09.10.1997 yildagi 469-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.10.1997 yildagi 469-son
Date of entry into force
09.10.1997
Hujjat 13.09.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi, mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan korxonalar va tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega boʻlgan yoki idoralararo tusdagi (umumiy majburiy tusdagi) meʼyoriy hujjatlari ushbu hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin, agar hujjatning oʻzida kechroq muddatda koʻrsatilmagan boʻlsa, kuchga kiradi va bajarilishi kerak;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan meʼyoriy hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi hamda tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish, undagi koʻrsatmalar bajarilmaganligi uchun fuqarolar, mansabdor shaxslar, korxonalar va tashkilotlarga biror-bir jazo qoʻllash uchun asos boʻlib xizmat qilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meʼyoriy hujjatning davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartib raqami va sanasi koʻrsatilmagan holda tarqatilishi va eʼlon qilinishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qoidalar vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning mazkur qaror qabul qilinguncha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan meʼyoriy hujjatlariga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning fuqarolarning, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlariga taalluqli umumiy majburiy tusdagi meʼyoriy hujjatlari “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi” — “Byulleten normativnix aktov ministerstv, gosudarstvennix komitetov i vedomstv Respubliki Uzbekistan”da albatta eʼlon qilinishi kerak.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan Nizomni qoʻllashga doir tushuntirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlar qabul qilish va qoʻllash shuningdek, qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarni eʼlon qilish va manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazish boʻyicha ishini nazorat qilish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga oʻn kun muddatda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish yoki davlat roʻyxatidan oʻtmagan hujjatlarni bekor qilish, buzilgan huquqlarni tiklash, yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar bilan sud organlariga murojaat qilish, shuningdek, aybdor mansabdor shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish masalasini Hukumat oldiga qoʻyish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan daʼvolar sudga berilganda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Adliya vazirligiga yuklangan vazifalarni taʼminlash uchun Adliya vazirligi markaziy apparatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi negizida Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi tashkil etilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida tashkil etilayotgan Boshqarma uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi” — “Byulleten normativnix aktov ministerstv, gosudarstvennix komitetov i vedomstv Respubliki Uzbekistan” nashr etilishi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi va “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan byulletenning oʻz vaqtida nashr etilishini taʼminlash bilan bogʻliq tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik masalalarni 1997-yil 1-noyabrgacha hal etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 294-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 6-son, 25-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 294-son qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 15-iyundagi 300-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-yil., 6-son, 29-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar yuklangan vazifalarni hisobga olgan holda Vazirlik toʻgʻrisidagi nizomni va markaziy apparat tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 9-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
469-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralarning meʼyoriy hujjatlarini (keyingi oʻrinlarda “meʼyoriy hujjatlar” deb ataladi) huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini, shuningdek, ularga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning (keyingi oʻrinlarda “vazirliklar va idoralar” deb ataladi) meʼyoriy hujjatlarini, ularning amal qilish muddatidan (doimiy yoki vaqtincha) hamda ulardagi maʼlumotlarning xususiyatidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom maqsadlari uchun idoralar deganda vazirlik yoki davlat qoʻmitasi hisoblanmagan, ijro etish va (yoki) farmoyish berish funksiyalari, shuningdek, umumiy majburiy tusdagi meʼyoriy hujjatlarni qabul qilish huquqi berilgan boshqaruvning umumdavlat organlari yoxud maxsus vakolatli boshqaruv organlari (agentliklar, komissiyalar, markazlar, boshqarmalar va boshqalar) tushuniladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirliklar va idoralarning umumiy majburiy tusdagi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoralararo tusga ega boʻlgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan korxonalar va tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega boʻlgan meʼyoriy hujjatlari huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladigan standartlashtirish boʻyicha meʼyoriy hujjatlar, shuningdek, standartlashtirish boʻyicha meʼyoriy hujjatlarga tegishli boʻlmagan texnik qoidalar va normalar mazkur Nizomga muvofiq Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi. Qoidalar va normalarni texnik hujjatlarga tegishli deb topish Adliya vazirligi bilan kelishuv boʻyicha amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirliklar va idoralar meʼyoriy hujjatlarni qabul qilishda huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ularni oʻn kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat roʻyxatidan oʻtmagan meʼyoriy hujjatlar qoʻllanilganligi aniqlangan taqdirda Adliya vazirligi tegishli vazirlik yoki idoraga ushbu hujjatni bekor qilish va bajarishdan chaqirib olish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi. Vazirliklar va idoralar oʻn kun muddatda Adliya vazirligining talabini bajarishlari shart. Adliya vazirligi “Xalq soʻzi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida mazkur meʼyoriy hujjatning noqonuniyligi toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilishga haqlidir.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bir nechta vazirlik va idora qabul qilgan meʼyoriy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etish hujjatni tasdiqlaganlar orasida birinchi boʻlib koʻrsatilgan organga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Meʼyoriy hujjatlarga qoʻyiladigan talablar
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Normativ hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchilikka, mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ hujjatlarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korrupsiyaning yuzaga kelishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida boshqa huquq buzilishlarining sodir etilishi uchun shart-sharoitlar yaratuvchi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklashlarni kirituvchi va tadbirkorlik subyektlarining asoslanmagan xarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar va normalar kiritilishi taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ hujjatlar Idoraviy normativ hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari talablariga muvofiq tayyorlanishi va qabul qilinishi kerak.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar oʻz vakolatlari doirasida normativ hujjatlarni buyruqlar va qarorlar shaklida qabul qiladilar. Nizomlar, qoidalar va yoʻriqnomalar shaklida qabul qilinadigan normativ hujjatlar buyruqlar yoki qarorlar bilan tasdiqlanadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meʼyoriy yozma koʻrsatmalar (xat, telefonogramma, xususiy masalalar boʻyicha tushuntirishlar va boshqalar)ning huquqiy hujjat hisoblanmagan hujjatlarga, shuningdek, yakka tartibdagi xususiyatga ega boʻlgan hujjatlarga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar va idoralar huquqiy tartibga solishni talab qiladigan masalalar paydo boʻlgan taqdirda, agar ushbu masalalarni meʼyoriy tartibga solish oʻz vakolatlariga kirsa, tegishli meʼyoriy hujjatlarni oʻz vaqtida qabul qilishlari kerak. Adliya vazirligi vazirliklar va idoralarga tegishli meʼyoriy hujjatni qabul qilish zarurligi, uni ishlab chiqish muddati haqida taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan meʼyoriy hujjat qabul qilish muddati, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, bir oydan oshmasligi kerak.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Meʼyoriy hujjatda mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasining qaysi Qonunini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qaysi qarorini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaysi farmonini, qarorini yoki farmoyishini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaysi qarorini (ularning moddalari yoki bandlarini) bajarish yuzasidan yoki ular asosida chiqarilayotganligi majburiy tartibda koʻrsatiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Meʼyoriy hujjat tuzilmasi huquqiy tartibga solish mavzusi izchil rivojlantirilishini, shuningdek, boʻlajak hujjat bir xilda tushunilishi va qoʻllanilishini taʼminlash kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meʼyoriy hujjat oʻz mazmuniga mos qisqacha nomlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar meʼyoriy hujjat qabul qilinishi maqsadlari va sabablari tushuntirilishi talab etilsa, unda kirish qismi beriladi. Meʼyoriy tusga ega boʻlgan qoida kirish qismiga kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meʼyoriy hujjat qoidalari aniq va yorqin adabiy tilda bayon qilinishi kerak. Foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha talqin qilinishini istisno qilish uchun ularning amaldagi qonun hujjatlarida qabul qilingan ahamiyatiga muvofiq bir xilda qoʻllaniladi. Zarur hollarda maxsus atamalar va tushunchalarning qisqacha taʼrifi beriladi, umumiy qabul qilingan qisqartmalar qoʻllanadi va boshqa qisqartirishlar tushuntiriladi. Eskirgan va koʻp maʼnoli soʻzlar va iboralar, obrazli qiyoslashlar, majozlar, sifatlashlar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meʼyoriy hujjatlarda amaldagi qonun hujjatlari qoidalari soʻzma-soʻz takrorlanishi taqiqlanadi. Meʼyoriy hujjatlar matniga amaldagi qonun hujjatlariga havola qilish kiritilishiga faqat istisno hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur meʼyoriy hujjatning boshqa bandlariga, shuningdek, vazirliklar va idoralarning ilgari qabul qilingan meʼyoriy hujjatlariga havola qilish ularning oʻzaro aloqasini koʻrsatish yoki takrorga yoʻl qoʻymaslik zarur boʻlgan hollardagina qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meʼyoriy hujjatning har bir bandida bitta meʼyoriy koʻrsatma boʻlishi kerak. Hujjatning har bir mustaqil bandi toʻliq va tugallangan mazmunga ega boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar meʼyoriy hujjatda roʻyxatlar, jadvallar, grafiklar, formulalar, metodikalar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar, blankalar namunalari keltirilsa, ular, odatda, ilovalarda berilishi kerak. Meʼyoriy hujjatning tegishli bandlarida ushbu ilovalarga havola qilinadi.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amaldagi meʼyoriy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan hal etish mumkin boʻlgan masalalar boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shaklidagi hujjatlar qabul qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Meʼyoriy hujjatda quyidagi rekvizitlar boʻlishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjat shaklining belgilanishi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tartibga solish mavzusini belgilovchi nom;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatning tartib raqami, qabul qilingan sanasi va joyi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirlik yoki idora rahbarining yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxsning ushbu organ muhri bilan tasdiqlangan imzosi.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agar meʼyoriy hujjatning qabul qilinishi mazkur organ tomonidan ilgari qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar oʻz kuchini yoʻqotishi eʼtirof etilishini yoki ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini talab etsa, unday holda ushbu qoidalar taqdim etilgan meʼyoriy hujjatda yoxud boshqa hujjatda aks ettirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Meʼyoriy hujjatga:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meʼyoriy hujjatni chiqarish uchun asos (vazirlik va idora vakolati, meʼyoriy hujjatga kirgan masalalarni hal etishni topshirish yoki bunday huquq berish yuzasidan yuqori organning qarori, hujjat qabul qilinishi uchun asos boʻlib xizmat qilgan boshqa holatlar);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur organ tomonidan ushbu masala boʻyicha ilgari qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu masala boʻyicha ilgari boshqa organlar tomonidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar va davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etilgan hujjat qabul qilinishi munosabati bilan ularni oʻzgartirish yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash haqidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan maʼlumotnoma ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tayyorlangan meʼyoriy hujjat vazirlik yoki idora rahbari tomonidan imzolangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirilishi kerak.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim etilgan meʼyoriy hujjatga ushbu organning yuridik xizmati rahbari tomonidan viza qoʻyilgan, ilova qilingan maʼlumotnoma esa imzolangan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdim etilgan meʼyoriy hujjatni olingan kundan boshlab 30 kun ichida huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Zarurat boʻlsa, ekspertizadan oʻtkazishda Adliya vazirligi qoʻshimcha hujjatlarni talab etish, shuningdek, meʼyoriy hujjatlar boʻyicha xulosalar berish uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlarni shtatdan tashqari ekspertlar sifatida jalb qilish huquqiga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Agar taqdim etilgan meʼyoriy hujjat Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boʻlgan va mazkur Nizomning II boʻlimida koʻrsatilgan talablariga javob bergan taqdirda, Adliya vazirligi uni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meʼyoriy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Adliya vazirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meʼyoriy hujjat, agar hujjatning oʻzida yanada kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi va bajarilishi kerak.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Agar meʼyoriy hujjat Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlsa, mazkur Nizomning II boʻlimi talablariga javob bermasa, yoxud manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganda bunday organlar bilan kelishilmagan boʻlsa, meʼyoriy hujjatni roʻyxatdan oʻtkazish rad etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan meʼyoriy hujjatlar Adliya vazirligi tomonidan tegishli xulosalar bilan ularni taqdim etgan organlarga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan meʼyoriy hujjatlar Adliya vazirligining xulosalari hisobga olingan holda puxta ishlangan taqdirda davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun takroran taqdim etilishi mumkin. Bunda qonunlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdimnomasiga koʻra qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarni mukammallashtirish va davlat roʻyxatidan oʻtkazishga takroriy taqdim etish muddati bir oydan oshmasligi kerak.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Meʼyoriy hujjatning asl nusxasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin unga berilgan roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami bilan birgalikda uni taqdim etgan organga qaytariladi, ikki nusxasi hisobga olish va eʼlon qilish uchun Adliya vazirligida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yakuniy qoidalar
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari oʻzgargan taqdirda vazirliklar va idoralar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oʻz meʼyoriy hujjatlarini qonunchilikka muvofiqlashtirish hamda huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishlari kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirliklar va idoralardan ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan meʼyoriy hujjatlarini qonunchilikka muvofiq holga keltirishni talab qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar va idoralar ushbu holda oʻn kun muddatda huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻzlari qabul qilgan meʼyoriy hujjatlardagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdir. Ushbu qoida bajarilmagan taqdirda Adliya vazirligi meʼyoriy hujjatni davlat reyestridan chiqarishga haqlidir, bu meʼyoriy hujjatni yuridik kuchga ega emas deb hisoblash uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meʼyoriy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish ushbu hujjatni qabul qilgan organ tomonidan, yoxud bunga vakil qilingan organ tomonidan mazkur hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizoli masalalar paydo boʻlgan, shuningdek, meʼyoriy hujjatni qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan yangi holatlar aniqlangan taqdirda, Adliya vazirligi masala belgilangan tartibda hal etilishigacha meʼyoriy hujjatning (yoki uning tegishli qismining) amal qilishini toʻxtatishga haqlidir. Mazkur bandda va mazkur Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan meʼyoriy hujjatning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish hamda uni qayta kuchga kiritish Adliya vazirining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi, uning nusxasi tegishli organga joʻnatiladi
(18-bandning birinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Meʼyoriy hujjatlarni qabul qilgan organ tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan taqdirda uning hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanishi, ularning tarqatilishi, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi haqidagi masalalar uning huquqiy vorisi yoki yuqori turuvchi organ tomonidan hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi kerak. Meʼyoriy hujjatni manfaatdor shaxslarga yetkazish meʼyoriy hujjatning matni bilan toʻsiqsiz (erkin) tanishish huquqini beruvchi har qanday shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Mazkur qoida bajarilmagan taqdirda Adliya vazirligi vazirlik yoki idora tomonidan tegishli chora-tadbirlar koʻrilmaguncha meʼyoriy hujjatning amalda boʻlishini toʻxtatib qoʻyishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va nashr etilishi (eʼlon qilinishi) kerak boʻlgan meʼyoriy hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar bajarish uchun yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Xalq soʻzi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida muntazam ravishda eʼlon qilib berilishi shart.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli organlarga ular qabul qilgan meʼyoriy hujjatlar boʻyicha tushuntirish berish zarurligi toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtkazilgan meʼyoriy hujjatlar boʻyicha barcha tushuntirishlarning nusxasi majburiy tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga joʻnatiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.