O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarori ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida rahbar va pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, milliy va xalqaro baholash sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarorining 11-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) huzurida yuridik shaxs maqomidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil etilganligi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida” 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoniga muvofiq Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) etib qayta nomlanganligi, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilanganligi hamda tuzilmasi tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari uchun davlat ta’lim standarti, o‘quv rejalari, ta’lim dasturlari va darslik majmualarini ishlab chiqish hamda xarid qilish;
Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish;
ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash va sertifikatlashni xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirish;
rahbar va pedagog kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat va nodavlat umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining bilimini baholash;
ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalariga doir innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
pedagog kadrlarga malaka toifasi berish sinovlarini tashkil qilishda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ko‘maklashish.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi — o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki:
Markaz davlat muassasasi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga ega bo‘ladi va uning faoliyati Davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Markazning ustav fondi miqdori Agentlik tomonidan belgilanadi hamda Agentlik huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Markazning ma’muriy-boshqaruv xodimlari, professor-o‘qituvchilari hamda metodistlariga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Markaz direktori Agentlik tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Davlat budjeti mablag‘lari;
shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan, shu jumladan, ta’lim xizmatlaridan olinadigan daromadlar;
Agentlik huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
5. Agentlik direktoriga zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
6. Agentlik ikki oy muddatda:
Markazning ustavi ishlab chiqilishini, tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Markazni ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan yuqori malakali rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin.
7. Markaz Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasidagi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga qarashli IT-park binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori X.O‘. Umarova zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 7-dekabr,
741-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 463-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.12.2021-y., 07/21/741/1142-son; 19.08.2022-y., 09/22/463/0758-son; 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)