07.09.2022 yildagi PF-215-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 07.09.2022 yildagi PF-215-son
Date of entry into force
08.09.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatda investitsiya muhitining jozibadorligini yanada oshirish, hududlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish hamda yangi tashabbus va loyihalarni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasining boshqaruv kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan shakllantiriladigan dastlabki ustav kapitali 100 million AQSh dollariga teng boʻlgan “Oʻzbekiston Respublikasining Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi investitsiya kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya kompaniyasi) sifatida qayta tashkil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Investitsiya kompaniyasiga 2022-2023-yillarda amalga oshiriladigan loyihalar doirasida hamkor investorlar tomonidan 200 million AQSh dollari miqdorida qoʻshimcha investitsiyalar jalb qilinishini taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya kompaniyasining ustav kapitali kelgusida investorlar bilan loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan qoʻshimcha investitsiyalarni hisobga olib, bosqichma-bosqich 1 milliard AQSh dollariga yetkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Investitsiya kompaniyasining Kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya kompaniyasi tomonidan investitsiyalar tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida bozor qiymati boʻyicha hisoblangan aksiyalarning (ulushlarning) 49 foizigacha ulushida ishtirok etish, mol-mulk sotib olish, milliy va xorijiy valyutada qarzlar berish, shuningdek, qonunchilikda zid boʻlmagan boshqa shakllarda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya kompaniyasi tomonidan bitta loyiha uchun kiritiladigan investitsiyalarning maksimal miqdori ushbu loyiha boʻyicha umumiy investitsiyalar hajmining 49 foizidan oshmasligi lozim. Bunda, Investitsiya kompaniyasining Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan shakllantiriladigan investitsiyalarining bitta loyiha uchun maksimal hajmi 20 million dollardan oshmasligi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya kompaniyasining Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan shakllantiriladigan investitsiyalari maksimal hajmining oshirilishiga yirik va muhim ahamiyatga ega investitsiya loyihalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya kompaniyasi tomonidan investitsiya loyihalarini tanlash va moliyalashtirish ushbu loyihalarning moliyaviy jozibadorligi va samaradorligidan kelib chiqib, mustaqil ravishda investitsiya siyosatida belgilangan mezon va talablarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaoldi ishlari, shu jumladan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda loyihani moliyalashtirishga tayyorlash uchun zarur boʻlgan boshqa turdagi ekspertizadan oʻtkazish xarajatlari Investitsiya kompaniyasining mablagʻlari hisobidan Kuzatuv kengashining qaroriga asosan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Investitsiya kompaniyasi investitsiyalarni quyidagi usullar bilan jalb qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit (qarz) olish va Investitsiya kompaniyasining ustav kapitaliga investorlarning pul mablagʻlarini jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitalida), shu jumladan mol-mulk sotib olish yoʻli bilan ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yirik institutsional va strategik investorlar bilan hamkorlik oʻrnatish, shu jumladan nufuzli xalqaro moliya markazlarining yurisdiksiyalaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa koʻrinishlarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Investitsiya kompaniyasiga hududiy loyiha guruhlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarni oʻzining investitsiya siyosatida belgilangan mezon va talablarni hisobga olgan holda tanlab olib, hududlarda tadbirkorlar ishtirokida tashkil etilgan xolding kompaniyalari orqali ularning 49 foizgacha boʻlgan qismini moliyalashtirish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Investitsiya kompaniyasining Kuzatuv kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda 2022-2023-yillarda hududiy sanoat zonalarini tashkil etish boʻyicha loyihalar roʻyxatini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Investitsiya kompaniyasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat va infratuzilma obyektlarini yaratish boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish maqsadida bir loyihaga investitsiyalarning belgilangan hajmi doirasida ustav kapitalida 100 foiz ishtirok etish orqali operatsion tashkilotlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mustaqil ravishda oʻz mol-mulkini, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav kapitallaridagi ulush va aksiyalarini erkin holda qonunchilikda xususiylashtirish boʻyicha belgilangan tartiblarni qoʻllamagan holda sotish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Investitsiya kompaniyasining Kuzatuv kengashi bir oy muddatda operatsion tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish, shu jumladan loyiha guruhlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish hamda ularning loyihaviy takliflarini moliyalashtirish mexanizmini koʻzda tutuvchi Nizomni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Investitsiya kompaniyasi va uning operatsion tashkilotlariga belgilangan foyda soligʻi stavkasi uch yil muddatga 50 foizga kamaytirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5635-son Farmoni 7 — 9-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 7-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-215-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2022-y., 06/22/215/0803-son)