13.07.2022 yildagi 1179-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori, 13.07.2022 yildagi 1179-son
Date of entry into force
13.07.2022
Hujjat 13.05.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasining referendumida siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasining referendumida siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 13-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1179-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 13-iyuldagi 1179-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining referendumida siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunning 8 va 9-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga (bundan buyon matnda referendum deb yuritiladi) tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan qatnashadigan kuzatuvchilarining (bundan buyon matnda kuzatuvchi deb yuritiladi) huquqiy maqomini, huquq va majburiyatlarini hamda ularning hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek har bir referendum uchastkasida referendum kuni ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida kuzatuvchi qatnashish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kuzatuvning maqsadi referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda, shu jumladan referendum kuni ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida referendum toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Referendum oʻtkazuvchi komissiyalar kuzatuvchini mandati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga asosan roʻyxatga olgandan keyin unga oʻz vakolatlarini toʻlaqonli hamda toʻsqinliksiz amalga oshirishi uchun sharoit yaratib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Siyosiy partiya aʼzosi yoki tarafdori yoxud siyosiy partiyaga xayrixoh boʻlgan har qanday Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarosi siyosiy partiyadan kuzatuvchi boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan fuqarolar yigʻini raisi, uning oʻrinbosari, maslahatchisi, shuningdek fuqarolar yigʻini organlarining boshqa mansabdor shaxslari kuzatuvchi boʻlishi mumkin, bundan profilaktika inspektorlari mustasno.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 13-maydagi 1254-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar tashabbuskor guruhi aʼzosi yoki tarafdori yoxud fuqarolar tashabbuskor guruhiga xayrixoh boʻlgan har qanday Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarosi fuqarolar tashabbuskor guruhidan kuzatuvchi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II bob. Kuzatuvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Siyosiy partiyaning tuman (shahar) tashkiloti, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolar tashabbuskor guruhi referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyasi (bundan buyon matnda okrug komissiyasi deb yuritiladi) tuzilganidan keyin oʻz kuzatuvchilari toʻgʻrisida tegishli okrug komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizaga kuzatuvchilarning roʻyxati (ismi-familiyasi, lavozimi, yashash manzili va telefon raqami koʻrsatilgan holda), ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxalari, 3x4 sm. oʻlchamdagi ikki dona fotosurat ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolar tashabbuskor guruhlari oʻz kuzatuvchilari toʻgʻrisida tegishli okrug komissiyasiga referendumga kamida oʻn kun qolgunga qadar murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tegishli okrug komissiyasi siyosiy partiya tashkilotining va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining, shuningdek fuqarolar tashabbuskor guruhining arizasini olgandan keyin besh kun ichida qaror qabul qiladi va kuzatuvchi uchun mandat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mandat namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 28-iyundagi 1171-son qarori bilan tasdiqlangan nizom bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mandatda siyosiy partiyani boshqa siyosiy partiyadan va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, shuningdek fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan farqlash uchun alohida belgilar (mandat rangi yoki boshqa) aks ettirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Siyosiy partiya tashkiloti, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolar tashabbuskor guruhi tegishli okrug komissiyasidan mandatlarni olgandan soʻng ularni oʻz kuzatuvchilariga yetkazilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagi hollarda mandat berish rad etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxs 18 yoshga toʻlmagan boʻlsa yoki Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
referendumga oʻn kundan kam muddat qolganda murojaat etilsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining mansabdor shaxsi boʻlmasa (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining kuzatuvchilari uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kuzatuvchi referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek ovoz berish kuni mandatni taqib yurishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kuzatuvchining vakolat muddati unga mandat berilgan kundan boshlanadi va referendum yakunlari rasman eʼlon qilingan kuni tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III bob. Kuzatuvchining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kuzatuvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning majlislarida hozir boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
referendum uchastkasida hozir boʻlish, tayyorgarlik ishlarining borishini, yashirin ovoz berish kabinalarining yoki xonalarining joylashtirilishini va ovoz berish qutilarining muhrlanishini, fuqarolarning roʻyxatga olinishini, ovoz berish byulletenlarining ularga berilishini kuzatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
referendum kuni ovoz berish jarayonini kuzatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazish vaqti va joyi haqida xabardor boʻlish hamda ushbu jarayonni kuzatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqaroning turgan joyida uning ruxsati bilan ovoz berishi jarayonini, yashirin ovoz berish prinsipini buzmagan holda kuzatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovozlarni sanab chiqishda va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasining (bundan buyon matnda uchastka komissiyasi deb yuritiladi) ovoz berish yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnomasini tuzishda hozir boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi hujjatlarning tegishli referendum oʻtkazuvchi komissiya tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga hamda ovoz berish jarayoniga xalaqit bermasdan va ovoz berishning yashirinligini buzmasdan foto, video, audio yozuvlarni amalga oshirish (qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari, harbiy qismlar, davolash muassasalari bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatuv natijalari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari vakillariga murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
okrug komissiyasi tomonidan uchastka komissiyalaridan ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarni qabul qilib olish hamda okrug boʻyicha ovoz berish yakunlarini aniqlash jarayonida hozir boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalariga borishi haqida kamida uch kun oldin tegishli uchastka komissiyasini belgilangan tartibda xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar referendum uchastkasida referendumga oid qonunchilik talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan deb hisoblash uchun asoslar boʻlsa, oʻz kuzatuvlari toʻgʻrisida ushbu uchastka komissiyasi aʼzolariga ularning ishiga aralashmagan holda maʼlum qilish, shuningdek yuqori turuvchi referendum oʻtkazuvchi komissiyalarga xabar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
referendum toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari haqida, shuningdek referendumga tayyorgarlik koʻrish va uning oʻtkazilishi boʻyicha oʻz fikrini bayon qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kuzatuvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunga, Markaziy saylov komissiyasining qarorlariga amal qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha darajadagi referendum oʻtkazuvchi komissiyalarga, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlarga tashrif buyurganida unga berilgan mandatni hamda oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yonida olib yurishi hamda mansabdor shaxslar talabiga muvofiq ularni koʻrsatishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xulosalarini shaxsan oʻtkazilgan kuzatuv va haqiqiy materiallar bilan asoslashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Kuzatuvchiga quyidagilar man etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovoz beruvchi ovoz berish byulleteniga oʻz belgisini qoʻyayotgan paytda ovoz berish kabinasida yoki xonasida boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovoz beruvchilarga taʼsir oʻtkazish, biron bir tashviqot materiali yoki adabiyotini tarqatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovoz beruvchilardan ular qanday ovoz berganliklarini surishtirish yoki ularga ovoz berish byulleteniga belgi qoʻyishda biron-bir tarzda yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchastka komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan ovoz berish qutilarini muhrlash, ularni ochish, ovozlarni sanab chiqish chogʻida aralashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
referendum kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, referendum natijalari prognozlarini, oʻtkazilayotgan referendum bilan bogʻliq boshqa tadqiqotlarni eʼlon qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kuzatuvchi “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga va ushbu Nizom qoidalariga rioya etmagan taqdirda, tegishli okrug komissiyasi uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Kuzatuvchi referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning harakatlari va qarorlari ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuvchi shikoyatni koʻrib chiqishda bevosita ishtirok etishi mumkin.