Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻqituvchilar va oʻquvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Xalq taʼlimi muassasalari pedagog xodimlarining moddiy sharoitlarini yaxshilash va ularning mehnatini ragʻbatlantirish, yetim bolalarni hamda kam taʼminlangan oilalarning bolalarini moddiy taʼminlash va birinchi sinf oʻquvchilarini zarur oʻquv qurollari bilan taʼminlashda davlat yordamini koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1997-yil 1-sentabrdan boshlab umumtaʼlim maktablari va barcha tur hamda nomdagi maktab-internatlarning oʻqituvchilari, oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlari muallimlari uchun eng kam oylik ish haqiga foizlarda tabaqalashtirilgan qoʻshimcha haqning quyidagi miqdorlari belgilansin:
a) daftarlarni tekshirganlik uchun qoʻshimcha haq:
I—IV sinf oʻqituvchilariga — 30 foiz miqdorida;
V—XI (XII) sinflar oʻqituvchilariga, oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlari muallimlariga yozma ishlarni tekshirganlik uchun:
— tillar va adabiyot boʻyicha — 40 foiz miqdorida;
— matematika boʻyicha — 30 foiz miqdorida;
— stenografiya boʻyicha — 20 foiz miqdorida;
oʻrta maxsus va hunar-texnika oʻquv yurtlari muallimlariga chizmachilik va texnik matematika (konstruksiyalash) boʻyicha yozma ishlarni tekshirganlik uchun 25 foiz miqdorida;
b) umumtaʼlim maktablarining, barcha turdagi maktab-internatlar (oʻqitishning sessiya rejimi boʻyicha ishlovchi kechki (smenali) oʻrta umumtaʼlim maktablari, sirtqi maktablar va boʻlimlardan tashqari), oʻrta maxsus, hunar-texnika oʻquv yurtlarining oʻqituvchilariga va boshqa xodimlariga sinf rahbarligi uchun qoʻshimcha haq — 50 foiz miqdorida;
v) oʻquv xonalari va laboratoriyalarni boshqarganlik uchun qoʻshimcha haq — 25 foiz miqdorida.
Keyingi tahrirga qarang.
2. 1997-yil 1-sentabrdan boshlab bevosita oʻquv-tarbiya jarayonlari bilan bogʻliq rahbar xodimlarning, jismoniy yoki aqliy rivojlanishida kamchiligi boʻlgan bolalar va oʻsmirlar uchun maxsus oʻquv-tarbiya sinflari (guruhlari)dagi alohida ish sharoitlari uchun pedagog xodimlar, ruhshunoslar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining stavkalari va oylik lavozim maoshlariga qoʻshimcha haq 2 baravar oshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. 1997-yil 1-sentabrdan boshlab haftalik oʻquv soatlarini 30 soatdan 25 soatgacha kamaytirish hisobiga bolalar uylari va barcha turdagi internatlar tarbiyachilarining ish haqlari oʻrtacha 1,2 baravar oshirilsin.
4. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga, shuningdek, barcha turdagi maktab-internatlarda, oʻrta hunar-texnika bilim yurtlarida, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida oʻqiyotgan yetim bolalarga, ota-onalarining qarovisiz qolgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalarga ular ishga joylashish chogʻida har bir kishiga eng kam ish haqining 16 baravari miqdori hisobidan kiyim-bosh, oyoq kiyim va jihozlar, shuningdek, dastlabki xarajatlar uchun eng kam ish haqining 1,5 baravari miqdoridagi yordam puli berilsin.
Mehribonlik uylari, maktab-internatlar va hunar-texnika oʻquv yurtlari rahbarlariga yetim bolalarga va ota-onalarining qarovisiz qolgan, toʻla davlat taʼminotida boʻlgan bolalarga, ular muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilgan hollarda, shuningdek, nikohdan oʻtganda, ularning xohishiga koʻra, eng kam ish haqining 16 baravari miqdoridagi pul kompensatsiyasi berish va ushbu summani kiyim-bosh, oyoq kiyim va jihozlar oʻrniga respublika Xalq banki muassasalariga bitiruvchi nomiga omonat sifatida oʻtkazish huquqi berilsin.
Xalq taʼlimi vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda yetim bolalarga va ota-onalarining qarovisiz qolgan bolalarga bir yoʻla yordam puli va jihozlar berish tartibini, ulardan maqsadli foydalanishni taʼminlashni nazarda tutgan holda, ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Joriy yilning 1-sentabridan boshlab quyidagilarni har yili:
birinchi sinf oʻquvchilarini oʻquv qurollari toʻplami bilan;
maktablardagi barcha boshlangʻich sinf oʻquvchilarining 15 foizidan koʻp boʻlmagan kam taʼminlangan oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh toʻplami bilan tekin taʼminlash joriy qilinsin.
Birinchi sinf oʻquvchilarini oʻquv qurollari toʻplami bilan va kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan boshlangʻich sinf maktab oʻquvchilarini qishki kiyim-bosh toʻplami bilan tekin taʼminlash tartibi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi birinchi sinf oʻquvchilari uchun oʻquv qurollari va maktab oʻquvchilari uchun qishki kiyim-bosh toʻplamlari markazlashtirilgan tartibda xarid qilinishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
8. Oʻz qaramogʻida oʻquv yurtlari boʻlgan vazirliklar va idoralar ushbu qarorning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 20-avgust,
409-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Birinchi sinf oʻquvchilarini oʻquv qurollari toʻplami bilan tekin taʼminlash
TARTIBI
Mazkur tartib birinchi sinf oʻquvchilarini oʻquv qurollari toʻplami bilan tekin taʼminlash tartibini belgilaydi.
1. Barcha maktablarning direktorlari birinchi sinf oʻquvchilari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tuman, shahar xalq taʼlimi boʻlimlariga taqdim etadi. Tuman, shahar xalq taʼlimi boʻlimlari tuman (shahar) boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarni, hokimlik bilan kelishib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga, viloyat xalq taʼlimi boshqarmalariga va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasiga taqdim etadi. Hududiy organlar yigʻilgan buyurtmanomalarni Xalq taʼlimi vazirligining “Taʼlimtaʼminot” bosh boshqarmasiga va Maktablar bosh boshqarmasiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Xalq taʼlimi vazirligi “Taʼlimtaʼminot” bosh boshqarmasiga maktab oʻquv qurollarini sotib olishni topshiradi. Oʻquvchilar oʻquv qurollari toʻplamiga quyidagilar kiradi:
Portfel
12 ta daftar
Oddiy va rangli qalamlar
Plastilin
Qalamdon
Ruchkalar
Oʻchirgʻichlar
Yelim
Rangli qogʻozlar toʻplami
Rasm chiziladigan albom
Boʻyoqlar
3. Xalq taʼlimi vazirligining “Taʼlimtaʼminot” bosh boshqarmasi maktab oʻquv qurollarini ushbu maqsadlar uchun Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan mablagʻlar doirasida “Oʻzbeksavdo” korxonalari va tashkilotlaridan va boshqa yetkazib beruvchilardan tanlov asosida sotib oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Maktab oʻquv qurollari tasdiqlangan assortimentda “Taʼlimtaʼminot” viloyat korxonalariga joʻnatiladi.
5. “Taʼlimtaʼminot” respublika, Qoraqalpogʻiston va viloyat korxonalari maktab oʻquv qurollarini hududiy organlar taqsimoti boʻyicha xalq taʼlimi tuman (shahar) boʻlimlariga yetkazadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Maktab oʻquv qurollarini birinchi sinf oʻquvchilariga tantanali ravishda topshirishni hokimliklar rahbarlari, mahalliy kengashlarining deputatlari, ota-onalar qoʻmitalari va xalq taʼlimi organlari vakillari amalga oshiradi.
7. Maktab oʻquv qurollarini topshirish tantanali ravishda 1-sentabrda yoki hokimliklar va tegishli organlarning qaroriga koʻra boshqa belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.
8. Olinadigan oʻquv qurollari miqdori va ularning soʻmda ifodalanishi koʻrsatilgan roʻyxat bilan birga oʻquvchilarning familiyalari keltirilgan vedomost maktab oʻquv qurollari berish huquqiga asos boʻlib hisoblanadi. Bolalarning familiyalari qarshisiga ota-onalar yoki yaqin qarindoshlar imzo chekadilar, shundan keyin ushbu vedomost hisobot uchun buxgalteriyaga topshiriladi.
9. Xalq taʼlimi hududiy organlari maktab oʻquv qurollarini berish tugallangandan keyin 15-oktabrgacha “Taʼlimtaʼminot” bosh boshqarmasiga hisobot taqdim etadilar. “Taʼlimtaʼminot” bosh boshqarmasi ajratilgan mablagʻlardan foydalanganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotni 1-noyabrda Moliya vazirligiga va Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etadi.
10. Davlat mablagʻlaridan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik Xalq taʼlimi vazirligiga, ishonchli berish va hisobdan chiqarish uchun javobgarlik — tuman (shahar) xalq taʼlimi, maktablar va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlariga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Xalq taʼlimi vazirligi yillik hisobotda ajratilgan mablagʻlardan foydalanishni alohida qatorda koʻrsatadi.
12. Mahalliy moliya organlari barcha maktablarda oʻquvchilarga maktab oʻquv qurollari berilishi boʻyicha tekshirishlar oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Kam taʼminlangan oilalarning boshlangʻich sinf oʻquvchilarini qishki kiyim-bosh toʻplami bilan taʼminlash
TARTIBI
Mazkur tartib kam taʼminlangan oilalar oʻquvchilarini qishki kiyim-bosh toʻplami bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
1. Maktablarning rahbarlari ota-onalar qoʻmitasi bilan birgalikda kam taʼminlangan oilalarning I—IV sinflar oʻquvchilarini aniqlaydi. Ushbu maʼlumotlarni kiyim-bosh oʻlchami va bolaning jinsini koʻrsatgan holda xalq taʼlimi tuman (shahar) boʻlimlariga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Xalq taʼlimi organlari maktablar boʻyicha maʼlumotlarni toʻplab umuman tuman (shahar) boʻyicha qishki kiyim-boshga boʻlgan ehtiyojga yigʻma vedomost tuzadi va hokimlik bilan kelishib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasiga va viloyat xalq taʼlim boshqarmasiga taqdim etadi.
Qishki kiyim-bosh toʻplamiga quyidagilar kiradi:
Palto yoki kurtka
Etik
Telpak
Qoʻlqop
3. Xalq taʼlimi hududiy organlari olingan maʼlumotlarni har bir tuman boʻyicha umumlashtiradi va Xalq taʼlimi vazirligi “Taʼlimtaʼminot” bosh boshqarmasiga buyurtmanoma beradi. Umuman olganda kam taʼminlangan oilalarning oʻquvchilari uchun kiyim-boshga boʻlgan ehtiyoj mazkur viloyatda taʼlim oluvchi boshlangʻich sinflar oʻquvchilari umumiy sonining 15 foizidan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Taʼlimtaʼminot” bosh boshqarmasi qishki kiyim-bosh va poyabzalga boʻlgan zarur ehtiyojga joylardan buyurtmanoma olib, respublika Moliya vazirligi tomonidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida qishki kiyim-bosh va poyabzal sotib olish, saqlash va yetkazish boʻyicha barcha xarajatlarning umumiy summasini belgilaydi. Natural va qiymat koʻrsatkichlari koʻrsatilgan holdagi taqsimot har bir viloyat boʻyicha alohida vazirlik rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
5. “Taʼlimtaʼminot” bosh boshqarmasi tasdiqlangan taqsimotni bajarish uchun qabul qilib olib, kiyim-boshlarni tikishga buyurtmalar berishga kirishadi yoki tayyor buyumlarni “Oʻzbeksavdo”, “Oʻzbekyengilsanoat” korxonalari va tashkilotlaridan va boshqa yetkazib beruvchilardan tanlov asosida sotib oladi. Haq toʻlash davlat budjeti mablagʻlari hisobidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “Taʼlimtaʼminot” bosh boshqarmasi sotib olingan kiyim-bosh va poyabzallarni tasdiqlangan taqsimotga muvofiq “Taʼlimtaʼminot”ning Qoraqalpogʻiston va viloyat korxonalariga joʻnatadi.
7. “Taʼlimtaʼminot”ning respublika, Qoraqalpogʻiston va viloyat korxonalari oʻz navbatida ularni tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari buyurtmanomalariga muvofiq ularga yetkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻquvchilarga kiyim-bosh va poyabzallar berish sentabr oyida amalga oshirilishi kerak.
9. Ota-onalar qoʻmitasi va maktab pedagogika kengashi majlisi bayonnomasidan koʻchirma kiyim-bosh berish huquqiga asos hisoblanadi, unga muvofiq son va soʻm ifodasida buyumlar roʻyxati koʻrsatilgan holda oʻquvchilarning familiyalari keltirilgan vedomost tuziladi. Bolalarning familiyalari qarshisiga ota-onalar yoki yaqin qarindoshlar imzo chekadilar, shundan keyin ushbu vedomost hisobot uchun buxgalteriyaga topshiriladi.
10. Oʻquvchilarga qishki kiyim-boshlar toʻplamini topshirishni ota-onalar qoʻmitalari va xalq taʼlimi organlari vakillari amalga oshiradi.
11. Jamoa tomonidan topshirilgan temir-tersak, chiqindi qogʻoz, pilla, paxta tolasi uchun tayyorlov tashkilotlaridan mablagʻ tushganda maktablar, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari rahbarlari ularni qoʻshimcha ravishda kiyim-bosh sotib olish uchun yoʻnaltirishga haqlidirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Bajarilgan ish yakunlari boʻyicha 15-oktabrgacha oʻquvchilarga kiyim-bosh va poyabzallar berilishi tugallanganligi toʻgʻrisida joylardan axborot taqdim etiladi va 1-noyabrda Xalq taʼlimi vazirligi Moliya vazirligiga toʻliq hisobot taqdim etadi.
13. Xalq taʼlimi vazirligi yillik hisobotda kiyim-bosh sotib olish uchun olingan markazlashtirilgan tartibda ajratilgan mablagʻlarning sarflanganligini alohida qatorda koʻrsatadi.
14. Kiyim-bosh, poyabzallar sotib olish uchun ajratilgan budjet mablagʻlarining toʻgʻri sarflanishini nazorat qilish Xalq taʼlimi vazirligiga, oʻquvchilar sonini aniqlashning ishonchliligi va kiyim-bosh berishning toʻgʻriligi uchun javobgarlik — ota-onalar qoʻmitalariga, xalq taʼlimi organlariga va mahalliy hokimiyat organlariga yuklanadi.
15. Mahalliy moliya organlari kam taʼminlangan oilalarning boshlangʻich sinflar oʻquvchilariga qishki kiyim-bosh toʻplamlarining maqsadli berilishini tekshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.