1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yer uchastkalarini xususiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini sotib olish, shuningdek, yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotish yoʻli bilan amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga muvofiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish boʻyicha huquqiy eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisida” 2019-yil 2-dekabrdagi 963-son qaroriga muvofiq Sirdaryo viloyatida “Yerxususiylasntirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Yerxususiylasntirish” AAT) orqali qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish boʻyicha huquqiy eksperiment oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi ikki hafta muddatda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Kiberxavfsizlik markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Davaktiv agentligi) rahbar xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etgan holda “Yerxususiylashtirish” AATni, uni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish boʻyicha tasdiqlangan texnik hujjatlar va ekspertiza xulosalari bilan birgalikda Davaktiv agentligiga operativ boshqaruv huquqi asosida topshirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davaktiv agentligi “Yerxususiylashtirish” AATni zaruratga koʻra takomillashtirib borsin, bunda “Yerxususiylashtirish” AATni qayta ishlab chiqish, takomillashtirish, texnik qoʻllab-quvvatlash, jarayonlarga malakali mutaxassislarni jalb qilish va u bilan bogʻliq boshqa barcha xarajatlar Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish “Yerxususiylasntirish” AAT orqali amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Davaktiv agentligi “Yerxususiylasntirish” AATning texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha operatori hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mulk yoki ijara huquqlari asosida, yakka tartibda uy-joy qurish uchun mulk huquqi asosida realizatsiya qilish “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali amalga oshiriladi, bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻsh turgan yer uchastkasiga doir maʼlumotlarni shakllantirish va kelishish “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Yerelektron” AAT) orqali amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻsh turgan yer uchastkasining zaxiraga olinganligi hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi kadastr organlari tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi ushbu yer uchastkasini “Yerelektron” AATga kiritishning majburiy sharti hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) “Yerxususiylashtirish” AATni texnik qoʻllab-quvvatlash, xususiylashtirilgan yer uchastkasiga mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, shuningdek, yagona billing hisob-kitob tizimi xizmatlari uchun toʻlovlar yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglament 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yerxususiylashtirish” AATga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yerelektron” AATga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga bir oy muddatda xususiylashtirilgan yer uchastkalari garov taʼminoti sifatida qabul qilinishi mumkinligini inobatga olib oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari va kredit siyosatlariga oʻzgartirish kiritish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Notarial palata bilan birgalikda bir oy muddatda barcha notariuslarga xususiylashtirilgan yer uchastkalari bilan bogʻliq notarial harakatlarni amalga oshirishning xususiyatlarini tushuntirish boʻyicha oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davaktiv agentligi ikki oy muddatda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari uchun yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan yer soligʻi stavkalari maʼlumotlar bazasining kadastr raqami boʻyicha “Yerxususiylasntirish” AAT bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davaktiv agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi”ning “Yerxususiylasntirish” AAT bilan integratsiya qilinishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ochiq maʼlumotlar portali orqali takliflar kiritishda yer uchastkasiga mulk huquqi yoki ijara huquqi turini tanlash imkoniyatini berishni nazarda tutgan holda “Yerelektron” AATning takomillashtirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda Kadastr agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda davlat shaharsozlik kadastri va davlat yer kadastri maʼlumotlar bazalarining integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻz hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqqan holda aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish, mavjud bosh rejalarga belgilangan tartibda tuzatishlar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qaroriga 9-ilovada koʻrsatilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari — ushbu tashkilotlar foydalanishidagi yer uchastkalariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — zaxira yerlar, obodonlashtirish yerlari va koʻp kvartirali uy-joylarga tutash yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning 2022-yil oxiriga qadar Milliy geografik axborot tizimida toʻliq davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va ulardan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralar foydalanishidagi yer uchastkalari hamda dehqon xoʻjaliklarida 2022-yilda yer tuzish, geodeziya va xatlov ishlari, kadastr pasportlarini tayyorlash va yerga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun 6-ilovaga muvofiq talab etiladigan budjet mablagʻlari respublika budjetining 2022-yil 1 va 2-choraklari daromadlari prognozining oshirib bajarilishi hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi mazkur bandda nazarda tutilgan tadbirlar uchun 6-ilovaga muvofiq budjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobidan moliyalashtirilishi lozim boʻlgan mablagʻlarning oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasin.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tadbirlar hamda aholi punktlarining bosh rejalari, hududlarni rivojlantirish va qurish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tadbirlari uchun tegishli mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Davaktiv agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha arizalarni Davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish imkoniyatini yaratsin va ishga tushirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan mazkur qarorga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlarini koʻrsatish tartiblarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qaroriga7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaruratga koʻra mazkur qaror normalarini takomillashtirib borish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 14-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REGLAMENT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Reglament Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yerxususiylasntirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Yerxususiylasntirish” AAT) — ushbu tizimga ulangan vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish, koʻrib chiqish va kelishish ishlarini amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” — Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining koʻchmas mulklarni hisobga olish hamda koʻchmas mulklarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ishlarini amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi — oʻziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi, doimiy foydalanish (egalik qilish) yoki ijara huquqi asosida ajratilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasini xususiylashtirish maqsadida ariza bergan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yoki yuridik shaxsi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasini xususiylashtirish — davlat mulki boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining va (yoki) yuridik shaxslarining mulkiga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymati — ariza beruvchi tomonidan yer uchastkasini xususiylashtirish maqsadida toʻlanadigan, xususiylashtirish paytida belgilangan yer soligʻi bazaviy stavkasining karrali miqdoridagi toʻlov;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi (keyingi oʻrinlarda — yer uchastkasi) — qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun moʻljallanmagan yer uchastkasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yoki yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu Reglament kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Yer uchastkasini xususiylashtirishda davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ariza beruvchilar yer uchastkasi joylashgan tegishli hududdagi Davlat xizmatlari markazlariga oʻzlari kelgan holda murojaat qiladilar yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilganda esa — ariza beruvchining oʻzi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shakllarda ariza toʻldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza toʻldirish jarayonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi Kadastr agentligining “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirish obyektlari va subyektlari “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10, 12 va 13-moddalari talablariga mosligi “Yerxususiylasntirish” AATga ulangan tashkilotlarning axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar xususiylashtiriladigan yer uchastkasi ulushli yoki birgalikdagi egalik qilishda (foydalanishda) boʻlsa, ariza barcha egalarning (foydalanuvchilarning) fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq tuziladigan kelishuviga binoan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa — sud tomonidan belgilangan tartibda ushbu Reglament talablari asosida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida boshqa shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bino va inshootlar mavjud boʻlgan taqdirda, ularning mazkur yer uchastkasiga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi mavjudligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yer uchastkasini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilarning skaner qilingan nusxasi ilova qilinishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (ariza beruvchining vakili murojaat qilgan hollarda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning tegishli boshqaruv organining yer uchastkasini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qarori (ariza beruvchi — yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga muvofiq zarur boʻlsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmati koʻrsatilishida YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizani koʻrib chiqish uchun undiriladigan yigʻimlar va xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati toʻlanganligi tasdigʻi “Yerxususiylasntirish” AAT orqali davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasini yurituvchi Yagona billing tizimidan (keyingi oʻrinlarda — Yagona billing tizimi) olingan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
(10-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
0,5 foizi — toʻlovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablagʻlarning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) hududiy boshqarmalarining bank hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
(10-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
0,5 foizi — toʻlovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablagʻlarning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foizi — Davlat kadastrlar palatasi hududiy boshqarmalarining bank hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderi (keyingi oʻrinlarda — davlat orderi) berilguniga qadar uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda uning arizasi koʻrib chiqilmaydi yoki davlat xizmatini koʻrsatish toʻxtatiladi. Bunda davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun qabul qilingan ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari ariza toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni “Yerxususiylasntirish” AAT orqali tuman (shahar) qurilish boʻlimi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) tuman (shahar) filialiga kelishish uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXP orqali murojaat qilinganda ariza avtomatik ravishda “Yerxususiylasntirish” AAT orqali tuman (shahar) qurilish boʻlimi va Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filialiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tuman (shahar) qurilish boʻlimi besh ish kuni ichida arizada koʻrsatilgan yer uchastkasi joylashgan hududning (aholi punkti yoki ular orasidagi hududni) rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlarga yer uchastkasi joylashuvining muvofiqligini koʻrib chiqadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarida, hududlarni kompleks rivojlantirish va qurishga doir boshqa hujjatlarda yer uchastkalarini xususiylashtirishga bevosita monelik qiladigan maʼlumotlarning mavjudligi tuman (shahar) qurilish boʻlimi tomonidan yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ariza boʻyicha xususiylashtirish uchun berilgan yer uchastkasi hududida tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, tuman (shahar) qurilish boʻlimi ushbu bandning birinchi qismida koʻrsatilgan muddat ichida arizada koʻrsatilgan yer uchastkasi joylashgan hududda tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari mavjud emasligini tasdiqlovchi xulosa taqdim etadi. Bunda ariza beruvchiga 2021-yil 16-noyabrga qadar yuzaga kelgan doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalari ulardan foydalanishning asosiy maqsadini shaharsozlik hujjatlari tasdiqlanguniga qadar saqlab qolish sharti bilan xususiylashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalari boʻyicha topografik rejaning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizada koʻrsatilgan yer uchastkasi va huquq egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi maʼlumotlarga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasi haqidagi maʼlumotlarning ushbu yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarning mulkdori haqidagi maʼlumotlarga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi joylashgan joyga chiqqan holda yer uchastkasi chegaralarini kadastr hujjatlari maʼlumotlariga mosligini aniqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali yer uchastkasining topografik xaritasi mavjud boʻlmagan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandida belgilangan muddatlarda topografik rejani tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasi va unga tutash hududning topografik rejasini tayyorlash uchun toʻlov summasi bir gektar yer maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari hisobidan kelib chiqib (bir kvadrat metrgacha boʻlgan aniqlikda) hisoblanadi va yer uchastkasini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tuman (shahar) qurilish boʻlimi, Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali yer uchastkasini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani kelishadi yoki uni kelishish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv hech qanday eslatma va shartlarsiz, tegishli yer uchastkasi boʻyicha vakolatli tashkilot masʼul xodimining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadigan rozilik rezolyutsiyasi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishish rad etilgan taqdirda yer uchastkasini xususiylashtirish mumkin emasligi haqida normativ-huquqiy hujjatning aniq normasiga asoslangan sabablar koʻrsatilgan xabarnoma tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Yerxususiylasntirish” AAT arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ariza kelishilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz ichiga olgan xabarnomani shakllantiradi va uni YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza kelishilgan taqdirda, Yagona billing tizimi “Yerxususiylasntirish” AAT maʼlumotlari asosida xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish uchun hisobvaraqni shakllantiradi va xabarnomaga ilova qiladi hamda toʻlangan mablagʻlar hisobini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymati milliy valyutada mazkur Reglamentga 4-ilovada koʻrsatilgan tegishli meʼyorlar boʻyicha hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ariza beruvchi toʻlov yuzasidan xabarnomani olgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida yer uchastkasini xususiylashtirish uchun toʻlovni amalga oshirishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ariza beruvchi xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymatini toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirmagan taqdirda, “Yerxususiylasntirish” AAT avtomatik ravishda xususiylashtirishni rad etish toʻgʻrisida xabarnomani tayyorlaydi va uni ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ariza beruvchi rad javobini olgan kundan boshlab bir oy ichida, agar rad etish sababi faqat xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamasdan yer uchastkasini xususiylashtirishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan holda qayta ariza topshirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish uchun toʻlov quyidagi tartibda avtomatik taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga muvofiq mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun — tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga, uning 10 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining maxsus gʻaznachilik hisobvaragʻiga (4014);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ushbu Reglamentning 14-bandiga muvofiq yer uchastkasi va unga tutash hududning topografik rejasini tayyorlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun — tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 3 foizi — “Yerxususiylashtirish” AATni texnik qoʻllab-quvvatlash ishlari uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 0,5 foizi — toʻlovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) qolgan mablagʻlarning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti maxsus gʻazna hisobvaraqlariga ularning qoʻshimcha manbalari sifatida yoʻnaltiriladi va uning 30 foizi — jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmaga, 70 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foizi — mazkur yer uchastkalari joylashgan tuman (shahar)lar budjetiga ularning qoʻshimcha manbalari sifatida oʻtkaziladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ariza beruvchi xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati toʻlovini toʻliq amalga oshirganidan soʻng “Yerxususiylasntirish” AAT avtomatik ravishda ushbu Reglamentga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq jismoniy shaxs boʻyicha — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport raqami, JSHSHIR, yuridik shaxs boʻyicha — yuridik shaxs nomi, STIR raqamini koʻrsatgan holda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini belgilangan tartibda shakllantiradi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli hududiy boshqarmalariga imzolash uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli hududiy boshqarmalari “Yerxususiylasntirish” AAT orqali olgan davlat orderiga bir ish kuni ichida elektron raqamli imzo qoʻyadi va uni Kadastr agentligining “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi, zarur hollarda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli hududiy boshqarmasiga murojaat qilgan holda chop etilgan qogʻoz shaklidagi yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderining aslini olishi ham mumkin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari davlat orderi taqdim etilgandan soʻng ikki ish kuni ichida davlat orderiga asosan yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirmani davlat orderi bilan birga “Yerxususiylasntirish” AAT orqali YIDXP orqali ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Davlat xizmatlari markazi davlat orderi va Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirma olganidan soʻng real vaqt rejimida ularni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirma va davlat orderi YIDXP orqali ariza beruvchiga yuborilganda avtomatik ravishda xabarnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha QR-kod (matrik shtrix-kod) qoʻyilgan elektron hujjatlar asliga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari, shu jumladan, YIDXP orqali, ushbu Reglamentning talablari ijrosi yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini doimiy ravishda nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglamentga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali yer uchastkasini xususiylashtirishga ariza taqdim etadi.
2. Arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanadi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP
Ariza tuman (shahar) qurilish boʻlimi, Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali tomonidan koʻrib chiqilishi uchun “Yerxususiylasntirish” AATga yuboriladi.
Real vaqt rejimida (avtomatik ravishda YIDXP orqali)
3-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali
1. Ariza tushgan kundan boshlab quyidagilarni tekshiradi:
arizada koʻrsatilgan yer uchastkasi va huquq egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi maʼlumotlarga muvofiqligi;
xususiylashtirilayotgan yer uchastkasi huquq egasi haqidagi maʼlumotlarning ushbu yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarning mulkdori haqidagi maʼlumotlarga muvofiqligi;
xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;
yer uchastkasi joylashgan joyga chiqqan holda yer uchastkasi chegaralari, kadastr hujjatlari bilan mosligi.
2. Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha “Yerxususiylasntirish” AAT orqali kelishadi.
5 ish kuni
Tuman (shahar) qurilish boʻlimi
1. Arizada koʻrsatilgan yer uchastkasi joylashgan hududning (aholi punkti yoki ular orasidagi hududni) rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlarga yer uchastkasi joylashuvining muvofiqligini koʻrib chiqadi.
2. Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha “Yerxususiylasntirish” AAT orqali kelishadi.
5 ish kuni
4-bosqich
“Yerxususiylasntirish” AAT
Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ariza kelishilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻz ichiga olgan xabarnomani shakllantiradi va uni YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Avtomatik ravishda
Yagona billing tizimi
Ariza kelishilgan taqdirda, “Yerxususiylasntirish” AAT maʼlumotlari asosida yer uchastkasini sotib olish uchun hisobvaraqni shakllantiradi va xabarnomaga ilova qiladi hamda toʻlangan mablagʻlar hisobini yuritadi.
5-bosqich
Ariza beruvchi
Yer uchastkasini sotib olish qiymatining toʻlovini amalga oshiradi.
10 ish kunida
6-bosqich
“Yerxususiylasntirish” AAT
1. Yer uchastkasini sotib olish qiymati oʻz vaqtida va toʻliq toʻlangan taqdirda, yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini belgilangan tartibda shakllantiradi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalariga imzolash uchun yuboradi.
2. Yer uchastkasining sotib olish qiymati toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirmagan taqdirda, xususiylashtirishni rad etish toʻgʻrisida xabarnomani tayyorlaydi va uni ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboradi.
Avtomatik ravishda
7-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari
Yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderiga elektron raqamli imzo qoʻyadi va uni Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
1 ish kunida
8-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining boshqarmasi
1. Davlat orderi taqdim etilgandan soʻng davlat orderiga asosan yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
2. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirmani davlat orderi bilan birga YIDXP orqali ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
2 ish kunida
9-bosqich
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP
Davlat orderi va Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan koʻchirmani ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali xabardor qiladi.
Real vaqt rejimida (avtomatik ravishda YIDXP orqali)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglamentga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tashkiliy-huquqiy shakli (tizim orqali olinadi)
4. Joylashgan joyi (pochta manzili)
5. Telefon raqami
II. Xususiylashtiriladigan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumot:
1. Yer uchastkasining kadastr raqami
2. Yer uchastkasining maydoni (m2)
3. Yer uchastkasining manzili
III. Ilova qilinadigan hujjatlar:
1. Yuridik shaxsning yer uchastkasini sotib olish toʻgʻrisidagi qarori (agar bu ariza beruvchi — yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga muvofiq zarur boʻlsa);
2. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (ariza beruvchining vakili murojaat qilgan hollarda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglamentga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchunmeros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan berilgan yer uchastkasini xususiylashtirish boʻyicha
ARIZA
(sana)
(raqam)
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Ariza beruvchining JSHSHIR
II. Xususiylashtiriladigan yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumot:
1. Yer uchastkasining kadastr raqami
2. Yer uchastkasining maydoni (m2)
3. Yer uchastkasining manzili
III. Ilova qilinadigan hujjat:
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (ariza beruvchining vakili murojaat qilgan taqdirda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglamentga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymatini hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymati quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yuridik shaxslarga doimiy foydalanish (egalik qilish) yoki ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalari uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
S = Kyur x S + V + T;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) umrbod meros qilib qoldirilgan, doimiy foydalanish (egalik qilish) yoki ijara huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga tegishli yer uchastkalari uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
S = Kjis x S + V + T;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
S — xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining sotib olish qiymati (soʻmda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kyur, Kjis — yuridik va jismoniy shaxslar uchun sotib olish qiymatini aniqlashda oʻsha kunda belgilangan bazaviy soliq stavkasining Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 10 baravari, boshqa hududlarda 5 baravari (1 kvadrat metr uchun soʻmda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
S — xususiylashtirilayotgan yer uchastkasining maydoni (kvadrat metrda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V — Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori bilan davlat reyestridan koʻchirmani berish va koʻchmas mulk obyektlarini roʻyxatga olish xizmatlariga belgilangan stavkalar asosida (soʻmda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T — bir gektar yer maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari hisobidan kelib chiqib hisoblanadigan yer uchastkasi va unga tutash hududning topografik rejasini tayyorlash uchun toʻlov miqdori (soʻmda).
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglamentga 5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGINING ____________________________ HUDUDIY BOSHQARMASI
(hudud nomi)
YER UCHASTKASIGA MULK HUQUQINI BERUVCHI DAVLAT ORDERI № ______
_________________________________________________________________________________manzilidagi oʻziga _____________________________________________________________ huquqi asosida tegishli boʻlgan
(doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish)
umumiy _____________kv m yer maydoniga mulk huquqi berildi. Ushbu order_________________________________________________________________________________
(orderni bergan davlat organining nomi)
____________________________________________________________________________ga asosan berildi.
(orderni berishning asosi)
Order roʻyxatdan oʻtkazilgan sana ___________________________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. Ushbu Nizom tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom talablari yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida ajratishga nisbatan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalari uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“K — savdo” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ijaraga berish nazarda tutilgan hollarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga berish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat-xususiy sheriklik va ijtimoiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus iqtisodiy zonalar hududidagi yer uchastkalari uchun tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“E-AUKSION” elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda — savdo platformasi) — elektron onlayn-auksion tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion jarayoniga kirish va ularda qatnashish imkonini taʼminlaydigan axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “YERELEKTRON” AAT) — yer uchastkalari berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish tartibotlarini amalga oshirishga moʻljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻsh turgan yer uchastkasi (keyingi oʻrinlarda — yer uchastkasi) — binolar va inshootlar joylashmagan, hech qanday majburiyatlar yoki taqiqlar oʻrnatilmagan hamda jismoniy va yuridik shaxslarga qonunchilikka muvofiq ajratib berilmagan, davlat mulki boʻlgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasining boshlangʻich narxi — yer uchastkasiga mulk va ijara huquqining auksionga qoʻyish uchun belgilangan narxi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijarachi — yer uchastkasining ijara shartnomasini ushbu Nizomda belgilangan shartlar asosida va tartibda tuzgan nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishtirokchi — savdo platformasidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtib, auksionda qatnashish uchun ariza bergan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-qidiruv tashkiloti — “OʻzGASHKLITI” MCHJ yoki tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq uch tomonlama (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar — buyurtmachi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi — xizmat xarajatlarini toʻlovchi va loyiha qidiruv tashkiloti — buyurtmani bajaruvchi) shartnoma boʻyicha jalb qilinadigan loyiha-qidiruv tashkiloti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
master-reja — maʼlum bir tanlangan yer uchastkasi yoki hudud uchun ishlab chiqilib, uni rivojlantirish yoʻnalishlari va ixtisoslashuvi hamda batafsil rejalashtirish loyihasi, qurilish loyihasi, iqtisodiy asoslari va loyiha hujjatlarini oʻzida jamlagan ham iqtisodiy ham shaharsozlik, texnik-iqtisodiy asoslar va grafika qismlaridan iborat loyiha hujjati hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operator — savdo platformasida auksion tashkil etish hamda oʻtkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professional loyiha tashkiloti — buyurtmachi bilan tuziladigan shartnoma asosida loyihalashtirish topshirigʻini hamda u asosida master-rejani ishlab chiquvchi, ularning kelishilishi va tasdiqlanishini taʼminlovchi hamda tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini loyihalashtirish ishlarini bajaruvchi tashkilot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xabarnoma — savdo platformasida muayyan boʻsh turgan yer uchastkasini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida realizatsiya qilish boʻyicha auksion oʻtkazilishi haqidagi axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy kabinet — ishtirokchiga auksionda buyurtma berish, ularda qatnashish, shartnomalarni imzolash, shaxsiy hisobni boshqarish, uning holati va boshqa statistik maʼlumotlarni koʻrish hamda operator tomonidan joʻnatilayotgan xabarlar bilan tanishib borish imkonini beruvchi savdo platformasining maxsus boʻlimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron onlayn-auksion (keyingi oʻrinlarda — auksion) — savdo platformasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga auksion obyektini realizatsiya qilish (ijaraga berish) boʻyicha narxni oshirib borish tamoyilida onlayn oʻtkaziladigan savdo shakli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Agar yer uchastkalari aholi punktlarining bosh rejalariga, aholi punktlari qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalariga yoki hududlarni kompleks rivojlantirish va rejalashtirish boʻyicha boshqa hujjatlarga, xususan, master-reja talablariga yoxud yer uchastkalaridan foydalanishning ruxsat berilgan turlariga muvofiq boʻlsa, ular mulk huquqi asosida auksionga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmaganda yoki uning talablariga mos kelmagan taqdirda, yer uchastkalari ijara huquqi asosida auksionga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mulk yoki ijara huquqi asosida auksion orqali ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha realizatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi holatlarda yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun master-reja ishlab chiqilib, u asosida realizatsiya qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maydoni 1 gektar (shaharlarda 0,2 gektar) va undan ortiq boʻlgan yer uchastkasida savdo kompleksi, logistika markazi va xizmat koʻrsatish kompleksini tashkil etish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turizm hududi sifatida belgilangan mahallalarni rivojlantirish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan chiqarib, savdo va xizmat koʻrsatish, shu jumladan yoʻl boʻyi infratuzilmasi obyektlari tashkil etish uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, loyihalashtirish topshirigʻi va master-reja ishlab chiqish uchun xizmat haqi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasidan toʻlab beriladi va keyinchalik yer uchastkalarini sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Master-rejani ishlab chiqishga xalqaro ekspertlar va xalqaro moliya tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yer uchastkasini tanlash materiallari Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari (keyingi oʻrinlarda — filial), tuman (shahar) qurilish boʻlimlari va loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va (yoki) ular boʻyicha xulosalar berish ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda vakolatli tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli tashkilotlarning rahbarlari yer uchastkasini tanlash materiallari boʻyicha oʻz vaqtida kelishilishi va xulosalar chiqarilishi, shuningdek, ularni oʻz vaqtida koʻrib chiqmaslik oqibatlari uchun shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmalariga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasiga (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) tadbirkorlik faoliyati uchun berilishi mumkin boʻlmagan hududlar koordinatalarini koʻrsatgan holda elektron xaritalarni Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim etilgan elektron xaritalarda tadbirkorlik faoliyati uchun berilishi mumkin boʻlmagan hududlar koordinatalari mavjud boʻlmagan taqdirda, yer uchastkasini tanlash materiallari kelishilgan, ular boʻyicha xulosalar esa ijobiy deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Davlat kadastrlar palatasiga umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari hamda avtomobil yoʻllari hamda avtomobil yoʻllarining yoʻl boʻyi mintaqasi hududining World Geodetic System 1984 (keyingi oʻrinlarda — WGS-84) koordinatalar tizimida elektron xaritalarini Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron xaritalarni taqdim etish, shuningdek, vakolatli tashkilotlar tomonidan yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va (yoki) ular boʻyicha xulosalar berish, shu jumladan, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlari tomonidan ekologik ekspertizadan oʻtkaziladigan obyektlarni qurishga yer uchastkasini tanlash materiallari boʻyicha xulosa berish uchun toʻlov undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari yer uchastkasini auksionga chiqarishda buyurtmachi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va (yoki) uning hududiy boshqarmalari loyihalashtirish topshirigʻi va master-reja ishlab chiqish uchun professional loyiha tashkilotlarini shartnoma asosida jalb qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Professional loyiha tashkilotlari loyihalashtirish topshirigʻini hamda u asosida master-rejani ishlab chiqib, Arxitektura va shaharsozlik kengashlari (yoki loyiha ofislari) bilan kelishilishi va tasdiqlanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Auksion natijalari boʻyicha pul mablagʻlari operatorning maxsus hisobvaragʻida yigʻiladi va auksion gʻolibi tomonidan yer uchastkasi qabul qilinganligi tasdiqlangandan soʻng buyurtmachi hisobvaragʻiga belgilangan tartibda operator xizmat haqi chegirilgan qolda oʻtkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Auksionlarga chiqarish uchun yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va yer uchastkasini “YERELEKTRON” AATga joylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tuman (shahar) qurilish boʻlimi filial bilan birgalikda hududlar va aholi punktlari, master-reja va shaharsozlik hujjatlari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining “YERELEKTRON” AATning ochiq elektron portali orqali yuborilgan takliflarini koʻrib chiqish natijalari asosida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berish mumkin boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha yer tanlash materiallaridan iborat takliflarni tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takliflarni tayyorlash vaqtida yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalarini topografik xaritada aks ettirish uchun maxsus asbob-uskunalarga ega boʻlgan hamda tanlangan hududdagi koʻchalarning qizil chiziqlarini belgilab berish imkoniyati mavjud loyiha-qidiruv tashkiloti joyiga chiqqan holda yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalari aks ettirilgan topografik xaritasini mahalliy koordinatalar tizimida elektron shaklda tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududlar va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmagan holatlarda tuman (shahar) qurilish boʻlimi tomonidan filial bilan birgalikda ishlab chiqilgan yer uchastkalari boʻyicha takliflar tegishli hududiy arxitektura va shaharsozlik kengash bilan kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tuman (shahar) qurilish boʻlimi hamda filial yer uchastkalari boʻyicha yer tanlash materiallaridan iborat takliflarni va topografik xaritani tayyor boʻlishiga koʻra “YERELEKTRON” AAT orqali tuman (shahar) hokimligiga kiritib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasining WGS-84 ochiq koordinatalar tizimida shartli chegaralari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalari aks ettirilgan topografik xaritasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasining joylashuv sxemasi va geolokatsiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi, jumladan, uning maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi haqida qisqacha maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan bogʻliq sxema;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududning ijtimoiy infratuzilma obyektlari bilan taʼminlash normalariga muvofiqligi qismi boʻyicha shaharsozlik qoidalari talablariga rioya qilgan holda yer uchastkasidan foydalanishning ruxsat berilgan turlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga tutash hududlardagi obyektlarning belgilangan maqsadi va turlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasini kamida ikki tomondan oʻrab turgan obyektlarning raqamli fotosurati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarigacha boʻlgan masofa toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharsozlik cheklovlari qoʻyilgan holda foydalanish boʻyicha asoslangan takliflar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takliflarda shaharsozlik hujjatlariga va (yoki) yer uchastkasi tanlangan hududning (massivning) loyiha konsepsiyasiga muvofiq ijaraga beriladigan yer uchastkasidan foydalanish shartlari, shu jumladan qurilishni boshlash va foydalanishga topshirish muddatlari kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tuman (shahar) hokimligi “YERELEKTRON” AATga kiritilgan takliflarga asosan kadastr yigʻmajildini rasmiylashtirish uchun buyurtmani shakllantiradi va uni elektron hujjat almashinuvi yoʻli bilan bir ish kunida filialga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Filial tuman (shahar) hokimligidan buyurtma olgandan keyin uch ish kunida kadastr yigʻmajildini tayyorlash uchun har bir yer uchastkasi boʻyicha tanlash materiallarini shakllantiradi, yer uchastkasiga oʻziga xos raqam beradi va ularni “YERELEKTRON” AATga joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yer uchastkalarini tanlash materiallari “YERELEKTRON” AATga joylashtirilgan paytda quyidagi vakolatli tashkilotlarga bir vaqtda avtomatik tarzda yuboriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kelishish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanish hamda ularni ekspluatatsiya qilish boʻyicha — mazkur obyektlardan foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xulosalar olish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy boʻlinmalariga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin boʻlgan quvvatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etish uchun — muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi (elektr, aloqa, gaz, neft, suv, kanalizatsiya va boshqa) tashkilotlarga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi va Qurilish vazirligi organlari tomonidan vakolatli tashkilotlarning kelishuv jarayonlari monitoring qilib boriladi va kelishuv muddatlari buzilgan holatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoniga murojaat yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan tashkilotlar tomonidan ularga soʻrov tushgan kundan boshlab uch ish kunida “YERELEKTRON” AATga qabul qilingan qaror (xulosa) haqida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan tegishli belgi qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar “YERELEKTRON” AAT orqali har bir yer uchastkasi boʻyicha qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin boʻlgan quvvatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv hech qanday eʼtiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishuv rad etilganda sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda yer uchastkasini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy boʻlinmalari yer uchastkasi boʻyicha tegishli xulosa tuzadi hamda uni elektron shaklda “YERELEKTRON” AATga kiritadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xulosalar ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkin. Xulosaning sarlavhasida “Ijobiy xulosa” yoki “Salbiy xulosa” degan soʻzlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijobiy xulosada yer uchastkasining mulkdoriga yoki ijarachisiga nisbatan shaharsozlik hamda boshqa norma va qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Salbiy xulosada sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda tadbirkorlik yoki shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, rad etish sabablarini bartaraf etish yuzasidan mavjud boʻlgan barcha imkoniyatlar va qayta kiritishni nazarda tutuvchi tavsiyalar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. “YERELEKTRON” AATga koordinatalari kiritilgan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berilishi mumkin boʻlmagan hududlarda joylashgan, salbiy xulosalar berilgan yer uchastkalari auksionga chiqarilmaydi va ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatilgan holda “YERELEKTRON” AATda ushbu xulosa olingan kundan boshlab bir ish kuni ichida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Yer uchastkasi boʻyicha vakolatli tashkilotlardan kelishilgandan va ijobiy xulosalar “YERELEKTRON” AATga joylashtirilgandan soʻng filial toʻrt ish kunida kadastr yigʻmajildini tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialning kadastr yigʻmajildini tayyorlash hamda hududiy boshqarmaning yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va tuman (shahar) mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tuman (shahar) hokimligi ikki ish kunida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “E-qaror” tizimida qaror loyihasini ishlab chiqadi, kelishadi va roʻyxatdan oʻtkazadi hamda “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali mulk huquqi bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi) yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagilarni belgilaydi va “YERELEKTRON” AATga kiritadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auksionga chiqariladigan boʻsh turgan yer uchastkasining huquq turini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi boʻyicha yoki undan foydalanishga nisbatan mavjud cheklovlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi boʻyicha ijara muddati va tegishli hokim tomonidan ERI kaliti orqali imzolangan ijara shartnomasining loyihasini namunaviy shaklga muvofiq mazkur Nizomga 2-ilovaga binoan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijara shartnomasida shaharsozlik hujjatlariga va (yoki) yer uchastkasi tanlangan hududning (massivning) loyiha konsepsiyasiga muvofiq yer uchastkasidan foydalanish shartlari, shu jumladan qurilishni boshlash va foydalanishga topshirish muddatlari kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi ikki ish kunida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmada koʻrsatilgan yer uchastkasi maʼlumotlarining Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligini tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va koʻchirmani “YERELEKTRON” AAT kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yer uchastkasi mulk huquqi bilan auksionga chiqarilganda va barcha hujjatlar toʻliq taqdim etilgandan boshlab Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi yetti ish kunida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng yaxshi takliflarni tanlash orqali baholovchi tashkilotni aniqlash, u bilan shartnoma tuzish, yer uchastkasining bozor qiymatini aniqlash ishlarining tashkil etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yer uchastkasi ijara huquqi bilan auksionga chiqarilganda “YERELEKTRON” AAT avtomatik ravishda tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan yer uchastkasini ijaraga berishning minimal qiymati asosida auksionga chiqarilayotgan yer uchastkasini ijaraga olish huquqining boshlangʻich narxini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va (yoki) uning hududiy boshqarmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur nizomga muvofiq master-reja ishlab chiqiladigan yer uchastkalarini tanlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
master-rejani ishlab chiqish uchun professional loyiha tashkilotlarini jalb qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasini master-reja bilan yoki master-rejasiz auksionga chiqarish boʻyicha ovozlarni shakllantirish uchun oʻn kunlik muddatga muhokamaga operatorning savdo platformasiga joylashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan muddatda master-rejasiz savdoga chiqarish boʻyicha ovozlar shakllanmagan (yoki kam boʻlgan) taqdirda, yer uchastkasi master-reja asosida auksionga chiqarilishini taʼminlaydi. Bunda, yer uchastkasi master reja bilan birgalikda baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Yer uchastkasini ijaraga berishning boshlangʻich narxi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
S = S x P x T + E,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
S — yer uchastkasining maydoni, kv.m;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
R — bir kvadrat metr yer uchastkasi uchun ijaraga berishning minimal qiymati, soʻm/kv.m.;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T — yer uchastkasini ijaraga berish muddati, yil;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
E — yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati, yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga oid xarajatlar, soʻm.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir kvadrat metr yer uchastkasi uchun ijaraga berishning minimal qiymati har bir tuman (shahar) uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir tuman (shahar) uchun yer uchastkasini ijaraga berishning minimal qiymatini belgilashda hududda mavjud hamda kelgusida markazlashgan manbalar hisobidan barpo etilishi rejalashtirilgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalari inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir tuman (shahar) va alohida olingan hududlar (massivlar), kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari uchun yer uchastkasini ijaraga berishning minimal qiymati u tasdiqlangan sanadan eʼtiboran bir ish kunida davlat soliq xizmati organlari tomonidan “YERELEKTRON” AATga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oxirgi tasdiqlangan yer uchastkasini ijaraga berishning minimal qiymati uning yangi qiymati tasdiqlangunga qadar amalda boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun taqdim etilmaydigan hududlarning koordinatalarini taqdim etish va ularni yangilash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatli tashkilotlar “YERELEKTRON” AAT orqali:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berilishi mumkin boʻlmagan muhofaza zonalari hududlarning geografik joylashuvini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu hududda olib borilishi mumkin boʻlmagan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyat turini hamda qurilishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxatini keltirgan holda hududlarning geografik joylashuvini Kadastr agentligiga taqdim etib borishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilishi mumkin boʻlmagan hududlarning geografik joylashuvi “YERELEKTRON” AAT orqali Kadastr agentligi tomonidan belgilanadigan shaklda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududlarning geografik joylashuvi davlat kadastrlarini yurituvchi vazirlik va idoralar tomonidan real vaqt rejimida WGS-84 koordinatalar tizimida yangilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼlumotlarning haqqoniyligi va toʻliqligi yuzasidan davlat kadastrlarini yuritish boʻyicha vakolatli organlar rahbarlari javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Yer uchastkasini auksionga chiqarishga tayyorlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Boshlangʻich narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “YERELEKTRON” AATga kiritilganidan soʻng yer uchastkasi yoki yer uchastkasiga ijara huquqi buyurtmachi tomonidan avtomatik ravishda auksionga qoʻyish uchun operatorga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Yer uchastkasi ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda kelishuv amalga oshirilganligi, ijobiy xulosa olinganligiga qarab har bir yer uchastkasi boʻyicha alohida auksionga chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auksionga chiqarishda yer uchastkasi toʻgʻrisida koʻrsatilishi shart boʻlgan maʼlumotning minimal hajmi quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasining oʻziga xos raqami va joylashgan joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa axborot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi boʻyicha qoʻshimcha ravishda ijara muddati koʻrsatiladi va ijara shartnomasining loyihasi ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasi boʻyicha tegishli maʼlumotlar, shu jumladan, fotosuratlar, uning geolokatsiya va koordinatalari toʻliq koʻrsatilmagan holda auksionga chiqarish uchun buyurtma taqdim etilganda, operator tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi operator tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklarni bir hafta muddatda bartaraf etib, elektron buyurtmani ushbu band talablariga muvofiq takroran yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Yer uchastkasini auksionga chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ikki ish kunida ommaviy axborot vositalarida hamda tuman (shahar) hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Savdo platformasida auksion tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalarini mulk huquqida sotish boʻyicha auksionda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari ishtirok etish huquqiga ega (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar ijara huquqi asosida yer uchastkalarini sotib olish boʻyicha auksionda qatnashish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalarini realizatsiya qilish uchun oʻtkazilgan elektron onlayn-auksion natijalari haqidagi bayonnoma uni taqiqdan yechish, shuningdek, auksion gʻolibi nomiga roʻyxatdan oʻtkazish (hisobga qoʻyish) uchun asos hisoblanadi. Bunda, majburiy tartibda undirish uchun yuborilmagan maʼmuriy jarimalarni toʻlash majburiyati mahalliy hokimlik zimmasida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalari boʻyicha auksion natijalarini rasmiylashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Auksion gʻolibi auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida savdo platformasidagi shaxsiy kabineti orqali ijara shartnomasini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi. Ijara shartnomasi taraflar tomonidan imzolagandan soʻng avtomatik ravishda “YERELEKTRON” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auksion gʻolibi mazkur bandda belgilangan muddatda ijara shartnomasini tasdiqlamagan hollarda operator elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibida belgilangan xatti-harakatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan ijara shartnoma tushgan kundan boshlab ikki ish kunida amalga oshiriladi. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasiga ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirma operatorga “YERELEKTRON” AAT orqali auksion gʻolibiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan yer uchastkasi joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maʼlumot yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Davlat kadastrlar palatasining hududiy boshqarmasi yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va lotni sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Operator yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi koʻchirmani olgandan soʻng uni avtomatik ravishda gʻolibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar auksion gʻolibi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasi narxini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatidan foydalanish istagini bildirsa, unga koʻchirmani olgan kundan boshlab buyurtmachi bilan yozma shaklda shartnoma imzolash uchun 5 ish kunlik muddat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, auksion gʻolibi tomonidan shartnoma imzolanmasa va/yoki shartnoma imzolangandan soʻng toʻlash rad etilsa (toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmasa) auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma, yer uchastkasini ijaraga olish boʻyicha shartnoma oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblanadi hamda bu haqda buyurtmachi oʻzining “YERELEKTRON” AATdagi kabineti orqali Davlat kadastrlar palatasini koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirmani bekor qilishi toʻgʻrisida hamda operatorni yer uchastkasini takroriy elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operator xabarnoma kelib tushgan vaqtda avtomatik ravishda auksion gʻolibini savdo natijalarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi mumkinligi toʻgʻrisida auksion gʻolibini shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auksion gʻolibi tomonidan xabarnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab besh kalendar kuni mobaynida ushbu kelishuv rad etilgan taqdirda, operator tomonidan buyurtmanoma buyurtmachiga qaytariladi, kelishuv tasdiqlangan yoki munosabat bildirilmagan taqdirda, yer uchastkasi takroriy elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auksion gʻolibi shaxsiy kabinetiga yuborilgan xabarnoma bilan oʻz vaqtida tanishmaganligi hamda buyurtmachi tomonidan xabarnomaga kiritilayotgan maʼlumotlar haqqoniyligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Davlat orderini rasmiylashtirish va yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi auksion savdosi natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini (keyingi oʻrinlarda — davlat orderi) rasmiylashtiradi, belgilangan shaklda uni ERI bilan tasdiqlaydi va auksion gʻolibining shaxsiy kabinetiga hamda “YERELEKTRON” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Davlat orderi gʻolib nomiga yer uchastkasini mulk huquq asosida roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi. Davlat orderi berish uchun davlat boji undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan davlat orderi tushgan kundan boshlab ikki ish kunida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasiga mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirma operatorga “YERELEKTRON” AAT orqali auksion gʻolibiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan yer uchastkasi joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maʼlumot yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va lotni sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Operator yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi koʻchirmani olgandan soʻng uni avtomatik ravishda gʻolibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar auksion gʻolibi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasi narxini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatidan foydalanish istagini bildirsa, unga koʻchirmani olgan kundan boshlab buyurtmachi bilan yozma shaklda shartnoma imzolash uchun 5 ish kunlik muddat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, auksion gʻolibi tomonidan shartnoma imzolanmasa va/yoki shartnoma imzolangandan soʻng toʻlash rad etilsa (toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmasa) auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma, mulk huquqi uchun rasmiylashtirilgan davlat orderi oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblanadi hamda bu haqda buyurtmachi oʻzining “YERELEKTRON” AATdagi kabineti orqali Davlat kadastrlar palatasini koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirmani bekor qilishi toʻgʻrisida hamda operatorni yer uchastkasini takroriy elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operator xabarnoma kelib tushgan vaqtda avtomatik ravishda auksion gʻolibini savdo natijalarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi mumkinligi toʻgʻrisida auksion gʻolibini shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auksion gʻolibi tomonidan xabarnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab besh kalendar kuni mobaynida ushbu kelishuv rad etilgan taqdirda, operator tomonidan buyurtmanoma buyurtmachiga qaytariladi, kelishuv tasdiqlangan yoki munosabat bildirilmagan taqdirda, yer uchastkasi takroriy elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Auksion gʻolibi shaxsiy kabinetiga yuborilgan xabarnoma bilan oʻz vaqtida tanishmaganligi hamda buyurtmachi tomonidan xabarnomaga kiritilayotgan maʼlumotlar haqqoniyligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Yer uchastkasini berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Davlat orderi yoki yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida filial tuman (shahar) qurilish boʻlimi bilan birgalikda uch ish kuni mobaynida yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasi chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida haq undiriladi va lotni sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ajratilgan yer uchastkasida qurilishni boshlashga faqat yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Auksiondan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Buyurtmachi operatordan yer uchastkalarini ijara va mulk huquqi asosida sotishdan tushgan mablagʻlarni bir ish kuni ichida quyidagilarga yoʻnaltiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1 foizi — qurilish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ushbu Nizomning 30 va 35-bandlarida nazarda tutilgan miqdorda — tegishli Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga, uning 10 foizi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining maxsus gʻaznachilik hisobvaragʻiga (4014);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yer uchastkasi chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish uchun mazkur Nizomning 37-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar quyidagicha taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi mablagʻ — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari bank hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi mablagʻ — tegishli Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 10 foizi — “YERELEKTRON” AATni texnik koʻllab-quvvatlash va uni yuritish bilan bogʻliq shtat birliklarini saqlash uchun Davlat kadastrlari palatasining bank hisobvaragʻiga (bunda mazkur xarajatlar uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish hisobidan yoʻnaltirilgan mablagʻlar miqdori bir kalendar yilda bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshmasligi lozim);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) baholashdan oʻtkazish, shuningdek master-rejani ishlab chiqish boʻyicha koʻrsatgan xizmatlari uchun mustaqil baholovchi va professional loyiha tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ularning bank hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalari aks ettirilgan topografik xaritasini tayyorlaganligi uchun shartnoma asosida loyiha qidiruv tashkilotining bank hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) qolgan mablagʻlarning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti maxsus gʻazna hisobvaraqlariga ularning qoʻshimcha manbalari sifatida yoʻnaltiriladi va uning 30 foizi — yer uchastkalari davlat organlari, muassasalari va korxonalari foydalanishida boʻlgan va ularning tashabbusi bilan elektron onlayn-auksionga qoʻyilgan taqdirda — ushbu davlat organlari va tashkilotlariga, qolgan hollarda — jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmaga, 70 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foizi — mazkur yer uchastkalari joylashgan tuman (shahar)lar budjetiga ularning qoʻshimcha manbalari sifatida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishning xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari (keyingi oʻrinlarda — KSYOSTZ) hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish, yer ijara shartnomasini tuzish, yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini rasmiylashtirish ushbu bobda nazarda tutilgan qoidalarni inobatga olgan holda mazkur nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Jismoniy va yuridik shaxslarga KSYOSTZ hududidagi yer uchastkalari ularning bosh rejasiga muvofiq elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkalarini bosh rejada nazarda tutilgan lotlar asosida auksionga chiqarish boʻyicha takliflar tuman (shahar) qurilish boʻlimiga kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiya (keyingi oʻrinlarda — yagona direksiya) tomonidan kiritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi yer uchastkalarini tanlash materiallarini kelishish, xulosalar olish va maʼlumotlar taqdim etish uchun mazkur nizomning 15-bandida nazarda tutilgan tashkilotlarga yuborish talab etilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishdan kelib tushgan pul mablagʻlari mazkur nizomning 39-bandi “a” — “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan, haqiqatda qilingan xarajatlar chegirib qolingan holda yagona direksiyaga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini tizimli nazorat va monitoring qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Prokuratura organlari va adliya organlari ushbu Nizom talablariga davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan soʻzsiz rioya etilishi boʻyicha tizimli nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tizimli nazorat va monitoring yer uchastkasi materiallarini tayyorlash jarayoniga aralashmasdan, “YERELEKTRON” AAT orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Prokuratura va adliya organlari yer uchastkasi materiallarini tayyorlashning qonuniyligini taʼminlaydi va yer uchastkasi materiallarini tayyorlash jarayonining huquqni qoʻllash amaliyotini, shu jumladan, vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishuvni rad etish va salbiy xulosa berishning qonuniyligini, normativ-huquqiy hujjatlarni notoʻgʻri yoki qarama-qarshi qoʻllash amaliyotini, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotida huquqbuzarlik sodir etilishiga olib keladigan salbiy omillarni, sabab va sharoitlarni bartaraf etish usullarini oʻrganadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibni buzish davlat xizmatlari koʻrsatish talablari va tartibini buzish hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartib buzilishi aniqlangan taqdirda, adliya organlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoniga yoxud prokuratura organlariga tasdiqlovchi zarur materiallarni yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Tuman (shahar) qurilish boʻlimi
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali
1. Hududlar va aholi punktlari, shaharsozlik hujjatlari, shu jumladan master-rejalari shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning “YERELEKTRON” AATning ochiq elektron portali orqali yuborilgan takliflarini koʻrib chiqish natijalari asosida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berish mumkin boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha yer tanlash materiallaridan iborat takliflarni tayyorlaydi.
2. Yer uchastkalari boʻyicha yer tanlash materiallaridan iborat takliflarni tayyorlash natijasi boʻyicha “YERELEKTRON” AAT orqali tuman (shahar) hokimligiga kiritib boradi.
Doimiy ravishda
Hududlar va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmagan holatlarda filial bilan birgalikda ishlab chiqilgan yer uchastkalari boʻyicha takliflar tegishli hududiy arxitektura va shaharsozlik kengash bilan kelishiladi.
2-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi
Kadastr yigʻmajildini rasmiylashtirish uchun buyurtmani shakllantiradi va uni elektron hujjat almashinuvi yoʻli bilan filialga yuboradi.
1 ish kuni
3-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali
Kadastr yigʻmajildini tayyorlash uchun har bir yer uchastkasi boʻyicha tanlash materiallarini shakllantiradi, yer uchastkasiga oʻziga xos raqam beradi va ularni “YERELEKTRON” AATga joylashtiradi.
3 ish kuni
4-bosqich
Hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlar
Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Kelishuv rad etilganda sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda yer uchastkasini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun ajratish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi.
3 ish kuni
Yongʻin xavfsizligi boʻlimlari, Toshkent shahrida — yongʻin xavfsizligi boshqarmasi
Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati hududiy organlari
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari bosh boshqarmalari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm va madaniy meros bosh boshqarmalari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy boʻlinmalari
Yer uchastkasi boʻyicha tegishli xulosa tuzadi, uni elektron shaklda “YERELEKTRON” AATga kiritadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar
YERELEKTRON” AAT orqali har bir yer uchastkasi boʻyicha qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin boʻlgan quvvatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni ulardan foydalanuvchi tashkilotlarga taqdim etadi.
5-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali
Yer uchastkasi boʻyicha tuman (shahar) qurilish boʻlimi va barcha vakolatli tashkilotlardan ijobiy xulosalar hamda topografik xarita “YERELEKTRON” AATga joylashtirilgandan soʻng, kadastr yigʻmajildini tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
4 ish kuni
6-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi
1. “E-qaror” tizimida qaror loyihasini ishlab chiqadi, kelishadi va roʻyxatdan oʻtkazadi hamda “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali mulk huquqi bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga yuboradi.
2. Quyidagilarni belgilaydi va “YERELEKTRON” AATga kiritadi:
auksionga chiqariladigan boʻsh turgan yer uchastkasining huquq turini;
yer uchastkasi boʻyicha yoki undan foydalanishga nisbatan mavjud cheklovlarni;
auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi boʻyicha ijara muddati va tegishli hokim tomonidan ERI orqali imzolangan ijara shartnomasining loyihasini.
2 ish kuni
7-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi
1. Buyurtmada koʻrsatilgan yer uchastkasi maʼlumotlarining Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshiradi.
2. Yer uchastkasiga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligini tekshiradi.
3. Tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga yer uchastkasiga boʻlgan huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va koʻchirmani “YERELEKTRON” AATga kiritadi.
2 ish kuni
8-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi (Mulk huquqi boʻlganda)
Yer uchastkasi mulk huquqi bilan auksionga chiqarilgandan soʻng:
1. Eng yaxshi takliflarni tanlash orqali baholovchi tashkilotni aniqlash, u bilan shartnoma tuzish, yer uchastkasining bozor qiymatini aniqlash ishlarining tashkil etilishini taʼminlaydi.
2. Baholash tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobot asosida “YERELEKTRON” AATga yer uchastkasining boshlangʻich narxini kiritadi.
7 ish kuni
Davlat soliq xizmati organlari (Ijara huquqi boʻlganda)
Har bir tuman (shahar) uchun yer uchastkasiga ijara ?uquqining minimal qiymati “YERELEKTRON” AATga kiritiladi.
“YERELEKTRON” AAT avtomatik ravishda tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan yer uchastkasiga ijara huquqining minimal qiymati asosida auksionga chiqarilayotgan yer uchastkasini boshlangʻich qiymatini belgilaydi.
1 ish kuni
9-bosqich
“YERELEKTRON” AAT
Yer uchastkalarini boshlangʻich qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “YERELEKTRON” AATga kiritilganidan soʻng, buyurtmachi tomonidan avtomatik ravishda auksionga qoʻyish uchun operatorga yuboriladi.
Avtomatik ravishda
10-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi
Yer uchastkasini auksionga chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida hamda tuman (shahar) hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
2 ish kuni
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
11-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari
Yer uchastkasini realizatsiya qilish boʻyicha auksionda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartiblarga muvofiq ishtirok etadi.
Belgilangan muddatda
12-bosqich
Auksion gʻolibi
(Ijara huquqi boʻlganda)
1. Auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma tushgan kundan boshlab ijara shartnomasini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
2. Ijara shartnomasi taraflar tomonidan imzolagandan soʻng, avtomatik ravishda “YERELEKTRON” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
10 ish kuni
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi
(Mulk huquqi boʻlganda)
Auksion savdosi natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani olgan kundan boshlab belgilangan shaklda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini rasmiylashtiradi, belgilangan shaklda uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi va auksion gʻolibining shaxsiy kabinetiga hamda “YERELEKTRON” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
1 ish kuni
13-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish davlat orderi tushgan kundan boshlab amalga oshiriladi.
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasiga mulk huquqi yoki ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirma operatorga “YERELEKTRON” AAT orqali auksion gʻolibiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun yuboriladi.
2 ish kuni
14-bosqich
Operator
Yer uchastkasiga boʻlgan ijara yoki mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi koʻchirmani olgandan soʻng uni gʻolibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Avtomatik ravishda
15-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali va tuman (shahar) qurilish boʻlimi
Yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi va yer uchastkasini naturada koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkasini ijaraga olishning NAMUNAVIY SHARTNOMASI
20___ y. “___” _______________ ___-son
________________ sh.
Keyingi oʻrinlarda “Ijaraga beruvchi” deb nomlanadigan _______________ tuman (shahar) hokimligi bir tomondan _______________ hokimi nomidan va keyingi oʻrinlarda Ijaraga oluvchi deb nomlanuvchi ikkinchi tomondan _______________ nomidan mazkur shartnomani 20___ yil “___” ___________dagi ___-son auksion natijalari toʻgʻrisidagi Bayonnomaga asosan quyidagilar toʻgʻrisida tuzdi.
I. Shartnoma predmeti
1.1. Ijaraga beruvchi yer uchastkasini 20___ yil “___” ___________dan ____ yilga ijaraga beradi, Ijaraga oluvchi esa ____________ viloyatining ____________ tumanidagi (shahridagi) ____________ manzilda joylashgan _______ ga. yer uchastkasini ijaraga oladi.
Yer kodeksining 24-moddasiga binoan yerlarni ijaraga berish muddati yuz yildan ortiq boʻlishi mumkin emas. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari yigirma besh yilgacha boʻlgan muddatga ijaraga beriladi.
Yer uchastkasining chegaralari shartnomaning ajralmas qismi boʻlgan va ilova qilinadigan xaritada koʻrsatiladi.
Yer uchastkasini ijaraga olish huquqini ijaraga beruvchining roziligisiz garov qoidalariga asosan garovga qoʻyish _____________ huquqi mavjud/mavjud emas biroq, yer uchastkalari oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomalarining obyekti boʻla olmaydi.
1.2. Yer uchastkasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi va quyidagi maqsadda foydalaniladi: ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
1.3. Yer uchastkasining ruxsat etilgan foydalanish asosiy turi: ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
1.4. Yer uchastkasiga kuyidagi kommunikatsiyalar oʻtkazilgan: ________________________________________________________________________
(muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari va ularning ayni damdagi texnik
holati, elektr tarmogʻi, gaz, ichimlik suvi va oqava suv, yoʻllar va boshqalar)
II. Ijara toʻlovi
2.1. Yer uchastkalarini ijaraga olganlik uchun haq toʻlash tartibi va uning miqdori qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
2.2. Yer kodeksining 28-moddasiga asosan yer uchun haq har yili toʻlanadigan yer soligʻi shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan taʼminlanish darajasiga qarab belgilanadi. Yer uchastkalari ijaraga berilganda yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi. Ijara haqi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan shaxslar tomonidan yer uchun ijara haqini yer soligʻi toʻlovchilar uchun belgilangan tartibga muvofiq budjetga toʻlanadi.
2.3. Oʻz vaqtida toʻlanmagan ijara toʻlovi uchun quyidagi miqdo?da penya undiril?di: ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
III. Yer uchastkasini berish va undan foydalanish tartibi
3.1. Yer uchastkasidan ushbu Shartnomaning 1.2.-bandida koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanish shart.
3.2. Yer uchastkasini berish va foydalanishning boshqa shartlari: ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
IV. Ijaraga beruvchining huquqlari va majburiyatlari
4.1. Ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega: Ijaraga oluvchi shartnoma shartlarini buzgan taqdirda, ushbu Shartnomaga oʻzgartirish kiritish yoki bekor qilishni talab qilish; yer uchastkasini cheklashni belgilash. Ijaraga beruvchining boshqa huquqlari: ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
4.2. Ijaraga beruvchi: yer uchastkasini ushbu shartnoma shartlarida koʻrsatilgan holatda va belgilangan muddatda berilishini taʼminlash; ijaraga beruvchining qonun hujjatlarida belgilangan huquqlariga rioya etishga majbur. Ijaraga beruvchining boshqa majburiyatlari: ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________
V. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari
5.1. Ijaraga oluvchi: yer uchastkasida uning maqsadli yoʻnalishiga muvofiq xoʻjalik faoliyatini yuritish; ushbu Shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatilgan maqsadlar uchun belgilangan tartibda arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi va qurilish loyihasiga muvofiq ishlab chiqarish va boshqa qurilma va inshootlarni qurish; ijaraga berilgan yer uchastkasida oʻz mablagʻlari hisobidan qonunchilikka muvofiq qurilgan bino va inshootlarga, ishlab chiqargan mahsulotlarga va ularni sotishdan olingan daromadlarga egalik qilish; belgilangan tartibda sugʻorish, drenaj, texnik va boshqa melioratsiya ishlarini bajarishga haqli. Ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega. 5.2. Ijaraga oluvchi: ushbu Shartnomaning 1.2-bandiga muvofiq yer uchastkasining ixtisoslashuvini saqlash; yerdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan ishlab chiqarish texnologiyalarini qoʻllash va oʻz faoliyati natijasida ushbu hududda ekologik holat yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik; mavjud irrigatsiya tarmoqlari va muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlash; yerlarni muhofaza qilish boʻyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish; ijara toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlash; boshqa yer mulkdorlari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari Ijaraga oluvchilari va egalarining huquqlarini buzmaslik; boshqa mulkdorlar, foydalanuvchilar, Ijaraga oluvchilar va yer egalariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash; shaharsozlik reglamentlariga rioya etish, belgilangan tartibda obyektning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini taʼminlash va ularni kelishish, shuningdek, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazishga va tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma olishga majbur. Ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga oladi. Ijaraga oluvchi ijaraga berilgan yer uchastkasini yoki uning bir qismini ikkilamchi ijaraga berishi taqiqlanadi.
VI. Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish
6.1. Ijara shartnomasi shartlarining oʻzgartirilishiga, uning bekor qilinishiga va toʻxtatilishiga tomonlarning kelishuvi bilan yoʻl qoʻyiladi. Tomonlarning biri shartnoma shartlarini buzgan taqdirda ikkinchisining talabiga koʻra ijara shartnomasi tegishli sudning qarori bilan bekor qilinishi mumkin. 6.2. Yer kodeksining 36-moddasida belgilangan tegishli asoslarga koʻra yer uchastkasini ijaraga olish huquqi bekor qilinishi mumkin.
VII. Tomonlarning javobgarligi
7.1. Agar tomonlardan biri ushbu Shartnoma sha?tlarini bajarm?an yoki qonun hujjatlarini muntazam ravishda buzgan taqdirda, ikkinchi tomon belgilangan tartibda ushbu Shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli. 7.2. Bartaraf etilishi mumkin boʻlgan har qanday shartnoma shartlarini buzish holatlari shartnomaning bekor qilinishiga sabab boʻla olmaydi. 7.3. Ushbu shartnomani bekor qilishga qaror qilgan tomon ikkinchi tomonni sabablarni asoslagan holda, shartnoma muddatining taxminiy tugashidan bir oy oldin yozma ravishda xabardor qiladi. Shartnomaning amal qilishi toʻxtatilganidan keyin ijarachi yer uchastkasini ijaraga beruvchiga “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasida belgilangan holatda va tartibda qaytaradi.
VIII. Nizolarni hal qilish
8.1. Ushbu Shartnomani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan nizolar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
IX. Shartnomaning maxsus shartlari
9.1. Ushbu boʻlimda Shartnomada nazarda tutilmagan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shartlar koʻrsatiladi.
X. Fors major holatlari
10.1. Taraflar ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan, ularni oldindan bilish yoki oldini olish imkoniyati boʻlmagan holatlar oqibatida shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun taraflarning birortasi ikkinchi taraf oldida javobgar boʻlmaydi. Vakolatli organ tomonidan berilgan maxsus hujjat yengib boʻlmas kuch mavjudligi va amal qilishining davomiyligini tasdiqlash uchun yetarli hujjatdir.
10.2. Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga yengib boʻlmas kuchning mavjudligi va uning shartnoma shartlarini bajarishga taʼsiri haqida xabarnoma berishi lozim.
XI. Yakunlovchi qoidalar
11.1. Ushbu shartnoma elektron shaklda tuzilgan. 11.2. Mazkur shartnoma yer uchastkasi joylashgan hududdagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Elektron raqamli imzo oʻrni _______________________
Elektron raqamli imzo oʻrni _______________________
QR-kodi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron-onlayn auksion orqali realizatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun 0,04 gektargacha yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali mulk huquqi asosida realizatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“E-auksion” elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda — savdo platformasi) — elektron onlayn-auksion tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining bunday auksion jarayoniga kirish va ularda qatnashish imkonini taʼminlaydigan axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Yerelektron” AAT) — yer uchastkalarini realizatsiya qilish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va axborot tizimiga kiritilgan vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini amalga oshirishni taʼminlaydigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi punktining bosh rejasi — aholi punktini hududiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini hamda fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitini kompleks shakllantirish shart-sharoitlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi punktlari qismlarining batafsil rejasi loyihasi (keyingi oʻrinlarda — BRL) — aholi punktlari hududlari qismlari uchun aholi punkti bosh rejasi asosida ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjati boʻlib, u qizil chiziqlarni, yer uchastkalarini qurish va ulardan foydalanishni tartibga solish chiziqlarini, yerga egalik qilish, yerdan foydalanish va mulkdorlarning yer uchastkalari chegaralarini, hududlarning zonalashtirilishini va ularni qurish navbatini, muhofaza zonalaridan foydalanish rejimini, koʻchalar, tor koʻchalar, piyodalarga ajratilgan zonalarning, shuningdek, transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarning, muhandislik uskunalarining hamda hududni obodonlashtirishning koʻrsatkichlarini, ijtimoiy va madaniy-maishiy obyektlarning tarkibi hamda joylashuvini, qurishning hajmiy-hududiy va arxitektura-rejalashtirish yechimini, qurish zichligi va koʻrsatkichlarini, binolar va inshootlarning necha qavatliligini, turlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi — yer fondining qatʼiy belgilangan chegara, maydon, joylashuv joyi, huquqiy rejimga va davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsiflarga ega qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishtirokchi — savdo platformasida ushbu Nizomda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtib, auksionda qatnashish uchun ariza bergan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-qidiruv tashkiloti — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq uch tomonlama (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar — buyurtmachi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi — xizmat xarajatlarini toʻlovchi va loyiha-qidiruv tashkiloti — buyurtmani bajaruvchi) shartnoma boʻyicha jalb qilinadigan loyiha-qidiruv tashkiloti;
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operator — savdo platformasida auksionni tashkil etish xamda oʻtkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xabarnoma — savdo platformasida muayyan yer uchastkasi boʻyicha auksion oʻtkazilishi haqidagi axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy kabinet — ishtirokchiga auksion buyurtma berish, ularda qatnashish, shaxsiy hisobni boshqarish, uning holati va boshqa statistik maʼlumotlarni koʻrish hamda operator tomonidan joʻnatilayotgan xabarlar bilan tanishib borish imkonini beruvchi savdo platformasining maxsus boʻlimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron onlayn-auksion (keyingi oʻrinlarda — auksion) — savdo platformasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga auksion obyektini realizatsiya qilish boʻyicha narxni oshirib borish tamoyilida onlayn oʻtkaziladigan savdo shakli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun bir lotda 0,04 gektargacha doirada yer uchastkalarini realizatsiya qilish “E-auksion” yagona auksion elektron savdo platformasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalari faqat shaharsozlik hujjatlari (aholi punktining bosh rejasi va aholi punkti tegishli qismining BRL) bilan taʼminlangan aholi punktlari boʻyicha auksionga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi punkti bosh rejasida yakka tartibda uy-joy qurish nazarda tutilgan aholi punkti qismlarining BRL boʻlmagan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tegishli uy-joy massivlari uchun BRL ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun BRL ishlab chiqish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tegishli mahalliy budjetlari mablagʻlari, yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishda yer uchastkalarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash shartlari nazarda tutilishi kerak. Uy-joy massivlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash Davlat uy-joy dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali realizatsiya qilish mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari yer uchastkasini auksionga chiqarishda buyurtmachi hisoblanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Auksion natijalari boʻyicha pul mablagʻlari operatorning maxsus hisobvaragʻida yigʻiladi va auksion gʻolibi tomonidan yer uchastkasi qabul qilinganligi tasdiqlangandan soʻng buyurtmachi hisobvaragʻiga belgilangan tartibda operator xizmat haqi chegirilgan holda oʻtkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali realizatsiya qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Yer uchastkalari roʻyxatini shakllantirish va yer uchastkalarini auksionga qoʻyish uchun zarur materiallarni tayyorlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tuman (shahar) hokimligi belgilangan tartibda tasdiqlangan BRLga muvofiq yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun beriladigan har bir yer uchastkasiga kadastr yigʻmajildini rasmiylashtirish uchun yer uchastkalarining shartli chegaralarini hamda foydalanish mumkin boʻlgan faoliyat turlarini koʻrsatgan holda buyurtmani shakllantiradi va uni elektron hujjat almashinuvi yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filialiga (keyingi oʻrinlarda — filial) yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalarining shartli chegaralari tuman (shahar) hokimligi tomonidan tuman (shahar) qurilish boʻlimi hamda filial bilan birgalikda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Filial tuman (shahar) hokimligidan buyurtmani olgandan keyin oʻn besh ish kunida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri maʼlumotlari asosida buyurtmada belgilangan yer uchastkasining boʻsh yoki boʻsh emasligini aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi boʻsh boʻlmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi va tuman (shahar) qurilish boʻlimiga bu toʻgʻrisida maʼlumot yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻsh yer uchastkalari boʻyicha kadastr yigʻmajildini tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialning kadastr yigʻmajildini tayyorlash hamda hududiy boshqarmaning yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va tuman (shahar) mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ushbu Nizomning 8-bandi birinchi xatboshisida nazarda tutilgan va BRL ishlab chiqiladigan boshqa hududning BRL mavjud boʻlsa mazkur hudud uchun topografik xarita loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi punkti bosh rejasida yakka tartibda uy-joy qurilishi nazarda tutilgan aholi punktlari qismlarining BRL mavjud boʻlmaganda tuman (shahar) hokimligi ikki ish kuni mobaynida belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga vakolatli loyiha tashkiloti bilan tegishli BRLlarni ishlab chiqishga shartnoma tuzish uchun iltimosnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻn besh ish kunida vakolatli loyiha tashkiloti hamda loyiha-qidiruv tashkiloti bilan tegishli BRLlarni va topografik xaritani ishlab chiqish boʻyicha shartnoma tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BRL belgilangan tartibda tasdiqlangandan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki ish kunida yer uchastkalarini realizatsiya qilish toʻgʻrisida buyurtmani shakllantirish uchun BRLni tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tuman (shahar) hokimligi ikki ish kunida “E-qaror” tizimida qaror loyihasini ishlab chiqadi, kelishadi va roʻyxatdan oʻtkazadi hamda “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali mulk huquqi bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi) yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi ikki ish kunida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmada koʻrsatilgan yer uchastkasi maʼlumotlarining Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligini tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga yer uchastkasiga boʻlgan huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va ushbu yer uchastkasi toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni “Yerelektron” AATga kiritadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reyestrdan koʻchirma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasining WGS-84 (World Geodetic System 1984) ochiq koordinatalar tizimida chegaralari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu yer uchastkasidan foydalanish mumkin boʻlgan faoliyat turlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi, jumladan, uning maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi haqida qisqacha maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan bogʻliq sxema;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasini kamida ikki tomondan oʻrab turgan obyektlarning raqamli fotosurati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir yer uchastkasiga oʻziga xos raqam beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan va “Yerelektron” AATga maʼlumotlar kiritilganidan soʻng tuman (shahar) hokimligi ikki ish kuni ichida yer uchastkasi boʻyicha yoki undan foydalanishga nisbatan mavjud cheklovlarni “Yerelektron” ATT orqali belgilaydi va elektron hamkorlik orqali muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga ushbu yer uchastkalari muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga tegishli texnik shartlarni olish uchun soʻrov yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar soʻrov tushgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida tuman (shahar) hokimligiga elektron hamkorlik orqali muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishning texnik shartlarini elektron shaklda yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik, shu jumladan, qoʻshimcha shartlarni ishlab chiqish va ularni yuborish uchun toʻlov undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tuman (shahar) hokimligi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishning texnik shartlari tushgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni texnik shartlar bilan birga elektron shaklda “Yerelektron” AAT orqali Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi yetti ish kunida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng yaxshi takliflarni tanlash orqali baholovchi tashkilotni aniqlash, ular bilan shartnoma tuzish hamda yer uchastkasining bozor qiymatini aniqlash ishlari tashkil etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobot asosida “YERELEKTRON” AATga yer uchastkasining boshlangʻich qiymatini kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda bitta uy-joy massivida joylashgan bir necha lotga boʻlib auksionga qoʻyiladigan yer uchastkalari uchun bir xil boshlangʻich narx belgilanishi mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun moʻljallangan yer uchastkalari bozor qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Yerelektron” AATga kiritilgandan soʻng buyurtmachi tomonidan avtomatik ravishda auksionga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tuman (shahar) hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ikki ish kuni ichida auksionga qoʻyilgan boʻsh yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi va elektron ommaviy axborot vositalarida tarqatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr agentligi yer uchastkalari boʻyicha auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabar eʼlon qilingan paytdan boshlab barcha ishtirokchilarga mazkur yer uchastkalarini oldindan koʻrish (koʻzdan kechirish) imkoniyatini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasi boʻyicha tegishli maʼlumotlar, shu jumladan, fotosuratlar, uning geolokatsiya va koordinatalari toʻliq koʻrsatilmagan holda auksionga chiqarish uchun buyurtma taqdim etilganda, operator tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi operator tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklarni bir hafta muddatda bartaraf etib, elektron buyurtmani ushbu band talablariga muvofiq takroran yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. “E-auksion” platformasida elektron onlayn-auksion tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha elektron auksionda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Davlat orderini rasmiylashtirish va yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi auksion natijalari haqidagi bayonnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini (keyingi oʻrinlarda — davlat orderi) rasmiylashtiradi, uni ERI bilan tasdiqlaydi va auksion gʻolibining shaxsiy kabinetiga hamda “Yerelektron” AAT orqali Davlat kadastrlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat orderi gʻolib nomiga yer uchastkasini mulk huquq asosida roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos boʻladi. Davlat orderini berish uchun davlat boji undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan davlat orderi tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasidan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirma operatorga “Yerelektron” AAT orqali auksion gʻolibiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan yer uchastkasi joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maʼlumot yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va lotni sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Operator yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi koʻchirmani olgandan soʻng uni avtomatik ravishda gʻolibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Yer uchastkasini berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Davlat orderi asosida filial tuman (shahar) qurilish boʻlimi bilan birgalikda uch ish kuni davomida yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkasi chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida haq undiriladi va lotni sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ajratilgan yer uchastkasida qurilishni boshlashga faqat yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Auksiondan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Buyurtmachi yer uchastkasini sotishdan tushgan mablagʻni bir ish kuni ichida quyidagilarga yoʻnaltiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan miqdorda — tegishli Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga, uning 10 foizi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining maxsus gʻaznachilik hisobvaragʻiga (4014);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yer uchastkasi chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish uchun mazkur Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar quyidagicha taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi mablagʻ — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari bank hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi mablagʻ — tegishli Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 10 foizi — “YERELEKTRON” AATni texnik qoʻllab-quvvatlash va uni yuritish bilan bogʻliq shtat birliklarini saqlash uchun Davlat kadastrlari palatasining bank hisobvaragʻiga (bunda mazkur xarajatlar uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish hisobidan yoʻnaltirilgan mablagʻlar miqdori bir kalendar yilda bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshmasligi lozim);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) baholash oʻtkazish boʻyicha koʻrsatgan xizmatlari uchun mustaqil baholovchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ularning bank hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalari aks ettirilgan topografik xaritasini tayyorlaganligi uchun shartnoma asosida loyiha qidiruv tashkilotining bank hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) qolgan mablagʻlarning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti maxsus gʻazna hisobvaraqlariga ularning qoʻshimcha manbalari sifatida yoʻnaltiriladi va uning 30 foizi — yer uchastkalari davlat organlari, muassasalari va korxonalari foydalanishida boʻlgan va ularning tashabbusi bilan elektron onlayn-auksionga qoʻyilgan taqdirda-ushbu davlat organlari va tashkilotlariga, qolgan hollarda — jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmaga, 70 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foizi — mazkur yer uchastkalari joylashgan tuman (shahar)lar budjetiga ularning qoʻshimcha manbalari sifatida oʻtkaziladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron-onlayn auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi
1. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini realizatsiya qilish toʻgʻrisidagi buyurtmani shakllantiradi va uni elektron hujjat almashinuvi yoʻli bilan filialga yuboradi.
2. Yer uchastkalarining shartli chegaralari tuman (shahar) qurilish boʻlimi hamda Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali bilan birgalikda belgilanadi.
Belgilangan tartibda tasdiqlangan BRLga muvofiq
2-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali
1. Davlat reyestri maʼlumotlari asosida buyurtmada belgilangan yer uchastkasining boʻsh yoki boʻsh emasligini aniqlaydi.
2. Yer uchastkasi boʻsh boʻlmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi va tuman (shahar) qurilish boʻlimiga bu toʻgʻrisida maʼlumot yuboradi.
3. Boʻsh yer uchastkalari boʻyicha kadastr yigʻmajildini tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
15 ish kuni ichida
3-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi
1. “E-qaror” tizimida qaror loyihasini ishlab chiqadi, kelishadi va roʻyxatdan oʻtkazadi.
2. “Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali mulk huquqi bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
2 ish kunida
4-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi
1. Buyurtmada koʻrsatilgan yer uchastkasi maʼlumotlarining Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshiradi.
2. Yer uchastkasiga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligini tekshiradi.
3. Tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va tegishli maʼlumotlarni “Yerelektron” AAT kiritadi.
2 ish kuni
5-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi
1. Yer uchastkasi boʻyicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavjud cheklovlarni “Yerelektron” ATT orqali belgilaydi.
2. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga yer uchastkalarini tarmoqlarga ulashga tegishli texnik shartlarni olish uchun soʻrov yuboradi.
2 ish kuni
6-bosqich
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishning texnik shartlarini ishlab chiqadi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
3 ish kuni
7-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi
Yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni texnik shartlar bilan birga elektron shaklda “Yerelektron” AAT orqali Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
1 ish kuni
8-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi
1. Eng yaxshi takliflarni tanlash orqali baholovchi tashkilotni aniqlash, ular bilan shartnoma tuzish hamda yer uchastkasining bozor qiymatini aniqlash ishlari tashkil etilishini taʼminlaydi;
7 ish kuni
2. Baholash tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobot asosida “YERELEKTRON” AATga yer uchastkasining boshlangʻich qiymatini kiritadi.
9-bosqich
Tuman (shahar) hokimligi
Auksionga qoʻyilgan boʻsh turgan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi va elektron ommaviy axborot vositalarida tarqatadi.
2 ish kuni
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
10-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari
Elektron onlayn-auksionda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartiblarga muvofiq ishtirok etadi.
Belgilangan muddatda
11-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi
Auksion natijalari haqidagi bayonnoma asosida yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini rasmiylashtiradi, uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi va auksion gʻolibining shaxsiy kabinetiga hamda “Yerelektron” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi.
1 ish kuni
12-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi koʻchirma operatorga “Yerelektron” AAT orqali yuboriladi.
2 ish kuni
13-bosqich
Operator
Yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi koʻchirmani gʻolibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Avtomatik ravishda
14-bosqich
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali va tuman (shahar) qurilish boʻlimi
Yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi va yer uchastkasini naturada koʻrsatadi.
3 ish kuni
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 685-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron-onlayn auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGINING ____________________________ HUDUDIY BOSHQARMASI
(hudud nomi)
YER UCHASTKASIGA MULK HUQUQINI BERUVCHI DAVLAT ORDERI № ______
umumiy _____________kv m yer maydoniga mulk huquqi berildi. Ushbu order_________________________________________________________________________________
(orderni bergan davlat organining nomi)
____________________________________________________________________________ga asosan berildi.
(orderni berishning asosi)
Order roʻyxatdan oʻtkazilgan sana ___________________________________
Hududiy boshqarma boshligʻi
QR-kodi
F.I.O.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yerxususiylashtirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) prokuraturalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va uning hududiy boshqarmalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan “Yerxususiylashtirish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanishi belgilangan boshqa tashkilotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Davlat organlari tizimga elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali belgilangan tartibda ulanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga 5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanadigan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) prokuraturalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va uning hududiy boshqarmalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, uning hududiy boshqarmalari, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining hududiy boshqarmalari.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va uning hududiy boʻlinmalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanishi belgilangan boshqa tashkilotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eslatma. Davlat organlari tizimga elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali belgilangan tartibda ulanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga 6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va idoralar foydalanishidagi yer uchastkalari hamda dehqon xoʻjaliklarida yer tuzish, geodeziya va xatlov ishlari, kadastr pasportlarini tayyorlash va yerga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun 2022-yilda ajratiladigan mablagʻlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
HISOB-KITOBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mln soʻm
T/r
Budjet mablagʻlarini taqsimlovchi (oluvchi) yerdan foydalanuvchilar
Ishlar bajariladigan yer turlari
2022-yil uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan
Budjetdan tashqari jamgʻarmalar hisobidan
1.
Suv xoʻjaligi vazirligi
Suv fondi yerlari
10 547,0
2.
Mudofaa vazirligi
Mudofaa maqsadlariga moʻljallangan yerlar
1 048,8
3.
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi
Oʻrmon fondi yerlari
9 351,9
3 349,3
4.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
Davlat qoʻriqxonalari, davlat biosfera rezervatlari va boshqa muassasalar yerlari
129,3
5.
Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanuvchi budjet tashkilotlari
Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar
1 818,1
6.
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari yerlari
23 691,1
7.
Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi
Moddiy madaniy meros obyektlari yerlari
4 738,2
3 938,6
8.
Tuman (shahar) hokimliklarining obodonlashtirish boʻlinmalari
Ichki yoʻllar, obodonlashtirish yerlari
28 259,5
9.
Tuman (shahar) hokimliklari
Zaxira toifasidagi yerlar
2 088,9
10.
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi
Dehqon xoʻjaliklari yerlari
10 394,9
Jami
91 938,5
7 417,1
(6-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga 7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy _______________ kv m yer maydoni va ______________ kv m davlat koʻchmas mulk obyekti mulk huquqi bilan berildi. Ushbu order_________________________________________________________________________tomonidan
(orderni bergan davlat organining nomi)
____________________________________________________________________________ga asosan berildi.
(orderni berishning asosi)
Order roʻyxatdan oʻtkazilgan sana ___________________________________
Agentlik direktori (Hududiy boshqarma boshligʻi)
QR-kodi
F.I.O.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga 8-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartib-taomillarini aprobatsiya qilish boʻyicha huquqiy eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisida” 2019-yil 2-dekabrdagi 963-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun boʻsh turgan yer uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-dekabrdagi 1023-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosati tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 14-dekabrdagi 777-son qaroriga 1-ilovaning 50-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga 20-ilovaning 7-bandi.