1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va roʻyxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat roʻyxatiga olish;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.03.00 Jamoa birlashmalari;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamgʻarmalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olishni tartibga solish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1992-yil 3-iyuldagi Qonuniga muvofiq, shuningdek, jamoat birlashmalarining ustavlarini roʻyxatga olishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan jamoat birlashmalarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqishning ilova qilinayotgan Qoidalari tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga mazkur Qoidalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida tushuntirish berishga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shu vaqtgacha roʻyxatga olingan barcha jamoat birlashmalari, shuningdek, ularning tarkibiy boʻlinmalari ilova qilinayotgan Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda 1993-yilning II va III choraklari davomida qayta roʻyxatdan oʻtishlari zarur deb topilsin. Qayta roʻyxatdan oʻtmagan jamoat birlashmalari va ularning tarkibiy boʻlinmalari faoliyati toʻxtatib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olganlik uchun yigʻimlar quyidagicha belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olganlik uchun
—
yigirmata eng kam ish haqi miqdorida, shuningdek, 100 AQSh dollariga teng boʻlgan miqdorda erkin almashtiriladigan valyuta yigʻimlari;
respublika va viloyatlararo jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olganlik uchun
—
yigirmata eng kam ish haqi miqdorida;
boshqa jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olganlik uchun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning 3-bandida qayd qilingan nogironlar, fahriylar, xotin-qizlar va bolalar jamoat birlashmalari ustavlarining roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar berilganligi uchun yigʻimlar 25 foiz miqdorida undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Roʻyxatga olganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqotib qoʻyilgan hollarda dublikat berilganligi uchun roʻyxatga olish yigʻimining 50 foizi miqdorida haq undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qayta roʻyxatga olishda, shuningdek, jamoatchilik birlashmasi ustaviga kiritiladigan qoʻshimchalar va oʻzgarishlarni kelishib olganlik uchun roʻyxatga olish yigʻimining 50 foizi miqdorida haq undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olish yoki qayta roʻyxatga olish rad etilgan va bu haqidagi qaror oʻzgarishsiz qoldirilgan hollarda roʻyxatga olish yigʻimi qaytarib berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ariza koʻrib chiqilmay qoldirilgandan soʻng uch oy oʻtishi bilan ustavni roʻyxatga olish yoki qayta roʻyxatga olish haqida ariza bilan qayta murojaat qilingan hollarda roʻyxatga olganlik uchun yigʻim umumiy asoslarda undiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-son “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” qaroriga muvofiq 9-bandning valyuta toʻlovlariga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 2-apreldagi 83-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh Vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 12-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
132-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-martdagi 132-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan jamoat birlashmalari ustavini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI

1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatgan xalqaro, respublika va viloyatlararo jamoat birlashmalari, partiyalar, ommaviy jamoatchilik harakatlari va kasaba uyushmalarining ustavlarini (nizomlarini) roʻyxatga olish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro jamoat birlashmalarining tarkibiy boʻlinmalari (boʻlimlari, filiallari) ustavlari (nizomlari)ni roʻyxatga olish ham Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika va viloyatlararo jamoat birlashmalari tarkibiy boʻlinmalarining, shuningdek, faoliyati viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq hududida yoxud ikki va undan ortiq tumanlar va shaharlar, shaharchalar va qishloqlar hududiga tarqaladigan jamoat birlashmalarining ustavlari (nizomlari) viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari tomonidan roʻyxatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz ustaviga (nizomlari)ga ega boʻlmagan tarkibiy boʻlinmalar tegishli roʻyxatga oluvchi adliya organlarida hisobga olish roʻyxatidan oʻtadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarini roʻyxatdan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-son qaroriga muvofiq xatboshi bilan toʻldirildi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamoat birlashmasi ustavini (nizomni) roʻyxatdan oʻtkazish uchun roʻyxatiga oluvchi organga “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasida nazarda tutilgan tartib va muddatlarda ariza beriladi. Ariza jamoat birlashmasining rahbar organi aʼzolari tomonidan imzolangan boʻlishi kerak, unda ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, saylab qoʻyilgan lavozimi, tugʻilgan yili, istiqomat joyi va telefoni (1-ilova) koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizaga notarial idora tomonidan tasdiqlangan (yoki ularni bergan organlarda tasdiqlangan) quyidagi hujjatlar (3 nusxada) ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi talablariga javob beruvchi jamoat birlashmasining ustavi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ustavni qabul qilgan taʼsis majlisda (konferensiyasi) yoki umumiy majlis (syezd)ning bayoni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) roʻyxatga olish yigʻimi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank toʻlov hujjati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 6, 8 va 11-moddalari bajarilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat birlashmasini tuzish tashabbuskorlari (taʼsischilar) toʻgʻrisida maʼlumotlar (tashabbus koʻrsatgan fuqarolar uchun familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, istiqomat joyi; tashabbus koʻrsatgan jamoat birlashmalari uchun nomi, rahbar organning qayerda joylashganligi, ustavi, qachon va qayerda roʻyxatga olinganligi koʻrsatiladi). “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kiritilgunga qadar tuzilgan jamoat birlashmalari tashabbuskorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat va jamoat organlarining hujjatlari, arxiv hujjatlarining nusxalari, amaliy tusdagi xatlar shaklida taqdim etishlari mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbar organi aʼzolari haqidagi maʼlumotlar, unda aʼzolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, saylab qoʻyilgan lavozimi, tugʻilgan yili, manzili va telefoni koʻrsatiladi. Bunda bir jamoat birlashmasi rahbar organi aʼzosi bir vaqtning oʻzida boshqa jamoat birlashmasining rahbar organining aʼzosi boʻlishi mumkin emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur jamoat birlashmasining boshqa davlatlarda, Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Toshkent shahrida va Oʻzbekiston Respublikasining viloyatlarida tashkilotlari mavjudligi toʻgʻrisidagi hujjatlar (yigʻilishlarning bayonlari, qarorlardan koʻchirmalar va boshqalar) (ushbu hujjatlar, agar xalqaro, respublika yoki viloyatlararo jamoat birlashmalari tashkil etilsa, taqdim etiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatni, shuningdek, noshirlik faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash va matbuot organlarini saqlash manbalari toʻgʻrisidagi deklaratsiya (2-ilova);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi marta tashkil etilayotgan jamoat birlashmalari uchun — tegishli binolarni taqdim etish toʻgʻrisida ijaraga beruvchining rozilik xati ilova qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy partiyalar uchun kamida sakkiz hududiy subyektda (viloyatda), jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida yashovchi kamida besh ming partiya aʼzosining roʻyxati, kasaba uyushmalari uchun kamida uch ming fuqaroning roʻyxati ilova qilinadi. Roʻyxatlarda imzolardan tashqari, imzo chekuvchilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, doimiy istiqomat joyi koʻrsatiladi. Imzolar va maʼlumotlar tegishli ravishda fuqaroning istiqomat joyi (ish, oʻqish yoki harbiy xizmat joyi)da tasdiqlanadi.
(2-bandining “g” kichik bandi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-apreldagi 177-son qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat birlashmasining tarkibiy boʻlinmalari (boʻlimlar, filiallar)ning ustavlari (nizomlari)ni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizaga notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav (nizom)ning va bosh jamoat birlashmasi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning bir nusxasi hamda jamoat birlashmasining markaziy rahbar organi tomonidan tasdiqlangan taʼsis hujjatlari ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatga oluvchi organ jamoat birlashmalari tomonidan taqdim etilgan materiallarning ishonchliligini va ularning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshirishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamoat birlashmasi ustavini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza oʻzbek va rus tillarida barcha zarur hujjatlar topshirilgan kundan boshlab ikki oy muddatda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatga oluvchi organ zarurat boʻlganda jamoat birlashmasi ustavini ekspertizadan oʻtkazishni tegishli tashkilotlarga topshirish huquqiga egadir, shu munosabat bilan arizani koʻrib chiqish muddati uzaytirilishi mumkin, lekin bir oydan oshib ketmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrib chiqish natijalariga koʻra roʻyxatga oluvchi organ quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) ustavni roʻyxatga olish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ustavni roʻyxatga olishni rad etish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) arizani koʻrib chiqmasdan qoldirish toʻgʻrisida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kiritilgunga qadar tuzilgan jamoat birlashmasining ustavi mazkur Qonunning 10-moddasi talablariga muvofiq kelmagan hollarda, agar bu nomuvofiqlik birlashmaning maqsad va vazifalariga hamda uning aʼzolari huquqlariga daxl qilmasa, birlashmaning yaqinda boʻladigan umumiy yigʻilishi (syezdi)da ustavga zarur oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi toʻgʻrisida jamoat birlashmasi rahbar tashkilotining yozma majburiyati mavjud boʻlgan taqdirda bu jamoat birlashmasi roʻyxatga olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xalqaro, respublika va boshqa jamoat birlashmalari, qanday turdaligidan qatʼi nazar, bir xil nomda atalsa, ularning ustavlari roʻyxatga olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomi bir xil boʻlgan ikki yoki undan ortiq jamoat birlashmasi ustavni roʻyxatga olish haqidagi ariza bilan murojaat qilgan hollarda “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisidagi” Qonun kuchga kirilgunga qadar ilgari amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan jamoat birlashmasi ustavni roʻyxatga olishda ustunlik huquqiga ega boʻladi. Daʼvogarlar orasida bunday birlashmalar boʻlmagan taqdirda shu nom bilan ustavni roʻyxatga olish toʻgʻrisida boshqalardan oldinroq ariza bergan jamoat birlashmasiga ustunlik beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamoat birlashmasining ustavini roʻyxatdan olganlik, keyinchalik unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlari undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamoat birlashmasi ustavini roʻyxatga olish uchun rad javobi berilgan hollarda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bu haqda asoslangan qaror taqdim etiladi. Ustavni roʻyxatga olish rad etilganda birlashma rahbariyati Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik-protsessual qonunchiligi bilan nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda tegishli sudga shikoyat arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jamoat birlashmasi ustavini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza, agar bu ariza mazkur Qoidalarning 2 va 5-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmay berilgan boʻlsa yoxud boshqa holatlar mavjud boʻlganda, koʻrib chiqilmaydi. Arizani koʻrib chiqmaslik toʻgʻrisidagi qaror ariza beruvchilarga yozma shaklda yetkaziladi. Ularga kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng jamoat birlashmasini roʻyxatga olish toʻgʻrisida takroran ariza bilan yigʻim toʻlamasdan murojaat etish uchun haqlari borligi tushuntiriladi. Ariza koʻrilmasdan qoldirilgandan soʻng uch oy oʻtgach ustavni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza bilan qaytadan murojaat qilingan hollarda roʻyxatga olganlik uchun yigʻim umumiy asoslarda undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizani koʻrib chiqmasdan qoldirish toʻgʻrisida qaror chiqarish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda ariza “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonun va mazkur Qoidalar bilan belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamoat birlashmasi ustavini roʻyxatdan olish toʻgʻrisida qaror qabul chiqarilgan taqdirda ariza beruvchiga roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisida belgilangan namunadagi (3 va 4-ilovalar) guvohnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisida guvohnoma yoʻqotib qoʻyilgan hollarda uning dublikatini berganlik uchun roʻyxatga olish yigʻimining 50 foizi undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ustavi roʻyxatdan oʻtkazilgan jamoat birlashmasiga tegishli roʻyxatga olish raqami beriladi, u roʻyxatga olish organi tomonidan jamoat birlashmalari roʻyxatiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatga: birlashmaning nomi, turi, tashkil etilish maqsadi va faoliyati, joylashgan oʻrni, rahbar organlarning joylashgan oʻrni, tarkibi va saylangan sanasi, ustav qabul qilingan sana, roʻyxatga kiritilgan sana, roʻyxatga yozib qoʻyilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, imzosi kiritiladi (5-ilova).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ustavlarda amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlgan qoidalar mavjud boʻlgan yoxud taʼsis hujjatlarida boshqa qoida buzilishlari aniqlangan hollarda jamoat birlashmasi ustavini roʻyxatga olganlik toʻgʻrisidagi qaror roʻyxatga oluvchi organ tomonidan bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan jamoat birlashmalarining rahbar organlari yilning har choragida qabul qilingan qarorlar (nusxalarini) va rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazgan organga taqdim etib turishga majburdirlar. Koʻrsatilgan maʼlumotlar taqdim etilmagan hollarda roʻyxatga oluvchi organ, yozma ogohlantirish xati berilgandan soʻng, tegishli jamoat birlashmasini tugatish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qayta roʻyxatga olish, jamoat birlashmalari ustavlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqidagi arizalarni koʻrib chiqish mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Jamoat birlashmalari bir oy muddat ichida roʻyxatga oluvchi organni ustavidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar, shuningdek, jamoat birlashmasining joylashgan oʻrnini oʻzgartirish haqidagi xabardor qilishga majburdirlar. Bunday oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar haqida belgilangan muddatda xabar berilmagan hollarda ustavni qayta roʻyxatga olish chogʻida ulardan roʻyxatga olish yigʻimi toʻla miqdorda undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Jamoat birlashmalari ustavlarini qayta roʻyxatga olish roʻyxatga olish organi tomonidan mazkur Qoidalarning 2-bandida sanab oʻtilgan notarial idora tomonidan tasdiqlangan (yoki ularni bergan organ tomonidan tasdiqlangan) hujjatlar, shuningdek, jamoat birlashmasi tomonidan keyingi bir yilda qilingan ishlar haqidagi hisobotlar taqdim etilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ustavlari Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari adliya boshqarmalari tomonidan roʻyxatga olingan jamoat birlashmalarining roʻyxati ommaviy axborot vositalarida oshkor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Jamoat birlashmalarining ustavlarini roʻyxatdan olinganligi haqida maʼlumotlar oʻn kun muddat ichida belgilangan shakl boʻyicha tegishli davlat statistika organlariga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamoat birlashmalari, shu jumladan, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan partiyalar va kasaba uyushmalari har yili 1-fevralgacha roʻyxatga oluvchi organga oʻtgan yili qilingan ishlar, shuningdek, faoliyatni moliyaviy taʼminlovchi manbalar haqidagi deklaratsiyani, shu jumladan, mavjud aʼzolar soni haqidagi maʼlumotlar toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etishga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Jamoat birlashmalari tugatilgan hollarda ularning rahbar organlari uch kun muddatda roʻyxatga olgan organga tegishli ariza berishga majburdirlar. Bunday hollarda roʻyxatga olinganlikni bekor qilish jamoat birlashmasi yuqori organi yigʻilishi bayonidan koʻchirma yoki tegishli sudning qarori asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar jamoat birlashmasi aʼzolarining soni “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasi 1-qismi va 8-moddasi 1-qismiga muvofiq uni taʼsis etish uchun zarur boʻlganidan kamayib ketgan hollarda ham jamoat birlashmasi oʻz faoliyatini tugatgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish Qoidalariga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ARIZA
___________________________________________________________________________ (Jamoat birlashmasi rahbar organining aʼzosi boʻlgan
___________________________________________________________________________ fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili,
___________________________________________________________________________ doimiy yashash joyi, telefon nomeri)
Jamoat birlashmasi rahbar organining nomi va joylashgan oʻrni (manzili) ___________________________________________________________________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish Qoidalariga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Nomi) jamoat birlashmasini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari toʻgʻrisida DEKLARATSIYA
199 _____ yilgacha
199 _____ yillar uchun
1.
Taʼsischilar tomonidan 199 yilda ajratiladigan mablagʻ:
(tashkilot, muassasa rahbarining muhr bilan tasdiqlangan imzosi)
a)
_________________________________
___________________________________
b)
_________________________________
___________________________________
v)
_________________________________
___________________________________
2.
Kirish badallari
______________________________ soʻm
3.
Aʼzolik badallari
______________________________ soʻm
4.
Fuqarolar va tashkilotlarning ixtiyoriy ajratmalari
___________________________________
5.
Noshirlik faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari
___________________________________
6.
Ishlab chiqarish-xoʻjalik, noshirlik, reklama faoliyatidan, oʻquv kurslari, prospektlar, ommaviy, madaniy tadbirlar tashkil qilishdan keladigan daromadlar
___________________________________
7.
Boshqa daromadlar
___________________________________
8.
Bankdagi mavjud mablagʻlar, hisob-kitob nomeri, valyuta hisobining nomeri
___________________________________
9.
Mazkur koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlayman.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish Qoidalariga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish Qoidalariga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish Qoidalariga 5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatga olish raqami va roʻyxatga olingan sana
Jamoat birlashmasining nomi va uning turi
Asosiy maqsadlari
Ustav qabul qilingan va rahbar organ saylangan sana, uning tarkibi
Rahbar organning nomi va joylashgan oʻrni, telefoni
Roʻyxatga kiritilgan sana, roʻyxatga yozib qoʻygan shaxsning ismi, familiyasi, otasining ismi, lavozimi va imzosi
1
2
3
4
5
6
Registratsionniy nomer i data registratsii
Nazvaniye obщestvennogo obyedineniya i ego vid
Osnovnie tseli
Data prinyatiya ustava i izbraniya rukovodyaщego organa, ego sostav
Naimenovaniye i mestonaxojdeniye rukovodyaщego organa, telefon
Data vneseniya v reyestr, F.I.O., doljnost i rospis litsa, vnosyaщego zapis
1
2
3
4
5
6
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1993-y, 3-son, 9-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 66-modda; 2004-y., 17-son, 199-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda)