07.06.2022 yildagi 306-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.06.2022 yildagi 306-son
Date of entry into force
07.06.2022
Hujjat 07.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiya loyihalari tashqi infratuzilmasini yaratish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni yengillashtirish va ragʻbatlantirish maqsadida sohaga oid qator tartibotlar tanqidiy qayta koʻrib chiqilishi natijasida respublikada tadbirkorlik subyektlari va xususiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, koronavirus global pandemiyasining salbiy oqibatlari natijasida jahon va mintaqaviy investitsiya bozorlarida raqobat kuchayib borayotganligi mamlakatda yana ham qulayroq investitsiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirish borasida qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishini taqozo etmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikadagi xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarning tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini qurish ishlarini amalga oshirish orqali korxonalarda qoʻshimcha qiymat zanjiri yaratilishini ragʻbatlantirish va aholi bandligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-dekabrdagi PQ-4929-son qaroriga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga turtki beradigan loyihalar hamda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlashga davlat budjetidan mablagʻlar ajratilishining maqsadga muvofiqligini aniqlash boʻyicha maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda — Maxsus komissiya) tashkil etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiyaning ishchi organi etib Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi belgilanganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 25-avgustdagi PQ-5233-son qaroriga muvofiq moliyalashtirish manbalari etib:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kirish avtomobil yoʻllari, ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarining 90 foizi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablagʻlari, 10 foizi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi va gaz tarmogʻini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha — respublika budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminotchi korxonalarga 5 foiz stavkada uch yil muddatda qaytarish sharti bilan ajratiladigan budjet ssudasi mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aloqa tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha — taʼminotchi korxonalar va tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari belgilanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Orolboʻyi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 23-noyabrdagi PF-25-son Farmoniga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlanadigan investitsiya loyihalari qiymati kamida 50 milliard soʻm miqdorida belgilanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunda, ushbu tartib boʻyicha 50 milliard soʻmdan 200 milliard soʻmgacha boʻlgan investitsiya loyihalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar ushbu loyihalar qiymatining 20 foizidan oshmasligi lozim ekanligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 21-fevraldagi PQ-139-son qaroriga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorazm viloyati uchun zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlanadigan investitsiya loyihalari qiymati kamida 50 milliard soʻm miqdorida belgilanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunda, ushbu tartibga koʻra qiymati 50 milliard soʻmdan 200 milliard soʻmgacha boʻlgan investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash xarajatlari ushbu loyihalar qiymatining 20 foizidan oshmasligi lozim ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Investitsiya loyihasining tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlanishini iqtisodiy-moliyaviy samaradorligini baholash va uni amalga oshirishni maqsadga muvofiqligini belgilash hamda infratuzilma xarajatlari uchun talab etiladigan mablagʻlarning dastlabki hisob-kitoblarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhining namunaviy tarkibi (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruhlar) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar ishchi guruhlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasi boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish, investitsiya loyihasi joylashtiriladigan maydonda tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlanishining iqtisodiy-moliyaviy samaradorligini baholash va uni amalga oshirishni maqsadga muvofiqligi boʻyicha tegishli (qanoatlantirish yoki rad etish) xulosa tayyorlash va Maxsus komissiyaga taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish uchun yer maydonlarini tanlashda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi mavjud yoki oʻtkazish oson boʻlgan hamda markazlashgan tarmoqlarga ulanishda eng yaqin (markazlashgan tarmoqlar) optimal hududni tanlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
infratuzilma xarajatlarini taʼminotchi korxonalar bilan birgalikda investitsiya loyihasini tashqi infratuzilma xarajatlari uchun talab etiladigan mablagʻlarni dastlabki hisob-kitoblarini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida mazkur qaror talablari asosida infratuzilma xarajatlari uchun moliyalashtirishni ochish yuzasidan talabnomalarni Maxsus komissiyaga taqdim etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xorijiy va mahalliy investorlarning qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining hududiy boshqarmalari ishchi guruhlarning ishchi organi hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasining ishlab chiqarish maydonigacha tashqi infratuzilmasini qurish va moliyalashtirish talabgorlar tomonidan investitsiya loyihasining kamida 50 foizi oʻzlashtirilgan taqdirda boshlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi guruhlar tomonidan investitsiya loyihalarini yangidan boshlash va maqsadga muvofiqligini belgilash, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasini tayyorligi, shuningdek, tashqi muhandislik-infratuzilma tarmoqlarini yaratish uchun hisob-kitoblar boʻyicha tegishli xulosalar zaruratga koʻra, har chorakda (oyda) Maxsus komissiyaga taqdim etib boriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalarini yer maydonlariga optimal joylashtirish va maqsadga muvofiqligini belgilash, markazlashgan infratuzilma tarmoqlariga ulanishda optimal hududni tanlash hamda tashqi infratuzilma xarajatlarini imkon qadar kam xarajatlar orqali amalga oshirilishini taʼminlash ishchi guruhlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya tomonidan har yilning 1-sentabriga qadar maʼqullangan investitsiya loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun zarur mablagʻlarni kelgusi yillar Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida nazarda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 7-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
306-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 306-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya loyihasining tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlanishini iqtisodiy-moliyaviy samaradorligini baholash va uni amalga oshirishni maqsadga muvofiqligini belgilash hamda infratuzilma xarajatlari uchun talab etiladigan mablagʻlarning dastlabki hisob-kitoblarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhining namunaviy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

3.

Lavozimi boʻyicha

Moliya vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻi

4.

Lavozimi boʻyicha

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy boshqarmasi boshligʻi

5.

Lavozimi boʻyicha

Qurilish vazirligining hududiy boshqarmasi boshligʻi

6.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktorlari

7.

Lavozimi boʻyicha

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filiali boshligʻi

8.

Lavozimi boʻyicha

“Hududgaztaʼminot” AJning hududiy filiali boshligʻi

9.

Lavozimi boʻyicha

“Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” DUKning hududiy filiali boshligʻi

10.

Lavozimi boʻyicha

“Suvtaʼminot” AJning hududiy filiali boshligʻi

11.

Lavozimi boʻyicha

“Oʻztransgaz” AJning hududiy boshqarmasi boshligʻi

12.

Lavozimi boʻyicha

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hududiy filiali boshligʻi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining hududiy boshqarmalari ishchi guruhlarning ishchi organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 306-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy va mahalliy investorlarning qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom xorijiy va mahalliy investorlarning qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom talablari maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi investitsiya loyihalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash xarajatlari (keyingi oʻrinlarda — tashqi infratuzilma xarajatlari) — investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida eng yaqin markazlashgan tarmoqlardan ishlab chiqarish maydonlarining chegarasigacha ichimlik va oqava suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlarini va aloqa tarmoqlarini tortish hamda kirish avtomobil yoʻllarini qurish xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasi — investorning qiymati 200 milliard soʻmdan bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun kamida 50 milliard soʻmdan oshadigan uning oʻz mablagʻlari ulushi 25 foizdan kam boʻlmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi guruh — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida investitsiya loyihasining tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlanishini iqtisodiy-moliyaviy samaradorligini baholash va uni amalga oshirishni maqsadga muvofiqligini belgilash hamda infratuzilma xarajatlari uchun talab etiladigan mablagʻlarning dastlabki hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi hududiy ishchi guruh;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-dekabrdagi PQ-4929-son qarori bilan tashkil etilgan Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga turtki beradigan loyihalar hamda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlashga davlat budjetidan mablagʻlar ajratilishining maqsadga muvofiqligini aniqlash boʻyicha maxsus komissiya;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiyaning ishchi organi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlar — investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi xorijiy va mahalliy investorlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼminotchi korxona — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzbektelekom” AK, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va ularning hududiy tashkilotlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Investitsiya loyihasining ishlab chiqarish maydonigacha tashqi infratuzilmasini qurish va moliyalashtirish talabgorlar tomonidan investitsiya loyihasining (ishga tushirish bosqichining) kamida 50 foizi oʻzlashtirilgan taqdirda boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasi doirasida qurilish-montaj ishlari davom etayotgan (oʻzlashtirilishi 50 foizdan yuqori boʻlgan) va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish ishlari talab etiladigan investitsiya loyihasi doirasida tashqi infratuzilma xarajatlari mazkur Nizom talablari asosida ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati boʻyicha 50 milliard soʻmdan 200 milliard soʻmgacha boʻlgan investitsiya loyihalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar ushbu loyihalar qiymatining 20 foizidan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Investitsiya loyihasining ishlab chiqarish maydonigacha infratuzilma xarajatlarini qoplab berish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Investitsiya loyihalarni yangidan boshlash, joylashtirish va amalga oshirilishini maqsadga muvofiqligini belgilash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Investitsiya loyihasini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlanishini iqtisodiy-moliyaviy samaradorligini baholash va uni amalga oshirishni maqsadga muvofiqligini belgilash hamda infratuzilma xarajatlari uchun talab etiladigan mablagʻlarning dastlabki hisob-kitoblarini amalga oshirish Ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ishchi guruhlarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari va ular tarkibidagi mutasaddi tashkilotlarga bayonnoma rasmiylashtirish orqali tegishli topshiriqlar yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Talabgor tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirishni boshlashdan avval (yoki davom ettirilayotgan) investitsiya loyihalarining qiymati va infratuzilma bilan taʼminlash uchun zarur xarajatlarning mutanosibligini ekspertiza qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) murojaat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Markaz quyidagi talablarga muvofiq yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan investitsiya loyihasini belgilangan tartibda ekspertiza qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning iqtisodiy samaradorligi, shu jumladan, uning rentabelligi va sarflangan mablagʻlarni qoplay olishi taʼminlanishini asoslovchi loyihaoldi hujjatlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik-iqtisodiy asoslarga koʻra investorning oʻz mablagʻlari hisobidan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish oʻzini oqlamasligi toʻgʻrisida;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasini amalga oshirish va ishlab chiqarish barqaror ishlashi uchun muhandislik-kommunikatsiya taʼminoti vositalarining (ichimlik va oqava suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz va aloqa tarmoqlari hamda kirish avtomobil yoʻllari) zarur miqdorlari va parametrlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning investitsiya loyihasida oʻz mablagʻlari ulushi kamida 25 foizini tashkil qilishi boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning loyihaoldi hujjatiga davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi (zarur hollarda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Markaz oʻn besh kunda tegishli xulosani tayyorlab, talabgorga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda investitsiya loyihalarining qiymati va infratuzilma bilan taʼminlash uchun zarur xarajatlarning mutanosibligini ekspertiza qilish uchun belgilangan toʻlovning 50 foizi miqdorida chegirma bilan talabgorlar hisobidan undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Talabgorlar tomonidan Ishchi guruhga investitsiya loyihasining texnik iqtisodiy asoslari (biznes-rejasi), Markazning investitsiya loyihasiga berilgan ijobiy xulosasi hamda ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda ariza taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ishchi guruhga taqdim etiladigan investitsiya loyihasining texnik iqtisodiy asoslari (biznes-rejasi) quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsni tashkil etish yoki uning taʼsischilari, benefitsiarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, ularning tegishli sohadagi ish tajribasi va shunday investitsiya loyihasini amalga oshirganligi haqidagi maʼlumotlar (yangi tashkil etilayotgan investitsiya loyihalaridan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasining ishlab chiqarish quvvatlarini hamda ishga tushirish sanasini koʻrsatgan holda tarmoq jadvali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni yollash manbalarini koʻrsatgan holda yaratiladigan yangi ish oʻrinlari soni (aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan yoʻnaltirilgan bitiruvchilar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila aʼzolari va boshqa shaxslar, xorijiy mutaxassislar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan mahsulotning nomi, xususiyatlari, hajmi hamda mahsulotning ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish hajmlarini koʻrsatgan holda taxminiy qiymati va sotish bozorlarini nazarda tutuvchi marketing tadqiqotlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy va import materiallar, butlovchi qismlarni alohida koʻrsatgan holda xom ashyo bazasining mavjudligi va investitsiya loyihasini amalga oshirish davrida materiallar va xom ashyo bilan taʼminlanishini zaxirasi va uni kafolatlovchi imkoniyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan resurslar va tayyor mahsulotlar logistikasi va transportda tashish sxemasi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasini amalga oshirish va ishlab chiqarish barqaror ishlashi uchun muhandislik-kommunikatsiya taʼminoti vositalarining (ichimlik va oqava suv, elektr energiyasi, tabiiy gaz va aloqa tarmoqlari hamda kirish avtomobil yoʻllari) zarur miqdorlari va parametrlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishni samarali joylashtirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasining (ishlab chiqarish maydonining) taxminiy qulay geografik joylashuvi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishda foydalanishga moʻljallanayotgan texnologik uskunalar, ularning ishlab chiqaruvchi yoxud taʼminotchilarining roʻyxati bilan birgalikda (ekologik talablarni hisobga olgan holda) ishlab chiqarish texnologiyasining tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiritilayotgan investitsiyalarning miqdorlari, shu jumladan, xorijiy va mahalliy investitsiya (oʻz mablagʻlari) ulushi, turi va kiritish muddatlari, moliyalashtirish manbalari va kredit jalb qilingan taqdirda, majburiyatning garov taʼminoti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasini amalga oshirishning moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblari, iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlari hamda ehtimoli mavjud boʻlgan tavakkalchiliklar tahlili.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ishchi guruhlar 20 kun muddatda talabgorlar tomonidan investitsiya loyihasini yangidan boshlash va amalga oshirish boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadilar, ularni amalga oshirish, joylashtirish va maqsadga muvofiqligini belgilash yuzasidan tegishli xulosani tayyorlaydilar hamda Maxsus komissiyaga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ishchi guruhlar xulosasi quyidagilarni nazarda tutuvchi bayonnoma sifatida rasmiylashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasini ushbu Nizomning 10 va 11-bandlariga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasini amalga oshirish va ishlab chiqarish maydonlarini joylashtirish uchun optimal yer maydonlarini tanlanganligi, bunda, ishlab chiqarish uchun yer maydonlarini tanlashda markazlashgan tarmoqlarga ulanishda eng yaqin (markazlashgan tarmoqlar) hududning tanlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
infratuzilma xarajatlarini dastlabki hisob-kitoblari va boshqa zarur maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagilar mazkur Nizomning 10 va 11-bandlariga asosan talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, rad etish uchun asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor tomonidan hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlar qayta tashkil etish, bankrotlik va (yoki) tugatish bosqichida boʻlgan taqdirda;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri, toʻliq boʻlmagan yoki noaniq maʼlumotlarning mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqishni boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ishchi guruhlar tomonidan rad javobi berilgan taqdirda, talabgorlar 30 kun muddatda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda hujjatlarni mazkur Nizomga muvofiq qayta topshirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ishchi guruhlar tomonidan qayta taqdim etilgan hujjatlar 10 kundan oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi. Talabgorning arizasini takroran koʻrib chiqishda yangi asoslar boʻyicha rad qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ishchi guruhlar, zaruratga koʻra, har oyda (chorakda) yangidan boshlanadigan (yoki davom ettirilayotgan) investitsiya loyihalari boʻyicha mazkur Nizomning 13 va 14-bandlariga muvofiq maʼlumotlarni va xulosalarni hamda kelgusi yillarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda zarur boʻladigan infratuzilmalar xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Maxsus komissiyaga taqdim etib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Taqdim etilgan maʼlumotlar Maxsus komissiya tomonidan koʻrib chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ talab etiladigan investitsiya loyihalari uchun zarur tashqi infratuzilma xarajatlarini amalga oshirilishi (rozilik berish yoki rad etish) boʻyicha qaror qabul qiladi va bu haqda Maxsus komissiya qarori qabul qilinganidan soʻng yozma ravishda talabgorni xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Maxsus komissiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi organi Ishchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni Komissiyaning navbatdagi yigʻilishi kun tartibiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjetidan zarur tashqi infratuzilma xarajatlarini amalga oshirish uchun nazarda tutilgan (prognoz qilingan) mablagʻlardan kelib chiqib, tegishli xulosa (rad yoki ijobiy) tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiyaning qarori mavjud boʻlmagan investitsiya loyihalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ ajratilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ishchi guruhlar investitsiya loyihasi boʻyicha kelgusi yillarda zarur tashqi infratuzilma xarajatlari boʻyicha amalga oshiriladigan xarajatlar Maxsus komissiya tomonidan maʼqullangandan soʻng mazkur xarajatlarni tegishli yilning Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutish uchun, har yilning 1-sentabriga qadar Maxsus komissiyaga taklif kiritadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Investitsiya loyihasini amalga oshirayotgan talabgorlar tomonidan tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash uchun murojaat qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Maxsus komissiya qarori mavjud boʻlgan talabgorlar tomonidan investitsiya loyihasini (ishga tushirish bosqichida) amalga oshirish davrida tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash talabi mavjud boʻlishiga qarab, Ishchi guruhga tashqi infratuzilma xarajatlari uchun mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida ariza quyidagi hujjatlar bilan birgalikda taqdim etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq belgilangan tartibda tuzilgan investitsiya shartnomasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasi boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik iqtisodiy asoslari (biznes reja);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning investitsiya loyihasiga berilgan ijobiy xulosasi, shu jumladan, texnik-iqtisodiy asoslarga koʻra investorning oʻz mablagʻlari hisobidan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish oʻzini oqlamasligi haqida maʼlumotnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida investitsiya hajmini oʻzlashtirilganligini (ishga tushirish hajmining kamida 50 foizi) tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor tomonidan tashqi infratuzilmani yaratish boʻyicha texnik shartlar, tegishliligi boʻyicha taʼminotchi korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar (bitimlar) nusxalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ishchi guruhlar ushbu Nizomning 19-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarni 10 kun muddatda koʻrib chiqib, oʻz xulosasini tayyorlaydi hamda talabgorga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Tashqi infratuzilma xarajatlarining hisob-kitob qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ishchi guruhlar tomonidan ijobiy xulosa berilganidan soʻng 3 kun muddatda tashqi infratuzilma xarajatlari uchun talab etiladigan mablagʻlarni hisob-kitob qilish uchun taʼminotchi korxonalarga tegishli soʻrovlar yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ishchi guruhlar investitsiya loyihasi doirasida infratuzilma obyektlari bilan taʼminlashda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish loyihalari maydonlarigacha tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish uchun markazlashgan tarmoqlarga ulanishda eng yaqin optimal (markazlashgan tarmoqlar) hududni tanlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaratilayotgan tashqi infratuzilmaning loyihaviy yechimi xorijiy va mahalliy investorning investitsiya loyihasi boʻyicha talab etadigan infratuzilma quvvatidan oshib ketmasligini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Taʼminotchi korxonalar besh kun muddatda tashqi infratuzilma xarajatlari uchun talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha maʼlumotlarni Ishchi guruhga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ishchi guruhlar, zaruratga koʻra, har oyda tashqi infratuzilma xarajatlari davlat tomonidan ajratib beriladigan investitsiya loyihalarning roʻyxatini tuzadi. Bunda investitsiya loyihasi boʻyicha mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan ijobiy xulosa, talab etiladigan mablagʻlar miqdorini hamda mablagʻlar ajratish yuzasidan talabnomalarni koʻrsatgan holda Maxsus komissiyaga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Tashqi infratuzilma xarajatlariga ajratiladigan mablagʻlarni moliyalashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Quyidagilar investitsiya loyihasining infratuzilma xarajatlarini amalga oshirish boʻyicha buyurtmachilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi va oqava suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha — “Suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish boʻyicha injiniring kompaniyasi” unitar korxonasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kirish avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi huzuridagi “Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” DUK, Toshkent shahri boʻyicha — Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi bilan taʼminlash ishlari boʻyicha — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy korxonalari va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filiallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy gaz yetkazib berish ishlari boʻyicha — “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻztransgaz” AJning hududiy filiallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aloqa tarmoqlarini yetkazib berish ishlari boʻyicha — “Oʻzbektelekom” AK va ularning hududiy tashkilotlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Tashqi infratuzilma xarajatlari uchun mablagʻlar buyurtmachilar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kirish avtomobil yoʻllari, ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalarini mazkur Nizomga asosan yoʻnaltirish yuzasidan takliflarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) elektr va gaz tarmogʻini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari — respublika budjeti mablagʻlari hisobidan 5 foiz stavkada uch yil muddatda qaytarish sharti bilan ajratiladigan budjet ssudasi mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) aloqa tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari — taʼminotchi korxonalar va tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tashqi infratuzilma xarajatlari har yili Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida elektr energiyasi va gaz tarmogʻini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari uchun budjet ssudasi mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻztransgaz” AJlarning talabnomalariga muvofiq ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ichimlik suvi va oqava suv tarmoqlarini va kirish avtomobil yoʻllarini qurish ishlari uchun mablagʻlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan tasdiqlangan qurilishlarning manzilli roʻyxatlarga muvofiq belgilangan tartibda pudrat (loyiha) korxonalariga ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, kirish avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari huzuridagi avtomobil yoʻllarini rivojlantirish jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Buyurtmachilar tomonidan investitsiya loyihasining tashqi infratuzilma xarajatlariga ajratilgan mablagʻlarning ishlatilishi boʻyicha hisobot maʼlumotlarini har oyda keyingi oyning 5 sanasiga qadar Maxsus komissiyaga kiritib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Maxsus komissiyaning ish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Maxsus komissiyaning ishchi organi Ishchi guruhlar tomonidan Mazkur Nizomga muvofiq kiritilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangidan boshlanadigan investitsiya loyihalari boʻyicha maʼlumotlarni va xulosalarni hamda kelgusi yillarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda zarur boʻladigan infratuzilma xarajatlarini hisob kitoblarini koʻrib chiqib, kelgusi yillarda tashqi infratuzilma xarajatlarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlarning infratuzilma xarajatlarini davlat tomonidan qoplab beriladigan investitsiya loyihalarning roʻyxatini va hujjatlarni koʻrib chiqadi, umumlashtiradi va Maxsus komissiya yigʻilishining kun tartibiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Maxsus komissiya yigʻilishi zaruratga koʻra, biroq har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Maxsus komissiya investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan xulosalarga asosan kelgusi yillarda tashqi infratuzilma xarajatlari talab etadigan investitsiya loyihalarini parametrlarini maʼqullaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasiga infratuzilma xarajatlarini ajratish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratilishi yuzasidan xulosa tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda investitsiya loyihasi va ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻlar miqdori yuzasidan Vazirlar Mahkamasining Rayosatiga maʼlumotlar kiritib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Investitsiya loyihasining tashqi infratuzilma xarajatlari qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Investitsiya loyihalarini amalga oshirilishini monitoring qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ishchi guruhlar tashqi infratuzilma xarajatlarini ajratib berilishi natijasida investitsiya loyihalarining amalga oshirish samaradorligi yuzasidan talabgorlardan va vakolatli tashkilotlardan olingan maʼlumotlarga asosan doimiy ravishda monitoring qilib boradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Monitoring qilish quyidagilarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasining toʻliq ishga tushirilgandan soʻng belgilangan tartibda mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda soliqlarni doimiy ravishda toʻlab borilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya shartnomasiga asosan investitsiya majburiyatlarini bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi ishchi oʻrinlari yaratilishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ishchi guruhlar investitsiya loyihasi ishga tushirilganidan soʻng talabgor tomonidan investitsiya majburiyatlari lozim darajada bajarilmagan taqdirda, ishchi guruhlar tomonidan tashqi infratuzilma xarajatlarini sud tartibida undirish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ishchi guruhlar tomonidan investitsiya loyihalarining natijadorligi, yaratilgan ish oʻrinlari, iqtisodiy samarasi va boshqa maʼlumotlar har chorak yakuni bilan Maxsus komissiyaga kiritib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan tashqi infratuzilma xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy va mahalliy investorlarning qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya loyihasining ishlab chiqarish maydonigacha tashqi infratuzilma xarajatlarini qoplab berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Talabgorlar*

Investitsiya loyihalarining qiymati va infratuzilma bilan taʼminlash uchun zarur xarajatlarning mutanosibligini ekspertiza qilish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga murojaat qiladi

zaruratga koʻra


2-bosqich

“Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK

Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizomning 8-bandida keltirilgan talablariga muvofiq yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan ekspertiza qiladi va talabgorga tegishli xulosani yuboradi

15 kun muddatda


3-bosqich

Talabgorlar*

Ishchi guruhga investitsiya loyihasining texnik iqtisodiy asoslari (biznes-rejasi), Markazning investitsiya loyihasiga berilgan ijobiy xulosasi hamda ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda ariza taqdim etiladi

Belgilangan muddatlarda


4-bosqich

Ishchi guruhlar**

Talabgorlar tomonidan investitsiya loyihasini yangidan boshlash va amalga oshirish boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi, ularni amalga oshirish, joylashtirish va maqsadga muvofiqligini belgilash yuzasidan tegishli xulosani tayyorlaydi hamda Maxsus komissiyaga taqdim etadi

20 kun muddatda


5-bosqich

Maxsus komissiya***

Taqdim etilgan maʼlumotlar asosida investitsiya loyihalari uchun zarur tashqi infratuzilma xarajatlarini amalga oshirilishi (rozilik berish yoki rad etish) boʻyicha qaror qabul qiladi va bu haqda yozma ravishda talabgorni xabardor qiladi

Har chorakda


6-bosqich

Talabgorlar*

Maxsus komissiya qarori mavjud boʻlgan talabgorlar tomonidan investitsiya loyihasini (ishga tushirish bosqichida) amalga oshirish davrida tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash talabi mavjud boʻlishiga qarab, Ishchi guruhga tashqi infratuzilma xarajatlari uchun mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida ariza taqdim etiladi

Belgilangan muddatlarda


7-bosqich

Ishchi guruhlar**

Nizomning 19-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, oʻz xulosasini tayyorlaydi hamda talabgorga taqdim etadi.

10 kun muddatda

Tashqi infratuzilma xarajatlari uchun talab etiladigan mablagʻlarni hisob-kitob qilish uchun taʼminotchi korxonalarga tegishli soʻrovlar yuboradi

Ijobiy xulosa berilganidan soʻng 3 kun muddatda


8-bosqich

Taʼminotchi korxonalar

Tashqi infratuzilma xarajatlari uchun talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha maʼlumotlarni Ishchi guruhga taqdim etadi

5 kun muddatda


9-bosqich

Ishchi guruhlar**

Tashqi infratuzilma xarajatlari davlat tomonidan ajratib beriladigan investitsiya loyihalarning roʻyxatini tuzadi. Bunda investitsiya loyihasi boʻyicha mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan ijobiy xulosa, talab etiladigan mablagʻlar miqdorini hamda mablagʻlar ajratish yuzasidan talabnomalarni koʻrsatgan holda Maxsus komissiyaga taqdim etadi

Har oyda


10-bosqich

Maxsus komissiya***

Ishchi guruhlar tomonidan taqdim etilgan xulosalarga asosan kelgusi yillarda tashqi infratuzilma xarajatlari talab etadigan investitsiya loyihalarini parametrlarini maʼqullaydi;

amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasiga infratuzilma xarajatlarini ajratish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratilishi yuzasidan xulosa tayyorlaydi;

belgilangan tartibda investitsiya loyihasi va ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻlar miqdori yuzasidan Vazirlar Mahkamasining Rayosatiga maʼlumotlar kiritib boradi

Belgilangan muddatlarda

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Investorning qiymati 200 milliard soʻmdan bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun kamida 50 milliard soʻmdan oshadigan uning oʻz mablagʻlari ulushi 25 foizdan kam boʻlmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini amalga oshiruvchi xorijiy va mahalliy investorlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida investitsiya loyihasining tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlanishini iqtisodiy-moliyaviy samaradorligini baholash va uni amalga oshirishni maqsadga muvofiqligini belgilash hamda infratuzilma xarajatlari uchun talab etiladigan mablagʻlarning dastlabki hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi hududiy ishchi guruh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*** Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-dekabrdagi PQ-4929-son qarori bilan tashkil etilgan Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga turtki beradigan loyihalar hamda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlashga davlat budjetidan mablagʻlar ajratilishining maqsadga muvofiqligini aniqlash boʻyicha maxsus komissiya tashkil etilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy va mahalliy investorlarning qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element


“________________________________________________” tomonidan investitsiya

loyihasini boshlash va amalga oshirish uchun

ARIZA

1. Talabgor haqida maʼlumot:

Talabgor tashkilotning nomi

Talabgor haqida maʼlumotlar, shu jumladan davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi va joyi, taʼsischisi(lari) va boshqalar.

Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, ustav fondida taʼsischilar ulushlarining taqsimlanishi va ulushlar shakli

Talabgor tashkilot joylashgan joyi (pochta manzili)

2. Investitsiya loyihasi haqida maʼlumotlar:

Investitsiya loyihasining nomi

Investitsiya loyihasining tavsifi va maqsadi, shu jumladan rejalashtirilayotgan yillik ishlab chiqarish quvvati

Ishlab chiqariladigan mahsulotning nomi, maqsadi va asosiy xususiyatlari

Mahsulot ishlab chiqarishning oʻrtacha yillik hajmi, shu jumladan eksport qilish va ichki bozor uchun moʻljallangan hajmlar (fizik va qiymat koʻrinishida)

Xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarning asosiy turlari (mahalliy va import), ularning tayyor mahsulotdagi ulushi ( % da)

Xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlarga boʻlgan yillik ehtiyoj (soʻmda yoki AQSh dollari ekv.), shu jumladan mahalliy va import.

Mahsulot standartlari — O`zDst, ISO 9001 va ISO 14001 va boshqalar.

Ishlab chiqarish ishga tushgan sana

Yaratilgan yangi ish oʻrinlarining soni, shu jumladan mahalliy ishchilar

3. Zarur maydon va infratuzilma haqidagi maʼlumot:

Talab etiladigan maydon (ga)

Talab etiladigan ishlab chiqarish maydoni (kv. metr)

Elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj (bir yilda kVt/soat), belgilanayotgan quvvat (kVt yoki MVt)

Tabiiy gazga boʻlgan ehtiyoj (bir yilda kub metr), bosim (atm.)

Ichimlik va texnik suviga (yiliga kub metr) hamda kanalizatsiyaga boʻlgan ehtiyoj

Mavjud tashlamalar, shu jumladan gazlar (nomi) kg yiliga yoki soatiga, qattiq chiqindilar (nomi) t/oyiga, suyuq chiqindilar (nomi) t/oyiga va boshqalar.

4. Loyihaning moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari:

Investitsiya loyihasining qiymati (soʻmda yoki AQSh dollari ekv.)

Moliyalashtirish manbalari (toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar, taʼsischilarning mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari)

Mashina va uskunalarning qiymati (soʻmda yoki AQSh dollari ekv.), shu jumladan mahalliy va import

Qurilish-montaj ishlarining qiymati (soʻmda yoki AQSh dollari ekv.)

Aylanma kapitalning summasi (soʻmda yoki AQSh dollari ekv.)

Investitsiyalar kiritish jadvali va shakli

Loyihaning qoplash muddati (biznes-rejaga muvofiq)


Rahbar

_____________

________________________

(imzo)

(F.I.O.)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 09/22/306/0487-son; 08.07.2023-y., 09/23/279/0463-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)