Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.12.1997 yildagi 561-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.12.1997 yildagi 561-son
Date of entry into force
24.12.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 29.05.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SAVDO SOHASIDA MONOPOLIYADAN ChIQARIShNI ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo sohasida monopoliyadan chiqarishni chuqurlashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 19-dekabrdagi PF-1897-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1, 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-sonli qaroriga asosan chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 195-modda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 5-ilovaga* muvofiq “Goʻsht-sut savdo” davlat savdo-ishlab chiqarish birlashmasi negizida “Goʻsht-sut savdo” davlat-aksiyadorlik birlashmasi, “Goʻsht-sut savdo” hududiy savdo-ishlab chiqarish korxonalari negizida esa “Goʻsht-sut savdo” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 5-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Goʻsht-sut savdo” davlat aksiyadorlik birlashmasining ustav jamgʻarmasi Toshkent shahrida joylashgan va “Goʻsht-sut savdo” davlat savdo-ishlab chiqarish birlashmasi tarkibiga kirgan toʻrtta sovutgichning mol-mulki qiymati hisobiga shakllanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2006-y., 22-son, 195-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Goʻsht-sut savdo” aksiyadorlik jamiyatlari mol-mulkining baholash qiymatini aniqlasin va aksiyalar paketini belgilangan tartibda 5-ilovaga muvofiq joylashtirsin. “Goʻsht-sut savdo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining davlatga tegishli aksiyalari paketlari “Goʻsht-sut savdo” davlat-aksiyadorlik birlashmasining trast boshqaruviga berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Goʻsht-sut savdo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining davlatga tegishli aksiyalari paketlari “Goʻsht-sut savdo” davlat-aksiyadorlik birlashmasining trast boshqaruviga berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan —Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2006-y., 22-son, 195-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududlarda joylashgan ulgurji savdo bazalari, qoidaga koʻra, mustaqil hisoblanadi. Ularning hududiy savdo-ishlab chiqarish aksiyadorlik kompaniyalari tarkibiga kirishi ularning ixtiyoriyligi asosida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin. Mustaqil ulgurji bazalar va hududiy savdo-ishlab chiqarish aksiyadorlik kompaniyalari, shuningdek, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, boshqa savdo korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qaroriga muvofiq chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2006-y., 22-son, 195-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qaroriga muvofiq chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2006-y., 22-son, 195-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qaroriga muvofiq chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2006-y., 22-son, 195-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qaroriga muvofiq chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2006-y., 22-son, 195-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti boshligʻi maqomiga koʻra hokimning oʻrinbosariga tenglashtiriladi va Toshkent shahar hokimining qarori bilan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va Toshkent shahar hokimligining “Toshshaharmevasabzavotsanoat” birlashmasini Toshkent shahar Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti ixtiyoriga berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 1998-yil mobaynida firma doʻkonlarining keng tarmogʻini tashkil etsin va oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlar sotilishini taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2006-y., 22-son, 195-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-dekabrdagi 604-son qarori bilan nazarda tutilgan tovarlarning asosiy turlari savdo tarmogʻida mavjud boʻlishi uchun shaxsan javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qaroriga muvofiq chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2006-y., 22-son, 195-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol bozori kompleksi (Usmonov) Davlat mulki qoʻmitasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari ikki oy muddatda “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi va “Savdo” hududiy savdo-ishlab chiqarish aksiyadorlik kompaniyalari taʼsis yigʻilishlari oʻtkazilishini, rahbar organlari saylanishini va ustavlari tasdiqlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoa korxonalari shaklida roʻyxatdan oʻtkazilgan ulgurji bazalarni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-martdagi PF—1740-son Farmonining 1-bandiga muvofiq aksiyalar paketlaridagi ulushlarni taqsimlagan holda, belgilangan tartibda ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbeksavdo” davlat-aksiyadorlik birlashmasi tizimiga kirgan aksiyadorlik jamiyatlaridagi — ulgurji bazalardagi aksiyalar joylashtirilishining joriy holatini xatlash asosida 1998-yilning birinchi choragida ularning belgilangan tartibda qayta taqsimlanishini taʼminlasin, bunda birinchi navbatda mehnat jamoasi ulushini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son Farmonining 1-bandiga muvofiqlashtirishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari oʻz vakolatlari doirasida, mulkchilik shakllaridan va qaysi idoraga boʻysunishidan qatʼi nazar, savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlari va korxonalari tomonidan savdo qoidalariga rioya etilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi apparati Mustaqillik maydoni, 5-uydagi binoga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston “Savdo” davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzbeksavdo”) faoliyatini tashkil etish masalalari haqida” 1992-yil 8-maydagi 227-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Savdo” hududiy savdo-ishlab chiqarish aksiyadorlik kompaniyalari ikki oy muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tashkiliy-huquqiy shakllarining Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari M. 3. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 24-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
561-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 195-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 195-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 195-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 195-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 22-son, 195-modda)