19.04.1999 yildagi 180-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.04.1999 yildagi 180-son
Date of entry into force
19.04.1999
Hujjat 19.04.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar, “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari huzuridagi jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan va maxsus komendatura hisobidan chiqarilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi markazlari jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish boʻyicha Maxsus komissiyalarning ishchi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari rahbarlariga tegishli fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari raislarining maoshlariga teng miqdorda oylik ish haqi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 1999-yil may oyidan boshlab “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari rahbarlari taʼminoti uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni mahalliy budjet hisobidan ajratib turish topshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 19-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
180-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
19-apreldagi 180-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar* toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* — keyingi oʻrinlarda matn boʻyicha “maxsus komissiyalar”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. MAXSUS KOMISSIYALARNI TUZISH TARTIBI, ULARNING VAZIFALARI VA VAKOLATLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tegishli davlat organlari va jamoat tuzilmalarining jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarni ishga joylashtirishda va ularning ijtimoiy-maishiy taʼminotida yordam koʻrsatish jarayonida qatnashishini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, shahar, tuman hokimliklari huzurida jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus komissiyalar tashkil etiladi. Maxsus komissiyalar mazkur Nizomga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ish koʻradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Istisno tariqasida Maxsus komissiyalar tuman markazidan ancha olisda joylashgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzurida ham tuzilishi mumkin. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzurida Maxsus komissiyalar tuzishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masala tegishli viloyatlar, Toshkent shahar hokimligi tomonidan hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maxsus komissiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslar uchun ijtimoiy moslashuv markazlari, huquqni muhofaza qilish organlari, mehnat birjalari, ijtimoiy taʼminot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari, kasaba uyushmalari, yoshlar va boshqa jamoat birlashmalari hamda mehnat jamoalari vakillaridan rais (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, tegishli hokimliklar hokimi oʻrinbosari), rais oʻrinbosari, masʼul kotib (Ichki ishlar vazirligining joylardagi jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslar bilan ishlash boʻlinmalarining boshligʻi) va komissiya aʼzolaridan kamida olti kishidan iborat tarkibda tuziladi. Maxsus komissiya tarkibiga nomzodlar tegishli davlat organlari rahbarlari va jamoat birlashmalari tomonidan tajribali tarbiyachilar, pedagoglar, huquqshunoslar, jamoatchilikning boshqa vakillaridan koʻrsatiladi hamda ularning taqdimnomasi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat, Toshkent shahar, shahar, tuman hokimligi majlisida 2 yil muddatga tasdiqlanadi. Maxsus komissiyalar tarkibiga ichki ishlar organlari, prokuratura, sud, shuningdek advokatura xodimlari ham kirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Zaruriyatga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar, shahar, tuman hokimliklari tegishli Maxsus komissiyalar tarkibiga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Maxsus komissiyalar oʻzlarining butun faoliyatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimliklar oldida masʼuldirlar va ularga hisobot beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar, Toshkent shahar, shahar, tuman hokimliklari vaqti-vaqti bilan, biroq yilning har choragida kamida bir marta oʻz majlislarida Maxsus komissiyalar hisobotlarini eshitadi. Maxsus komissiyalar aʼzolari ularning nomzodini koʻrsatgan organlar, jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalariga oʻz ishi toʻgʻrisida muntazam ravishda axborot beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Maxsus komissiyalar oʻz vakolatlariga tegishli barcha masalalar boʻyicha mehnat, ijtimoiy taʼminot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, turli jamoat birlashmalari, jazoni ijro etish muassasalari maʼmuriyati, hokimliklar huzuridagi voyaga yetmaganlar ishi boʻyicha komissiyalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Maxsus komissiyalar aʼzolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida, ushbu Nizomga asoslanib, asosiy ish vaqtidan boʻsh paytda bajaradilar, oʻz asosiy ishidan chalgʻish bilan bogʻliq topshiriqlarni bajarish xollarida oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi va ularning sarf-xarajatlari qonunda belgilangan tartibda qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Maxsus komissiyalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishga joylashtirish, ijtimoiy taʼminot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish va huquqni muhofaza qilish organlari, jazoni ijro etish muassasalari, jamoat birlashmalarining, jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarni, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaxslarni ishga joylashtirish va ularga ijtimoiy-maishiy jihatdan zarur yordam koʻrsatish boʻyicha korxonalar maʼmuriyati bilan oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish va taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslar uchun ijtimoiy moslashuv markazlari ishini bevosita tashkil etish va ularning faoliyati ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu shaxslarni ishga qabul qilishni rad etishning qonuniyligi va asosliligini tekshirish; ularning qonuniy huquq va manfaatlari kamsitilishining oldini olish; tegishli davlat organlari tomonidan ilgari sudlangan shaxslarning shikoyatlari, arizalari va xatlari oʻz vaqtida va toʻgʻri koʻrib chiqilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda axloq tuzatish ishlariga hukm etilgan, shuningdek, jazoni oʻtash joylaridan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilingan shaxslar bilan tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishi va olib borilishi ustidan nazorat oʻrnatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Maxsus komissiyalar oʻz zimmalariga yuklangan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida davlat organlari maʼmuriyatidan, jamoat birlashmalaridan oʻz zimmalariga yuklangan vazifalarni hal etishda koʻmaklashishni, komissiyaning ishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaxslarni qabul qilish, ularning shikoyat va arizalarini koʻrib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaruriyat boʻlganda ichki ishlar, prokuratura va sud organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar maʼmuriyatidan jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarni, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaxslarni tavsiflovchi maʼlumotlar taqdim etilishini soʻrash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz majlislarida mehnat, ijtimoiy taʼminot organlari, korxonalar, ijtimoiy moslashuv markazlari rahbarlarining jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish, ularning axloqini tuzatish va qayta tarbiyalash boʻyicha ishlar toʻgʻrisidagi axborotlarini eshitish, ushbu faoliyatdagi kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mansabdor shaxslar Maxsus komissiyalar qarorlarini bajarmagan taqdirda tegishli davlat organlari oldiga ularga nisbatan intizomiy jazo berish toʻgʻrisidagi, jamoat birlashmalari oldiga esa jamoat taʼsiri koʻrsatish chora-tadbirlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarni, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etgan, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini kamsitgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlarni qoʻllash toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga taqdimnomalar bilan kirish. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar maʼmuriyatlari Maxsus komissiyalarning taqdimnomasi boʻyicha ishga joylashtirilgan shaxslar ishdan boʻshaganlari toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. MAXSUS KOMISSIYALAR ISHINI TASHKIL ETISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Maxsus komissiya oʻz ishini komissiya majlisida tasdiqlangan reja asosida tashkil etadi. Maxsus komissiya majlislari rais tomonidan, u boʻlmaganda rais oʻrinbosari tomonidan zaruriyatga koʻra, biroq har oyda kamida bir marta chaqiriladi. Komissiya aʼzolarining kamida yarmi hozir boʻlgan taqdirda majlis huquqiy vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlisida barcha masalalar oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi, ovozlar teng boʻlganda esa raisning ovozi hal qiluvchi kuchga ega boʻladi. Komissiyaning qarori majlis bayonnomasiga kiritiladi. Bayonnoma komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Maxsus komissiya raisi, u boʻlmaganda rais oʻrinbosari komissiya ishini tashkil etadi, komissiya majlislari muntazam chaqirilishini taʼminlaydi, koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan masalalar doirasini aniqlaydi, komissiya faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish uchun tayyorlaydi, komissiya aʼzolariga topshiriqlar beradi va ularning bajarilishini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Maxsus komissiya aʼzolari oʻrtasidagi vazifalar uning majlisida taqsimlanadi. Maxsus komissiya aʼzolariga ularning ish ixtisosiga muvofiq quyidagi aniq funksional vazifalar yuklanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy va ishga joylashishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari sudlangan shaxslar tomonidan qayta va takroran huquqbuzarliklar sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ish usullarini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli davlat organlari, jamoat birlashmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining ushbu masalaga taalluqli qonun hujjatlari bajarilishini nazorat qilish va ular oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslar uchun ijtimoiy moslashuv markazlariga ajratiladigan pul mablagʻlarining sarflanishini nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Maxsus komissiya majlisiga koʻrib chiqiladigan masalalar xususiyatiga bogʻliq ravishda huquqni muhofaza qilish, mehnat, ijtimoiy taʼminot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat muassasalari, mehnat jamoalari rahbarlari, shuningdek jamoat birlashmalari vakillari taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Komissiyaning mehnat, ijtimoiy taʼminot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, korxonalar va muassasalar, jamoat birlashmalari faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, takliflari va tavsiyalari bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ularning rahbarlari komissiyaning qarorlari, takliflari va tavsiyalariga rozi boʻlmaganlari taqdirda masala koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklarga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan muassasalar, shuningdek korxonalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari rahbarlari va boshqalar ikki hafta muddatda Maxsus komissiyaga uning qarorlari, takliflari va tavsiyalari bajarishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida maʼlum qilishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Maxsus komissiyalar qarorlari ustidan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarga shikoyat qilish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. MAXSUS KOMISSIYALAR ISHIGA RAHBARLIK QILISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Maxsus komissiyalar faoliyatiga rahbarlik qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Maxsus komissiyalarga texnik xizmat koʻrsatish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar apparatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
19-apreldagi 180-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalarini tashkil etish, ular bilan ishlash, ularga rahbarlik qilish, shuningdek uyushma aʼzolarining vazifalari, vakolatlari, huquq va burchlarini belgilab beruvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tuzilmalarni tashkil etishdan asosiy maqsad — fuqarolarning faolligini oshirish yoʻli bilan huquqiy demokratik davlat qurish jarayonini jadallashtirish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining davlat boshqaruv tizimining ayrim vakolatlarini bajarishiga keng yoʻl ochish, osoyishtalikni taʼminlash, huquq-tartibotni mustahkamlashda davlat idoralari bilan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hamkorlikda ish olib borishini taʼminlash, aholining oʻzaro hamjihatligini oshirishdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Har bir mahallada, aholi istiqomat qiluvchi joylarda, qishloq va ovullarda yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda aholi orasidan oʻzi istiqomat qilayotgan hududda osoyishtalikni taʼminlash va siyosiy-ijtimoiy vaziyatni barqarorlashtirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam berish istagini bildirgan, maʼnaviy pok, sogʻlom fikrli koʻngillilar aniqlanib, ular jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatuvchi tuzilmaga birlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Mahalla posboni” tuzilmasi rahbariga mahalliy budjet hisobidan tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisining maoshiga teng miqdorda oylik ish haqi belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Mahalla posboni” tuzilmasiga uning oʻz ishchanlik va boshqaruvchilik xususiyatlari bilan ajralib turuvchi, oʻz safdoshlariga har tomonlama oʻrnak boʻla oladigan aʼzosi mahalla fuqarolar yigʻini kengashining qarori bilan rahbar etib tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. “MAHALLA POSBONI” JAMOAT TUZILMASIGA QABUL QILISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasiga Fuqarolar yigʻini kengashining qaroriga binoan ongli ravishda vatan va xalq manfaatlari yoʻlida sadoqat bilan begʻaraz xizmat qilishga tayyor, jismoniy va maʼnaviy sogʻlom, pok, iymon-eʼtiqodli, yuksak insoniy va axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan, jinoyatchilikning oldini olish va jamoat tartibini saqlashda huquq-tartibot organlariga koʻngilli ravishda yordam berish istagini bildirgan tegishli mahallada istiqomat qiluvchi 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tuzilmaga qabul qilish uchun tanlangan nomzodning shaxsi va turmush tarzi mahalla fuqarolar yigʻini kengashi aʼzolari tomonidan militsiya hududiy inspektori ishtirokida oʻrganib chiqilib, lozim topilgan taqdirda fuqarolar yigʻini kengashining tegishli qaroriga asosan fuqaro mahalla posboni deb eʼlon qilinib, jamoat tuzilmasiga qabul qilinadi (“posbonlar” deb ataladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Posbonlar soni mahalla hududining tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-demografik, kriminogen xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mahalla fuqarolar yigʻini kengashining qaroriga muvofiq belgilanadi. Ijobiy tavsiflangan shaxslarni posbonlikka qabul qilishda va oʻzlarini salbiy tomondan namoyon etgan shaxslarni posbonlikdan chiqarishda ushbu maʼmuriy hududga biriktirilgan militsiya hududiy inspektorining fikri inobatga olinadi. Posbonlarni tuzilmaga qabul qilish va aʼzolikdan chiqarish faqatgina fuqarolar yigʻini kengashining qarori asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzining turmush tarzi bilan mahalla ahli oʻrtasida salbiy tavsiflangan, ichki ishlar idoralarining profilaktik hisobida turuvchi, hamda muqaddam sudlangan shaxslar posbonlikka qabul qilinmaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Posbonlarning soni mahallaning katta-kichikligi, ushbu hududda yashaydigan aholi soni hamda yuzaga kelgan vaziyat va uni barqarorlashtirish yoʻlidagi maqsadlardan kelib chiqqan holda fuqarolar yigʻini kengashi qaroriga asosan oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. “MAHALLA POSBONI” JAMOAT TUZILMALARI BILAN ISHLASH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mahalla hududida jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash va ushbu hududda huquq-tartibotni mustahkamlashga aloqador vazifalarni amalga oshirish, fuqarolar bilan muomala madaniyati, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga qaratilgan va boshqa masalalar yuzasidan tuzilmaga qabul qilingan har bir posbon bilan ushbu maʼmuriy hududga biriktirilgan militsiya hududiy inspektori hamkorlikda ish olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Posbonlarga mahalla hududida huquq-tartibotni mustahkamlash bilan bogʻliq vazifalarni ado etishda birinchi navbatda qonun ustuvorligini taʼminlash, qonunchilikka, jamiyatda yurish-turish qoidalariga va axloq-odob mezonlariga rioya etish zarurligi uqdiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Posbonlarga mahalla hududida xizmat qilish jarayonida qoʻlga va koʻkrakka taqiladigan maxsus yozuvli belgilar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Posbonlar roʻyxati, ularga qoʻlga va koʻkrakka taqiladigan maxsus belgilarning berilganligi, har biri bilan yakka tartibda oʻtkazilgan suhbatlar natijalari maxsus kitobda qayd etib boriladi. Ushbu qayd kitobi militsiya hududiy inspektorining xizmat xonasida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mahalla hududida joylashgan davlat idoralari va jamoatchilik uyushmalari, barcha tashkilotlar, korxonalar va muassasalar mahallada istiqomat qiluvchi barcha fuqarolar ushbu hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlashda posbonlarga koʻmak berishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. “MAHALLA POSBONI” VAZIFALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mahalla posbonlari oʻzlari yashayotgan hududda sodir etilishi mumkin boʻlgan turli huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishda, sodir etilgan jinoyatlarni ochishda, shuningdek aholi bilan turli profilaktik va ogohlantiruvchi mazmundagi tadbirlarni oʻtkazishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning eng yaqin koʻmakchilari hisoblanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Posbonlar mahalla fuqarolar yigʻini hamda ichki ishlar organlari xodimlariga ushbu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga va mahallada huquq-tartibotni mustahkamlashga aloqador boʻlgan quyidagi vazifalarni bajarishda yordam beradilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mahalla hududida qonun ustuvorligini va osoyishtalikni taʼminlash, jamiyatda yurish-turish qoidalariga va axloq-odob mezonlariga rioya qilinishini, jamoat tartibi saqlanishini taʼminlash, mahallada tartib oʻrnatish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa ishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan pasport rejimiga amal qilinishini tekshirish va nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi oʻrtasida yongʻin va harakat xavfsizligiga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish maqsadida ichkilikbozlik va giyohvandlikka ruju qoʻyganlarni, oila-turmush doirasida muntazam huquqbuzarliklar sodir etuvchilarni, oʻzlarining jamiyatga zid xatti-harakatlari bilan farzandlari tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi yoki ular tarbiyasi bilan shugʻullanmaydigan ota-onalarni, notinch oilalarni, voyaga yetmaganlarni turli huquqbuzarliklar sodir etishga undovchi shaxslarni, yoshlar ongini zaharlab, ularni turli diniy ekstremistik gʻoyalar taʼsiriga olish maqsadida bunday tashkilotlarga aʼzo boʻlishga daʼvat etuvchi, turli noqonuniy targʻibot va tashviqot ishlari olib boruvchi shaxslarni, oʻsmirlarga qonunga xilof ravishda diniy taʼlim beruvchilarni, konstitutsion qonuniy tuzimga qarshi turli boʻhtonlarni tarqatuvchi shaxslarni aniqlash va ular bilan profilaktik-tarbiyaviy tushuntirish ishlari olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar idoralari hisobida turuvchi, tarbiyasi ogʻir voyaga yetmaganlar bilan aniq maqsadli profilaktik tadbirlar olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallalarni obodonlashtirish yuzasidan turli hasharlar va tadbirlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mahalla posbonlari tabiiy ofatlar, ommaviy tartibbuzarliklar va boshqa favqulodda vaziyatlarda jamoat tartibini saqlash, va bunday hollarning oqibatlarini tugatishda tegishli davlat idoralariga yaqindan yordam beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mahalla hududida ogʻir turdagi, murakkab va koʻp epizodli jinoyatlar sodir boʻlganda ularni ochish, aybdor shaxslarni aniqlash, surishtiruv-tergov ishlari olib borishda ichki ishlar organlari xodimlari posbonlardan yordamchi sifatida foydalanadilar. Ular jinoyatga aloqador boʻlgan barcha shaxslarni aniqlash, ushlash, tintuv oʻtkazishda faol qatnashadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mahalla posbonlariga ichki ishlar organlarini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noqonuniy ravishda mahallada istiqomat qilayotgan, uzoq muddatdan buyon uyiga kelmayotgan va oʻz uyida yashamayotgan, oʻz uyini ishratxonaga aylantirgan, qoʻshmachilik bilan shugʻullanayotgan hamda qonunda belgilangan boshqa meʼyorlarni buzayotgan shaxslar toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaysi hududda sodir etish uchun moʻljallanganligidan qatʼi nazar, oʻzlariga maʼlum boʻlgan, sodir etish uchun tayyorgarlik koʻrilayotgan jinoyatlar toʻgʻrisida xabardor qilib turish uqdiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mahalla posbonlariga qonunga xilof topshiriqlarni berish taqiqlanadi, tarkibida jinoyat alomatlari boʻlgan yoki jinoyatga aloqador maʼlumotlar boʻlgan, protsessual, bevosita ichki ishlar organlari vakolati doirasiga kiruvchi ishlarni koʻrib chiqish va hal etishni ularga topshirish, ularni davlat va xizmat siriga ega boʻlgan hujjatlar bilan tanishtirish qatʼiy taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. MAHALLA POSBONLARINING HUQUQLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Posbonlar mahalla hududida tartib oʻrnatish va roʻy berishi mumkin boʻlgan turli qonunbuzarliklarning oldini olishda militsiya hududiy inspektorining yordamchilari hisoblanadilar. Ularga quyidagi huquqlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kim tomonidan amalga oshirilayotganidan qatʼi nazar, mahalla hududida sodir etilayotgan har qanday koʻrinishdagi huquqbuzarliklarni toʻxtatishni fuqarolardan talab qilish. Boshqa taʼsir choralari qolmagan taqdirda tartibbuzar shaxslarni militsiya hududiy inspektori xizmat xonasiga, ichki ishlar organiga olib kelish yoki militsiya xodimlariga topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyat sodir etilgan joyda boʻlgan fuqarolardan hamda zarur hollarda mahalla hududida paydo boʻlib qolgan shubhali shaxslardan pasportini yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni koʻrsatishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklarni bartaraf etish chogʻida huquqbuzar shaxslardan ularni sodir etish vositalarini olib qoʻyish va darhol militsiya hududiy inspektoriga yoki ichki ishlar idorasiga topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalla hududida harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida yoʻl harakati qoidalariga amal qilmagan haydovchilarni tartibga chaqirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar oʻrtasidagi turli nizolarni hal qilishda, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni muhokama qilishda, noqonuniy xatti-harakatlar sodir etishga moyil shaxslar bilan huquqiy-tarbiyaviy mazmundagi suhbatlarda va qonunda belgilangan tartibda boshqa ogohlantiruv-profilaktik suhbatlar chogʻida bevosita ishtirok etib, oʻzining fikr va mulohazalarini bildirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalla hududida osoyishtalikni taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan va boshqa tadbirlarni oʻtkazish jarayonida qoʻlga va koʻkrakka taqiladigan maxsus belgilarni taqib yurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquq-tartibotni mustahkamlash va jamoat tartibini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan faoliyat samaradorligini oshirishga doir tegishli takliflar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Mahalla hududida huquq-tartibotni mustahkamlashga aloqador vazifalarni bajarishda yordam berish istagini bildirgan posbonlarga beriladigan topshiriqlar faqatgina ushbu Nizom doirasida boʻlib, ichki ishlar organlari vakolati doirasiga kiruvchi vazifalarni posbonlar bevosita oʻzlari koʻrib chiqish huquqiga ega emaslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Militsiya hududiy inspektori fuqarolar yigʻini kengashi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
posbonlarga berilgan vazifalarni bajarish usullari toʻgʻrisida aniq koʻrsatmalar beradi, yoʻl-yoʻriq koʻrsatadi, oʻzaro aloqa va hamkorlik qilish yoʻllarini belgilab beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
posbonlarning oʻzlariga yuklatilgan jamoatchilik topshiriqlari mohiyatini va uni bajarish yoʻllarini qay darajada tushunganligi qatʼiy tartibda tekshirib koʻriladi. Ularning olib borayotgan ishlari, jamoatchilik asosida berilgan vazifalarni bajarish jarayonidagi xatti-harakatlari muntazam nazorat qilib boriladi. Ulardan olingan maʼlumotlarga koʻra qaror qabul qilishda ushbu maʼlumotlarning toʻgʻriligi albatta tekshirib koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Xizmat qilish jarayonida ijobiy tavsiyanomaga ega boʻlgan posbonlarga ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilishda alohida imkoniyatlar yaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Jamoatchilik topshirigʻini bajarishda qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻygan yoki noqonuniy xatti-harakatlar sodir etgan mahalla posbonlariga nisbatan barcha hujjatlar umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olishda, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlashda, jamoat tartibini saqlashda, shuningdek jinoyat va huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni aniqlashda, qoʻlga olishda va boshqa muhim topshiriqlarni bajarishda oʻrnak koʻrsatgan posbonlar qonunda belgilangan tartibda hokimliklar va ichki ishlar organlari rahbariyati tomonidan ragʻbatlantirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Jinoyatchilikka qarshi kurash va xalq osoyishtaligini taʼminlashda alohida oʻrnak koʻrsatgan fuqarolar qonunda belgilangan tartibda hukumat mukofotlariga taqdim etiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. MAHALLA POSBONLARINING BURCHLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va hukumat qarorlari talablariga toʻliq rioya etish, fuqarolar bilan munosabatda ogʻir, vazmin va xushmuomala boʻlish, nizoli masalalarni hal etishda adolatli boʻlish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Mahallada yoki oʻzlari istiqomat qilayotgan joylarda jinoyat sodir etilganda bu toʻgʻrida zudlik bilan ichki ishlar organiga yoki militsiya hududiy inspektoriga xabar berish va huquqni himoya qiluvchi idoralar xodimlari kelgunga qadar jinoyat sodir etilgan joylarga boshqa shaxslarning kirmasligi, jinoyat izlari va jinoyatga aloqador boʻlgan barcha ashyoviy dalillarning yoʻqolmasligi choralarini koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Jinoyat, huquqbuzarlik yoki baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlangan shaxslarga zudlik bilan birinchi yordam koʻrsatish, ularning qarindosh-urugʻlarini voqeadan xabardor qilish, tibbiy muassasalarga va tegishli idoralarga xabar berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. “MAHALLA POSBONI” JAMOAT TUZILMASIGA RAHBARLIK QILISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasiga rahbarlik qilish amaldagi qonunlar asosida olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Posbonlarga mahalla fuqarolar yigʻini raisi va ushbu maʼmuriy hududga biriktirilgan militsiya hududiy inspektori rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Vazifalarni bajarishda jamoatchilik vakili boʻlgan posbonlar tomonidan kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan taqdirda, ularning sabablari oʻrganib chiqilib, bartaraf etish choralari koʻriladi, kelgusida bu kabi vazifalarni qonun doirasida toʻliq hal etish boʻyicha amaliy-uslubiy yordamlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Mahalla posbonlarining faoliyati yuzasidan umumiy nazorat qilish ushbu hududdagi fuqarolar yigʻini kengashiga va militsiya hududiy inspektori zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
19-apreldagi 180-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzurida tuziladigan yarashtirish komissiyalarining* tuzilishi va ular ishining tashkil etilishini, mazkur komissiyalar zimmasiga yuklangan vazifalarni, ularning ish prinsiplari, vakolat va huquqlarini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* — keyingi oʻrinlarda matn boʻyicha “yarashtirish komissiyalari”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yarashtirish komissiyalari Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mamlakatimizda sogʻlom avlodni tarbiyalashga munosib hissa qoʻshish, fuqarolarning oilada va mahallalarda tinch-osoyishta hamda hamjihatlikda yashashlarini taʼminlash, oilaviy kelishmovchiliklarni tinch yoʻl bilan hal etish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib-tashviq qilish maqsadida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yarashtirish komissiyalari hududdagi oilalarning barpo etilishi, toʻylar, shuningdek toʻylar oldidan va toʻydan keyingi oʻtkaziladigan tadbir-xashamlarning oʻtkazilishi, oilalardagi ijtimoiy-ruhiy vaziyatning moʻtadil boʻlishi uchun masʼul boʻlgan asosiy tuzilmadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yarashtirish komissiyalariga fuqarolar yigʻini oqsoqollari yoki ularning oʻrinbosarlari raislik qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yarashtirish komissiyalari tarkibiga xotin-qizlar qoʻmitasi raisasi, militsiya hududiy inspektori, voyaga yetmaganlar ishi bilan shugʻullanuvchi militsiya inspektorlari, hududdagi maktablarning direktorlari yoki ularning tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, shuningdek mahallada istiqomat qiluvchi namunali oilalarning boshliqlari, imom-xatiblar, faxriylar va nuroniylar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oila davlatning tayanchi ekanligi, respublikamizning buyuk kelajagini yaratishda har tomonlama sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, xalqimizning maʼnaviyatini yuksaltirish ishi respublikamiz ichki siyosatining ustuvor yoʻnalishi ekanligi, xalqimizning anʼanalariga tayangan holda nikohdan ajralishlar va oilalarning barbod boʻlishiga imkoni boricha yoʻl qoʻymaslik, bu borada ilgʻor tajribalar hamda progressiv ilmiy yondashuvlardan keng foydalanish yarashtirish komissiyalari faoliyatining asosiy tamoyillaridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yarashtirish komissiyalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlariga, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Respublika Prezidenti farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, boshqa huquqiy hujjatlarga, mahalliy hokimiyat organlarining qaror va farmoyishlariga amal qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. YARASHTIRISH KOMISSIYALARINING VAZIFALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yarashtirish komissiyalari hududda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib-tashviq qilish maqsadida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida boʻladigan tadbirlarda, yigʻilishlarda ishtirok etadi va ularda ichkilikbozlik hamda giyohvandlikning oilaviy nizolarning asosiy sabablaridan biri ekanligi, oilalarning toʻkisligi ularning tinch-totuvligiga bogʻliq ekanligi toʻgʻrisida chiqishlar qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hududdagi namunali oilalar, ularda farzandlar tarbiyasi, er-xotinlar hamda farzandlar orasidagi munosabatlar boʻyicha ommalashtirishga arzigulik masalalar toʻgʻrisida mahalliy matbuotda maqolalar va televideniyeda turkum koʻrsatuvlar tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Toʻy, maʼrakani va ular oldidan hamda ulardan keyin oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarni ortiqcha dabdabalarsiz oʻtkazish, ortiqcha sarf-xarajatlar oila turmushida salbiy iz qoldirishi, oilalardagi ijtimoiy-ruhiy muhitning buzilishiga olib kelishi mumkinligi toʻgʻrisida aholi orasida tushuntirish ishlari olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mahallalarda, koʻchalarda va boshqa jamoat joylarida spirtli ichimliklarni, giyohvandlik moddalarini isteʼmol qilish hollarining oldini oladi. Inson qadr-qimmatini taxqirlab koʻchalarda mast holda yuruvchi shaxslarga jamoatchilik taʼsirini oʻtkazish maqsadida ularni oila aʼzolari, mahalla faollari ishtirokida muhokama qilish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Spirtli ichimliklarga ashaddiy ruju qoʻygan va giyohvandlik kasaliga mubtalo boʻlgan shaxslarni aniqlab, zarur xollarda ularni belgilangan tartibda majburiy davolanishga yuborish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Militsiya hisobida turgan, ayniqsa ilgari sudlangan, oilada va turmushda muntazam ravishda huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyuvchi shaxslar bilan profilaktik ish olib borishda ishtirok etadi. Zarur hollarda ularning xulq-atvori va turmush tarzini oʻz majlislarida muhokama qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning oilalariga oʻz vaqtida qaytishini nazorat qiladi, ularga turmush oʻrtogʻi va farzandlari bilan tez fursatda hukm etilmasdan oldingi munosabatlarini tiklashda, halol mehnat bilan kun kechirishga tezroq kirishishda ruhiy jihatdan madad beradi. Ular oʻrtasidagi oʻzaro ishonchning yoʻqolmasligi uchun, agar yoʻqolgan boʻlsa uni tiklash uchun xalqimizning sinalgan qadriyatlari va zarur hollarda islom dini yoʻnalishidagi pand-nasihatlardan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Turmush oʻrtogʻi, farzandlari yoki keksa ota-onasi bilan muntazam ravishda notinch yashayotgan hamda oila-turmush munosabatlari doirasida huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash maqsadida har bir oilaning turmush tarzi va muhitini chuqur oʻrganib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Hududdagi kam taʼminlangan oilalarni aniqlaydi, ularga oʻz daromadlarini oshirish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatadi, qoʻshimcha vaqtbay yoki ishbay, shuningdek uy sharoitida ishlash, hunar oʻrganish, kasanachilik bilan shugʻullanish boʻyicha imkoniyatlar yaratish choralarini koʻradi. Bunday oilalarga belgilangan tartibda ijtimoiy hamda moddiy yordam koʻrsatilishi toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Xotin-qizlar manfaatlarini himoya qiladi. Ularning ijtimoiy hayotda, oilada maʼnaviy-axloqiy, shuningdek ruhiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalash ishidagi mavqeyini oshirishga qaratilgan keng qamrovli ishlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Milliy qadriyatlarimizga zid holda axloq-odob doirasida nojoʻya xatti-harakatlarga yoʻl qoʻyayotgan shaxslarni, ayniqsa ayollarni aniqlash va ularga nisbatan tegishli chora-tadbirlarni koʻrishda fuqarolar yigʻinlariga faol koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oilaviy janjallar oqibatida yuzaga kelgan er-xotin, aka-uka, opa-singil, ota-ona va farzand, qaynona va kelin, qoʻni-qoʻshnilar oʻrtasidagi buzilgan munosabatlarni tiklash choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Har bir aniqlangan oila-turmush munosabatlari doirasidagi janjallar boʻyicha qonuniy choralar koʻrilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oilaviy janjallarning sabablarini aniqlaydi va ularni bartaraf etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Yarashtirish komissiyalari oʻz ishlarini har oy yakuniga koʻra umumlashtirib, bu toʻgʻrida manfaatdor tashkilotlarga axborot berib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. YARASHTIRISH KOMISSIYALARINING MAJBURIYATLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Yarashtirish komissiyalari aʼzolari oʻz ish faoliyati jarayonida fuqarolar bilan xushmuomala boʻlishlari, har ikki taraf oʻrtasida xolis boʻlishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Yarashtirish komissiyalari fuqarolarning insoniy qadr-qimmati yerga urilishiga, shaxsning erkinliklari buzilishiga, shuningdek odamlarning gʻururi poymol etilishiga yoʻl qoʻymaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Qoʻni-qoʻshnilarni, er-xotinlarni, ota-ona va farzandlarni, qaynona va kelinlarni oʻzaro yarashtirish jarayonida komissiyaga ayon boʻlgan oilaviy yoki shaxsiy sirlar oʻzgalarga oshkor qilinishi qatʼiy taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. YARASHTIRISH KOMISSIYALARINING HUQUQLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Yarashtirilayotgan qoʻni-qoʻshnilar, er-xotinlar, ota-onalar va farzandlar, qaynona va kelinlarning ish, oʻqish joylariga borish hamda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Janjalkash oilalardagi muhitni oʻrganish va ulardagi ahvol toʻgʻrisida toʻliq tasavvur hosil qilish maqsadida qoʻni-qoʻshnilaridan, ularning farzandlari oʻqiyotgan maktablar maʼmuriyati yoki sinf rahbarlaridan zarur maʼlumotlarni olish uchun surishtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Nizoli oilalarning nikohdan ajralishining oldini olish maqsadida sudda ularni kafillikka olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Nizolashayotgan er-xotinlar, ota-onalar va farzandlar oʻrtasidagi nizoli mol-mulkni boʻlishda ishtirok etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Sud orqali nikohdan ajralishayotgan er-xotinlar oʻrtasida farzandlarning ota-onaning qaysi birida qolishi yoki maxsus muassasalarga joylash masalasini hal qilishda oʻz fikrini bildirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Hududdagi oilalarning toʻy-xashamlarini tashkil etishda sarf-xarajatlar meʼyorini belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Oilalardagi nizolarni aniqlash asosida aybdorlarga qonuniy choralar koʻrish va ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish boʻyicha oʻz takliflarini tegishli tashkilotlarga kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Hudud fuqarolari orasidagi nizolashilayotgan meros masalalari boʻyicha sudga oʻz takliflari bilan chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.