Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2024 27.11.2021 yildagi 34-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining qarori, 27.11.2021 yildagi 34-son
Date of entry into force
27.11.2021
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenuminning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy ishlarni kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi 11-sonli “Sudlar tomonidan maʼmuriy ishlarni apellatsiya, kassatsiya tartibida koʻrishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tushuntirilsinki, maʼmuriy ishlarning kassatsiya tartibida qayta koʻrilishi birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari hujjatlarining qonuniyligi va asosliligi, ular tomonidan moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilishini va protsessual qonun talablariga rioya etilishini taʼminlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (bundan buyon matnda MSIYutK deb yuritiladi) 224-moddasiga muvofiq, birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida koʻrilgan hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi quyidagilarga tegishli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizachi, javobgar, uchinchi shaxs, ularning vakillariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflar va uchinchi shaxslarning huquqiy vorislariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakiliga, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ariza bergan davlat organlari va boshqa shaxslarga (MSIYutK 47-moddasining birinchi qismi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxsga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prokurorga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning vakili, shu jumladan, advokat, agar bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlsagina, sud hujjati ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilishga haqli (MSIYutK 62-moddasining ikkinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy vorisi tomonidan berilgan kassatsiya shikoyatiga huquq oʻtganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror oʻzining ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha kassatsiya protesti keltirishga (MSIYutK 224-moddasi), prokuror ishtirokisiz koʻrilgan ish boʻyicha esa, taraflarning murojaati mavjud boʻlganda kassatsiya protesti keltirishga (MSIYutK 2301-moddasi) haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qonunga muvofiq, kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir yil ichida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga beriladi (MSIYutK 226-moddasi, 227-moddasining birinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. MSIYutK 116-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati apellatsiya instansiyasi sudi qarori qabul qilingan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi va mazkur muddat oxirgi oyining tegishli sanasida tugaydi. Bunda apellatsiya instansiyasi sudining majlisida faqat sud hujjatining xulosa qismi eʼlon qilinishi kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati hisoblanishiga taʼsir koʻrsatmaydi, lekin uni tiklash haqidagi iltimosnomani hal qilishda inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) pochta orqali protsessual muddatning oxirgi kuni soat yigirma toʻrtga qadar joʻnatilgan boʻlsa, muddat oʻtmagan hisoblanadi. Bunday holda kassatsiya shikoyati (protesti) berish sanasi aloqa xati qabul qilinganligini tasdiqlovchi konvertdagi shtamp, buyurtma xat qabul qilinganligi haqidagi kvitansiya yoxud boshqa hujjat boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan manfaatdor shaxs iltimosnomasi boʻyicha, basharti u kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtgan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va muddat oʻtkazib yuborilishi sabablari uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin (MSIYutK 227-moddasining ikkinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma kassatsiya shikoyati (protesti) bilan birga beriladi. Qayd etilgan protsessual muddatni tiklash haqidagi iltimos bevosita kassatsiya shikoyatida (protestida) boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual harakatlarni amalga oshirishga obyektiv toʻsqinlik qiluvchi holatlar uzrli sabablarga kiritilishi mumkin (masalan, favqulodda holatlar, suv toshqinlari, epidemiyalar, pandemiya, karantin, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqida sud qaror qabul qilgan shaxsning sud hujjatidan bexabarligi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxsning kasalligi, noiloj ahvoli, uning oilaviy ahvoli (oila aʼzolarining oʻlimi yoki ogʻir kasalligi), shuningdek, boshqa holatlar, agar ular qonunda belgilangan muddatda kassatsiya shikoyati berishni istisno etgan yoxud jiddiy tarzda qiyinlashtirgan boʻlsa, uzrli holatlar deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs vakilining xizmat safarida, mehnat taʼtilida boʻlishi, huquqshunosning boʻlmasligi, vakilning yordami uchun toʻlashga yoki davlat bojini toʻlashga pul mablagʻlarining mavjud emasligi yuridik shaxs tomonidan kassatsiya shikoyati berish muddati oʻtkazilganligining uzrli sabablari sifatida koʻrilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi masala kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish masalasi koʻrib chiqilayotganda muhokama qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muddat oʻtkazilganligi munosabati bilan kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi ustidan MSIYutK 248-moddasida nazarda tutilgan tartibda shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. MSIYutK 228-moddasida kassatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuniga doir talablar belgilangan, shu munosabat bilan kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushganidan soʻng, sudya kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs tomonidan protsessual qonunning ushbu talablariga rioya qilinganligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya shikoyati (protesti) va unga ilova qilingan hujjatlar nusxalarini ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilishi yoki topshirilishi qonun boʻyicha kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning majburiyatiga kiritilgan va buyurtma xat yuborilganligi haqidagi kvitansiya, ular qabul qilinganligi haqidagi tilxat va boshqalar bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) MSIYutK 228-moddasi birinchi qismi va ikkinchi qismining 1 — 5-bandlarida nazarda tutilgan talablar buzilgan holda berilgan yoki unga uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligiga doir dalillar ilova qilinmagan boʻlsa, sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qonunga koʻra (MSIYutK 230-moddasi), kassatsiya shikoyatiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya shikoyatining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kassatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, kassatsiya shikoyatiga vakilning imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya protesti va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizani (shikoyatni) qaytarish toʻgʻrisidagi, arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish haqidagi, apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi va apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza, shikoyat (protest) va sudga taqdim etish chogʻida ularga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kassatsiya shikoyati bergan shaxs tomonidan davlat boji toʻlashning qonun bilan belgilangan tartibi va miqdorlariga rioya qilinganligi haqidagi masalani hal qilishda sudya “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 5-moddasining 3-bandi, 10-moddasi va qayd etilgan Qonunga ilova “Davlat boji stavkalarining miqdorlari”ga amal qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boji toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash haqidagi iltimosnoma sudya tomonidan kassatsiya shikoyatini qabul qilishda hal qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ishni suddan talab qilib olishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni talab qilib olish haqidagi masala sudya tomonidan kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kelib tushgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan oʻrganib chiqiladi va u besh kunlik muddatda MSIYutK 231-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish va ishni talab qilib olish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya shikoyatini (protestini) oʻrganish natijalari boʻyicha chiqarilgan ajrimning koʻchirma nusxasi besh kunlik muddatda kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kassatsiya shikoyatini (protestini) kassatsiya instansiyasi sudi ish yurituviga qabul qilish toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimi MSIYutK 232-moddasining ikkinchi qismi talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Shuni nazarda tutish lozimki, MSIYutK 233 va 234-moddalarida nazarda tutilmagan asoslar boʻyicha kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda MSIYutK tegishli normasi (moddasi va muayyan bandi) koʻrsatilishi, shuningdek, kassatsiya shikoyatini berish chogʻida toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan holda, u sudga dastlab taqdim etilgan kunda berilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qonunga koʻra (MSIYutK 2341-moddasi), kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi masala ish sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi hamda bu haqda ishda ishtirok etuvchi shaxslar, ish kassatsiya protesti boʻyicha koʻrilayotganda esa, prokuror ham xabardor etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan boʻlsa, bu haqda kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi va u ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hamda videokonferensaloqa oʻtkazilishiga koʻmaklashadigan tegishli sudga yuboriladi (MSIYutK 144-moddasining ikkinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Shuni nazarda tutish lozimki, ishda ishtirok etuvchi shaxs kassatsiya shikoyatining (protestining) koʻchirma nusxasini olganidan soʻng, unga nisbatan yozma fikr yuborishga va yozma fikrning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha yozma fikr sud majlisida ham berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar iltimosnomasi mavjud boʻlganda, sudya MSIYutK 236-moddasining birinchi qismiga muvofiq, sud hujjatlari ijrosini ish boʻyicha kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hujjati ijrosini toʻxtatib turish yoki uning ijrosini toʻxtatib turishni rad etish haqida sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda yoxud alohida ajrimda koʻrsatishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hujjatlari ijrosini toʻxtatib turishni bekor qilish toʻgʻrisida ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida yoxud kassatsiya instansiyasi sudining alohida ajrimida koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda sudya (sud) ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi boʻyicha, kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish tamomlanguniga qadar ish boʻyicha MSIYutK 93-moddasida nazarda tutilgan dastlabki himoya choralarini qoʻllashga haqli.
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish va kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish uchun turlicha asoslar nazarda tutilgan boʻlib, ularning huquqiy oqibatlari ham jiddiy farq qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, kassatsiya shikoyati (protesti) MSIYutK 237-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha koʻrmasdan qoldirilganda, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf qilingandan soʻng, shikoyat (protest) yangidan taqdim etilishi mumkin. MSIYutK 238-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatilganda, ayni bir shaxs tomonidan ayni shu asoslar boʻyicha takroran berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) koʻrmasdan qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish MSIYutK 239-moddasida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunda sud tomonidan ishni kassatsiya tartibida koʻrish vaqti va joyi haqida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilinishi shartligi belgilanganligi sababli, ushbu talabning bajarilmaganligi sud muhokamasi keyinga qoldirilishiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuni nazarda tutish lozimki, agar kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan birortasi sud majlisiga kelmaganligini uzrli deb topsa, ular tegishli tartibda xabardor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlganda ham ishning muhokamasini keyinga qoldirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi uzrsiz deb topilgan holda, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. MSIYutK 240-moddasiga muvofiq, kassatsiya shikoyati bergan shaxs sud hujjati chiqarilguniga qadar shikoyatdan voz kechishga, protest keltirgan prokuror va yuqori turuvchi prokuror protestni chaqirib olishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyatdan voz kechish (protestni chaqirib olish) munosabati bilan kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish masalasi kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan sud majlisida hal qilinadi. Bunda sud shikoyatdan voz kechgan (protestni chaqirib olgan) shaxsning vakolatini tekshirishi shart. MSIYutK 62-moddasi mazmuniga koʻra, ishda ishtirok etuvchi shaxsning vakili, agar ishonchnomada bunday huquq maxsus koʻrsatilmagan boʻlsa, kassatsiya shikoyatidan voz kechishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kassatsiya shikoyatidan voz kechish qonunga zid boʻlsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzsa, sud shikoyatdan voz kechishni rad etishga va ishni kassatsiya tartibida koʻrishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyatdan voz kechish qanoatlantirilgan, shuningdek, protest qaytarib olingan hollarda, kassatsiya instansiyasi sudi ish boʻyicha kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, ish boʻyicha boshqa shikoyat (protest) mavjud boʻlgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Tushuntirilsinki, ishni kassatsiya tartibida koʻrishda sud yangi dalillarni tekshirish va yangi faktlarni aniqlashga haqli boʻlmasdan, birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari tomonidan moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligi va protsessual qonun talablariga rioya qilinganligini ish materiallari boʻyicha tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va koʻrilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishni koʻrish chogʻida sud hujjatlari ish holatlari har tomonlama va toʻliq hamda ish boʻyicha dalillar tekshirilmasdan chiqarilganligi aniqlansa, kassatsiya instansiyasi sudi MSIYutK 244-moddasi birinchi qismining 1-bandiga amal qilgan holda, ish boʻyicha chiqarilgan sud qarorlarini bekor qilishga va ishni birinchi yoki apellatsiya instansiyasi sudiga yangidan koʻrish uchun yuborishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. MSIYutK 242-moddasiga muvofiq, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni muhokamaga tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish muddati ishni koʻrib chiqayotgan sudlov hayʼati tomonidan bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin (MSIYutK 242-moddasining ikkinchi qismi).
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qonunga koʻra, ishni kassatsiya tartibida koʻrishda quyidagilar aniqlanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarorida bayon qilingan xulosalarining ish holatlariga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligi va (yoki) protsessual qonun talablariga amal qilinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari tomonidan qabul qilingan sud hujjatlarining mazmun va shakl jihatidan qonun talablariga muvofiqligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish yuritishni toʻxtatib turish MSIYutK 9-bobida nazarda tutilgan asoslar va tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish yuritish tiklanganligi toʻgʻrisida kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi va sud muhokamasi kuni toʻgʻrisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Kassatsiya shikoyatini (protestini) mazmunan koʻrish natijasi boʻyicha kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya instansiyasi sudi qarori ishni koʻrish tugashi bilanoq darhol qabul qilinadi. Ayrim hollarda asoslantirilgan qarorni tayyorlash besh kungacha boʻlgan muddatga kechiktirilishi mumkin, biroq uning qaror qismini sud oʻsha sud majlisining oʻzida eʼlon qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya instansiyasi sudi qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatidagi (protestidagi) har bir vajni, uning asosli yoxud asossizligi haqidagi xulosani qarorda bayon etgan holda, muhokama qilishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida ishni shikoyat (protest) boʻyicha koʻrish natijalari toʻgʻrisidagi xulosalar, shuningdek, sud xarajatlari taqsimlanishi koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud qarori oʻqib eshittirilganidan soʻng, sud majlisida ishtirok etuvchi shaxslarga qabul qilingan qarorning mazmun-mohiyati, uning ustidan shikoyat berish tartibi, shuningdek, sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish muddati tushuntiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. MSIYutK 244-moddasiga muvofiq, sud hujjatlarini kassatsiya tartibida oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻliq aniqlanmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hal qiluv qarorida bayon etilgan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Moddiy huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash deganda, birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari tomonidan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonun yoki boshqa qonunchilik hujjatini qoʻllamaslik yoxud qoʻllanilishi lozim boʻlmagan qonun yoki boshqa qonunchilik hujjatini qoʻllash yoxud qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati notoʻgʻri talqin qilinganligi tushunilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi, bu faqat ishni notoʻgʻri hal etilishiga olib kelgandagina, sud hujjatlarini bekor qilishga asos boʻladi, MSIYutK 244-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. MSIYutK 243-moddasiga muvofiq, kassatsiya instansiyasi sudi quyidagilarga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hal qiluv qarori, qarorni oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hal qiluv qarori, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yubormasdan yangi qaror qabul qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hal qiluv qarorini, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud hujjatlarining baʼzilarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MSIYutK 244-moddasi toʻrtinchi qismining 9-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Kassatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlari tomonidan sud hujjatlari qonunga muvofiq chiqarilgan degan xulosaga kelsa, shikoyatni (protestni) qanoatlantirmasdan qoldirishga, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni esa, oʻzgarishsiz qoldirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Shuni nazarda tutish lozimki, MSIYutK 244-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan asoslardan biror-biri aniqlanganda, kassatsiya instansiyasi sudi sud hujjatlarini bekor qilishi va ishni yangidan koʻrish uchun birinchi yoki apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Kassatsiya instansiyasi sudi MSIYutK 105 va 108-moddalarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha hal qiluv qarori, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga, arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga shunday qaror qabul qilinishiga sabab boʻluvchi holatlar aniqlangan boʻlsa, haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Shuni nazarda tutish lozimki, sud xarajatlarini taqsimlash masalasining hal etilmasligi yoki notoʻgʻri hal etilishi, oʻz-oʻzidan sud hujjatlarini bekor qilishga yoxud oʻzgartirishga asos boʻlmaydi. Bunday holda kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida sud xarajatlarini MSIYutK 115-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha taqsimlash haqida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Kassatsiya instansiyasi sudi MSIYutK 163, 164-moddalarida nazarda tutilgan hollarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarorni tushuntirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror matnida yoʻl qoʻyilgan xatolarni va arifmetik xatolarni tuzatishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu masalalar sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisi oʻtkazilishi vaqti va joyi haqida xabardor qilgan holda koʻriladi. Biroq, mazkur shaxslarning kelmasligi bu masalalarni hal etish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. MSIYutK 173, 247-moddalariga muvofiq, birinchi instansiya sudining ajrimi va apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan, agar bu qonunda nazarda tutilgan yoki u ishning kelgusidagi harakatlanishiga toʻsqinlik qiladigan boʻlsa, kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi instansiya sudi ajrimi va apellatsiya instansiyasi sudi qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berish va koʻrish sudning hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berish va koʻrish uchun nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. MSIYutK 247-moddasining uchinchi qismiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi ajrimi va apellatsiya instansiyasi sudi qarori ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajrimni va qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga, kassatsiya shikoyatini (protestini) qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajrimni va qarorni oʻzgartirishga yoki bekor qilishga va ishni yangidan koʻrishga yubormasdan yangi qaror qabul qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajrimni va qarorni bekor qilishga va arizani, ishni koʻrib chiqish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish, apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish, apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish, apellatsiya instansiyasi sudida ish boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilishga va apellatsiya shikoyatini (protestini) ishni apellatsiya instansiyasi sudida koʻrish uchun yuborishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud hujjatlarining baʼzilarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza birinchi instansiya sudining ish yuritishga qabul qilingandan soʻng chiqarilgan ajrim bekor qilinganda (masalan, arizani koʻrmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish va h.k.), kassatsiya instansiyasi sudi ishni mazmunan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Qonunga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimi kassatsiya shikoyatini bergan (protestini keltirgan) shaxsning arizasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosarining ajrimi bilan bekor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosarining protesti boʻyicha bekor qilinishi va ish kassatsiya tartibida mazmunan koʻrib chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan kassatsiya shikoyati berish muddati davomida, ushbu muddat tugagan holda esa, ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. MSIYutK 224-moddasida koʻrsatilgan shaxslar ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish toʻgʻrisida protest keltirish haqidagi ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning oʻrinbosarlariga murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning oʻrinbosarlari MSIYutK 244-moddasi birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish toʻgʻrisida protest keltirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish toʻgʻrisida protest kiritish haqidagi ariza kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati davomida, ushbu muddat oʻtgan holda esa, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida berilishi mumkin. Ushbu muddatlar oʻtgandan soʻng berilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi va oʻtkazib yuborilgan muddatlar tiklanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish takroran kassatsiya tartibida besh nafar sudyadan iborat tarkibda umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Kassatsiya instansiyasi sudi davlat organi yoki boshqa organ, tashkilot, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlari buzilishi fakti aniqlanganda, ularning sud protsessida ishtirokidan qatʼiy nazar, xususiy ajrim chiqarishga haqli. Agar sud ularning harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, bu haqda jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy ajrim chiqarilganligi haqida sud majlisida eʼlon qilinadi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Kassatsiya shikoyati ish kassatsiya instansiyasi sudida koʻrilgandan soʻng kelib tushganda, uni bergan shaxsga ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish toʻgʻrisida protest keltirish haqidagi ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning oʻrinbosarlariga murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Maʼmuriy ishlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal etilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga ishlarni kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyotini har chorakda umumlashtirish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 27-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-son