Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 19.03.1993 yildagi 147-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.03.1993 yildagi 147-son
Date of entry into force
19.03.1993
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 19.03.1993 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KORXONALARGA (TASHKILOTLARGA) FAOLIYATNING ALOHIDA TURLARI BILAN SHUGʻULLANISH HUQUQINI BERADIGAN MAXSUS RUXSATNOMALAR (LITSENZIYALAR) BERISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING BAʼZI QARORLARINI OʻZGARTIRISH VA OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasining Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunini amalda joriy etish tartibi haqida” 1992-yil 2-iyuldagi 626-XII-son, “Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunini amalda joriy etish tartibi haqida” 1992-yil 8-dekabrdagi 735-XII-son qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1992-yil 26-noyabrdagi 710-XII-son, 1993-yil 11-yanvardagi 777-XII-son va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Korxonalar (tashkilotlar)ning maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining roʻyxati haqida” 1992-yil 14-yanvardagi 516-XII-son qaroriga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida 1993-yil 22-fevraldagi 778-XII-son qarorlarini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasidagi birjalarning faoliyatini muvofiqlashtirish toʻgʻrisida” 1992-yil 3-martdagi 95-son qarorining 3 va 5-bandlaridagi “va ular tomonidan taʼsis etilgan korxonalar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-maydagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalarga (tashkilotlarga) faoliyatning alohida turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 2-bandida keltirilgan jadvalga quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgarishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) jadval quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Faoliyat turlari‎

Organning nomi‎

Davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi kerak boʻlgan mol-mulkning qiymatini va tarkibini dastlabki baholash, mulkchilik shaklini oʻzgartirish bilan bogʻliq hujjatlarni tayyorlashga doir ishlar‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi‎
Auditorlik faoliyati‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi‎
Fuqarolarga va yuridik shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish‎ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ‎
Badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, manzarali, multiplikatsion kinovideofilmlar va dasturlar ishlab chiqarish‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi‎‎
Kinovideo dasturlarni koʻpaytirish, dublyaj qilish, sotish‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi‎‎
Kinovideo mahsulotlarini ijaraga berish, namoyish etish va koʻrsatish‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi‎‎
Kinoga olish ishlarini va boshqa kinovideo faoliyatni tashkil etish boʻyicha xizmatlar, shu jumladan, vositachilik xizmati koʻrsatish‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi‎
Ishlab chiqarish, uy-joy-xoʻjalik va qishloq xoʻjaligi maqsadlaridagi binolar qurilishi uchun loyihalash va muhandislik-texnikaviy qidiruv ishlari‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “Yuklar va yoʻlovchilarni avtomobillarda xalqaro (MDH mamlakatlari hududidan tashqarida) tashishlar” xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Yuklar va yoʻlovchilarni xalqaro avtomobil yoʻllarida tashishlar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) “Birja faoliyati — quyidagilar bilan aʼmollarni amalga oshiruvchi birjalar, brokerlar va dilerlik idoralari:” xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Birja faoliyati — birjada brokerlik oʻrinlariga ega boʻlgan va quyidagilar bilan aʼmollarni amalga oshiruvchi brokerlik va dilerlik idoralari birja faoliyatining boshqa qatnashchilari” shu yerning oʻzidagi “tovarlar, xom ashyo resurslari bilan” va “Organning nomi” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari boʻyicha vazirligi”, “Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi”, “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat banki” soʻzlari tegishli ravishda “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi”, “Oʻzbekiston Avtomobil transporti davlat aksionerlik korporatsiyasi” (“Oʻzavtotrans”), “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) portlovchi moddalar va ular qoʻllangan mahsulotlarni tayyorlash, ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish, shuningdek, portlash xavfi boʻlgan zaharli moddalarni ortish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berishga vakil qilingan “Organning nomi” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi” soʻzlaridan soʻng “(mudofaa ehtiyojlari uchun), Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish va konchilik nazorati davlat qoʻmitasi (xalq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun)” soʻzlari qoʻshib qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSJda jumhuriyat koʻp tarmoqli mollar birjasini tashkil etish haqida” 1991-yil 28-martdagi 71-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Respublika hududida joylashgan va koʻrsatilgan faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi korxonalar va tashkilotlar, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, 1993-yilning 15-apreligacha litsenziyalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tarmoq boʻlimlari va tegishli davlat boshqaruv organlari rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 19-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
147-son