16.08.2022 yildagi PQ-352-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 16.08.2022 yildagi PQ-352-son
Date of entry into force
17.08.2022
Hujjat 17.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlash va oʻqitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5077-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlash va oʻqitish tizimini joriy etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qozogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qirgʻiz Respublikasi Qurolli Kuchlari Milliy gvardiyasi hamda Tojikiston Respublikasi Milliy gvardiyasi oʻrtasida imzolangan oʻzaro anglashuv memorandumlarida kadrlarni tayyorlash va oʻqitish boʻyicha hamkorlik qilish belgilab qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida (keyingi oʻrinlarda — Jamoat xavfsizligi universiteti) oʻzining umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida Xorijiy harbiy kadrlar bilan ishlash fakultetini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Xorijiy harbiy kadrlar bilan ishlash fakultetining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini qabul qilish, tayyorlash va bitiruv tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat xavfsizligi universitetining ilmiy, oʻquv-tarbiyaviy boʻlinmalariga tarbiyaviy va oʻquv-uslubiy ishlarni tashkil etish, nazorat va monitoring qilishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlashni tashkil etishning mazmuni, shakllari va texnologiyalarini takomillashtirish maqsadida respublikaning boshqa sohalardagi yetakchi taʼlim muassasalarining tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar harbiy kadrlarining Oʻzbekiston sharoitiga moslashishida har tomonlama koʻmaklashish va ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga amal qilinishining nazoratini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar harbiy kadrlari va Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari oʻrtasida madaniyatlararo almashinuv boʻyicha tadbirlar, shuningdek, madaniy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning sifatli oʻtkazilishini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar harbiy kadrlari uchun birgalikdagi tadbirlarni oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining sanʼat, madaniyat va sport sohasidagi taniqli namoyandalari va davlat tashkilotlarining faollarini jalb etgan holda, davlat va jamoat tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar harbiy kadrlari vaqtincha yashashi uchun uy-joy ijarasi va madaniy-hordiq tadbirlarini tashkil etish masalalarini hal qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorgarlik natijadorligi, madaniy tadbirlar samaradorligini baholash, madaniyatlararo almashinuvning yangi shakllarini qoʻllash hamda oʻqishning tahlilini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fakultetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish ishlarini amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Jamoat xavfsizligi universitetida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar harbiy kadrlarining taʼlim olishi xorijiy davlatlarning rasmiy murojaatiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi bilan kelishilgan holda tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar harbiy kadrlariga taʼlim berish belgilangan tartibda tuziladigan ikki tomonlama xalqaro shartnomalarga muvofiq begʻaraz, imtiyozli hamda toʻlov asosida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoniga Milliy gvardiya boʻlinmalarining (qoʻshinlarining) umumiy cheklangan soni doirasida Jamoat xavfsizligi universitetining Xorijiy harbiy kadrlar bilan ishlash fakulteti tashkiliy-shtat tuzilmasiga zaruratga koʻra oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan harbiy kadrlarga taʼlim berish tartibi va muddatlari boʻyicha doimiy ravishda tegishli xorijiy davlatlarni xabardor qilib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar harbiy kadrlariga taʼlim berish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida Jamoat xavfsizligi universitetining oʻquv va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish va modernizatsiya qilish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalarida xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlash va oʻqitish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5247-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 16-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-352-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-352-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy taʼlim muassasalarida xorijiy davlatlar harbiy kadrlarini tayyorlash va oʻqitish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5247-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qaror nomi va muqaddimasidagi “Mudofaa vazirligining” soʻzlari “Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 4-bandning birinchi xatboshisi va 6-band “Mudofaa vazirligi” soʻzlaridan keyin “va Milliy gvardiyasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 7-banddagi “Mudofaa vazirligining” soʻzlari “Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 8-bandning uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga” soʻzlari “tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nomi va 1-bandi “Mudofaa vazirligi” soʻzlaridan keyin “va Milliy gvardiyasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Xorijiy harbiy kadrlarni oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasiga xorijiy davlatlarning mudofaa va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi vakolatli organlari taqdim etgan murojaatga asosan rejalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xorijiy davlatlarning mudofaa va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi vakolatli organlarining xorijiy harbiy kadrlar taʼlim olishi uchun murojaat qilish muddati, ularni koʻrib chiqish va oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror oʻqish boshlangunga qadar toʻrt oydan kam boʻlmagan muddatda kvotalar miqdorini aniqlashni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi tomonidan qabul qilinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 6-band “Mudofaa vazirligi” soʻzlaridan keyin “va Milliy gvardiyasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 19-banddagi “Mudofaa vazirligining” soʻzlari “Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyaning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a” va “b” kichik bandlarning uchinchi xatboshilari “motooʻqchi batalyon komandiri” lavozimi” soʻzlaridan keyin “va unga tenglashtirilgan lavozimlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“v” kichik bandning uchinchi xatboshisi “motooʻqchi brigadasi komandiri” lavozimi” soʻzlaridan keyin “va unga tenglashtirilgan lavozimlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 23-bandning birinchi xatboshisi, 25 va 29-bandlar “Mudofaa vazirligi” soʻzlaridan keyin “va Milliy gvardiyasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 32-bandning beshinchi xatboshisidagi “Mudofaa vazirligi” soʻzlari “Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/352/0745-son)