24.04.2002 yildagi 140-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 24.04.2002 yildagi 140-son
Date of entry into force
24.04.2002
Hujjat 03.11.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
GAZ SARFINI HISOBGA OLISH PRIBORLARI XARID QILISH UCHUN XITOY XALQ RESPUBLIKASI HUKUMATINING IMTIYOZLI KREDITIDAN SAMARALI FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya resurslaridan samarali foydalanilishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy fondini gaz sarfini hisobga olish priborlari bilan jihozlash hamda Xitoy Xalq Respublikasi bilan moliya-investitsiya hamkorligini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatining Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Oʻzbekiston Respublikasiga gazni hisobga olish priborlari yetkazib berishni tashkil etish uchun XXR Eksimbankining 10 yil muddatga, shu jumladan 4 yil imtiyozli davrga 100 mln yuangacha miqdorda yillik foydasi 3 foiz boʻlgan imtiyozli kredit berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kredit boʻyicha qarz oluvchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi sub qarz oluvchi hamda XXR Eksimbanki krediti doirasida yetkazib beriladigan gazni hisobga olish priborlarini oluvchi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditni qoplash, vositachilik haqi va moliyaviy xarajatlar ilovaga* muvofiq “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova berilmaydi.
(2-band toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 3-noyabrdagi 227-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 443-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XXR Hukumati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kredit berish toʻgʻrisidagi dastlabki bitimni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan XXR Eksimbankiga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga “Boshkommungaz” korxonasining toʻlov majburiyatlari boʻyicha kafolatlarni imzolashga vakil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xitoyning “Mashimpeks” davlat korporatsiyasi koʻrsatib oʻtilgan kredit doirasida gazni hisobga olish priborlarini yetkazib beruvchi hisoblanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Suvjihozgaz” qoʻshma korxonasi yetkazib beriladigan gazni hisobga olish priborlariga kafolatli va servis xizmati koʻrsatishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XXR Hukumatining imtiyozli krediti doirasida yetkazib berilayotgan gazni hisobga olish priborlari Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-martdagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan Gazlashtirilgan uy-joy fondini (kvartiralar va yakka tartibdagi uylarni) respublika mintaqalari boʻyicha 2002—2004-yillarda gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash jadvalini bajarishga yoʻnaltirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-martdagi 99-son qaroriga muvofiq mazkur kredit doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga keltirilayotgan gazni hisobga olish priborlari bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki XXR Eksport-import banki bilan belgilangan tartibda Qarz bitimi tuzsin hamda qarz mablagʻlarini “Boshkommungaz” korxonasiga qayta moliyalashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining XXR Eksport-import bankiga kafolati yuzasidan xorijiy kreditor uchun maqbul shaklda belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi “XXR Hukumatining imtiyozli krediti liniyasi boʻyicha “Oʻzkommunxizmat” agentligining “Boshkommungaz” korxonasi tomonidan gazni hisobga olish priborlarining xarid qilinishi” loyihasining bir oy muddatda vakolatli ekspertiza organlari bilan kelishilishini hamda belgilangan tartibda texnik-iqtisodiy asoslanishi tasdiqlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi XXR Hukumatining imtiyozli krediti doirasida gazni hisobga olish priborlari yetkazib berish loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yilgi Investitsiya dasturining aniq roʻyxatiga, Hukumat kafolati ostida chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb qilgan holda amalga oshiriladigan loyihalar boʻlimiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N.Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 24-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
140-son