03.12.2021 yildagi PF-29-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 03.12.2021 yildagi PF-29-son
Date of entry into force
03.12.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga moliyaviy koʻmaklashish, ularning daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali kambagʻallikni qisqartirish, respublika, viloyat, tuman va shaharlarda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari va manzilli moliyaviy qoʻllab-quvvatlash instrumentlarini bevosita mahalla darajasiga tushirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2022-yil 1-yanvardan boshlab har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada (keyingi oʻrinlarda — mahallalar) tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchisi) lavozimi taʼsis etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar hokim yordamchilarining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni xonadonbay oʻrganish, jumladan aholining bandlik darajasini, oilalarning daromad manbalarini, tomorqa yerlaridan foydalanish holatini hamda daromadli mehnatga boʻlgan intilishi va ehtiyojlarini tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishning ichki imkoniyatlari, tadbirkorlik boʻyicha ixtisoslashuv va mehnat resurslarini inobatga olgan holda, uni rivojlantirishga turtki beradigan omillar va yoʻnalishlarni belgilash, ularni ishga solish orqali mahallaning iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan va ishsiz aholining, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning qiziqishlarini oʻrganish orqali ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻrgatuvchi oʻquv markazlariga yoʻnaltirish hamda oʻqishni tamomlagan bitiruvchilarning bandligini taʼminlashga yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalladagi mavjud boʻsh ish oʻrinlarini hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mavsumiy ishchilarga boʻlgan talabini aniqlash orqali ishsizlarni, birinchi navbatda, “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlarni boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga joylashtirish hamda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallada istiqomat qiluvchi aholining oilaviy tadbirkorligini rivojlantirish, jumladan ularning hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqadan samarali foydalanish, kichik ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va boshqa turdagi faoliyatni yoʻlga qoʻyishi uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar olishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallaning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, kooperatsiya asosida tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirgan yetakchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish, ularga tadbirkorlik bilan mustaqil shugʻullanish tajribasiga ega boʻlmagan fuqarolarni oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyishi uchun ularga biriktirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, uy sharoitida dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, urugʻchilik, koʻchatchilik, gulchilik kabi faoliyat turlarini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalladagi ish bilan band boʻlmagan aholining tadbirkorlik va doimiy daromad keltiruvchi faoliyat bilan shugʻullanishini yoʻlga qoʻyish maqsadida ularga issiqxona qurish, tomorqasini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash, qishloq xoʻjaligi kooperativiga aʼzo boʻlish, asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish, bino va inshootning ijara toʻlovi hamda kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqishi uchun subsidiyalar olishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalladagi boʻsh bino va yer maydonlarini aniqlab, ularni belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlariga ajratish boʻyicha tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga toʻsiq boʻlayotgan muammolarning (muhandislik-kommunikatsiya tizimlariga ulanish va ulardan foydalanish, turli xil faoliyatni yoʻlga qoʻyish uchun ruxsatnomalar va litsenziyalar olish, boʻsh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun ajratish va boshqalar) tegishli tashkilotlar tomonidan hal etilishini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari hokim yordamchilariga ularning vazifalarini amalga oshirishda har tomonlama koʻmak berish uchun shaxsan masʼul va javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati negizida Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha vakolatli ofislari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari negizida Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar va shaharlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari negizida tuman (shahar) hokimliklari tarkibida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori rahbarlik qiladi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik huzurida bir yil muddatga doimiy faoliyat yuritadigan “Mahallabay ishlash shtabi” tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi rahbarlarining tegishli oʻrinbosarlari bir yil muddatga boshqa barcha vazifalarni bajarishdan ozod etilgan holda “Mahallabay ishlash shtabi”ga xizmat safariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari shaklida ochiladigan Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish vazifasi yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hokim yordamchisi lavozimiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, tijorat banklari, iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy boʻlinmalarida boʻlim (shuʼba) boshligʻidan past boʻlmagan lavozimda ishlovchi rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarning rahbar xodimlari tayinlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hokim yordamchisi lavozimiga nomzodlar tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalari orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodlarning intiluvchanligi, maqsadga yoʻnalganligi, qobiliyati, tajribasi kabilarni inobatga olgan holda tadbirkorlar, boshqa soha vakillari, faol yoshlar, rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan xodimlar va oliy maʼlumotga ega boʻlmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlariga hokim yordamchilari lavozimiga tayinlangan xodimlarning avvalgi ish joyidagi lavozimini ikki yilgacha muddatga saqlab qolish, mazkur davrda ushbu lavozimga boshqa shaxslarni muddatli mehnat shartnomasi asosida vaqtincha ishga qabul qilish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hokim yordamchilarini:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki yillik mehnat faoliyati natijalariga koʻra lavozimini oshirish yuzasidan vazirlik va idoralar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining takliflariga asosan hokim yordamchilarini tanlovsiz toʻgʻridan-toʻgʻri yuqori lavozimlarga oʻtkazishga ruxsat berilsin.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yangi Oʻzbekiston islohotchisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan hamda ular faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan shaxslarni ushbu koʻkrak nishoni bilan taqdirlash amaliyotini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “Yangi Oʻzbekiston islohotchisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda joylarda “inson qadri uchun” shiori bilan amalga oshirilayotgan islohotlarda oʻzining faol ishtiroki, aholining turmush darajasini yaxshilash boʻyicha tashabbuslari bilan boshqalarga oʻrnak boʻlayotgan mahallalar va hokim yordamchilarini ragʻbatlantirib borish maqsadida “Eng namunali mahalla” va “Faol hokim yordamchisi” kabi koʻrik tanlovlarning muntazam oʻtkazib borilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tashkiliy tuzilmasini isloh qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari S.M. Xolxoʻjayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari mazkur Farmon asosida joriy etilayotgan tizimning samarali tashkil etilishini, ish faoliyatida aniqlanadigan muammolarning joyida hal qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 3-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-29-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2021-y., 06/21/29/1130-son; 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son; 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)