1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Oʻrta taʼlim;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻining kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻining kengaytirilishi munosabati bilan ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etishga yagona yondashuv belgilandi, ushbu maktablar tarmogʻini kengaytirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda taʼlim jarayoniga malakali rahbar va pedagog kadrlarni jalb qilish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, oʻqitish va tarbiyalash jarayonlarining yagona tizimi joriy etildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jumladan, 2022-yil 1-sentabrga qadar 19 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni, 141 ta ixtisoslashtirilgan maktablarni, 2023-yil 1-iyunga qadar 5 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni, 3 ta ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish hamda 2022 — 2024-yillarda 25 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni qurish belgilandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, kelgusida ixtisoslashtirilgan yangi maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar faqat Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida tashkil etilib, 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi fanlar chuqur oʻqitiladigan maktablar hamda maktab-internatlar bosqichma-bosqich umumiy oʻrta taʼlim maktablari sifatida qayta tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalari uchun davlat taʼlim standarti, oʻquv rejalari, taʼlim dasturlari va darslik majmualarini ishlab chiqish hamda ularni xarid qilish, ushbu Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish va taʼlim sohasidagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish hamda mamlakatimizda joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazining asosiy vazifalari sifatida belgilandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi muassasalar soni koʻpayganligi, markaziy apparati tuzilmasida yangi boʻlimlar ochilganligi hamda umumiy cheklangan shtat birliklari soni belgilanganligi, hududiy boʻlimlar tashkil etilganligi, bolalarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish xizmatlarini koʻrsatuvchi autsorserlar tanlovini oʻtkazuvchi komissiya tarkibi oʻzgarganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish zarurati yuzaga kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida” 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prezident taʼlim muassasalari agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkiliy tuzilmasiga Agentlik markaziy apparatida Sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish shuʼbasi, Ichki audit xizmati, Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar bilan ishlash boʻlimini, shuningdek, Agentlikning har biri 4 ta shtat birligidan iborat 13 ta hududiy boʻlimlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari bitiruvchilarining davlat oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga belgilangan imtiyozlar asosida qabul qilinishini yagona normativ-huquqiy hujjatda aks ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi fanlar chuqur oʻqitiladigan maktablar hamda maktab-internatlarni bosqichma-bosqich umumiy oʻrta taʼlim maktablari sifatida qayta tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazining asosiy vazifalarini belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori X.Oʻ. Umarova zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 19-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
463-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 28, 33 va 34-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga oʻqishga qabul qilish tartibi va oʻquv jarayonini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 12-iyundagi 490-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“61. Filialda davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinib, akademik qarzdorligi sababli kursdan qoldirilgan hamda talabalar safidan chetlashtirilgan talabalar oʻqishini quyi kurs (semestr)dan davom ettirish yoki qayta tiklash toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bunday holatda, ushbu talabalarning Ichki ishlar vazirligi yoki Milliy gvardiya tizimida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kamida besh yil uzluksiz ishlab berish majburiyati saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabalar safidan chetlashtirilgan va akademik qarzdorligi sababli kursdan qoldirilgan talabalar oʻqishini quyi kurs (semestr)dan qayta tiklash yoki davom ettirish boʻyicha kontrakt toʻlovi miqdori TDYU Kengashi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademik qarzdorligi sababli kursdan qoldirilgan hamda talabalar safidan chetlashtirilgan talaba keyingi oʻquv yili boshlanguniga qadar oʻqishini tiklamasa uning oʻqishi uchun sarflangan mablagʻlar talaba tomonidan qoplanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan muddatda qoplanmagan mablagʻlar sud orqali undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“davlat attestatsiyasi fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi shaklida amalga oshiriladi hamda fanlararo yakuniy attestatsiya sinovi dasturi, baholash tartibi va uni oʻtkazishga doir talablar Filial Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshi “kasb-hunar” soʻzlaridan keyin “professional” soʻzi bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan Filialda oʻqish istagidagi talabgorlarni Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim yoʻnalishiga hujjat topshiradigan nomzodlar uchun oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi va ichki ishlar organlarida maxsus tashkil etiladigan harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga koʻra sogʻligʻining holati boʻyicha xizmatga yaroqli deb topilgan talabgorlar toʻgʻrisidagi qaror ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan xulosa koʻrinishida tasdiqlanadi hamda qabul yilining 20-may kuniga qadar Filial qabul komissiyasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filial qabul komissiyasi Harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga asosan sogʻligining holatiga koʻra xizmatga yaroqli deb topilgan talabgorlardan hujjatlarni qabul qiladi hamda ularning onlayn roʻyxatdan oʻtishiga ruxsat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy-tibbiy komissiyaning ijobiy xulosasi bitiruvchini Milliy gvardiya tizimiga xizmatga qabul qilish jarayonida inobatga olinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“28. Bitiruvchi 3-kurs davomida oʻtkazilgan maxsus oʻrganishdan oʻtmaganda yoki harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga koʻra xizmatga nomuvofiq deb topilganda bitiruvchilarga mustaqil ishga joylashish imkoniyati berilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma va oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning asl nusxasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filial direktori mazkur bandda koʻrsatilgan hujjatlarni bitiruvchiga oʻz vaqtida berilishiga shaxsan javobgardir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-ilova (Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish sxemasi)ning IV bosqichi “Qayta tayyorlashda oʻquv jarayonini amalga oshirish” boʻlimining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Tinglovchilarning fanlararo yakuniy attestatsiya sinovini tashkil etish va natijasi boʻyicha qaror qabul qilish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimida kamida besh yil uzluksiz ishlab berish majburiyatini bajarilishi boʻyicha
OGOHLANTIRISh XATI
Men Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga oʻqishga kirishga talabgor
(F.I.Sh.)
Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimida ishlab berish majburiyatini bajarishdan bosh tortganimda yoki xizmatni lozim darajada bajarmaganligim yoxud sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli xizmatni oʻtash mumkin boʻlmay xizmatdan boʻshatilganimda oʻqishni bitirgan vaqtimdagi TDYUda amalda boʻlgan toʻlov-shartnoma summasining yigirma besh barobari miqdorida Filialga kompensatsiya toʻlaganimdan soʻng diplom berilishi toʻgʻrisida ogohlantirildim.
Xizmat joyimdan muddatidan ilgari shartnoma (kontrakt)ni bekor qilganimda yoki xizmatni lozim darajada bajarmaganligim yoxud sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli xizmatni oʻtash mumkin boʻlmay xizmatdan boʻshatilganimda oʻqishni bitirgan vaqtimdagi TDYUda amalda boʻlgan toʻlov-shartnoma summasidan kelib chiqib, kompensatsiya miqdori ishlab berilgan vaqtga proporsional tarzda hisoblab chiqilishi toʻgʻrisida ogohlantirildim.
Ushbu ogohlantirish xati orqali zimmamga yuklanadigan barcha majburiyatlarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishiga kafolat beraman.
________________________
________________________
(imzo)
(F.I.Sh.)
20___ yil “___” _______________”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oliy noyuridik maʼlumotga ega boʻlgan kadrlarni maxsus olti oylik dastur boʻyicha qayta tayyorlash kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi
DIPLOMNING NAMUNASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT GERBINING TASVIRI
Oʻzbekiston Respublikasi
Qayta tayyorlash haqida
DIPLOM
QT № 000000
(Tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)
20___ yil ______________dan 20___ yil ______________gacha
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida
(Qayta tayyorlash taʼlim muassasasining nomi)
________________________________________________________ soatga moʻljallangan
“huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash”
(qayta tayyorlash kursining nomi)
mutaxassisligi boʻyicha qayta tayyorlash kursida taʼlim olib, Davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovida ball bilan baholandi va qayta tayyorlash oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-apreldagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8. Agentlikning tuzilmasi quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning markaziy apparati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy boʻlimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prezident maktablari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy nomidagi ijod maktabi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lardagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yangi Oʻzbekiston” universiteti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Renessans” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 218-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi maktablar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududiy boʻlimlari boshliqlari komissiya raisi hisoblanadi hamda komissiya tarkibini har yil uchun alohida tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahridagi maktablar uchun Agentlik direktori oʻrinbosari komissiya raisi hisoblanadi va komissiya tarkibini har yil uchun alohida tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tarkibi toq sonli aʼzolardan iborat boʻlib, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, hududlarda tegishlicha ularning hududiy boshqarmalarining 2 nafar xodimlari hamda Agentlik markaziy apparatining 1 nafar xodimidan tashkil topadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 7-dekabrdagi 741-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarorining 11-bandigamuvofiq Prezident taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzurida yuridik shaxs maqomidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida” 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmonigamuvofiq Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) etib qayta nomlanganligi, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanganligi hamda tuzilmasi tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari uchun davlat taʼlim standarti, oʻquv rejalari, taʼlim dasturlari va darslik majmualarini ishlab chiqish hamda xarid qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim sohasidagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish va mamlakatimizda joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, oʻqituvchilarning bilim va koʻnikmalarini baholash va sertifikatlashni xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbar va pedagog kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablarini ishlab chiqish hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarini ilmiy-metodik jihatdan taʼminlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz davlat muassasasi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ega boʻladi va uning faoliyati Davlat budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning ustav fondi miqdori Agentlik tomonidan belgilanadi hamda Agentlik huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning maʼmuriy-boshqaruv xodimlari, professor-oʻqituvchilari hamda metodistlariga Davlat test markazining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz direktori Agentlik tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan, shu jumladan, taʼlim xizmatlaridan olinadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar”;