20.08.1997 yildagi 409-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.08.1997 yildagi 409-son
Date of entry into force
20.08.1997
Hujjat 25.01.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻqituvchilar va oʻquvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi muassasalari pedagog xodimlarining moddiy sharoitlarini yaxshilash va ularning mehnatini ragʻbatlantirish, yetim bolalarni hamda kam taʼminlangan oilalarning bolalarini moddiy taʼminlash va birinchi sinf oʻquvchilarini zarur oʻquv qurollari bilan taʼminlashda davlat yordamini koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1997-yil 1-sentabrdan boshlab umumtaʼlim maktablari va barcha tur hamda nomdagi maktab-internatlarning oʻqituvchilari, oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlari muallimlari uchun eng kam oylik ish haqiga foizlarda tabaqalashtirilgan qoʻshimcha haqning quyidagi miqdorlari belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) daftarlarni tekshirganlik uchun qoʻshimcha haq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I—IV sinf oʻqituvchilariga — 30 foiz miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V—XI (XII) sinflar oʻqituvchilariga, oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlari muallimlariga yozma ishlarni tekshirganlik uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— tillar va adabiyot boʻyicha — 40 foiz miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— matematika boʻyicha — 30 foiz miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— stenografiya boʻyicha — 20 foiz miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlari muallimlariga chizmachilik va texnik matematika (konstruksiyalash) boʻyicha yozma ishlarni tekshirganlik uchun 25 foiz miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) umumtaʼlim maktablarining, barcha turdagi maktab-internatlar (oʻqitishning sessiya rejimi boʻyicha ishlovchi kechki (smenali) oʻrta umumtaʼlim maktablari, sirtqi maktablar va boʻlimlardan tashqari), oʻrta maxsus, hunar-texnika oʻquv yurtlarining oʻqituvchilariga va boshqa xodimlariga sinf rahbarligi uchun qoʻshimcha haq — 50 foiz miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oʻquv xonalari va laboratoriyalarni boshqarganlik uchun qoʻshimcha haq — 25 foiz miqdorida.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1997-yil 1-sentabrdan boshlab bevosita oʻquv-tarbiya jarayonlari bilan bogʻliq rahbar xodimlarning, jismoniy yoki aqliy rivojlanishida kamchiligi boʻlgan bolalar va oʻsmirlar uchun maxsus oʻquv-tarbiya sinflari (guruhlari)dagi alohida ish sharoitlari uchun pedagog xodimlar, ruhshunoslar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining stavkalari va oylik lavozim maoshlariga qoʻshimcha haq 2 baravar oshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 1997-yil 1-sentabrdan boshlab haftalik oʻquv soatlarini 30 soatdan 25 soatgacha kamaytirish hisobiga bolalar uylari va barcha turdagi internatlar tarbiyachilarining ish haqlari oʻrtacha 1,2 baravar oshirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga, shuningdek, barcha turdagi maktab-internatlarda, oʻrta hunar-texnika bilim yurtlarida, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida oʻqiyotgan yetim bolalarga, ota-onalarining qarovisiz qolgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalarga ular ishga joylashish chogʻida kiyim-bosh, oyoq kiyim va jihozlar, shuningdek, dastlabki xarajatlar uchun Hukumatning alohida qarorlari bilan belgilanadigan miqdorlardagi yordam puli berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehribonlik uylari, maktab-internatlar va hunar-texnika oʻquv yurtlari rahbarlariga yetim bolalarga va ota-onalarining qarovisiz qolgan, toʻla davlat taʼminotida boʻlgan bolalarga, ular muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilgan hollarda, shuningdek, nikohdan oʻtganda, ularning xohishiga koʻra, Hukumatning alohida qarorlari bilan belgilanadigan miqdorlaridagi pul kompensatsiyasi berish va ushbu summani kiyim-bosh, oyoq kiyim va jihozlar oʻrniga respublika Xalq banki muassasalariga bitiruvchi nomiga omonat sifatida oʻtkazish huquqi berilsin.
(4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda yetim bolalarga va ota-onalarining qarovisiz qolgan bolalarga bir yoʻla yordam puli va jihozlar berish tartibini, ulardan maqsadli foydalanishni taʼminlashni nazarda tutgan holda, ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Joriy yilning 1-sentabridan boshlab quyidagilarni har yili:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi sinf oʻquvchilarini oʻquv qurollari toʻplami bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktablardagi barcha boshlangʻich sinf oʻquvchilarining 15 foizidan koʻp boʻlmagan kam taʼminlangan oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh toʻplami bilan tekin taʼminlash joriy qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi sinf oʻquvchilarini oʻquv qurollari toʻplami bilan va kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan boshlangʻich sinf maktab oʻquvchilarini qishki kiyim-bosh toʻplami bilan tekin taʼminlash tartibi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi birinchi sinf oʻquvchilari uchun oʻquv qurollari va maktab oʻquvchilari uchun qishki kiyim-bosh toʻplamlari markazlashtirilgan tartibda xarid qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻz qaramogʻida oʻquv yurtlari boʻlgan vazirliklar va idoralar ushbu qarorning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 20-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
409-son

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qaroriga
1-ILOVA

Birinchi sinf oʻquvchilarini oʻquv qurollari toʻplami bilan tekin taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI

Mazkur tartib birinchi sinf oʻquvchilarini oʻquv qurollari toʻplami bilan tekin taʼminlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Barcha maktablarning direktorlari birinchi sinf oʻquvchilari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tuman, shahar xalq taʼlimi boʻlimlariga taqdim etadi. Tuman, shahar xalq taʼlimi boʻlimlari tuman (shahar) boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarni, hokimlik bilan kelishib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga, viloyat xalq taʼlimi boshqarmalariga va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasiga taqdim etadi. Hududiy organlar yigʻilgan buyurtmanomalarni Xalq taʼlimi vazirligining “Taʼlimtaʼminot” bosh boshqarmasiga va Maktablar bosh boshqarmasiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xalq taʼlimi vazirligi “Taʼlimtaʼminot” bosh boshqarmasiga maktab oʻquv qurollarini sotib olishni topshiradi. Oʻquvchilar oʻquv qurollari toʻplamiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Portfel

12 ta daftar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oddiy va rangli qalamlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plastilin
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qalamdon
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruchkalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻchirgʻichlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yelim

Rangli qogʻozlar toʻplami
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasm chiziladigan albom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻyoqlar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xalq taʼlimi vazirligining “Taʼlimtaʼminot” bosh boshqarmasi maktab oʻquv qurollarini ushbu maqsadlar uchun Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan mablagʻlar doirasida “Oʻzbeksavdo” korxonalari va tashkilotlaridan va boshqa yetkazib beruvchilardan bir kontrakt boʻyicha mahsulot yetkazib berishning soʻmdagi ekvivalenti 100 ming AQSH dollaridan ortiq boʻlgan hollarda tanlov asosida sotib oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Maktab oʻquv qurollari tasdiqlangan assortimentda “Taʼlimtaʼminot” viloyat korxonalariga joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Taʼlimtaʼminot” respublika, Qoraqalpogʻiston va viloyat korxonalari maktab oʻquv qurollarini hududiy organlar taqsimoti boʻyicha xalq taʼlimi tuman (shahar) boʻlimlariga yetkazadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Maktab oʻquv qurollarini birinchi sinf oʻquvchilariga tantanali ravishda topshirishni hokimliklar rahbarlari, mahalliy kengashlarining deputatlari, ota-onalar qoʻmitalari va xalq taʼlimi organlari vakillari amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Maktab oʻquv qurollarini topshirish tantanali ravishda 1-sentabrda yoki hokimliklar va tegishli organlarning qaroriga koʻra boshqa belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Olinadigan oʻquv qurollari miqdori va ularning soʻmda ifodalanishi koʻrsatilgan roʻyxat bilan birga oʻquvchilarning familiyalari keltirilgan vedomost maktab oʻquv qurollari berish huquqiga asos boʻlib hisoblanadi. Bolalarning familiyalari qarshisiga ota-onalar yoki yaqin qarindoshlar imzo chekadilar, shundan keyin ushbu vedomost hisobot uchun buxgalteriyaga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xalq taʼlimi hududiy organlari maktab oʻquv qurollarini berish tugallangandan keyin 15-oktabrgacha “Taʼlimtaʼminot” bosh boshqarmasiga hisobot taqdim etadilar. “Taʼlimtaʼminot” bosh boshqarmasi ajratilgan mablagʻlardan foydalanganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotni 1-noyabrda Moliya vazirligiga va Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Davlat mablagʻlaridan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik Xalq taʼlimi vazirligiga, ishonchli berish va hisobdan chiqarish uchun javobgarlik — tuman (shahar) xalq taʼlimi, maktablar va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlariga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xalq taʼlimi vazirligi yillik hisobotda ajratilgan mablagʻlardan foydalanishni alohida qatorda koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mahalliy moliya organlari, Nazorat-taftish bosh boshqarmasi boʻlinmalari barcha maktablarda oʻquvchilarga maktab oʻquv qurollari berilishi boʻyicha tekshirishlar oʻtkazadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kam taʼminlangan oilalarning boshlangʻich sinf oʻquvchilarini qishki kiyim-bosh toʻplami bilan taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur tartib kam taʼminlangan oilalar oʻquvchilarini qishki kiyim-bosh toʻplami bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maktablarning rahbarlari ota-onalar qoʻmitasi bilan birgalikda kam taʼminlangan oilalarning I—IX sinflar oʻquvchilarini aniqlaydi. Ushbu maʼlumotlarni kiyim-bosh oʻlchami va bolaning jinsini koʻrsatgan holda xalq taʼlimi tuman (shahar) boʻlimlariga taqdim etadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xalq taʼlimi organlari maktablar boʻyicha maʼlumotlarni toʻplab umuman tuman (shahar) boʻyicha qishki kiyim-boshga boʻlgan ehtiyojga yigʻma vedomost tuzadi va hokimlik bilan kelishib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasiga va viloyat xalq taʼlim boshqarmasiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishki kiyim-bosh toʻplamiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Palto yoki kurtka
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Etik

Telpak

Qoʻlqop
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xalq taʼlimi hududiy organlari olingan maʼlumotlarni har bir tuman boʻyicha umumlashtiradi va Xalq taʼlimi vazirligi “Taʼlimtaʼminot” bosh boshqarmasiga buyurtmanoma beradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Taʼlimtaʼminot” bosh boshqarmasi qishki kiyim-bosh va poyabzalga boʻlgan zarur ehtiyojga joylardan buyurtmanoma olib, respublika Moliya vazirligi tomonidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida qishki kiyim-bosh va poyabzal sotib olish, saqlash va yetkazish boʻyicha barcha xarajatlarning umumiy summasini belgilaydi. Natural va qiymat koʻrsatkichlari koʻrsatilgan holdagi taqsimot har bir viloyat boʻyicha alohida vazirlik rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Taʼlimtaʼminot” bosh boshqarmasi tasdiqlangan taqsimotni bajarish uchun qabul qilib olib, kiyim-boshlarni tikishga buyurtmalar berishga kirishadi yoki tayyor buyumlarni “Oʻzbeksavdo”, “Oʻzbekyengilsanoat” korxonalari va tashkilotlaridan va boshqa yetkazib beruvchilardan bir kontrakt boʻyicha mahsulot yetkazib berishning soʻmdagi ekvivalenti 100 ming AQSH dollaridan ortiq boʻlgan hollarda belgilangan tartibda tender asosida hamda boshqa barcha hollarda tanlov asosida sotib oladi. Haq toʻlash davlat budjeti mablagʻlari hisobidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Taʼlimtaʼminot” bosh boshqarmasi sotib olingan kiyim-bosh va poyabzallarni tasdiqlangan taqsimotga muvofiq “Taʼlimtaʼminot”ning Qoraqalpogʻiston va viloyat korxonalariga joʻnatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Taʼlimtaʼminot”ning respublika, Qoraqalpogʻiston va viloyat korxonalari oʻz navbatida ularni tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari buyurtmanomalariga muvofiq ularga yetkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻquvchilarga kiyim-bosh va poyabzallar berish sentabr oyida amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ota-onalar qoʻmitasi va maktab pedagogika kengashi majlisi bayonnomasidan koʻchirma kiyim-bosh berish huquqiga asos hisoblanadi, unga muvofiq son va soʻm ifodasida buyumlar roʻyxati koʻrsatilgan holda oʻquvchilarning familiyalari keltirilgan vedomost tuziladi. Bolalarning familiyalari qarshisiga ota-onalar yoki yaqin qarindoshlar imzo chekadilar, shundan keyin ushbu vedomost hisobot uchun buxgalteriyaga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻquvchilarga qishki kiyim-boshlar toʻplamini topshirishni ota-onalar qoʻmitalari va xalq taʼlimi organlari vakillari amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamoa tomonidan topshirilgan temir-tersak, chiqindi qogʻoz, pilla, paxta tolasi uchun tayyorlov tashkilotlaridan mablagʻ tushganda maktablar, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari rahbarlari ularni qoʻshimcha ravishda kiyim-bosh sotib olish uchun yoʻnaltirishga haqlidirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bajarilgan ish yakunlari boʻyicha 15-oktabrgacha oʻquvchilarga kiyim-bosh va poyabzallar berilishi tugallanganligi toʻgʻrisida joylardan axborot taqdim etiladi va 1-noyabrda Xalq taʼlimi vazirligi Moliya vazirligiga toʻliq hisobot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xalq taʼlimi vazirligi yillik hisobotda kiyim-bosh sotib olish uchun olingan markazlashtirilgan tartibda ajratilgan mablagʻlarning sarflanganligini alohida qatorda koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kiyim-bosh, poyabzallar sotib olish uchun ajratilgan budjet mablagʻlarining toʻgʻri sarflanishini nazorat qilish Xalq taʼlimi vazirligiga, oʻquvchilar sonini aniqlashning ishonchliligi va kiyim-bosh berishning toʻgʻriligi uchun javobgarlik — ota-onalar qoʻmitalariga, xalq taʼlimi organlariga va mahalliy hokimiyat organlariga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mahalliy moliya organlari kam taʼminlangan oilalarning boshlangʻich sinflar oʻquvchilariga qishki kiyim-bosh toʻplamlarining maqsadli berilishini tekshiradilar.