O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5031-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida
Ichki bozorda yuqori likvidli va monopol tovarlar narxlarini sun’iy oshirishga, ularga tanqislik va ajiotaj talabning vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5031-son qarori 1-bandining “b” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “2022-yil” so‘zlari “2023-yil” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-dekabr,
PQ-51-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2021-y., 07/21/51/1159-son)