1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.04.00 Zararli va ogʻir mehnat sharoitlari. Mehnatning alohida holatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malaka imtihonini oʻtkazish va malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan boshlab mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malaka imtihonlarini oʻtkazish va malaka sertifikatlarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilishini joriy etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malaka imtihonini oʻtkazish va malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda 2022-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning malaka sertifikati olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalarini malaka imtihonini oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ etib belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorga malaka sertifikatini berish uchun ikki oyda kamida bir marta malaka imtihonini oʻtkazish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga malaka sertifikatini berish, uning muddatini uzaytirish, shuningdek malaka sertifikatlarining reyestrini yuritish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2022-yil 15-yanvarga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatish YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamenti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentning talablari buzilgan hollarda, davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qaroriga 2022-yil 1-yanvardan eʼtiboran 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 5-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-yanvardagi 4-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malaka imtihonini oʻtkazish va malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REGLAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malaka imtihonini oʻtkazish va malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organ — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi organ — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalarining Davlat mehnat inspeksiyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka imtihoni — talabgorning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi kasbiy bilimlarini tekshirish shakli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassisning malaka sertifikati (keyingi oʻrinlarda — malaka sertifikati) — talabgorga mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotning (mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilari) xodimi sifatida faoliyat yuritish huquqini beruvchi hujjat. Malaka sertifikati besh yil muddatga beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — malaka sertifikatini olishga talabgor boʻlgan jismoniy shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining yagona reyestriga “mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish” xizmat turi boʻyicha kiritilgan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti yoki Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Malaka sertifikatiga ega boʻlgan har bir talabgor malaka sertifikati olgan yildan keyin har uch yilda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan davomiyligi 72 akademik soatdan kam boʻlmagan mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish kurslaridan oʻtishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Malaka sertifikati davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — markaz) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali vakolatli organ tomonidan ushbu Reglamentga muvofiq talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Markazlar va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi identifikatsiya qilish vositalarini majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron hamkorlik yordamida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Talabgor quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oliy texnik maʼlumotga, mutaxassisligi boʻyicha kamida uch yil ish stajiga yoki xorijiy davlatlarda olingan oliy texnik maʼlumot yoxud ilmiy darajaga (belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan taqdirda) egaligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasasini tamomlagandan keyin mehnatni muhofaza qilish xizmatining yoki mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotning yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining mutaxassisi sifatida kamida uch yil ish stajining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida yoki xorijiy davlatlarda olingan oliy notexnik maʼlumot (belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan taqdirda) bilan oxirgi oʻn yildan kamida uch yil bosh muhandis, bosh mexanik, bosh energetik yoxud ishlab chiqarish uchastkasi (boʻlinmasi) rahbari ish stajining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) malaka imtihonidan oʻtish uchun hujjatlarni topshirgunga qadar bir yildan ortiq vaqt oʻtmagan, davomiyligi 72 akademik soatdan kam boʻlmagan hajmda malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malaka imtihonini oʻtkazish va malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Murojaat qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Talabgor oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, markaz xodimi talabgor nomidan, YIDXP orqali murojaat qilingan hollarda esa — talabgor mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi va unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoki xorijiy taʼlim muassasasida olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat (Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan) nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi elektron shakldagi fotosurat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davomiyligi 72 akademik soatdan kam boʻlmagan mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirganlik haqida hujjat nusxasi (oʻquv tugagan sanadan boshlab malaka imtihonidan oʻtish uchun hujjatlarni topshirgunga qadar boʻlgan sanagacha bir yildan ortiq vaqt oʻtmagan boʻlsa hujjat haqiqiy hisoblanadi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorning soʻrovnomasida uning elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Soʻrovnomada talabgor elektron manzilining koʻrsatilganligi uning soʻrovnoma boʻyicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali xabarnoma olishga roziligini anglatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgordan mazkur bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Soʻrovnoma zarur maʼlumotlar rasmiylashtirgandan va kiritgandan soʻng keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.

Talabgor davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, tegishli preyskurantga asosan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) markaz orqali murojaat etilganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining 11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Talabgor tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda, soʻrovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlganda, vakolatli organ talabgorning iltimosnomasiga asosan 5 ish kuni ichida xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorlar tomonidan yuqorida nazarda tutilgan muddatda xatolar bartaraf etilmagan yoki yetishmayotgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, vakolatli organ tomonidan soʻrovnomani qabul qilish rad etiladi va oʻsha kuni bu haqida talabgor xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovnomani qabul qilishni boshqa sabablarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Talabgor markazga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlangandan soʻng ushbu Reglamentning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilingan holda oʻn daqiqada vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vakolatli organ soʻrovnoma tushgan kundan boshlab bir kun muddatda talabgorni malaka imtihoniga qoʻyish yoki rad etish maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. Malaka imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar roʻyxati vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Malaka imtihonini oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Talabgorni malaka imtihoniga qoʻyish yuzasidan qaror qabul qilinganda imtihonga qoʻyilganlar roʻyxati ishchi organga topshiriladi. Bunda malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga qarab, talabgorlarning soʻrovnomalariga asosan ishchi organ nazorati ostida vakolatli organ binosida, ikki oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ishchi organ faoliyatiga vakolatli organ xodimlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi, Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari vakillari jalb qilinadi. Test savollari vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Malaka imtihonini oʻtkazish kuni, vaqti va joyi toʻgʻrisida maʼlumot vakolatli organning rasmiy veb-saytida imtihonni oʻtkazish sanasidan oʻn besh kun oldin joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Malaka imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar roʻyxati vakolatli organning rasmiy veb-saytida imtihonni oʻtkazish sanasidan besh kun oldin joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Malaka imtihonini topshirishda talabgor fuqarolik pasporti, identifikatsiya ID-kartasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning aslini taqdim etadi. Pasport yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga ega boʻlmagan yoxud malaka imtihoniga kechikkan talabgorlar kelmagan hisoblanadi va navbatdagi malaka imtihonidan oʻtadigan talabgorlar roʻyxatiga kiritiladi, bu haqida talabgor markaz tomonidan (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) uch ish kunidan kechiktirmay xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Agar talabgor tegishli tarzda xabardor qilinganidan keyin ikki marta malaka imtihonini topshirish uchun kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar talabgorga qaytariladi. Bunda malaka imtihonidan oʻtish uchun toʻlangan yigʻim summasi qaytarib berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni qayta topshirish mazkur Reglamentda belgilangan umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Malaka imtihoni test sinovlari orqali oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka imtihonining shaffofligi va xolisligini taʼminlash maqsadida malaka imtihonini oʻtkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi, videotasvir vakolatli organda uch yil mobaynida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka imtihonini oʻtkazish jarayonini uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushirish uchun vakolatli organ malaka imtihonlarini tashkil etgan holda, alohida test xonalarini ajratadi hamda ularni zamonaviy texnik asbob-uskunalar (kompyuter, ovozli video kamera, internet aloqa va boshqalar) bilan taʼminlab, talabgorlar uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Test savollari variantlari va ularning javoblari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi takliflarini hisobga olgan holda, mehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, elektr xavfsizligi hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik asosida ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test savollari qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda muntazam yangilab boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Test sinovi oʻquv dasturining barcha boʻlimlarini aks ettiradigan kamida 75 ta savoldan iborat boʻladi va umumiy imtihon vaqti davomiyligi 45 daqiqani tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70 foizdan kam boʻlmagan savollarga toʻgʻri javob bergan talabgor malaka imtihonidan oʻtgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Malaka imtihonini topshirish jarayonida talabgorga quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari va yoʻriqnoma materiallar, axborotnomalar va maxsus adabiyotlardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mobil aloqa vositasi va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovi kabinetidan tashqariga chiqish (test sinovi oʻtayotgan xonadan tashqariga chiqqan shaxslar qayta ichkariga kiritilmaydi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar test sinovi oʻtayotgan xonadan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan oʻtmagan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Begona shaxslarga malaka imtihonida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Malaka imtihonidan oʻtmagan talabgor malaka imtihonini takroran topshirish uchun malaka imtihoni oʻtkazilgan kundan boshlab kamida bir oy vaqt oʻtgandan soʻng ushbu Reglamentda belgilangan tartibda malaka imtihonidan oʻtish uchun takroran murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Malaka imtihonining natijalari malaka imtihoni oʻtkazilgan kundan soʻng ikki kun muddatda vakolatli organning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi va vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Talabgorlarning test javoblari hamda ishchi organning bayonnomalari vakolatli organda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Malaka sertifikatini rasmiylashtirish, berish va malaka sertifikatlarining reyestrini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Vakolatli organ QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan malaka sertifikatini rasmiylashtiradi va uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi hamda ikki kun muddatda markazlarga (talabgor oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki avtomatik tarzda talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu malaka sertifikati Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida yuridik kuchga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Malaka sertifikati mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiradi va berilgan malaka sertifikatlarining reyestriga (keyingi oʻrinlarda — reyestr) tegishli yozuv kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Vakolatli organ tomonidan berilgan malaka sertifikatlarining reyestri yuritiladi va unda quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka sertifikati olingan sana, uni olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsini tasdiqlovchi (pasport) maʼlumotlar va yashash manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka sertifikatining hisobga olish seriyasi, raqami va berilgan sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka sertifikatining amal qilish muddati uzaytirilganligi, amal qilishi toʻxtatilganligi, bekor qilinganligi va qayta rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestr elektron shaklda yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestr shakli vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Reyestrga kiritilgan talabgorga taalluqli shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotlar (pasport maʼlumotlari) va yashash manzili kabi shaxsiy maʼlumotlardan tashqari barcha maʼlumotlar, ular bilan tanishib chiqish uchun ommabop boʻlib, vakolatli organning rasmiy veb-saytida chop etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Markazlar malaka sertifikati olingandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida uni talabgorning elektron manziliga yuboradi va talabgorni bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, uning soʻroviga koʻra markazlar talabgorga malaka sertifikatini elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Apellyatsiyani koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Malaka imtihonidan oʻta olmagan talabgor malaka imtihoni oʻtkazilgan kundan boshlab oʻttiz kalendar kun ichida vakolatli organga apellyatsiya berish huquqiga ega. Apellyatsiya yozma ravishda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organ bir hafta muddatda kiritilgan apellyatsiyani koʻrib chiqadi va talabgorga qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan vakolatli organ tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtihon natijalarini (yozma ravishda asoslangan xat asosida) oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellyatsiyani qanoatlantirish va talabgor malaka imtihonini topshirgan deb hisoblash toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellyatsiya bergan talabgorning malaka imtihoni mazkur Reglament talablariga zid ravishda oʻtkazilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, malaka imtihonini takroran oʻtkazish toʻgʻrisida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Malaka imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellyatsiya mazkur Reglament talablarini buzgan holda taqdim etilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellyatsiyada koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdigʻini topmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Vakolatli organ tomonidan apellyatsiya bergan talabgor uchun malaka imtihonini takroran oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, takroriy malaka imtihoni mazkur Reglamentda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Talabgor takroran apellyatsiya berishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Vakolatli organning qarori ustidan qonunchilikka muvofiq sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish va qayta rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish ushbu Reglamentda belgilangan umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirishda talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgor davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etganda, tegishli preyskurantga asosan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻimlar mazkur Reglamentning 12-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.

43. Malaka sertifikatining amal qilish muddati malaka imtihoni natijalari toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh yilga uzaytiriladi va vakolatli organ ERIsi bilan tasdiqlanadi hamda ikki kun muddatda markazga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki avtomatik tarzda talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboriladi. Ushbu malaka sertifikati Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida yuridik kuchga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Malaka sertifikati qayta rasmiylashtirilganda reyestrga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Pasportda koʻrsatilgan talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgartirilgan yoki pasporti oʻzgartirilgan taqdirda, talabgor bir oy davomida vakolatli organga malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ushbu maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda markazlar yoki YIDXP orqali ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Malaka sertifikatining qayta rasmiylashtirilishi talabgor tomonidan soʻrovnoma berilgan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi, bunda tegishli oʻzgartirishlar reyestrga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirishda talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻimlar mazkur Reglamentning 12-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglamentning talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Talabgor davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikka muvofiq shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malaka imtihonini oʻtkazish va malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malaka imtihonini oʻtkazish va malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malaka imtihonini oʻtkazish va malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malaka imtihonini oʻtkazish va malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
__________________
(sanasi)
__________________
(raqami)
1.
F.I.O.:
2.
Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, agar mavjud boʻlsa)
3.
Maʼlumoti (oliy taʼlim muassasasi nomi, fakultet)
3.1.
Tamomlagan yili, diplom raqami
3.2.
Diplom boʻyicha mutaxassisligi
4.
Malaka oshirganlik haqida hujjat raqami va berilgan vaqti (nusxa yoki elektron shaklda ilova qilinadi)
5.
3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi elektron fotosurat
6.
Manzili
7.
Mobil telefoni, elektron pochta manzili (e-mail)
8.
Talabgorning malaka sertifikatini olish uchun, malaka imtihonini topshirish uchun
9.
Talabgorning malaka sertifikati amal qilish muddatini uzaytirish uchun, malaka imtihonini topshirish uchun
10.
Talabgorning malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun*
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Qayta rasmiylashtirish uchun malaka imtihonini topshirish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning malaka imtihonini oʻtkazish va malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
_____________________________________________________________________________________ (Nududiy mehnat organi nomi) ____________-sonli
Mehnatni muhofaza qilish boʼyicha mutaxassis MALAKA SERTIFIKATI
Foto
____________________ (berilgan joy nomi)
_____________________ (berilgan vaqti)
___________________________________________________________________________________ tomonidan (Nududiy mehnat organi nomi va manzili) ___________________________________________________________________________________________ (kimga — talabgorning F.I.O) ___________________________________________________________________________________________ (talabgorga malaka sertifikati berilgan sana va amal qilish muddati)
Talabgorning identifikatsiya raqami (JSNSNIR): _______________________________________________________ Pasport maʼlumotlari:___________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ Oʼzbekiston Respublikasi hududida mehnatni muhofaza qilish boʼyicha mutaxassis sifatida ishlashga ruxsat beriladi. Nujjatni imzolagan shaxs ________________________________________________________________________
(hududiy mehnat organining boshligʼi F.I.O)
Nududiy mehnat organi (vakolatli shaxs)
QR-kod
Malaka sertifikatining amal qilish muddati uzaytirildi: “___”___________ 20___yildan “___”_________ 20___yilgacha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-yanvardagi 4-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 1-yanvardan eʼtiboran Vazirlar Mahkamasining “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-bandning uchinchi xatboshisidan “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis malaka sertifikati berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq” soʻzlari chiqarib tashlansin.