14.10.2022 yildagi 596-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.10.2022 yildagi 596-son
Date of entry into force
15.10.2022
Hujjat 15.10.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 21-apreldagi PQ-214-son qarori ijrosini taʼminlash hamda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 21-apreldagi PQ-214-son qaroriga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2022-yil 1-iyuldan 2025-yil 1-yanvarga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan olis va chekka hududlardagi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-apreldagi PQ-214-son qaroriga 1-ilovaga muvofiq) mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da boʻlgan va kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha boʻlgan qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratish belgilanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2023-yil 1-yanvardan boshlab nodavlat taʼlim tashkilotlarida davlat buyurtmasi asosida ish bilan band boʻlmagan fuqarolarni kasanachilik yoʻnalishida kasbga oʻqitishning quyidagi tartibi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari huzuridagi malakani baholash markazlari tomonidan kasbiy malaka talablarini ishlab chiqish va salohiyatli taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv kurslarini tugatgan fuqarolarning bilim darajasini malakani baholash markazlari tomonidan aniqlash va shu asosda ularga malaka sertifikatlari berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka sertifikatini olgan fuqarolarga mehnat faoliyatini boshlashi uchun oʻqish xarajatlariga teng miqdorda malakani baholash markazlari tomonidan subsidiyalar berish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari davlat buyurtmasi asosida nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasbga oʻqitilgan fuqarolarni malaka darajasini baholash uchun malakani baholash markazlariga yuboradi hamda malaka imtihonlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni har bir band boʻlmagan shaxs uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari tomonidan kasanachilikni tashkil etganidan kamida uch oy oʻtgandan soʻng subsidiya olish uchun tegishli tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga yozma ravishda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan tadbirkorlik subyektining murojaatini koʻrib chiqib, kasanachilikni tashkil etganligi uchun subsidiya ajratish (yoki ajratishni rad etish) toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan soʻng besh ish kuni ichida talabgorga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da boʻlgan va kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari tomonidan kasanachilikni tashkil etganidan soʻng subsidiya olish uchun tegishli tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga yozma ravishda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi va tadbirkorlik subyekti oʻrtasida ijtimoiy kontrakt tuzish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazining subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan soʻng besh ish kuni ichida tadbirkorlik subyektiga har bir kasanachiga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha boʻlgan qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasanachilarning ish faoliyati samaradorligini tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari tomonidan har oyda monitoring qilib borish va foydalanilmayotgan asbob-uskunalarga ajratilgan subsidiyalarni qaytarib olish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Nodavlat taʼlim tashkilotlarida davlat buyurtmasi asosida kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan ishsiz va band boʻlmagan fuqarolarni kasbga oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) hokimliklari, tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi bilan birgalikda kelgusi yil uchun joriy yilning 10-dekabriga qadar ish bilan band boʻlmagan fuqarolarni kasanachilik yoʻnalishida kasbga oʻqitish boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari tomonidan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari bilan birgalikda davlat buyurtmasi asosida kasanachilarni kasbga oʻqitish boʻyicha belgilangan davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasbga oʻqitishga yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbga oʻqitilgan kasanachilarning malaka darajasini baholash, ularga malaka sertifikatini berish hamda kasanachilarni kasbga oʻqitishni moliyalashtirish tartibi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Yagona elektron shartnomalar axborot portalini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga integratsiya qilish choralarini koʻrsin. Bunda ushbu kompleks orqali kasanachining dastlabki uch oy davomidagi daromadi miqdorini real vaqt rejimida aniqlash imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga mazkur qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida, internet jahon axborot tarmogʻida keng yoritish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 5-apreldagi 183-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 14-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
596-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 596-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Jamoat ishlari jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-apreldagi PQ-214-son qaroriga 1-ilovada keltirilgan olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga (keyingi oʻrinlarda — talabgor) subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kasanachilikni tashkil etgan talabgorlarga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Talabgorlarga subsidiya tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari (keyingi oʻrinlarda — mahalliy mehnat organlari) tomonidan mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Murojaat qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Talabgor kasanachilikni tashkil etganidan soʻng subsidiya olish uchun mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining tavsiyasi asosida tegishli mahalliy mehnat organiga yozma ravishda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorning murojaatida kasanachining familiyasi, ismi, otasining ismi, tadbirkorlik subyektining subsidiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisobvaragʻi (rekvizitlari) va manzili koʻrsatiladi, shuningdek, murojaatga kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoxud pudrat shartnomasi, kasanachining dastlabki uch oy davomidagi daromadi miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (yoki kasanachining dastlabki uch oy davomidagi faoliyati uchun toʻlovlarni bank orqali toʻlanganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma) ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Subsidiya ajratish tartibi va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mahalliy mehnat organi talabgor tomonidan subsidiya olishni soʻrab taqdim etilgan hujjatlarni 3 ish kuni ichida oʻrganib chiqadi. Bunda subsidiya berish uchun tadbirkorlik subyekti va kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoki pudrat shartnomasi Davlat soliq qoʻmitasining Yagona elektron shartnomalar axborot portalida (keyingi oʻrinlarda — Yagona elektron shartnomalar axborot portali) roʻyxatdan oʻtkazilganligi hamda rasmiylashtirilganligiga kamida 3 oy oʻtganligi asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Talabgor tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilib, unda barcha zarur maʼlumotlar koʻrsatilganligi, kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoki pudrat shartnomasi rasmiylashtirilganligiga kamida uch oy oʻtganligi, Yagona elektron shartnomalar axborot portalida roʻyxatdan oʻtkazilganligi hamda kasanachining dastlabki uch oy davomidagi daromadi miqdori haqqoniyligi tasdiqlanganda, mahalliy mehnat organi talabgorga kasanachilikni tashkil etganligi uchun subsidiya ajratish (yoki ajratishni rad etish) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Qarorda subsidiya miqdori va uni ajratish muddati (murojaat tushgandan soʻng 3 ish kunidan oshmagan muddatda) koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda mahalliy mehnat organi tomonidan kasanachining dastlabki uch oy davomidagi daromadi miqdori haqqoniyligi tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasidan maʼlumot olish yoʻli bilan yoki “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Subsidiya ajratish quyidagilarga koʻra rad etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlar ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq talabgor tomonidan toʻliq taqdim etilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoxud pudrat shartnomasi Yagona elektron shartnomalar axborot portalida roʻyxatdan oʻtkazilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasanachining dastlabki uch oy davomidagi daromadi miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumot haqqoniyligi tasdiqlanmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy mehnat organi subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga ushbu qaror nusxasini bir kun muddatda yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Talabgor mahalliy mehnat organining subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlsa, yuqori turuvchi organga yoki sud organlariga shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mahalliy mehnat organining subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan soʻng besh ish kuni ichida ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan miqdorda bir martalik subsidiya ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur Nizomda ajratilishi belgilangan subsidiyani olayotgan talabgorlar bir vaqtning oʻzida qonunchilik hujjatlarida belgilangan ishsiz shaxslar bandligiga koʻmaklashishga qaratilgan boshqa turdagi subsidiyalarni ham belgilangan tartibda olishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyekti (talabgor)

Olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etganligi uchun subsidiya olish maqsadida tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda yozma ravishda murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi

1. Talabgor murojaatini ilova qilingan hujjatlar bilan birga oʻrganib chiqadi.

2. Talabgorga subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

3 ish kuni ichida

3. Oʻrganish natijalariga koʻra subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga ushbu qaror nusxasini yuboradi.

1 kun muddatda

3-bosqich

Tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi

Subsidiya ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng talabgorga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachili� faoliyati uchun bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.

Qaror qabul qilingandan soʻng 5 ish kuni ichida

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 596-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da boʻlgan va kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga (keyingi oʻrinlarda — talabgor) “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da boʻlgan va kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga (keyingi oʻrinlarda — kasanachilar) asbob-uskunalar xarid qilib berish uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Talabgorlarga kasanachilar uchun asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizigacha boʻlgan qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Talabgorlarga subsidiya tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi (keyingi oʻrinlarda — mahalliy mehnat organlari) tomonidan mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Subsidiya ajratish tartibi va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Talabgor kasanachilikni tashkil etganidan soʻng subsidiya olish uchun mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchilari) tavsiyasi asosida tegishli mahalliy mehnat organiga yozma ravishda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorning murojaatida kasanachilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tadbirkorlik subyektining subsidiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisobvaragʻi (rekvizitlari) va manzili koʻrsatilishi, shuningdek, murojaatga kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoki pudrat shartnomasi ilova qilinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda talabgor murojaatda kasanachiga buyurtma berilayotgan ish turiga qarab, subsidiya hisobiga xarid qilinadigan asbob-uskuna nomi va turi, aniq xarid narxini koʻrsatishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mahalliy mehnat organi talabgorning murojaatini ilova qilingan tegishli hujjatlar bilan birga 3 ish kuni ichida oʻrganib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda subsidiya berish uchun tadbirkorlik subyekti va kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoxud pudrat shartnomasi Davlat soliq qoʻmitasining Yagona elektron shartnomalar axborot portalida (keyingi oʻrinlarda — Yagona elektron shartnomalar axborot portali) roʻyxatdan oʻtkazilganligi, shuningdek, kasanachi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilganligi yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da turganligi asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mahalliy mehnat organi tomonidan talabgorning xarid qiladigan asbob-uskunalari narxini oʻrganish davlat xaridlarining elektron tizimi yoki boshqa ochiq manbalarning maʼlumotlaridan foydalanish orqali amalga oshirilishi mumkin. Oʻrganish natijalariga muvofiq asbob-uskunaning narxini talabgor tomonidan bozordagi ushbu asbob-uskunalarning oʻrtacha narxi qiymatiga teng (yoki undan yuqori) belgilanganligi mahalliy mehnat organi xarid komissiyasi qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Talabgor tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilib, unda barcha zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan va kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoxud pudrat shartnomasi Yagona elektron shartnomalar axborot portalida roʻyxatdan oʻtkazilganligi, kasanachi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilganligi yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da turganligi tasdiqlanganda mahalliy mehnat organi va talabgor oʻrtasida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ijtimoiy kontrakt tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ijtimoiy kontrakt tuzilgandan soʻng mahalliy mehnat organi tomonidan talabgorga kasanachiga buyurtma berilayotgan ish turiga qarab asbob-uskunani xarid qilish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish (yoki ajratishni rad etish) toʻgʻrisida uch ish kuni ichida qaror qabul qilinadi. Qarorda subsidiya miqdori va uni ajratish muddati (murojaat tushgandan soʻng 3 ish kunidan oshmagan muddatda) koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mahalliy mehnat organining subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan soʻng besh ish kuni ichida talabgorga har bir kasanachiga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha boʻlgan qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Subsidiya ajratilgandan soʻng 10 kun ichida talabgor har bir kasanachi uchun asbob-uskunalar xarid qilinganligi va kasanachilarga bepul berilganligi hamda asbob-uskunalarning xususiyatidan kelib chiqib nomi, turi, markasi, kafolat muddatini koʻrsatgan holda ijtimoiy kontrakt tuzilgan mahalliy mehnat organini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Subsidiya ajratish quyidagilarga koʻra rad etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlar ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq talabgor tomonidan toʻliq taqdim etilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoxud pudrat shartnomasi Yagona elektron shartnomalar axborot portalida roʻyxatdan oʻtkazilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasanachi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilmaganligi tasdiqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilinadigan asbob-uskunaning narxi qasddan yuqori qilib koʻrsatilganligi aniqlansa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy mehnat organi subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga ushbu qaror nusxasini bir kun muddatda yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Talabgor mahalliy mehnat organining subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlsa, yuqori turuvchi organga yoki sud organlariga shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Kasanachilarning ish faoliyati samaradorligini monitoring qilish va foydalanilmayotgan asbob-uskunalarga ajratilgan subsidiyalarni qaytarib olish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mahalliy mehnat organlari hamda hokim yordamchilari ajratilgan subsidiya hisobidan xarid qilingan asbob-uskuna asosida ishlayotgan kasanachilarning ish faoliyati samaradorligini bir oyda bir marotaba olti oy davomida monitoring qilib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra ijtimoiy kontraktda belgilangan majburiyatlar bajarilmaganligi hamda subsidiya asosida xarid qilingan asbob-uskunalarning foydalanilmayotganligi aniqlansa, mahalliy mehnat organlari tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi va ushbu kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha subsidiya ajratilgan tadbirkorlik subyektiga xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Subsidiya ajratilgan tadbirkorlik subyekti xabarnoma olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mahalliy mehnat organiga xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Xabarnoma tushgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida (yoki aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish uchun bir oy muddatdan soʻng) mahalliy mehnat organi va hokim yordamchisi subsidiya hisobidan xarid qilingan asbob-uskuna bilan faoliyat yuritayotgan kasanachilarning ish faoliyati samaradorligini qayta monitoring qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra dastlabki monitoringda koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmaganligi aniqlansa, mahalliy mehnat organi subsidiya ajratilgan tadbirkorlik subyektiga ajratilgan subsidiyalarni qaytarish boʻyicha qaror qabul qiladi, ijtimoiy kontraktni bir tomonlama bekor qiladi va subsidiya ajratilgan tadbirkorlik subyektiga xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabarnomada subsidiya ajratilgan tadbirkorlik subyekti tomonidan ajratilgan subsidiyalarni qaytarish uchun mahalliy mehnat organiga tegishli boʻlgan bank rekvizitlari koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Subsidiya ajratilgan tadbirkorlik subyekti xabarnoma tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida ajratilgan subsidiyalarni xabarnomada koʻrsatilgan mahalliy mehnat organiga tegishli boʻlgan bank rekvizitlariga (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida foiz toʻlovlari bilan birga) toʻliq miqdorda qaytarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur Nizomda ajratilishi belgilangan subsidiyani olayotgan tadbirkorlik subyektlari bir vaqtning oʻzida qonunchilik hujjatlarida belgilangan ishsiz shaxslar bandligiga koʻmaklashishga qaratilgan boshqa turdagi subsidiyalarni ham belgilangan tartibda olishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da boʻlgan va kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da boʻlgan va kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish uchun subsidiya ajratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tadbirkorlik subyekti (talabgor)

Kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish uchun subsidiya olish maqsadida tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi

1. Talabgor tomonidan subsidiya olishni soʻrab taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi.

2. Mahalliy mehnat organi va talabgor oʻrtasida ijtimoiy kontrakt tuziladi.

3 ish kuni ichida

3. Talabgorga subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

4. Oʻrganish natijalariga koʻra subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga ushbu qaror nusxasini yuboradi.

1 kun muddatda

3-bosqich

Tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi

Talabgorga har bir kasanachiga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha boʻlgan qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratiladi.

Qaror qabul qilingandan soʻng 5 ish kuni ichida

4-bosqich

Subsidiya ajratilgan tadbirkorlik subyekti

Subsidiya ajratilgandan soʻng talabgor har bir kasanachi uchun asbob-uskunalar xarid qilinganligi va kasanachilarga bepul berilganligini hamda asbob-uskunalarning xususiyatidan kelib chiqib nomi, turi, markasi, kafolat muddatini koʻrsatgan holda ijtimoiy kontrakt tuzilgan mahalliy mehnat organiga yozma ravishda xabardor qiladi.

10 kun ichida

5-bosqich

Tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi

Ajratilgan subsidiya hisobidan xarid qilingan asbob-uskuna asosida ishlayotgan kasanachilarning ish faoliyati samaradorligini monitoring qilib boradi. Kamchiliklar aniqlansa tadbirkorlik subyektiga ularni bartaraf etish boʻyicha xabarnoma yuboradi.

Har oy bir marotaba

6-bosqich

Subsidiya ajratilgan tadbirkorlik subyekti

Xabarnoma olingan kundan eʼtiboran koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mahalliy mehnat organiga xabarnoma yuboradi.

Bir oy ichida

7-bosqich

Tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi

1. Xabarnoma tushgan kundan eʼtiboran subsidiya hisobidan xarid qilingan asbob-uskuna bilan faoliyat yuritayotgan kasanachilarning ish faoliyati sama�adorligini qayta monitoring qiladi.

2. Oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra dastlabki monitoringda koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmaganligi aniqlansa, ajratilgan subsidiyalarni qaytarish boʻyicha qaror qabul qiladi, ijtimoiy kontraktni bir tomonlama bekor qiladi va talabgorga xabarnoma yuboradi

3 ish kuni ichida

(yoki aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish uchun bir oy muddatdan soʻng)

8-bosqich

Subsidiya ajratilgan tadbirkorlik subyekti

Xabarnoma tushgan kundan eʼtiboran ajratilgan subsidiyalarni xabarnomada koʻrsatilgan mahalliy mehnat organiga tegishli boʻlgan bank rekvizitlariga toʻliq miqdorda qaytaradi.

5 ish kuni ichida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da boʻlgan va kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

NAMUNA

_____-son

IJTIMOIY KONTRAKT

20 __y. “_____”____________.

Ushbu ijtimoiy kontraktni (keyingi oʻrinlarda — kontrakt) _________________________________________ tumani (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi nomidan ________________________________________________ asosida faoliyat yurituvchi ____________________________________________________________________ (keyingi oʻrinlarda — mahalliy mehnat organi) va

(mahalliy mehnat organi rahbarining F.I.O.)

_______________________________________________________________________ manzilida roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyekti _________________________________________________________________

(nomi, manzili va boshqa rekvizitlari)

quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:

I. Kontraktning mazmuni

1.1. Kontrakt mahalliy mehnat organi bilan tadbirkorlik subyekti oʻrtasida (keyingi oʻrinlarda — taraflar) Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tadbirkorlik subyektiga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da boʻlgan va kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha boʻlgan qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratish uchun tuzildi.

1.2. Kontrakt quyidagilardan iborat boʻladi:

ijtimoiy kontrakt taraflari (tadbirkorlik subyekti va tuman (shahar) Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi);

taraflarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;

ijtimoiy kontraktning amal qilish muddati va uni bekor qilish asoslari.

II. Taraflarning huquq va majburiyatlari

2.1. Mahalliy mehnat organi quyidagi huquqlarga ega:

tadbirkorlik subyekti kontrakt shartlarini bajarmagan taqdirda, kontraktni bir tomonlama bekor qilish;

tadbir?orlik subyekti kontraktdagi majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, ajratilgan subsidiyalar qaytarib berilishini talab qilish;

kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarning ish faoliyati samaradorligini monitoring qilib borish;

2.2. Tadbirkorlik subyekti quyidagi huquqlarga ega:

mahalliy mehnat organi tomonidan kontrakt shartlarini bajarmagan taqdirda, kontraktni bir tomonlama bekor qilish;

mahalliy mehnat organi tomonidan taqdim etilayotgan subsidiya hisobidan kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqaro uchun zarur asbob-uskunani mustaqil ravishda xarid qilish;

mahalliy mehnat organi tomonidan huquqiy maslahatlar olish, kontrakt shartlari toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini talab qilish;

2.3. Mahalliy mehnat organi quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:

kontrakt shartlarini toʻliq va oʻz vaqtida bajarish;

kontrakt tuzilgandan soʻng unda belgilangan subsidiyani belgilangan tartibda toʻlab berish;

subsidiya ajratilishi hisobiga kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga xarid qilingan asbob-uskunalar berilishi va asbob-uskunaning foydalanilayotganligi ustidan monitoring oʻrnatish;

2.4. Tadbirkorlik subyekti quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:

tadbirkorlik subye�ti va kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqaro(lar) oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish) haqidagi fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma yoxud pudrat shartnomasini Davlat soliq qoʻmitasining Yagona elektron shartnomalar axborot portalida roʻyxatdan oʻtkazish;

subsidiya ajratilgandan soʻng kasanachiga buyurtma berilayotgan ish turiga qarab, subsidiya hisobiga xarid qilingan asbob-uskunalarni kasanachiga bepul berish;

kasanachilarga ishlarni bajarish (tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha buyurtma berish va belgilangan tartibda kasanachining ish haqini toʻlab borish;

subsidiya hisobidan sotib olingan asbob-uskunalar kasanachi tomonidan foydalanilmagan taqdirda, ajratilgan subsidiya miqdorini belgilangan tartibda toʻliq qaytarish.

Kontrakt imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.

III. Taraflarning javobgarligi

3.1. Tadbirkorlik subyekti subsidiya berilishi uchun yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etganligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi va kontrakt bir tomonlama bekor qilinadi.

3.2. Kontrakt bajarilishi monitoringini olib borish mahalliy mehnat organlari va mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari tomonidan amalga oshiriladi. Kontrakt shartlari bajarilishi monitoringini olib borish har oyda bir marotaba 6 (olti) oy davomida kasanachilar bilan bevosita uchrashish orqali amalga oshiriladi.

Kontrakt shartlari bajarilmagan hollarda mahalliy mehnat organi tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi va ushbu kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirkorlik subyektiga xabarnoma yuboriladi. Tadbirkorlik subyekti tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra kontrakt shartlari bajarilmagan taqdirda, kontrakt bekor qilingan kundan eʼtiboran oʻn ikki oygacha ushbu tadbirkorlik subyekti bilan kontrakt tuzilmaydi.

IV. Fors-major holatlari

4. Taraflardan hech biri ularning irodasi va xohishiga bogʻliq boʻlmagan holda kelib chiqadigan, yaʼni ishtirokchilarga bogʻliq boʻlmagan sabablar, jumladan, kasallik, kontrakt bajarilmasligiga olib keladigan xolisona sabablar tufayli bajarilmagan hollarda kontraktning amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin hamda majburiyatlarni bajarmaganlik uchun boshqa taraf oldida javobgar boʻlmaydilar.

V. Kontraktning amal qilish muddati

5.1. Kontrakt imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va 6 (olti) oy amal qiladi.

5.2. Kontrakt ikki nusxada tuzilgan boʻlib, bir xil yuridik kuchga ega.

Tuman (shahar) Aholi bandligiga

Tadbirkorlik subyekti

koʻmaklashish markazi rahbari

__________________ (imzo)

_________________ (imzo)

(F.I.O)

(F.I.O)

____________ (sana)

___________ (sana)

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 596-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat taʼlim tashkilotlarida davlat buyurtmasi asosida kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan ishsiz va band boʻlmagan fuqarolarni kasbga oʻqitish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlari asosida shakllantirilgan davlat buyurtmasiga muvofiq davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida fuqarolarni kasanachilik yoʻnalishida kasbga oʻqitish hamda ularga malaka sertifikati berishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari — davlat buyurtmasi asosida ishsiz va band boʻlmagan shaxslarni kasanachilik yoʻnalishida kasbga oʻqitish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsiz va band boʻlmagan shaxslarni kasanachilik yoʻnalishida kasbga oʻqitish boʻyicha davlat buyurtmasi (keyingi oʻrinlarda — davlat buyurtmasi) — mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlari asosida ishsiz va band boʻlmagan shaxslarni kasanachilik yoʻnalishida kasbga oʻqitish uchun beriladigan buyurtma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan ishsiz va band boʻlmagan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — kasanachilar)ni kasanachilik yoʻnalishida kasbga oʻqitish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbi mavjud boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud kasbiy koʻnikmalariga maqbul ish yoʻqligi sababli kasbni oʻzgartirish zarurati boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbiy koʻnikmalari mavjud boʻlmaganligi yoki yetarli boʻlmaganligi, kasbiga doir talablar oʻzgartirilganligi bois malaka oshirishi zarur boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avvalgi kasbi boʻyicha ish bajarish qobiliyati yoʻqotilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kasanachilarni kasbga oʻqitish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari hamda mahallalarda tashkil etilgan kasbga oʻqitish maskanlarida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirlik va idoralar tizimidagi professional taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan qisqa muddatli kasb-hunarga oʻqitish kurslarida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat kasb-hunarga oʻqitish tashkilotlarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat buyurtmasini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida davlat buyurtmasi asosida kasanachilarni kasbga oʻqitish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tuman (shahar) hokimliklari, tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi bilan birgalikda kelgusi yil uchun joriy yilning 10-dekabriga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarda faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tashkilotlarining kasanachilik yoʻnalishlarida malakali kadrlarga boʻlgan talab va ehtiyojlarini oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbga oʻqitishga ehtiyoji boʻlgan fuqarolarning kasanachilik faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha kasblar boʻyicha davlat buyurtmasini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqilgan davlat buyurtmasini tasdiqlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha hududiy kengashlariga (keyingi oʻrinlarda — hududiy kengashlar) taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Hududiy kengashlar taqdim etilgan davlat buyurtmalarini umumlashtirib, tahlil qiladi va besh kun ichida tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat buyurtmasiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hududiy kengashlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Davlat buyurtmasi asosida kasanachilarni kasbga oʻqitishga yoʻnaltirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan kasbga oʻqitish boʻyicha belgilangan davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining yillik oʻqitish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda oʻqitish taqsimotini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqitish taqsimotiga asosan davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasanachilarni kasanachilik yoʻnalishida kasbga oʻqitish ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbga oʻqitish jarayonlarini monitoring qilib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbga oʻqitilgan kasanachilarni kasanachilik faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy malaka darajasini baholash uchun malakani baholash markazlariga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Davlat buyurtmasi asosida kasanachilik yoʻnalishida kasbga oʻqitilgan kasanachilarni malaka darajasini baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari davlat buyurtmasi asosida davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasbga oʻqigan kasanachilarning malaka darajasini baholash uchun ularni malakani baholash markazlariga, shu jumladan, “Ishga marhamat” monomarkazlarida tashkil etilgan malakani baholash markazlariga yuborilishiga koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasbga oʻqigan kasanachilar malaka darajasini baholatish uchun oʻzlari ixtiyoriy ravishda murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Malakani baholash markazlari tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-dekabrdagi PQ-4939-son qarori bilan tasdiqlangan Malaka darajalariga erishish sxemasi asosida kasbga oʻqitilgan kasanachilar malakasi baholanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholashdan muvaffaqiyatli oʻtgan kasanachilarga oʻn kun ichida malaka sertifikati beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Kasanachilarni kasanachilik yoʻnalishida kasbga oʻqitishni moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kasanachilarni kasbga oʻqitish bilan bogʻliq faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasanachilik yoʻnalishida oʻquv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchiga kasbga oʻqitish uchun sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobaridan oshmagan miqdori davlat tomonidan qoplab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida davlat buyurtmasi asosida kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan ishsiz va band boʻlmagan fuqarolarni kasbga oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida davlat buyurtmasi asosida kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan ishsiz va band boʻlmagan fuqarolarni kasbga oʻqitishni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari, aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi

1. Hududlarda faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tashkilotlarning kasanachilik yoʻnalishlarida malakali kadrlarga boʻlgan talab va ehtiyojlarini oʻrganadi.

2. Kasbga oʻqitishga ehtiyoji boʻlgan fuqarolarning kasanachilik faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha davlat buyurtmasini ishlab chiqadi.

3. Ishlab chiqilgan davlat buyurtmasini tasdiqlash uchun hududiy kengashlarga taqdim etadi.

Kelgusi yil uchun joriy yilning 10-dekabriga qadar

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha hududiy kengashlari

1. Taqdim etilgan kasbga oʻqitish boʻyicha davlat buyurtmalarini umumlashtirib, tahlil qiladi.

2. Davlat buyurtmasini tasdiqlaydi.

5 kun ichida

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari

1. Tasdiqlangan davlat buyurtmasi asosida taʼlim tashkilotlarining yillik oʻqitish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda oʻqitish taqsimotini ishlab chiqadi.

2. Oʻqitish taqsimotiga asosan taʼlim tashkilotlarida fuqarolarni kasanachilik yoʻnalishida kasbga oʻqitish ishlari tashkil etadi.

3. Kasbga oʻqitish jarayonlarini monitoring qilib boradi.

4. Kasbga oʻqitilgan fuqarolarni malaka darajasini baholash uchun davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlaridagi malakani baholash markazlariga yuboradi.

Doimiy ravishda

4-bosqich

Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlaridagi malakani baholash markazlari

1. Kasbga oʻqitilgan kasanachilarning malakasini baholaydi.

2. Baholashdan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarga malaka sertifikatini beradi.

10 kun ichida

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 596-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 5-apreldagi 183-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-ilova (Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom) quyidagi tahrirdagi 441-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“441. Mehnatga layoqatli nogironligi boʻlgan ishsiz yoki ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga oʻqitishni ragʻbatlantirish uchun har bir mehnatga layoqatli nogironligi boʻlgan ishsiz yoki ish qidirayotgan shaxs uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan kasb-hunarga oʻqish davrida har oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobari miqdorida ragʻbatlantirish toʻlovi toʻlab beriladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining bandligiga koʻmaklashish markazlari nogironligi boʻlgan shaxslar uchun tavsiya etilgan kasblar va ularning qiziqishlaridan kelib chiqib, ularni kasb-hunarga oʻqitish maqsadida davlat yoki nodavlat taʼlim tashkilotlariga yoʻnaltiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi boʻlgan shaxslarga ragʻbatlantirish toʻlovini toʻlash haqidagi maʼlumotlar “Bandlik xizmati” axborot tizimida aks ettiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ragʻbatlantirish toʻlovi oʻn ikki oylik davr ichida oʻqish davrining koʻpi bilan yigirma olti kalendar haftasi davomida Xalq banki va uning filiallari tomonidan tegishli qaydnomaga asosan toʻlab beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq boʻlmagan kalendar oy uchun toʻlov toʻlanishi kerak boʻlgan kalendar oydagi kunlar sonining toʻliq kalendar oydagi kunlar soniga mutanosib miqdorda toʻlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat yoki nodavlat taʼlim tashkiloti nogironligi boʻlgan shaxslarni oʻqishdan chetlatsa, bu haqda 3 kunlik muddatda aholini bandligiga koʻmaklashish markazlarini rasmiy ogohlantirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini bandligiga koʻmaklashish markazlariga oʻqishdan chetlatilganlik toʻgʻrisida xat kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kunida ragʻbatlantirish toʻlovini toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv kurslari uzrli sabablarga koʻra qoldirgan taqdirda ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻxtatilmaydi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/596/0923-son; 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)