30.06.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3097-6
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi, 30.06.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3097-6
Date of entry into force
30.06.2022
Hujjat 30.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3097-6]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 28-oktabrdagi 228-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3097, 2018-yil 11-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 10/18/3097/2314-son) bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir A. KULDAShEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 6-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
245-son

Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2022-yil 6-iyundagi 245-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 60-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qurilish obyektini foydalanishga qabul qilish ishchi va davlat komissiyasi dalolatnomasi yoki qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 62-banddagi “hududiy DAQN inspeksiyasi” degan soʻzlar “Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi (bundan buyon matnda hududiy nazorat inspeksiyasi deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 70-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“70. Qurilish ishlari tugallangan obyektda DYoN inspektori uch ish kuni mobaynida joyiga chiqqan holda bino va inshootlarni yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganib chiqadi. Oʻrganish natijalari boʻyicha asosli eʼtiroz boʻlmagan taqdirda QR-kod qoʻyilgan xulosa hududiy nazorat inspeksiyasiga elektron tarzda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bino va inshoot yongʻin xavfsizligi talablariga javob bermagan taqdirda, DYoN inspektori tomonidan xulosa berishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosa (rad etishning aniq asoslarini tegishli qonunchilik hujjatlari normalari bilan koʻrsatgan holda) rasmiylashtiriladi va shu kunning oʻzida Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 72-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“72. Qurilish ishlari tugallanganidan soʻng, davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlar bilan bogʻliq qurilishi tugallangan obyektlar, shuningdek davlat ahamiyatiga ega obyektlarda foydalanishga qabul qilish komissiyasi dalolatnomalarida DYoN inspektorining imzosisiz yoki Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida nazarda tutilgan obyektlarda QR-kodli xulosasisiz faoliyat koʻrsatilayotganligi aniqlanganda, bu toʻgʻrisida zudlik bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari, arxitektura va qurilish organlari hamda hududiy nazorat inspeksiyasi xabardor qilinadi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 10/22/3097-6/0579-son)