04.04.2002 yildagi 116-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 04.04.2002 yildagi 116-son
Date of entry into force
04.04.2002
Hujjat 28.02.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI BILAN HAMKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amerika Qoʻshma Shtatlariga rasmiy tashrifi (2002-yil 11—14-mart) davomida erishilgan bitimlar va ikki tomonlama hamkorlik sohasidagi ahdlashuvlarning keng koʻlamda va oʻz vaqtida roʻyobga chiqarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar AQSH hukumati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga 2-ilovaga* muvofiq yoʻnalishlar boʻyicha berilayotgan yordamdan samarali foydalanilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova berilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami,, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami,, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AQSH savdo va rivojlantirish agentligi (TDA) bilan imzolangan oʻzaro bir-birini tushunish toʻgʻrisidagi memorandumlarga binoan 3-ilovaga* muvofiq yoʻnalishlar boʻyicha birgalikda amalga oshirish uchun taklif qilingan loyihalarning ishlab chiqilishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moʻljallangan loyihalarni amalga oshirishda paydo boʻladigan masalalarni oʻz vaqtida hal etish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yilning har choragida loyihalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida axborot maʼlumotnomalarini tayyorlasinlar va ularni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi elchixonasi hamda Amerika—Oʻzbekiston savdo palatasining oʻzaro hamkorlikka doir quyidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha birgalikdagi faoliyatini faollashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektrenergetika, kimyo, kon qazib olish, metallurgiya sanoati va sanoatning boshqa ustuvor tarmoqlari korxonalarini modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashga, transport, telekommunikatsiyalar, turizm, taʼlim tizimini rivojlantirishga hamda yirik irrigatsiya inshootlarini rekonstruksiya qilishga Amerikaning energiya va resurslarni tejovchi ilgʻor texnologiyalarini va investitsiyalarini jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy hamkorlikni, Amerika kompaniyalarining korxonalarni xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish, Qoʻshma korxonalar barpo etishga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʻzekspomarkaz” Respublika savdo-koʻrgazma markazining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda Vashington shahrida va Toshkent shahrida Qoʻshma biznes-seminarlar, tahdimotlar, koʻrgazmalar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonlik talabalarning iqtisodiyot mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishini, shuningdek respublika vazirliklari va idoralarining marketing, menejment, real iqtisodiyot va moliya sohasi mutaxassislarining tajriba orttirishini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A. Komilov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 4-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116-son