki audit xizmatiga maʼlumot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Ichki audit xizmati ichki audit obyektlari tomonidan chora-tadbirlar rejasini bajarilishi monitoringini amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Chora-tadbirlar rejasi ichki audit obyekti tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, ichki audit xizmati bu haqda davlat organi yoki tashkiloti rahbariga maʼlumot kiritadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Ichki audit xizmati rahbari ichki audit xizmati faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotda ichki audit obyektlari tomonidan chora-tadbirlar rejasini bajarilishi yuzasidan monitoring natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Vakolat doirasidan tashqaridagi xavflar haqida xabar berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Ichki audit xizmati xodimlari ichki audit obyekti faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xavf(lar)ni aniqlagan taqdirda, ularni bartaraf etish imkoniyatlarini baholaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Ichki audit obyekti ichki audit xizmati tomonidan aniqlangan xavflarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Ichki audit xizmati aniqlangan xavflarni bartaraf etish ichki audit obyekti imkoniyatidan tashqari boʻlgan taqdirda, bu haqda davlat organi va tashkiloti rahbariga maʼlumot taqdim etadi hamda ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Davlat organi va tashkiloti rahbari xavflarni bartaraf etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi hamda oʻz vakolatidan tashqarida boʻlgan xavflar boʻyicha maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit obyektlarida aniqlangan xavflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini oʻrganadi hamda oʻz vakolati doirasida ularni bartaraf etish boʻyicha davlat organi va tashkiloti bilan hamkorlikda ish olib boradi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Ichki audit xizmati faoliyati toʻgʻrisida hisobot
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Ichki audit xizmati rahbari davlat organi va tashkiloti rahbariga ichki audit yillik rejasining bajarilishi hamda faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasigacha choraklik hisobot hamda hisobot yilidan keyingi yilning 25-yanvariga qadar yillik hisobot taqdim etadi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Ichki audit xizmati faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotda ichki audit xizmati tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit yillik rejasida tasdiqlangan ichki audit tadbirlarining bajarilish holati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot yilida oʻtkazilishi rejalashtirilgan, lekin amalga oshirilmagan ichki audit tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit obyektlari tomonidan chora-tadbirlar rejasining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelgusi hisobot yilida ichki audit xizmati faoliyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit xizmati faoliyati sifatini taʼminlash va oshirish toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan tizimli xavflar va ularni oldini olish hamda bartaraf etish boʻyicha davlat organi yoki tashkiloti darajasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar haqida taklif va tavsiyalar;
(59-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan tizimli xavflarni oldini olish hamda bartaraf etishda davlat organi va tashkiloti vakolatiga kirmaydigan masalalar va ularni bartaraf etish boʻyicha taklif va tavsiyalar;
(59-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organi va tashkiloti faoliyatida budjet intizomini mustahkamlash, xavflarni profilaktika qilish hamda budjet xarajatlari natijadorligi va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar.
(59-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 315-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3394-1, 30.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2022-y., 10/22/3394/0957-son; 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son; 30.12.2025-y., 10/25/3394-1/1245-son)