Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 31.12.1997 yildagi 582-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.12.1997 yildagi 582-son
Date of entry into force
31.12.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MUBORAK HAJ ZIYORATIGA BORUVChILARGA YORDAM KOʻRSATISh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimiz fuqarolarining vijdon erkinligi borasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, muborak haj amallarini ado etishda qulayliklar va zarur sharoitlarni yaratishga davlat tomonidan yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 1998-yilgi haj Ziyoratini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muborak haj safarini tashkil qilish, ziyoratchilar roʻyxatini respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchiligi markazi, “Mahalla”, “Nuroniy” jamgʻarmalarining joylardagi boʻlinmalari vakillari ishtirokida keng jamoatchilik fikrini eʼtiborga olgan holda tuzish, musulmonlarning talab-ehtiyojlarini adolatli ravishda qondirish masʼuliyati Oʻzbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, uning joylardagi mutasaddi vakillari zimmasida ekanligi eʼtiborga olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 1998-yil haj safarini tashkil etishda Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bevosita yordam koʻrsatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (A. Roʻzmetov) 1998-yil mart-aprel oylarida ziyoratchilarning Jidda shahriga borib-kelishlari uchun qulay sharoitlar yaratish, ularning xarajatlarini kamaytirish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z.Almatov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov), Davlat bojxona qoʻmitasi (Oʻ.Komilov) Oʻzbekiston musulmonlari idorasining taqdimiga koʻra ziyoratchilarning safar hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (Sh.Karimov) Saudiya Arabistoni haj ishlari vazirligi tomonidan qoʻyilgan tibbiy talablar va mamlakatning iqlim sharoitini hisobga olgan holda ziyoratchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni, haj davrida ularga yordam koʻrsatishni tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Z.Almatov) va Milliy xavfsizlik xizmati (R.Inoyatov) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining noqonuniy yoʻllar bilan haj ziyoratiga borishi oqibatida roʻy berishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz voqealarning oldini olish hamda ziyoratchilarning umumiy xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini belgilasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston “Oʻzbeksavdo” aksionerlik kompaniyasi (Z.Fayziyev) va “Oʻzbekbirlashuv” uyushmasi (F.Burxonov), Oʻzbekiston musulmonlari idorasining buyurtmalariga asosan, ziyoratchilar uchun kerakli buyumlar savdosini joylarda tashkil etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki (R.Azimov) Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasdiqlagan roʻyxatga binoan, mamlakatimizdan hajga ketayotgan har bir fuqaro uchun 1400 (bir ming toʻrt yuz) AQSh dollarini imtiyozli — vositachilik haqi olmagan holda almashtirib berishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ziyoratchilarning tegishli miqdordagi soʻmlarini joylarda umumlashtirilgan holda yigʻib olish va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining tegishli boʻlimlariga topshirish Oʻzbekiston musulmonlari idorasining masʼul xodimlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu mablagʻlar Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Milliy bankdagi maxsus hisob raqamiga jamlanib, belgilangan miqdori konvertatsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi barcha zarur toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining chet el banklaridagi korrespondent hisoblari orqali pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi pul-kredit siyosati komissiyasi hajga boruvchilar uchun respublika birjasi orqali Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga 5.180.000 (besh million bir yuz sakson ming) AQSh dollarini sotishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamda ommaviy axborot vositalariga muborak haj ziyoratining mohiyati va talablarini, uni amalga oshirishning tartib-qoidasi, muddati, barcha shartlarini, uning yakunlarini keng va oshkora yoritib borish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.Bahodirov va Bosh vazirning oʻrinbosari A.Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 31-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
582-son