Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.02.2010 30.04.2005 yildagi PF-3602-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.04.2005 yildagi PF-3602-son
Date of entry into force
30.04.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.02.2010
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASh DAVLAT QO‘MITASINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-fevraldagi PF-4191-sonli “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyotning xususiy sektorini jadal rivojlantirishni rag‘batlantirish, tabiiy monopoliya korxonalari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish, bankrot va monopolist korxonalarni qayta tashkil etish, raqobat muhitini shakllantirish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning bozor tizimini yaratish bo‘yicha qat’iy chora-tadbirlarni amalga oshirishni, shuningdek iste’molchilarning huquqlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sektorni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, jumladan xususiy tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati va raqobatchilik qobiliyatini chuqur tahlil etish, Monopoliyadan chiqarish sohasida, jumladan yirik monopolist korxonalarni kichiklashtirish va tarkibiy jihatdan o‘zgartirish, ular negizida ichki va tashqi bozorlarda samarali raqobat qila oladigan xususiy mustaqil ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha amaliy tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy monopoliya tarmoqlarini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va ulardan raqobat muhiti sharoitida faoliyat ko‘rsata oladigan korxonalarni ajratib olish va xususiylashtirishni nazarda tutadigan dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy monopoliya korxonalari o‘zlarining ichki bozordagi monopol mavqeidan foydalanib, ishlab chiqarayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxlarini asossiz ravishda sun’iy oshirishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ular ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yirik monopoliyalarning raqobatga zid harakatlarini, nopok raqobatchilar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan nohalol raqobatni, tovarlar va xizmatlar bozorlari monopoliya qilib olinishini cheklash hamda payini qirqishni ta’minlaydigan raqobat muhiti uchun huquqiy maydonni takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy nochor korxonalar to‘g‘risidagi masalalarni hal etish chog‘ida davlat manfaatlarini ifoda etish, korxonalarni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va ularning bankrotligi sohasida davlat boshqaruvi vazifalarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iste’molchilar huquqlarini davlat tomonidan himoya qilish tizimini iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi jamoat tuzilmalari bilan mustahkam muvofiqlashtirgan holda tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklama sohasida nopok raqobatga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladigan hududiy organlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy nochor korxonalar ishlari hududiy boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘limi negizida tashkil etiladigan Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar va Toshkent shahrida — Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalari, iqtisodiy nochor korxonalar ishlari hududiy boshqarmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘limlari negizida tashkil etiladigan monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hududiy boshqarmalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasiga quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda ularning mansabdor shaxslariga, o‘z vakolati va Qo‘mita to‘g‘risidagi tasdiqlangan Nizom doirasida, ular chiqargan qarorlarni bekor qilish yoki monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish, bankrotlik, raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi qonunchilikni buzadigan xatti-harakatlarni to‘xtatish va uning oqibatlarini tugatish to‘g‘risida taqdimnomalar berish, shuningdek berilgan taqdimnomalar ijrosini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nopok raqobatchilar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mansabdor shaxslari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslari tomonidan monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish, bankrotlik, raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi qonunchilik buzilgan hollarda ularga qarshi sudlarda da’vo qo‘zg‘atish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopolist korxonalarga, iqtisodiy nochorlik alomatlari mavjud bo‘lgan yoki bankrotga uchrash holatiga kelib qolgan korxonalarga ularni kichiklashtirish va tarkibiy jihatdan o‘zgartirish zarurligi to‘g‘risida taqdimnomalar berish, shuningdek sudning qaroriga binoan shunday taqdimnomalarning qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy bajarilishini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda jarimalar solish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iste’molchilik huquqlari kamsitilgani to‘g‘risida iste’molchilarning ariza va shikoyatlari yuzasidan, nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi bilan kelishilgan holda, ana shu huquqlarni buzgan korxona va tashkilotlarni tekshirish (ularning moliya-xo‘jalik faoliyati bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin, unda mazkur qo‘mita tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat erkinligi kamsitilishi va cheklanishiga yo‘l qo‘yilmasligi nazarda tutilgan holda uning huquq va vakolatlari aniq belgilab qo‘yilishi ko‘zda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi o‘zi taqdim etadigan da’volar yuzasidan ko‘rib chiqish uchun xo‘jalik sudlariga kiritiladigan ishlar bo‘yicha boj to‘lashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-2676-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 11-dekabrdagi “Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi PF-1658-son Farmonining 3—9-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga, xususan raqobat to‘g‘risidagi hamda tovar bozorlaridagi monopolistik faoliyatni cheklash, tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlarga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgarish va qo‘shimchalar haqida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tayyorlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 30-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-3602-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 17-18-son, 127-modda)