12.10.2022 yildagi PQ-390-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 12.10.2022 yildagi PQ-390-son
Date of entry into force
12.10.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironligi boʻlgan shaxslarning hayot sifati va ijtimoiy faolligini yanada oshirish, nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalariga qarashli yuridik shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish boʻyicha tizimli ishlarni izchil davom ettirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-208-son qarorining 2-bandida budjet buyurtmachilari uchun nazarda tutilgan cheklovlar Elektron kooperatsiya portalida roʻyxatdan oʻtgan, xodimlari umumiy sonining kamida 50 foizi ushbu tashkilotda kamida olti oydan buyon mehnat faoliyatini olib borayotgan nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat va nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — yuridik shaxslar) va nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni yoki koʻrsatiladigan xizmatlarni xarid qilishga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilab qoʻyilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son — 2024-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning koʻrgazma yarmarkasini doimiy tarzda oʻtkazish grafiklarini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda hududlarda koʻrgazma yarmarkasini oʻtkazish uchun zarur pavilyonlarni aniqlasin va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarda koʻrgazma yarmarkasini oʻtkazish uchun zarur pavilyonlar bepul tarzda ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari mazkur koʻrgazma yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat buyurtmachilariga oʻz ehtiyojidan kelib chiqib, koʻrgazma yarmarkalari davomida yuridik shaxslar va nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan ular tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni yoki koʻrsatiladigan xizmatlarni uch yilgacha muddat davomida kafolatli xarid qilishni nazarda tutuvchi shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha yordamchilari oʻz hududida faoliyat yuritayotgan, yuridik shaxslar va nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlarning yoki koʻrsatiladigan xizmatlarning hajmi va texnik parametrlari toʻgʻrisidagi axborotlarni Elektron kooperatsiya portaliga joylashtirsin va muntazam ravishda yangilab borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari doimiy tarzda oʻz hududida tadbirkorlik subyektlari uchun oʻtkaziladigan koʻrgazma yarmarkasi doirasida yuridik shaxslar va nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning oʻz tovarlari bilan ishtirok etishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari mazkur bandda belgilangan vazifalar oʻz muddatida va sifatli bajarilishi hamda yuridik shaxslar va nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatiga koʻmaklashish va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qoʻyilsin, shuningdek, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritib borsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xodimlari umumiy sonining kamida 25 foizi, biroq kamida 4 nafari ushbu tashkilotda kamida olti oydan buyon mehnat faoliyatini olib borayotgan nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat va nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining kamida 25 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar, shuningdek, kamida olti oydan buyon faoliyat yuritayotgan nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda ular tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarning yoki koʻrsatiladigan xizmatlarning yagona reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) yuritilishini tashkil etish. Bunda:
(5-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-iyun)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestr Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining rasmiy veb-saytida va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yuritiladi hamda har oy yakunida yangilab boriladi;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlari umumiy sonining kamida 25 foizi, biroq kamida 4 nafari ushbu tashkilotda olti oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirib kelayotgan nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlmasa yoki nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining kamida 25 foizini tashkil etmasa, ushbu yuridik shaxslar Reyestrdan avtomatik tarzda chiqariladi;
(5-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-iyun)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar Reyestrga kirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yoki davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda murojaat qiladi;
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tadbirkorlik subyektlari tomonidan ish oʻrinlari va sharoitlarni nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishda nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari yuzasidan davlat ekspertizasi xulosasini talab qilish tartibini bekor qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, davlat xaridlari doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va boshqa davlat buyurtmachilari oʻz ehtiyojlaridan kelib chiqib reja-jadvallaridagi xarid predmeti hajmining kamida 10 foizi miqdorida joylashgan hududi boʻyicha tegishlicha Reyestrga kiritilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi korxonalar va nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar yoki koʻrsatiladigan xizmatlarni shartnoma asosida sotib oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, barcha davlat buyurtmachilari Reyestrdagi yuridik shaxslar va nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlardan xarid qilingan tovarlar yoki koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzining yoki yuqori turuvchi tashkilotlarning rasmiy veb-saytida doimiy ravishda joylashtirib boradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Raqamli transformatsiya markazi bir oy muddatda Elektron kooperatsiya portalida roʻyxatdan oʻtgan hamda Reyestrda mavjud boʻlgan yuridik shaxslar va nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar yoki koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi boʻlimni ishga tushirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ushbu boʻlimdan foydalangan holda davlat buyurtmachilariga yuridik shaxslar va nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish boʻyicha elektron tarzda (vositachilik yigʻimi undirilmagan holda) toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish imkoniyati yaratiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati hamda Oʻzbekiston karlar jamiyatining 2022-yil davomida tajriba tariqasida Nukus va Toshkent shaharlarida hamda 2023-yildan boshlab qolgan hududlarda nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashish, ularni kasb-hunarga oʻqitish, madaniyat, sanʼat, sportga oid qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Imkoniyatlar markazi” faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, “Imkoniyatlar markazi”:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi boʻlgan shaxslar va ish beruvchilar oʻrtasida muloqot oʻtkazish hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maydoni sifatida faoliyat yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi boʻlgan shaxslar bilan dastlabki suhbatlar oʻtkazib, ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda kasb-hunarga oʻqitishga koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) “Imkoniyatlar markazi” faoliyatini tashkil etish uchun Nukus tumanidagi Kerder sanoat transport kasb-hunar kolleji va Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazidan zarur xonalar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati hamda Oʻzbekiston karlar jamiyatining talabnomalariga asosan Transport vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslarning joylashuvidan kelib chiqib, mavjud jamoat transporti yoʻnalishlariga oʻzgartirishlar kiritish yoki yangilarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda muntazam ravishda yuridik shaxslar faoliyati hamda ular tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar yoki koʻrsatiladigan xizmatlar, shuningdek, ushbu qarorning mazmun va mohiyati ommaviy axborot vositalarida hamda Internet tarmogʻida keng yoritib borilishini taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 12-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-390-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2022-y., 07/22/390/0909-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)