Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2009 24.12.1997 yildagi 562-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.12.1997 yildagi 562-son
Date of entry into force
24.12.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JISMONIY ShAXSLARNING AYRIM TOIFALARI DAROMADLARIGA IMTIYOZLI SOLIQ SOLISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qarorni amal qilishi 1999-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 541-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”ga qaroriga muvofiq saqlanib qolingan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qaror bilan tasdiqlangan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 1, 2 va 3-roʻyxatlariga kiruvchi mehnat sharoitlari oʻta zararli, oʻta ogʻir, zararli va ogʻir boʻlgan ishlab chiqarishlarda ishlovchi xodimlarning daromadlariga soliq solishning amaldagi imtiyozli tartibi belgilansin, bunda fuqarolarning yuqorida aytib oʻtilgan toifalari daromadlaridan chegirmalar darajasi 25 foizdan oshmasligi nazarda tutilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 24-son, 241-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi joylarda ishlaganlik uchun qoʻshimcha toʻlovlar (ish staji uchun ustama, togʻli, choʻl va suvsiz joylarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsiyentlar boʻyicha toʻlovlar)ga soliq jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan eng kam soliq stavkasi boʻyicha undiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 490-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 22-24-son, 159-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq mazkur qarorga muvofiq toʻgʻri hisoblab chiqilishi va toʻlanishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 24-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
562-son